Ishini maqsadi. Germaniyada XV-XVI asrlarda katolik Cherkovi va inkvizitsiyaning tutgan o‘rnini o‘rganishdan iborat bo‘ladi.
Ishining o’rganilishi. Germaniyada katolik Cherkovi va inkvizitsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.
Malakaviy ishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
Germaniyadagi XV-XVI asrlardagi iqtisodiy va siyosiy holat;
Germaniyada XV-XVI asrlarda jamiyat hayotida Cherkovning tutgan o‘rni;
O‘rta asrlar davridagi “jodugar” va “jodugarlik” tushunchalarini
batafsil ko‘rib chiqish;
Butun Yevropadagi va xususan Germaniyadagi jodugarlar ustidan o‘tkazilgan sud jarayonlarini mohiyatini va tuzilishini aniqlamoq;
Inkvizitorlarni asosiy kitobi bo‘lgan “Jodugarlar to‘qmog‘i” kitobini tahlil qilib chikish;
Tarixchilarni katolik Cherkovi va inkvizitsiyaga bo‘lgan qarashlarini tahlil qilish;
Germaniyada XV-XVI asrlardagi jodugarlar ustidan sud jarayonlarini xulosalarini va oqibatlarini keltirib o‘tish.
Kurs ishi o‘z ichiga XV-XVI asrlarda Germaniyaning ijtimoiy, siyosiy va diniy hayotidagi muhim vokealarni qamrab oladi, va ularning tarixiy adabiyotda qanday aks etganinin ko‘rsatadi.
Ishning amaliy ahamiyati: Mazkur kurs ishda keltirilgan ma’lumotlardan Jahon tarixining “Qadimgi dunyo” tarixi fanlarni o‘qitish va o‘rganishda, referat, kurs ishlari, maqolalar, ijodiy ishlar yozishda, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishda foydalanish mumkin.
Ishning tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, uchta qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, elektron variantdan iborat.
XV-XVI asrlarda Germaniyadagi ijtimoiy vaziyat va katolik
Cherkovi.
G‘arbiy Yevropada faqat Angliya, Ispaniyaning katta qismi va Janubiy Italiya Buyuk Karl imperiyasini ta’sir doirasi ostida bo‘lmagan. Uning xukumdorlik davrida imperiyani bo‘linishi hayolga ham kelmasdi, biroq bu g‘oya uning o‘limidan keyingi 30 yil ichida ochiq - oydin qo‘rinish tusini oldi.
843 yilgi, Verden shartnomasiga asosan, Karl Buyukning imperiyasi uning nevaralari o‘rtasida taqsimlandi va aynan shu yildan boshlab Germaniya tarixi boshlanadi. SHarqiy Frank davlatining birinchi qiroli Lyudovik Nemis (843-876 yy.), keyinchalik nemis halqi tashkil topgan xududlarda xukmronlik qilgan.
G‘arb uchun muhim bo‘lgan vokealardan biri, Genrix I Qushbozning o‘g‘li Otton I bilan bog‘liq. 955 yilda Lexs jangida (Germaniyani janubida) u, o‘zoq vaqtlardan buyon G‘arbiy va Janubiy Yevropa mamlakatlariga bosqinlar uyushtirayotgan vengrlar ustidan g‘alaba qozondi.
Bundan tashqari Germaniya uchun, doim xokimiyat va mustakillikka erishgan gersoglar tomonidan ham, yana bir muhim xavf mavjud edi. Otton I dono siyosat olib borib, bu xavfdan eson - omon qutulib oldi. Gersoglarga qarshi kurashda u episkop va abbatlarga suyanardi. Episkoplarga muhim siyosiy lavozimlar, ular nafaqat ma’lumotli odam va aklli boshqaruvchilar bo‘lgani uchungina emas, balki ularni qirol xokimiyatiga xavf sola oladigan merosho‘rlari yuq ekanligi uchun berilardi. Otton I o‘z obro‘sini Buyuk Karl singari mustahkamlagandan so‘ng, siyosatida tartibsizlik hukm surgan Rimni egallaydi. 962 yilda u Ioann XII qo‘lidan imperatorlik tojini oladi. Shunday qilib, o‘rta aslar German imperiyasi vujudga keladi. Otton o‘ziga va rim-katolik Cherkoviga g‘arbiy slavyan qabilalarini bo‘ysundira oldi, va buning natijasida davlatining sharqiy chegaralarini xavfsizlantirdi.
Endi ushbu vaziyatda Cherkov va imperatorni tutgan holatini ko‘rib chiqishimiz kerak. Imperiyani 1806 yilda qulashigacha bo‘lgan davrda imperator unvoni faqat Germaniya qiroliga tegishli bo‘lgan. Xech qaysi bir xukumdor, agar u Germaniya qiroli bo‘lmasa, imperator tojini kiyishga xuquqi bo‘lmagan. XV asrning oxiridan davlat “German millatining Muqaddas Rim imperiyasi” deb atala boshlagan.
Otton I davridan boshlab papalik imperator xokimiyati izmida bo‘lgan. XI asrning o‘rtalarigacha imperatorlar o‘zi xohlagan papani tayinlab, apmashtira olganlar. O‘zining siyosatida ular episkoplarga suyangan, chunki ularni o‘zlari tayinlab, muhim Cherkov lavozimlarini faqat ularga ma’qul odamlargina egallashlarini diqqat bilan kuzatishgan. Bu esa papalik tomonidan e’tirozlarga olib kelgan.
1076 yilda imperator Genrix IV, urf-odatlarga ko‘ra Milanning yangi arxiepiskopini saylagandan so‘ng, papa imperatorga qarshi faol kurashishga kirishdi. Umuman qaraganda, imperatorning o‘zini tutishi papa Grigoriy VII g‘azabini keltirdi. U Genrix IV qirol unvonidan mahrum qilib, lanatladi va Cherkovdan chetlashtirdi. O‘sha vaqtda yuqori tabaqali zodogonlarni qarshiliklari tufayli uncha kuchli bo‘lmagan imperator, 1077 yilda shaxsan papadan kechirim so‘rashga va chetlovni bekor qilishni so‘rashga majbur bo‘ladi. Papa bilan bo‘lgan qurash oqibatida, german imperatorlari asosiy suyanchiqlaridan biri bo‘lgan ruhoniylardan ajralib qoldi.1
Germaniyani shakllanishida Fridrix Barbarossa ham muhim o‘rin egallagan. Nemis knyazlari endilikda imperator xokimiyatini tan olishni istamasdilar. Qirol unvoni merosdan merosga o‘tmasdan, zodogonlarni qarori bilan berilasdi. O‘rta asrlardagi imperator xokimiyatining eng yuksalgan davrida xukumronlik qilgan, SHtaufenlar sulolasidan bo‘lgan mashhur Fridrix Barbarossa (1152-1190), Genrix VI (1190-1197) va Fridrix II (1212-1250), hatto ular ham oldingi tartibni tiklanishiga erisha ololmagan.
Ikkinchi mingyillikga doir o‘rta asr shaharlaridan, Germaniya xududida faqat rimliklar xukumdorligi davrida kurilgan shaharlar mavjud bo‘lgan. YAngi shaharlar: Cherkovlar (Myunxen), qal’alar (Nyurnberg), daryoning kechuv joylarida (Frankfurt) yoki Yevropa savdo yo‘llarini kesishgan joylarida paydo bo‘la boshlagan. Knyazlar tez orada bunday joylashuvlarni foydasini tushuna bilishdi. Bu yerda ular turli boj va to‘lovlar yig‘ishga, noyob mahsulotlar sotib olish va qo‘li gul ustalarni yollashga ega bo‘lganlar. 1100 yildan 1250 yilga doir bo‘lgan 150 yil ichida Germaniyada shaharlar soni 10 barobar ko‘paydi.
Har bir shaharlik ma’lum erkinliklarga ega bo‘lgan, lekin bu ularni teng huquqligini bildirmagan. Ayrim shaharliklar, albatta yanada munosibroq mavqeni egallashgan. O‘zining boyligiga shaharlar asosan xunarmand va savdogarlar tufayli erishgan. Savdogarlar, aslida shaharni boshqargan gildiyalarga birlashishgan. Odatda shahar kengashi shu gildiyalarning a’zolari kirishgan.1
Biroq ba’zi shaharlarda xunarmandlar vakolatlarni bir qismini o‘z qo‘liga olishga sazovor bo‘ldi. Ular mahsulotni narxi, ishlab chiqarish hajmi va sifatini belgilaydigan sexlarga birlashardi. Bevalarga va boshqa ishlay olmaydiganlarga yordam berish jamg‘armalari tashkil qilingan edi. Ayrim shaharlarda esa, sexlar shahar kengashidagi joylarni o‘ziga biriktirib olishgandi.
Buyuk sxolastlar2 tomonidan tartibga solingan dunyoning tuzilishi to‘g‘risidagi o‘rta asr tushunchalari vayron qilinib, uning yangi Yevropacha ko‘rinishi esa endigina paydo bo‘layotgan edi. O‘rta asr dunyoqarashining inqirozi natijasida paydo bo‘lgan “yoriqlardan” turli hil ruh, jin va qo‘lankalar bostirib kira boshladi. Ular nafaqat bostirib kira boshlashdi, balki XVI – XVII asrlarda yashagan odamlarning hayotidagi bor narsaga aylanishdi. Odamlarni hayolida dunyo jinlarga to‘la bo‘lgan, J.Boden ularni 7,5 million, boshqalar esa undan ham qo‘p sanagan. Odam ins-jinslar bilan nafaqat aloqaga qirmoqchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan, balki yuridik jihatdan “shayton bilan shartnoma” tuzishi ham mumkin bo‘lgan. Shunda u jodugarlik va “qora magiya” sig‘inuvchisiga aylangan. Aks holda, biz jodugarlar va sehrgarlar ta’qib qiluvchiga egamiz. Lekin ularni birlashtiruvchi mazmuniy nuqta – ayrim odamlarning, xudo tomonidan berilmagan, g‘ayritabiiy kuchga egaligidir .
Bu vaziyat doimiy urush holati, ommaviy epidemiyalar, hayvonlar o‘lati va tabiiy ofatlar oqibatida og‘irlashardi. Albatda barchani ongida, iblisning yerdagi safdoshlari tomonidan uyushtirilgan qandaydir jodu to‘g‘risida fikrlar paydo bo‘lardi. Bu joduning targ‘ibotchisi deb faqatgina alohida shaxslarni emas, balki butun bir “jinoiy guruhlar”ni qo‘rishardi. Bunday jinoyatchilar to‘dasi yovuz ishlarni qilishga qodir bo‘lib – bular jodugar va afsungarlar edi. Diqqatga sozovorki, yolg‘iz faoliyat olib borayotgan “afsungarlar” ijobiy qobiliyatlar egasi deb ham tan olingan. Ular nafaqat kasalliklar yuborishni, balki ularni davolashni ham bilishgan. “Jodugarlarni so‘roq qilish qo‘llanmasi” (1588 y.) mana qanday tasnif beradi: “Jodugarlar, afsungarlarga nisbatan farq qilib, alohida-alohida emas, balki to‘da bo‘lib faoliyat ko‘rsatib, jinoiy guruhlar tashkil qilishadi... Boshqa afsungarlar, o‘z xohishiga qarab, o‘zining sehr kuchini odamlarga nisbatan yovuzlik yoki yaxshilik yo‘lida qo‘llay olsa, jodugarlar uni faqat yovuzlik yo‘lida qo‘llaydi. Bunga ularni shayton bilan tuzilgan shartnoma majbur qiladi”.
XV-XVI asrlarda Germaniyada katolik Cherkovini tutgan o‘rni va Martin Lyuterni Reformatsiya jarayonida ishtiroki masalasida shuni ta’kidlash lozimki, o‘rta asr oxirlariga kelib katolik Cherkovi o‘rta asr Yevropasidagi boshqa mamlakatlarga qaraganda Germaniyada juda ham katta imtiyozlarga ega bo‘lib olgan edi. XVI asr boshlarida yigirmadan ortiq german prelati (arxiepiskoplar, episkoplar, qisman katta monastirlarning abbatlari) ayni paytda territorial imperiya knyazi ham edi. Rim papasi Germaniyadan juda katta pul olardi, bu mablag‘ ushurdan ajratilgan pullardan, ruhoniylik vazifasiga tayinlanganlardan olinadigan puldan, indulgensiya (gunohlarni kechish yorlig‘i) sotishdan, ko‘pdan-ko‘p nemis piligrim(ziyoratchi)larning Rimga atab beradigan nazr-niyozlaridan to‘planar edi. Agar Fransiya, Angliya va Ispaniyada kuchli qirol hokimiyati mavjud bo‘lganligidan papa kuriyasiga beriladigan to‘lovlar ozmi-ko‘pmi (ba’zan ancha) cheklangan bo‘lsa, Germaniyada imperator hokimiyatining tushkunlikka uchraganligi papaning bu mamlakatni istaganicha bemalol ekspluatatsiya qilishiga imkoniyat berdi. German jamiyatidagi xilma-xil guruhlar, Rim bilan tashkiliy bog‘lanib, mustaqil ish ko‘ruvchi boy ruhoniylarga dushman ko‘zi bilan qarardilar. Dunyoviy knyazlar va ritsarlar Cherkov mulklarini musodara qilib, davlat ixtiyoriga olishni orzu qilar edilar. «Jo‘n Cherkov» tuzishdan manfaatdor bo‘lgan shaharliklar Rimga beriladigan og‘ir to‘lovlarga xotima berish, toifachilik asosida yashab kelayotgan ruhoniylarni tugatish va Cherkov jamoalarining ishlariga bevosita rahbarlikni byurgerlarga topshirish uchun kurashardilar. Dehqonlar ruhoniylarning yuqori tabaqasini, avvalo, renta puli, ushur va boshqa har qanday to‘lovlar yig‘ib oladigan o‘z «xo‘jayinlari»— feodallari deb bilardilar (qishloqlardagi quyi tabaqa ruhoniylar esa dehqonlardan juda kam farq qiladigan sharoitda yashar edilar). Ritsarlar bilan bir qatorda Cherkov feodallarn (ayniqsa monastirlar) ham ko‘pincha dehqonlarni eng rahmsiz ravishda ekspluatatsiya qilar edilar, ular barshchinani kuchaytirishga, chinshini ko‘paytirishga va jamoa yerlarini dehqonlar qo‘lidan tortib olishga harakat qilardilar. Shunday qilib, Germaniyada Cherkov masalasi umumxalq milliy masalasi tusini olgan edi. Shuning uchun nemis byurgerlari oppozitsiyasi(muxolifati)ning namoyandalari o‘z nayzalarini birinchi navbatda katolik Cherkoviga qarshi qaratganliklari ajablanarli emas edi.
Germaniyada gumanistik harakat masalasida shuni aytish lozimki, XV asrning oxiri — XVI asrning boshlarida Germaniyada gumanizm o‘zining ko‘plab yozuvchilari va olimlariga ega edi. Ular katta ijtimoiy kuchga aylangan edilar. Ularning asarlari odatda lotin tilida yozilgan bo‘lsa ham, har holda ularni eng ma’lumotli shaharliklar, Shuningdek, ritsarlarning ma’lumotliroq qismi o‘qir edi. Deyarli hamma universitetlarda gumanistlar ko‘proq yoki kamrok miqdorda o‘z tarafdorlariga ega edilar; ular orasida «yangi fan»ning chinakam tashabbuskorligi uchrab. turardi. XVI asrning boshlarida Erfurt universiteti huzurida vujudga kelgash to‘garak gumanizmning ayniqsa kuchli markazi bo‘lib qoldi. Bu to‘garakning rahbari ko‘p vaqtlar Italiyada yashagan va u yerda neoplatonizm falsafasi bilan tanishgan Mutsian Ruf (1471—1526) edi. Mutsian Ruf sxolastikaning ashaddiy dushmani bo‘lib maydonga chiqdi. Sxolastlarning bosh markazi Kyoln universiteti bo‘lib, ular Mutsianning shogirdlari («Mutsian otryadi»— gumanist adabiyotchilar va faylasuflarni) juda yomon ko‘rardilar. Ulrix fon Gutten ham (1488—1523) Mutsian Ruf maktabidan chiqqan edi. U asli ritsarlardan bo‘lib, publitsistikani kasb qilib olgan va keyinchalik Lyuter reformatsiyasiga qo‘shilgan edi. Ammo nemis gumanistlari ichida eng mashhurlari, Gutten ta’biricha, «Germaniyaning ikki ko‘zi», ikki filolog olim — Erazm Rotterdamskiy (1467—1536) bilan Iogann Reyxlin (1455—1522) edi.
Martin Lyuter (1483—1546) badavlat byurger oilasidan chiqqandir. U Saksoniyadagi Eysleben shahrida tug‘ilgan. U 1501 yilda Erfurt universitetini bitirib chiqqandan keyin monax va ruhoniy bo‘ldi. 1509 yilda Saksoniyada endigina ochilgan Vittenberg universitetida falsafa va teologiya professori bo‘lib ishladi. Bir tomondan, o‘rta asr mistiklarining (Touler va boshqalar) asarlari bilan tanishishi, ikkinchi tomondan, mashhur chex reformatori Yan Gus asarlarini o‘rganishi orqasida Lyuter katolik Cherkovi qabul qilgan dogmaga butunlay qarama-qarshi bo‘lgan xulosaga keldi. Qatolitsizmning insonni «xayrli ishlar orqali gunohlardan pok qilish» (professional ruhoniylar tomonidan amalga oshiriladigan marosimlarni bajarish ham shu ishlar jumlasiga kiradi) haqidagi ta’limotiga qarshi chiqib, Lyuter «insonni e’tiqod bilan pok qilish» ta’limotini rivojlantirdi va bunda u har bir ayrim dinga ishonuvchi kishining shaxsiy diniy kechinmalarini, kayfiyatini ko‘zda tutdi. U qadimgi payg‘ambarlardan birining kitobidan o‘qib olgan «taqvodor kishiga e’tiqodli bo‘lishning o‘zi kifoya» degan iborani sevib ishlatardi. Lyuterning yangicha qarashlarida avvalo o‘ziga xos diniy individualizm namoyon bo‘lgan edi. Din, Lyuterning fikricha, alohida kishi — individning xudoga munosabati bo‘lib, xudo hech qanday ruhoniy, «ilohiy» kishilarning vositachi bo‘lishiga muhtoj emas. Lyuter ta’limotida professional ruhoniylarning oddiy fuqarolar ustidan doimiy vasiyligi va nazoratiga qarshi norozilik bor edi,— bu esa klerikalizmga, ya’ni ruhoniylarning xuddi shu hukmronligi prinsipiga asoslanuvchi butun o‘rta asr Cherkov tashkilotini rad etishga olib borardi.
Lyuter ta’limotida yana bir muhim jihat bor edi. Lyuter muqaddas kitobni, ya’ni tavrotni muqaddas rivoyatdan afzal deb bilardi. Muqaddas rivoyat esa katolik Cherkovi nazarida qisman keyinroq vujudga kelgan Cherkov adabiyotidan («Cherkov avliyolari»ning ijodlari), qisman har xil qonunlardan, ya’ni har xil Cherkov yig‘ilishlarida qabul qilingan yoqi turli vaqtlarda har xil papalar tomonidan qarorlar («dekretlar») tariqasida chiqarilgan qonun aktlaridan iboratdir. Bu bilan Lyuter murakkab ierarxiyadan, dabdabali marosimlardan, feodal Cherkov er egaligidan va hokazolardan xoli bo‘lgan soddaroq va demokratroq ilk xristianlikni eng keyingi xristianlikka, feodallashtirilgan, byurokratlashtirilgan o‘rta asr katolik xristianligiga qarama-qarshi qilib qo‘ydi.
Aslida esa, Lyuter o‘zining bu qarashlarida, o‘rta asr byurgerlarining «jo‘n Cherkov» o‘rnatish kerak degan azalgi talabinn rivojlantirgan edi.
«...Byurger bid’ati ilk xristian Cherkovining oddiy tuzumi tiklanishini va ruhoniylarning alohida toifasini tugatishni talab qildi. Bu jo‘n tuzum monaxlarni, prelatlarni, rim kuriyasini, xullas Cherkov uchun qimmatli bo‘lgan hamma narsani bekor qilar edi».
Vorms reyxstagigacha Lyuter faoliyatining asosiy bosqichlari haqida so‘z yuritilganda ta’qmdlash lozimki, Lyuterning indulgensiya savdosiga qarshi 95 tezis bilan chiqishi uning reformatsiya ruhida birinchi chiqishi edi. 1517 yilda Vittenberg atrofida indulgensiya savdosi ayniqsa qizib ketgan edi. Indulgensiya savdosi shundan iborat ediki, papaning maxsus yorliqlari sotilardi, bu yorliqni ma’lum miqdorda pul to‘lab sotib olgan kishining hamma gunohlari kechilgan deb hisoblanar edi.
Germaniyadagi indulgensiya savdosi papaga ayniqsa katta daromad keltirardi. Ammo shu bilan birga indulgensiya diniy hissiyotlarni oldi-sotdiga aylantirib yuborgan katolik dinining ayniganligini yaqqol ko‘rsatib turardi.
Lyuter o‘zining «imon keltirish bilan gunohdan pok bo‘lish» to‘g‘risidagi o‘z ta’limotiga asoslanib yozgan va Vittenberg universiteti Cherkovining eshiklariga yopishtirgan tezislarida (1517 y. 31 oktyabr) «muqaddas kitob»ning turli joylaridap dalillar keltirib, indulgensiya savdosiga qarshi norozilik bildirgan edi1.
Lyuter o‘z tezislarini yozar ekan, papa Cherkovi bilan aloqani uzishni mutlaqo o‘ylamagan edi. Medichilar xonadonidan bo‘lgan papa Lev X ning o‘zi ham dastavval Lyuterning bu chiqishiga uncha e’tibor bermadi. Papa Lyuterning bu chiqishiga bir-birlari bilan raqobat qilayotgan monax ordenlari o‘rtasidagi oddiy munozara deb qaradi. Biroq Lyuter bilan turli teologiya professorlari o‘rtasidagi munozaralar davom etaverib tobora o‘tkir tus olib ketdi. Bu munozaralar davomida Lyuterning o‘zi ham ortodoksal katolik pozitsiyadan borgan sari uzoqlashdi. 1519 yilda Leypsigdagi munozarada Lyuter, Cherkov papasiz ham yashay oladi, degan fikrni bildirdi. U ruhoniylarning alohida bir uyushmaligini rad qildi va xudo qoshida har bir xristiai ma’lum darajada o‘zi ruhoniydir, dedi. U YAn Gus bilan hamfikr ekanligini umum oldida e’lon qildi hamda ulug‘ chex reformatorini gulxanda kuydirganlarini qoraladi. Papa 1523 yilning ikkinchi yarmida Lyuterni murtad sifatida Cherkovdan haydab yuborish to‘g‘risida bulla chiqarganida, Lyuter bunga hech qanday e’tibor bermadi. Studentlar papaning bu bullasini Vittenberg universitetining hovlisida tantanali suratda kuydirib tashladilar. Ko‘p o‘tmay Lyuter papa bullasini haqorat qilib, «Dajjolning bullasiga qarshi» degan pamflet yozdi. Lyuter endi papaning o‘zini dajjol deb atadi. Lyuter bu pamfletida yangi imperator Karl V ga murojaat qilib, Rimni papa qo‘lidan tortib olishni va German imperiyasidagi Cherkov yerlarining hammasini musodara qilishni taklif etdi.
German jamiyatidagi turli-tuman elementlar, ya’ni papa hokimiyati va katolik Cherkoviga qarshi chiquvchi eng mo‘tadil elementlar bilan birga eng so‘l elementlar ma’lum vaqtgacha Lyuter atrofiga birlashdilar. «Lyuter otgan yashin nishonga borib tegdi. Butun nemis xalqi harakatga keldi. Bir tomondan, dehqonlar va plebeylar Lyuterning poplarga qarshi xitobnomalarini, uning xristian erkinligi to‘g‘risidagi targ‘ibotini qo‘zg‘olonga da’vat deb bildilar; ikkinchi tomondan, eng mo‘‘tadil byurgerlar va quyi dvoryanlarning ancha qismi unga qo‘shildi; umumiy oqim hatto knyazlarni ham o‘ziga jalb qildi. Ularning ba’zi birlari o‘z zolimlarining hammasidan o‘ch olish vaqti keldn deb o‘ylar, boshqalari faqat poplarning qudratiga va Rimga bo‘lgan qaramlikka chek qo‘yishni, katolik ierarxiyasiii tugatishni va Cherkov mol-mulkini musodara qilish yo‘li bilan boylik orttirishni istar edilar». Ko‘pgina gumanistlar Lyuter tomonini oldilar. Ular orasida Ulrix fon Gutten va yana bir mashhur gumanist-filolog Filipp Melanxton (1497— 1560) ham bor edi. Qeksa avlod gumanistlari — Rotterdamskiy va Reyxlin reformatsiyaga qo‘shilmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |