O'rta asrlarda surxon vohasi



Download 0,61 Mb.
Sana10.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#772058
Bog'liq
O\'RTA ASRLARDA SURXON VOHASI


O'RTA ASRLARDA SURXON VOHASI
XX asrning 20-yillarigacha Termiz va Chag‘oniyonning o‘rta asrlar davri tarixi va madaniyatini sharhlashda asosiy manba bo‘lib akademik V.V.Bartoldning asarlari hisoblanar edi. Uning arab-fors manbalarini chuqur o‘rganish asosida yaratilgan “Turkiston mo‘g‘ullar bosqini davrida” nomli asarida Termiz va Chag‘oniyon o‘lkalari va ularda mavjud qishloq va shaharlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Termiz va Chag‘oniyonning o‘rta asrlar davri moddiy madaniyatini o‘rganish 1926 -1928 yillarda Eski Termizdagi termizshohlar saroyida arxeologik qazishmalar o‘tkazish bilan boshlangan.
1936 -1938 yillarda Termizning o‘rta asrlar davri mudofaa istehkomlarida, temirchilar mahallasida va shahar tashqarisida joylashgan inshootlarda keng ko‘lamda qazishma ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, Eski Termizda termizshohlar saroyining to‘liq o‘rganilishi tahsinga loyiq. Bu manbalar va tarixiy ma’lumotlar asosida Termiz shahrining o‘rta asrlar davri tarixiy topografiyasi ishlab chiqildi. Termizning shu davr tarixi va undagi obidalar bayoni M.Ye.Masson rahbarligida yaratilgan “Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasining to‘plamlari”da o‘z aksini topgan.
1969 yildan boshlab San’atshunoslik ekspeditsiyasining E.V.Rtveladze rahbarligidagi guruhi viloyat hududidagi mavjud arxeologiya yodgorliklarni hisobga olish, xaritaga tushirish va ularning saqlanish holati masalalari bilan bevosita shug‘ullanishni boshladi. Keyinchalik bu “Surxondaryo viloyatining tarixiy, arxeologiya va me’morchilik yodgorliklari majmuasi” degan yirik ilmiy yo‘nalishga aylandi.
Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklarni ro‘yxatga olish bilan birga ba’zi bir o‘rta asrlarga oid obidalarda qazishma ishlari ham olib borildi. Dalvarzintepa shahri atrofida joylashgan G‘armalitepa ana shunday yodgorliklar turkumidandir. Termiz va Chag‘oniyonning o‘rta asrlar davri tarixini o‘rganishda Sh.R.Pidayev va T.J.Annayev ham o‘z hissalarini qo‘shdilar.
E.V.Rtveladze tomonidan Toxaristonning arab va fors manbalarda tilga olingan shahar va qishloqlarning nomi hozirgi mavjud arxeologik yodgorliklar bilan taqqoslandi.
1980 yildan boshlab Shimoli-G‘arbiy Toxaristonning markaziy shaharlari bo‘lgan Eski Termiz va Budrachtepalarda o‘rta asrlar davri inshootlari va ular bilan bog‘liq madaniy qatlamlar muntazam ravishda o‘rganilmokda. Natijada Eski Termizda o‘rta asrlar davri mudofaa istehkomlari, shahar xonadonlari, kulolchilar mahallasi va undagi xumdonlar, xristianlar ibodatxonasi kabi inshootlar o‘rganildi. Bu tadqiqotlar tufayli Termiz va Chag‘oniyonning o‘rta asrlar davri madaniyatidan darak beruvchi ko‘plab manbalarga ega bo‘lindi.
Termiz va Chag‘oniyonning IX-XIII asrlar davri tarixi va madaniyati masalalari M.Ye. Masson rahbarligida yaratilgan “Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasining ilmiy to‘plamlari”, Z.A.Arshavskaya, Z.A.Hakimov, E.V.Rtveladzelarning “Surxondaryoning o‘rta asrlar davri yodgorliklari”, G.A. Pugachenkova va E.V. Rtveladzening “Shimoliy Baqgriya – Toxariston tarixi va madaniyatidan tavsiflar”, E.V. Rtveladze va A.S. Sagdullayevning “O‘tmish asrlar yodgorliklari” kabi asarlarida yoritilgan.
J. Ilyosov va Sh. Rahmonovlar Termiz va Chag‘oniyonning badiiy san’ati, qishloq ahli madaniyati, 1X-XSh asrlar harbiy san’ati va mudofaa istehkomlarini o‘rganish borasida muhim tadqiqotlarni amalga oshirdilar.
Termiz va Chag‘oniyonning so‘nggi o‘rta asrlar davri tarixi va madaniyati (XVI – XIX asrlar) juda kam o‘rganilgan. Viloyat hududlaridagi so‘nggi o‘rta asrlar davriga oid yodgorliklarda o‘tkazilayotgan qazishma ishlari XVI – XIX asrlar mobaynida Termiz va Chag‘oniyon yurtlarida o‘ziga xos madaniyat mavjud bo‘lganligini ko‘rsatmokda.
Termiz va Chag‘oniyonning XVI – XIX asrlar tarixini yoritishda mavjud yozma manbalar bilan bir qatorda bu yerda saqlanib qolgan ma’morchilik inshootlari ham muhim hisoblanadi. 1970 yildan boshlab viloyatning bir qancha hududlarida so‘nggi o‘rta asrlarga oid yodgorliklar ro‘yxatga olinib, ularda dastlabki qazishmalar o‘tkazildi. Bu borada T. Annayev, Sh. Pidayevlar tomonidan To‘palang suv ombori havzasida joylashgan Yoni-kalon qal’asida, Xotinrabotdagi XVI – XIX asrlarga oid karvonsaroyda amalga oshirilgan arxeologik qazishmalarni ta’kidlab o‘tish mumkin.
Shuningdek Ko‘hitang va Boysuntog‘ yon bag‘irlarida, Jarqo‘rg‘on atrofida so‘nggi o‘rta asrlarga oid bir necha yangi yodgorliklar hisobga olindi. Ayniqsa, Eski Termizning qal’a qismida olib borilgan arxeologik qazishmalar tufayli Termizning bu davr madaniyatini ifoda etuvchi ko‘plab moddiy madaniyat namunalari to‘plandi.
Surxondaryo tarixi va bu o‘lkada mavjud arxeologik obidalar xorijiy mamlakatlarning arxeolog, tarixchi, san’atshunos olimlarining doimo diqqat markazida turgan. Eski Termizning buddaviylik yodgorliklaridan topilgan yozuvlarni o‘rganish ishiga xorijlik olimlar, jumladan, hind olimlari B.Mukerji, N.Bxatiya, vengriyalik Ya.Xarmatta va germaniyalik X.Xumbaxlarning qo‘shgan hissasi salmoqlidir.
Mustaqillik yillarida xorijlik olimlarning Surxon vohasi tarixiga qiziqishi ortib, Baqtriyaning bronza davrini o‘rganishda Filipp Koll (AQSh), Ditrix Xuff, Kay Kanyut, Mayk Toyfer (Germaniya), ilk temir davri yodgorliklarida Nikolos Boroffka (Germaniya), Vu Xin (Xitoy), antik davrlar arxeologiyasi bilan Per Lerish, Frans Grenet, Klod Rapen (Fransiya), Kato Kyudzo, K.Tanabe (Yaponiya), Ladislav Stancho (Chexiya) ishtirok etishib voha tarixini o‘rganishga, uning qadimgi madaniyatini jahon xalqlariga tanitishda katta xizmat qilmoqdalar.
majmualari
1968- yilda qadimgi Termiz hududida Budda haykali topildi va o‘sha vaqtdan buyon bu yer ko‘plab arxeologlar tomonidan o‘rganiladigan asosiy obyektga aylanib, buning natijasida keyinchalik qadimgi buddaviylik ibodatxonalari majmualari kashf etildi, shu jumladan Fayoztepa (mil. av. 1-asr – milodiy 3-asr), Kampirtepa, Qoratepa. Qadimgi musiqachilarning tasviri tushirilgan mashhur Ayritom frizining kashf etilishi ushbu mintaqa bir vaqtlar buddaviylik targ‘ib qilinganligining dalili bo‘lib xizmat qildi va ellinistik madaniyat unsurlari aniqlandi. Hozirda frizning terrakota-barelyeflari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmoqda.
Fayoztepa buddaviylik ibodatxona majmuasi o‘zbek olimi, mahalliy o‘lkashunoslik muzeyi direktori R.F.Fayozov sharafiga nomlangan. U ushbu obyektni o‘rganish tashabbuskori va hatto bu ibodatxonani kashf etganlardan biridir. R.F.Fayozov dunyo ilm-fanining eʼtiborini qadimiy obyektga jalb qilish uchun ko‘p harakat qilgan. Fayoztepaning kashf etilishi qadimgi buddaviylik obyektlarining yangilarini kashf etish uchun birinchi turtki bo‘ldi.

Dalvarzintepa - Kushon podshohlarining qarorgohi
Kushon imperiyasi davridagi (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklar orasida Termizdan 60 km uzoqlikda, Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimgi Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi.
Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya maʼbudi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Miloddan avvalgi I asrning boshlarida barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O‘zbekistondagi eng qadimgi buddaviylar binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar, tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.
1972 yilda ko‘hna shaharchaning qadimgi mavzelari o‘rganilayotganda, uy deb taxmin qilinayotgan binolardan birida, og‘irligi 36 kg bo‘lgan oltin buyumlar xazinasi topilgan. O‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra Dalvarzin xazinasi Britaniya muzeyida saqlanayotgan mashhur Amudaryo xazinasidan qolishmaydi.
Yaqinda Toshkentda mashhur Dalvarzin xazinasi to‘plamiga taalluqli buyumlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu joyda olib borilgan qazish ishlari davomida turli xil fil suyaklaridan yasalgan osori-atiqalar, alohida ahamiyat kasb etadigan dunyodagi eng qadimgi shaxmat donalari (mil. avv. 1-2 asr), qadimgi Yunon-Baqtriya davriga oid qimmatbaho toshlar, tangalar, mayda sopol buyumlar topilgan.

Yo‘qotilgan shahar


Amudaryo sohilida Termizdan 30 km uzoqlikda qadimiy Kampirtepa shahrining xarobalari joylashgan. 2018-yilda arxeolog olimlar Iskandar Zulqarnaynning qarorgohi bo‘lmish Oksdagi (Amudaryoning qadimgi nomi) Iskandariya qadimgi shahri aynan shu yerda joylashganligini isbotladilar. Buyuk sarkardaning kelishi davriga oid yangi ob’yektlar va madaniy qatlamlarning kashf etilgani bunga dalil bo‘lgan. Kampirtepa shahri – xandak bilan o‘ralgan ark bo‘lib, ichki shahri minorali mustahkam qal’a devori bilan o‘ralgan. Qadimgi shaharning qal’asida odamlar miloddan avvalgi IV asr oxirlarida yashab boshlashgan. Ichki shahar esa milodiy I asrning boshlarida qurilgan bo‘lib, milodiy II asrda bu hududda Kushon podsholigi tashkil topgunga qadar mavjud bo‘lgan.
Antik davridagi shahar-bandargohning hududida olimlar ob’ektlarni saqlab qolish uchun noyob ishlarini olib borishdi. Hozirda Kampirtepa qal’asi YUNESKO ning butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Ayritom frizi
Termizdan 18 kilometr sharqda qadimiy Ayritom qalʼasi joylashgan. Buddaviylik dinining eramizning boshlarida O‘rta Osiyoga kirib kelishi bilan bu yerda buddaviylik diniy yodgorliklarning qurilishi boshlanadi. Aslida, buddaviy din yodgorliklari Yunon-Baqtriya binolari xarobalarida barpo etilgan.
Kushon podsholigi davrida bu yerda Amudaryo sohilidagi qariyb 3 km uzunlikdagi katta buddaviylik ibodatxonasi va monastir markazi qurilgan. III asrning ikkinchi yarmida Ayritom parchalanib ketadi va qayta tiklanmaydi.
Akademik M.E. Masson rahbarligida 1932 yilda Amudaryoning tubidan odamlar tasviri tushirilgan friz parchalari topilgan. Bir yil o‘tgach, yana 7 ta frizning parchasi va buddaviylik ibodatxonasining xarobalari topildi. Tasvirlar bizning eramizning 1-2 asrlariga tegishli bo‘lib, ularda musiqiy asboblarni chalayotgan musiqachilar, shuningdek qo‘llarida mevali idishlarni ushlab turgan, boshlarida gulchambar taqib olgan o‘g‘il va qizlar aks ettirilgan. Ayritom frizlarida Budda bilan xayrlashish sahnasi (Paranirvana Jataka) aks etgan. Hind afsonalariga ko‘ra, “marhum Buddani besh musiqa asbobining yoqimli ohanglari ostida kuzatilishi, donatrislar esa uni oxirgi safarga xushbo‘y gullar bilan birga olib borishi kerak”.
Qirq-Qiz qalʼasi
Eski Termizdan 3 kilometr g‘arbda qadimiy qalʼa joylashgan. Arxeologlar qalʼa qurilishining taxminiy sanasini belgilab berishgan: 9-10 asrlar, ammo XIV asrga qadar qasr bir necha bor qayta qurilgan. XX asr boshlarida boshlangan qazishmalar va tadqiqotlar davomida bu yerda ko‘plab osori-atiqalar topildi: uy anjomlari parchalari, tangalar, gipsli haykallar va boshqalar.
Qirq-qiz qalʼasi bilan qadimgi afsona bog‘liq. Bir vaqtlar bu qalʼada jasur malika Guloyim 40 nafar dovyurak jangovar hur qizlardan iborat kanizaklari bilan birga yashagan. Qadimiy qalʼaning nomi mazkur qizlar nomidan kelib chiqqan. Jasur hur qizlar o‘zlarining qalʼalarini va bekalarini qattiq himoya qilganlar, dushmanlarning hujumlarini qaytarib, erkaklarning yaqin kelishiga yo‘l qo‘ymaganlar.
Ammo bir kuni Kokildor-ota ismli yigit qalʼaga kirishga muvaffaq bo‘ldi. U sochlarini uzun qilib o‘stirdi va shu tufayli qalʼaga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Yigitning ayyor rejasi tezlikda oshkor bo‘ldi, malika esa unga oshiq bo‘lib,ular ajoyib to‘y o‘tkazdi.
Balkim shuning uchun Qirq-Qiz qalʼasining xarobalari yengib bo‘lmaydigan qalʼaga o‘xshaydi. Lekin aslida bino keng yo‘lakli va ko‘p sonli xonalari bo‘lgan katta saroylardan biri edi.
Agar siz qadimiy qalʼani ziyorat qilsangiz, ilgari mahalliy chillaxona vazifasini o‘tagan g‘ayrioddiy xonaning qoldiqlarini ko‘rishingiz mumkin. U yerda hanuzgacha shoxlariga mayda matochalar bog‘lab qo‘yilgan eski daraxt bor. Afsonaga ko‘ra, onalik baxtiga erishish istagida bo‘lgan farzandsiz ayollar bu yerga kelib, zurriyot uchun ibodat qilib, bo‘lg‘usi bolalarning ismlari yozilgan kichik matochalarni daraxt shoxiga bog‘lab qo‘yadilar.
Temuriylar davri tarixiy manbalarida Termiz shahri, uning vazifasi va qurilishi tarixi. Termiz so’nggi o’rta asrlar davrida.
Ahamoniylar davriga kelib Baqtriya shaharsozligida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lgan edi. Temir qurollarining yoyildashi, sug’orma dehqonchilik va hunarmandchilikning takomillashuvi, manzilgohlar sonining ortishi, ularni maydonining kengayishi, yangi belgilar qo’shilgan holda tuzilishining murakkablashuvi aynan mana shu davrga xosdir. Baqtrada juda balandlikda qal’a qurilib, shaharni pastda qalin devor o’rab turgan. Shuningdek qal’a, akropolda ham mavjud edi. Mil.avv. I ming yillik o’rtalari Baqtriyada 4 qismli ko’rinishdan iborat turli tipdagi shaharlar mavjud edi. Ushbu tuzilish qal’a, shaharning o’zi, shaharoldi hududi qishloqlari va alohida qo’rg’onlardan iborat shahar atrofi qismlari edi. Baqtriya shaharlari mahalliy an’analar asosida shakllangan bo’lib, ushbu jarayonning ildizlari bevosita bronza davri bilan bog’lanadi14.
O’tgan asrning 50–60- yillaridan boshlab mil.avv. IV – milodiy IV asrlar O’rta Osiyo tarixini o’rganish jarayonida “antik” va “antik davr” jumlalari muomalaga kirgan edi. Antik davr butun madaniy hayotida bo’lgani kabi shaharlar hayotining o’ziga xos tomonlari mahalliy va ellinistik, ayrim hollarda hind shaharsozlik an’analarining o’zaro uyg’unlashuvi bilan izohlanadi. Makedoniyalik Iskandarning yurishlari, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya podsholiklarining paydo bo’lishi, keyinroq Qang’, Davan va Kushonlar davlati ham shaharlar taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi15.

Termiz shahri haqidagi manbalarda Aleksandr Makedonskiygacha shahar hududi atroflarida odamlar yashaganligi, Makedonskiy o’limidan so’ng esa ko’chmanchi qabilalar tomonidan shahar vayron etilganligi, salavkiylar shohi miloddan avvalgi III asrda hukmronlik qilgan Antiox I shaharni qayta tiklagani va unga o’zining nomini bergani hamda u “Oks bo’yidagi Antioxiya” deb atala boshlagani qayd etilgan. Xaritada ushbu shahar Antioxiya-Tarmita deb nomlangan16.


Mil.avv. 140–130 yillarda Baqtriya hududiga yuechji ko’chmanchi qabilalar bostirib kirib, bu yerda Kushon davlatiga asos soldi. Kushonlar davrida dehqonchilikning rivojlanishi tufayli keng hududlar o’troq aholi tomonidan o’zlashtirildi. Ma’lumotlarga ko’ra, birgina Shimoliy Baqtriya (Surxon vohasi)da 120 dan ziyod kushonlar davriga oid shahar va qishloqlar aniqlangan.
Surxondaryo viloyatining Sho’rchi tumanidagi Dalvarzintepa yodgorligi Kushonlar davlatining birinchi poytaxti hisoblanadi. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Manbalarda miloddan avvalgi I asr oxiri – milodning boshlarida Shimoliy Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa yirik shahar bo’lgani qayd etilmagan. Milodiy III asr oxiri – IV asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgach, Dalvarzintepa vayron qilinib, hayot faqat uning bir qismidagina, hozirgi qal’a, ya’ni shoh saroyi o’rnida saqlanib qoladi. Arablar bosqinidan keyin shahar butunlay vayron bo’ladi va hayot Dalvazintepadan 10 kilometr sharqda joylashgan Budrachtepaga ko’chadi.
Kushon davri shaharlarining kelib chiqishi va shakllanish jarayonini Dalvarzintepa nisbatan yaxshi aks ettiradi. Mil.avv. I asrning ikkinchi yarmi – milodiy I asr boshlarida dastlabki markaz o’rnida qalinligi 7 metrli devor va handaq bilan o’rab olingan mustahkam qal’a shakllanib, mustahkamlangan manzilgoh shaharga aylanadi. Ushbu shahar aniq to’g’ri burchakli rejasi va mustahkam devorlari bilan ajralib turadi. Kushonlar davrida ushbu joy shaharga aylanadi17.
Kushonlar davrida Baqtriyada yuzlab yangi shahar va qishloqlarga asos solindi, eski shaharlar esa gullab-yashnadi. Ulardan biri Termiz edi. Mazkur shahar kushonlar hukmronligi davrida gullab-yashnagan bo’lib, natijada shimoliy Baqtriyaning eng katta shaharlaridan biriga va uning poytaxtiga aylandi. Shahar tez sur’atlar bilan kengayib bordi. Hunarmandchilikning turli tarmoqlari, ayniqsa, kulolchilik metallsozlik, toshtaroshlik tez rivojlandi. Termizlik kulollar tayyorlagan ko’za, qadah, likopcha, tog’ora va boshqa ko’pgina uy-ro’zg’or buyumlari o’zining sifati, bejirim shakli va turli naqshlari bilan alohida ajralib turardi. Mazkur buyumlar faqatgina shahar aholisining ehtiyojini qondiribgina qolmay, ma’lum qismini boshqa shaharlardan va qishloqlardan kelgan odamlar ham xarid qilgan.
Kushonlar davrida Termizda savdo-sotiq ham avj olib, u asosan, tovar-pul muomalasi orqali olib borilgan. Shaharning Buyuk ipak yo’li chorrahasida joylashganligi uni iqtisodiy va madaniy jihatdan yanada yuksalishiga zamin yaratgan edi. Termizning madaniy va ma’naviy hayotida buddizm alohida o’rin egallagan. Shaharga ushbu din ilk bor miloddan avvalgi I asrning oxiri – milodning boshlarida kirib kela boshlagan. Shahar aholisining kattagina qismi va shahar hokimi hamda zodagonlar ham buddaviylik dinini qabul qilib, uning har tomonlama rivojlanishiga homiylik ko’rsatgan edi. Ular buddaviylik ibodatxonalari bunyod etgan. Bunday markaziy ibodatxonalardan ikkitasi hozirda Qoratepa va Fayoztepa nomi bilan mashhur. Ushbu yodgorliklar shahar tashqarisida joylashgan bo’lib, Shimoliy Baqtriyaning eng katta ibodatxonalaridan biri edi18.
Kushon podsholigi davrida Shimoliy Baqtriyaning qadimgi shahar madaniyati ancha ravnaq topdi. Ushbu davrda Termiz shahrining iqtisodiy, madaniy jihatdan rivojlanganligini hunarmandchilik buyumlari, uy qurish sohasidagi me’morchilik san’ati, sug’orish inshootlari va ishlab chiqargan mahsulotlari orqali ham bilib olish mumkin.
Mazkur davrda Termiz shahrining maydoni 350 gektardan iborat bo’lib, Dunyotepa va Chingiztepa xarobalari o’rnida joylashgan. Chingiztepa va Qoratepa oralig’ida Amudaryoga qurilgan chig’iriqlar yordamida shahar markaziga ichimlik suvi chiqarilgan. Suv chiqarilgach, Qoratepa ibodatxonasida maxsus hovuzlar yordamida suv tindirilib, keyin shahar tashqi devorining shimoliy tomoni bo’ylab qurilgan ariqcha orqali shaharga taqsimlangan. Milodiy II asrda podsho Kanishka Qoratepa yodgorligi o’rnida Budda ibodatxonasini qurdiradi. Mamlakatda qishloq jamoalari ancha kengayadi. Ushbu davrda vohada ikkita yirik markaz mavjud bo’lib, bulardan biri: Amudaryo bo’yidag’i Tarmita (Termiz) bo’lsa, ikkinchisi Chag’onrud (Surxondaryo) bo’yidagi Dalvarzintepa shaharlari edi. Mazkur shaharlar Kushonlar imperiyasining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va harbiy hayotida alohida o’ringa ega bo’lgan. Bundan tashqari, Kampirtepa, Zartepa va Hayitobodtepa kabi shaharlar ham mavjud bo’lib, ushbu shaharlar mudofaa devorlari bilan o’rab olingan edi19.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Kushonlar davrida Baqtriyada yuzlab shahar va qishloqlarga asos solindi.Ulardan biri Shimoliy Baqtriya hududida Oks (Amudaryo) bo’yidagi qadimiy shaharlardan biri Kampirtepa hisoblanadi. Kampirtepa milloddan avvalgi III asrda asos solingan shahar hisoblanadi. U Amudaryoning o’ng sohilida Termizdan 30 kilometr g’arbda va shu yo’nalishdagi Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Sho’rob qishlog’idan 1,5 kilometr masofada joylashgan. XV asr muarrixi Hofizi Abro’ asarida Kampirtepa Jayhun bo’yidagi “Pandaxeyon” nomi ostida tilga olinadi. Kampirtepa 2 qism, qal’a, undan g’arb va sharq tomonda joylashgan, atrofi devor bilan o’ralgan qismlardan iborat. Devorining umumiy uzunligi g’arbdan sharqqa tomon 750 metr, shimoldan janubga tomon esa 250 metrni tashkil etadi. Qal’a mustahkamlangan va mustahkamlanmagan qismlardan tashkil topgan bo’lib, umumiy maydoni 4 gektardan iborat edi. Uning tuzilishi arki a’lo, arki a’lo oralig’i hududi, tashqi qal’a devori, turar-joy hamda turli maqsadda foydalanilgan binolardan iborat. Arki a’lo Amudaryo tomon qaraganda baland terassa qirg’og’ida, qal’aning markazida joylashgan. G’arbdan sharqqa 150 metr, shimoldan janubga 100 metr uzunlikka cho’zilgan. Maydoni 1,5 gektar. Tashqi tomondan chuqurligi 10 metrli handaq, to’g’ri burchakli shinakli-burjlar va 5 metr qalinlikdagi devor bilan o’ralgan. Qal’aning mustahkamlanmagan qismi asosan dafn inshootlaridan iborat. Ushbu shahar Kushon podsholigi davrida, ya’ni I–II asrlarda gullab-yashnagan va 3 marta bosqinni boshdan kechirgan.
Arxeologik tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Yunon-Baqtriya podsholigi davrida Kampirtepa nafaqat shahar, balki harbiy garnizon vazifasini ham bajargan. Kushon podsholigi davrida esa shaharning shahriston qismida turar-joylarni qurish qizg’in jonlanadi, galereya va ko’chalarga ajratiladi. Qazishmalar davomida moddiy va badiiy madaniyat buyumlari va tangalarning boy kolleksiyasi, shuningdek, yunon, baqtr, braxma va noma’lum xat namunalari topilgan. Ular orasida papirusga yozilgan qadimgi baqtr qo’lyozmalari Markaziy Osiyoda topilgan yozuvlar ichida eng qadimgi qo’lyozma ekanligi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, shaharchadan noyob san’at buyumlari, xususan, terrakotik haykalchalar, arxitektura bezaklari, fil suyagidan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metalllardan tayyorlangan zargarlik buyumlari, kushon hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalar va boshqa ashyolar topilgan. Ushbu topilmalar Kampirtepa yodgorligida Kushon podsholigi davrida hunarmandchilik va savdo taraqqiy etganini bildiradi.
Shaharlarning gullab-yashnashi va iqtisodiy rivojlanishida Buyuk ipak yo’li muhim rol o’ynagan. Buyuk Ipak yo’li keng savdo va madaniy magistral sifatida janubiy-sharqiy yevropa, Iroq, Kavkaz, Markaziy Osiyoni Mo’g’iliston va Xitoy davlatlari bilan bog’lab turgan hamda Baqtriya hududidagi shaharlarning taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Jumladan, Kampirtepa aholisi ham savdo-sotiq bilan shug’ullangan, bu esa hunarmandchilikning yangi turlari va texnologiyalari rivoji, ishlab chiqarish va mahsulotlar hajmining ko’payishiga olib kelgan. Kulolchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish kushonlar davrida yuqori nuqtaga yetadi. Sopol buyumlarda xilma-xillik ko’payadi. Turli bezakli va sifatli idishlar ishlab chiqariladi20.
Termiz shahar qal’asiga mil. avv. I ming yillikning o’rtalarida asos solingan. Shaharning nomi qadimgi baqtr tilidagi “ Taro Maetha ” so’zidan olingan bo’lib, u ” daryoning narigi sohilidagi manzilgoh “ degan ma’noni bildiradi. Mil. avv. 327 – yilda Aleksandr Makedonskiy bu qal’aga Oks bo’yidagi Aleksandriya shahri deb nom berganligi olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Mil. avv III asrda shahar Antioksiya – Tarmita deb atalgan. Termiz IV-V asr arman manbalarida “Drmat”, VII asrga oid xitoy manbalarida “ Tami ” nomi bilan qayd qilingan. IX-XII asrlarga oid arab-fors manbalarida shaharning nomi “Tarmid”, “Tarmiz” va “Tirmiz” ko’rinishida yozilgan.
Yunon – Baqtriya podshohligi hukmronligi davri ( mil. avv. III-II asrlar) da Termiz Baqtriyaning eng yirik shaharlaridan biri bo’lib, u o’lkaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida muhim o’rin egallagan. Bu davrda shahar 10 gektardan ortiq maydonni egallagan va u Shimoliy Baqtriyaning eng yirik markazlaridan biri hisoblangan. Kushonlar davrida Termiz Baqtriyaning ijtimoiy – siyosiy va madaniy hayotida muhim rol o’ynagan. Shaharda ko’plab mahobatli ma’muriy va ijtimoiy binolar barpo etilgan, hunarmandchilikning turli sohalari, savdo – sotiq ravnaq topgan. Shahar Amudaryo bo’yidagi asosiy port shahriga aylangan. Shahar portidan chiqqan katta qayiq va kemalar qadimgi Xarazm va undan Uzboy orqali Kaspiy dengizigacha suzib borgan. Kushonlar davrida Termiz shahri buddaviylik dini va madaniyatining O’rta Osiyodagi eng yirik markazi sanalgan. Termiz shahri Kushon saltanatining ilm – fan rivojlangan markazlaridan biri hisolangan.
Kushonlar saltanati inqirozga uchragach, shahar alohida hokimlik sifatida ma’lum vaqt sosoniylar, eftaliylar keyinchalik Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr boshlarida Termiz shahri arab xalifaligiga qo’shib olingan. IX asrda shahar somoniylar davlati, XI-XII asrlarda g’aznaviylar, qoroxoniylar, saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrda Termiz shahri har tomonlama ravnaq topgan. Shahar uch tarkibiy qism – qal’a, shahriston va raboddan iborat bo’lib, 500 gektardan ortiq maydonni egallagan.
Shaharda ko’plab yangi ma’muriy binolar, masjidlar bunyod etilib, keng ko’lamda obodonchilik ishlari olib borilgan. Shaharda hunarmandchilikning turli sohalari rivojlangan. Termiz hunarmandlari tayyyorlagan ko’plab maxsulotlar uzoq o’lkalarda ham juda xaridorgir bo’lgan. Xususan, Termiz sovunlari, attorlik buyumlari va qayiqlari Sharq mamlakatlarida g’oyatda qadrlangan. O’rta asr mualliflari Termizni Shimoliy Toharistonning iqtisodiy va madaniy markazi deb ta’kidlashgan. Bu davrda Termizda islom dunyosida mashhur ko’plab alloma va shoirlar yashab ijod etgan. 1220 – yil kuzida Termiz shahri Chingizxon qo’shinlari tomonidan zabt etilib vayron qilingan. Termiz aholisi bosqinchilarga mardona qarshilik ko’rsatganligi uchun shahar “Madinat ur-rijol ”, ya’ni “ erlar shahri ” deb ulug’langan.
Temuriylar va Buxoro xonliklari davrida Termiz Amudaryo bo’yidagi muhim strategik qal’a sifatida faoliyat ko’rsatgan. Qal’ada kechuvni himoya qiluvchi kuchli harbiy garnizon joylashgan. Eski Termiz qal’asi devorining balandligi 18-20 metrni, qalinligi 7-8 metrni tashkil etib, har 20-25 metr oralig’ida burjlar bo’lgan. Eski Termiz qal’asining devori janubi-g’arbiy tomon 470 metrga va shimoli-g’arbiy tomon 230 metrga cho’zilgan va qal’aning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etgan.
Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish