Yunon-Fors urushlari. Xalqaro munosabatlardagi muhim voqealaridan biri Yunoniston–Eron urushlaridir. Ushbu urushdan Eronning ko’zlagan asosiy maqsadi aholisi ko’p va iqtisodiy jihatdan rivojlangan boy yunon polislarini zabt etishdan iborat bo’lgan.
Yunoniston–Eron urushlarida yunonlarning vatanparvarligi va jasorati
yorqin namoyon bo’ldi va polislar birlashish zarurligi anglab yetganlar. Shu
maqsadda miloddan avvalgi 481- yilda “Panellin ittifoqi”, keyinroq uning o’rnida
miloddan avvalgi 478- yilda “I Afina dengiz ittifoqi” (Delos ittifoqi) vujudga
kelgan edi.
Yunoniston - Eron urushlarining asosiy davrlari:
I. Miloddan avvalgi 500 – 494 yy. - Kichik Osiyoda joylashgan yunon
shaharlarining eronliklarga qarshi qo‘zg‘oloni, Afina va Eretreyaning
qo‘zg‘olonchilarga yordami;
II. Miloddan avvalgi 492 – 490 yy. - Eronliklarning Bolqon Yunonistoniga
bostirib kirishga urinishlari.
III. Miloddan avvalgi 480 – 479 yy. - Kserksning Yunonistonga bosqini -
Yunoniston - Eron urushlarining eng yuqori nuqtasi.
IV. Miloddan avvalgi 478 – 459 yy. - harbiy harakatlar xarakterining
o‘zgarishi, harbiy tashabbusning yunonlar qo‘liga o‘tishi, Egey dengizi orollari va
Kichik Osiyoda joylashgan yunon shaharlarining ozod etilishi. Afina harbiy
qudratining o‘sishi.
V. Miloddan avvalgi 459 – 449 yy. - Afina va uning ittifoqchilarining Misrga
yurishi, Yunoniston - Eron urushlarining yakunlashi.
Yunoniston-Eron urushlarida yunonlarning vatanparvarligi va jasorati (mil. avv.
490yilda Marafon yonidagi jang, mil. avv. 480 yilda Fermopil yo‘lagi yonidagi jang)
yorqin namoyon bo‘ldi, birlashish zarurligi anglab etildi (Panellin ittifoqi - mil. avv.
481 y., Delos ittifoqi - mil. avv. 478y.).
Miloddan avalgi 449 yilda “Kaliy” sulhi tuzildi. Eron podshohi bilan tinchlik
tuzish maqsadida Kiprga yuborilgan Afina elchisining ismi Kaliy bo‘lganligi sababli
ushbu bitim shunday nomlanadi. Tinchlik shartlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
1. Eron podshosi yunonlarning Kichik Osiyodagi barcha polislarning
mustaqilligini tan oldi va yunonlarga qarshi harbiy harakatlar olib bormaslik
majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.
2. Eron davlati bundan buyon Egey dengizi va bo‘g‘ozlarga harbiy flotini kirita
olmasdi.
Afina va Spartaning
Yunonistonda gegemonlik qilish uchun kurashi. barcha qarama- qarshiliklar
yunon polislarning ko‘pchiligini o‘z domiga tortib ketgan Peloponnes urushiga (mil.
avv. 431 - 404yy.) olib keldi. Peloponnes urushi ikki asosiy davrga bo‘linadi:
Birinchi davr - “Arxidam urushi” ( mil. avv.431 - 421yy. );
Ikkinchi davr - Afinaliklarning Sitsiliyaga qo‘shin yuborishi va “Dekeley”
urushi (mil. avv. 415 – 404 yy.)
Miloddan avvalgi 421 - 415 yillar davomida vaqtincha sulh saqlandi. Harbiy
harakatlar bir paytning o‘zida turli hududlarda olib borildi: Egey dengizi havzasida,
Peloponnesda, O‘rta Yunonistonda, G‘arbiy viloyatlarda, Sitsiliyada. Urushning
ikkinchi davrida Sparta yordam so‘rab Eron davlatiga murojaat qildi. Ko‘mak berish
evaziga eronliklar Kichik Osiyoda joylashgan yunon shaharlarini nazorat qilish
huquqini talab qildilar. Sparta bunga rozi bo‘lmadi, biroq rad javobini ham bermadi.
Bu - Yunonistonning milliy manfaatlariga nisbatan sotqinlik edi.
Miloddan avvalgi 399 yilda Eron va Sparta o‘rtasida urush boshlandi.
Axamoniylar orasidagi sulolaviy kurashga Spartaning aralashuvi ushbu urushni
keltirib chiqardi. Sparta urushning oxirida qilgan sotqinligi tufayli o‘zini yunonlar
oldida obro‘ - e’tiborini tiklashga va Kichik Osiyoda joylashgan yunon shaharlarini
ozod etishga intildi. Biroq miloddan avvalgi 395 yilda Ahamoniylar yordamida
tuzilgan koalitsiya (ittifoq) Spartaga qarshi urush boshladi. Ushbu ittifoqqa Afina,
Korinf, Fiva kirdi. Polislarning zaiflashuvi va iqtisodiyotining tanazzulga yuz tutishi
o‘sha davrda ularning barchasini boy Eron davlatiga nisbatan qaram qilib qo‘ygandi.
Eron urushayotgan tomonlarini tinchlik shartlarini qabul qilishga faktik jihatdan
majburladi (mil. avv. 387 yilda tuzilgan “Antalkid” sulhi); Eron davlati Kichik Osiyo
shaharlari ustidan bo‘lgan hokimiyatini tikladi, eronliklar flotiga Egey dengiziga
kirish ruxsat etildi, yunon polislari ustidan kuzatish va nazorat qilish Spartaga
topshirildi. Spartaning siyosati davlatlar muhtoriyatini buzish, demokratlarga jazo
berish, oligarxik tartiblarni o‘rnatish orqali o‘z ifodasini topdi.
Shu davrda Yunonistonning shimolida yangi harbiy - siyosiy kuch sifatida
Makedoniya namoyon bo‘ldi. Miloddan avvalgi 346 yilga kelib Makedoniya
podshosi Filipp II tomonidan oldin Fessaliya, so‘ngra Fokida, Xolkidika va Frakiya
sohili bosib olindi. Afinada va Yunonistonning boshqa polislarida Makedoniyaga
qarshi va tarafdor partiyalar o‘rtasida kurash bo‘lib o‘tardi. Demosfenning harakatlari
tufayli yunon shaharlarining Makedoniyaga qarshi ittifoqi tuzildi. Ammo ushbu
ittifoq mil. avv. 338 yilda Xeroneya shahri yonidagi jangda to‘la mag‘lubiyatga
uchradi.
Xulosa. Klassik davrda yunon polislari xalqaro maydonda faol diplomatik aloqalar olib borganlar. Yunon -fors urushlaridagi g'alabalar Yunonlarga katta foyda keltirdi ammo urushdan keyingi polislar o'rtasidagi raqobat ularni holdan toydirdi va bu polislarning inqiroziga sabab bo'ldi. Natijada m.a. 338-yilda Makedoniya podshosi Filipp II Yunon polislarini bosib olishga muvaffaq bo'ldi. Foydalanilgan adabiyotlar. R.Rajabov:"Qadimgi dunyo tarixi". A.Xolliyev:"Xalqaro munosabatlar va diplomatiya". Buxoro Davlat Universiteti:"Xalqaro munosabatlar va diplomatiya". E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Do'stlaringiz bilan baham: |