Tabiiy huquqlarga binoan har bir kishi erkin bo’lib tug’ilishi lozim, lekin ba’zi odatlarga ko’ra, juda qadimdan boshlab, bizning qirollik davrimizda ham ko’pchilik oddiy xalqlarimiz avlodlarining tasodifiy xato, gunohlari uchun servlik va boshqa qaramlik holatiga tushib qolganlar. Bizga bu butunlay yoqmaydi. Bizning qirollik davlatimiz franklar qirolligi deb ataladi, bizning ahvolimiz esa shu nomga mos kelishi lozim. Bizning katta kengashimizning muhokamasi bilan hukmronligimizning boshlanishidan boshlaboq xalqlarimiz ahvolining tuzatilishi lozimligi haqida buyruq berildiki, bizning qirolligimizning hamma tomonida erksiz servlar erkin kishilarga, erkin bo’lmagan yerlar erkin yerlarga aylantiriladi. Erkinlik yaxshi va durust shartlar asosida beriladi. Bizning oddiy xalqimiz buning uchun soliq yig’uvchilar va boshqa xizmatchilardan hech qanday zarar va ozor chekmasinlar... hozirgi kungacha davom etib kelgan bunday ahvol bizga sira yoqmaydi. Shaxsiy qaram kishilarga ega bo’lgan boshqa senorlar ham, bizdan namuna olib, ularni ozodlikka chiqazsinlar. Biz sizning sodiqligingizga va sinalgan aqlingizga ishonib ushbu yorliqni topshiramiz .Ular bilan biz yetarli darajada foyda oladigan haq to’lash evaziga erishiladigan ozodlik haqida kelishib bir qarorga kelinglar. Yuqorida aytilgan mulklardan (servaj) bizga va bizning merosxo’rlarimizga foyda tegsin. Buning evaziga biz va bizning merosxo’rlarimiz ularga yuqorida aytilgan va biz sizlarga e’lon qilishni topshirgan to’liq ozodlikni beramiz. Biz o’z nomimizdai va merosxo’rlarimiz nomidan chin vijdon bilan va’da berib aytamizki. sizlarning ushbu ish yuzasidan qilgan haq to’lab ozodlikka chiqish haqidagi shartnomalaringizni shaharlarga, jamoalarga, qishloqlarga va ayrim shaxslarga ozodlik hadya qilish haqidagi qarorlaringizni siz bizning e’tiborimizga havola qilishingiz bilanoq, o’z yorligimiz bilan tasdiqlaymiz va ma’qullaymiz. Tabiiy huquqlarga binoan har bir kishi erkin bo’lib tug’ilishi lozim, lekin ba’zi odatlarga ko’ra, juda qadimdan boshlab, bizning qirollik davrimizda ham ko’pchilik oddiy xalqlarimiz avlodlarining tasodifiy xato, gunohlari uchun servlik va boshqa qaramlik holatiga tushib qolganlar. Bizga bu butunlay yoqmaydi. Bizning qirollik davlatimiz franklar qirolligi deb ataladi, bizning ahvolimiz esa shu nomga mos kelishi lozim. Bizning katta kengashimizning muhokamasi bilan hukmronligimizning boshlanishidan boshlaboq xalqlarimiz ahvolining tuzatilishi lozimligi haqida buyruq berildiki, bizning qirolligimizning hamma tomonida erksiz servlar erkin kishilarga, erkin bo’lmagan yerlar erkin yerlarga aylantiriladi. Erkinlik yaxshi va durust shartlar asosida beriladi. Bizning oddiy xalqimiz buning uchun soliq yig’uvchilar va boshqa xizmatchilardan hech qanday zarar va ozor chekmasinlar... hozirgi kungacha davom etib kelgan bunday ahvol bizga sira yoqmaydi. Shaxsiy qaram kishilarga ega bo’lgan boshqa senorlar ham, bizdan namuna olib, ularni ozodlikka chiqazsinlar. Biz sizning sodiqligingizga va sinalgan aqlingizga ishonib ushbu yorliqni topshiramiz .Ular bilan biz yetarli darajada foyda oladigan haq to’lash evaziga erishiladigan ozodlik haqida kelishib bir qarorga kelinglar. Yuqorida aytilgan mulklardan (servaj) bizga va bizning merosxo’rlarimizga foyda tegsin. Buning evaziga biz va bizning merosxo’rlarimiz ularga yuqorida aytilgan va biz sizlarga e’lon qilishni topshirgan to’liq ozodlikni beramiz. Biz o’z nomimizdai va merosxo’rlarimiz nomidan chin vijdon bilan va’da berib aytamizki. sizlarning ushbu ish yuzasidan qilgan haq to’lab ozodlikka chiqish haqidagi shartnomalaringizni shaharlarga, jamoalarga, qishloqlarga va ayrim shaxslarga ozodlik hadya qilish haqidagi qarorlaringizni siz bizning e’tiborimizga havola qilishingiz bilanoq, o’z yorligimiz bilan tasdiqlaymiz va ma’qullaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |