O'rta asrlar tarixi haqida



Download 360.07 Kb.
bet7/11
Sana12.01.2017
Hajmi360.07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Istilo shu tariqa Angliyada kuchli qirol hokimiyatini vujudga keltirdi. Bu esa o'z navbatida markazlashgan davlat barpo etish uchun asos bo'ldi.

1086- yilda Angliyada aholini ro'yxatga olish tadbiri o'tkazildi. Aholi bu tadbirni qo'rqinch bilan qarshi oldi. Shu tufayli ro'yxat varaqalarini ,,Dahshatli sud kitobi" deb atadilar. Vilgelm I ning bu tadbirdan ko'zlagan asosiy maqsadi - mamlakatda haqiqatda qancha yer maydoni borligini aniqlash orqali xazinaga tushadigan daromadni' ko'paytirish edi. Vilgelm I Daniyaning uzluksiz hujumlariga butunlay chek qo'ydi. Feodallarning o'zaro urushlariga barham berdi.

Kuchli qirollik hokimiyati. Vilgelm I ning oqilona siyosati kuchli qirollik hokimiyati vujudga kelishini ta'minladi. Avvalo, yirik shaharlar qirol hokimiyatini qo'llab-quvvatladilar. Buning asosiy sababi shaharlarning asosan qirolga qarashli yer-mulklarda joylashganligi edi. Qirol ham shaharlarni qo'llab-quvvatladi. Chunki, birinchidan, shaharlar qirolga katta daromad keltirgan bo'Isa, ikkinchidan, yirik feodallarga qarshi kurashda shaharlar qirolning tayanchi edi. Shu sababli feodallar shaharlarga tazyiq o'tkaza olmaganlar.

Qirol hokimiyatini ritsarlar ham qo'llab-quvvatlashgan. Kuchli qirol hokimiyati ularni katta yer egalari tajovuzidan muhofaza qilishning asosiy kafolati edi.

Xristian cherkovi, aholining erkin toifasi ham kuchli qirol hokimiyati tarafdori bo'lgan. Qirol sudining joriy etilganligi aholining erkin toifasini feodallarning o'zboshimcha mahalliy sudlaridan himoya qilgan.

Qirol hokimiyatining mustahkamlanishi bilan Angliya markaz-lashgan davlatga aylana borgan.

Yuqorida qayd etilgan omillar Angliyada markazlashgan davlat vujudga kelishini Fransiyaga nisbatan yengil ko'chishiga imkon bergan.

,,Buyuk erkinlik xartiyasi". Qayd etilgan omillar Angliyada siyosiy hayot osoyishta kechgan, degan fikrni anglatmaydi. Fransiyada bo'lganidek, Angliyada ham hokimiyat uchun, siyosiy huquqlar uchun murosasiz kurash davom etgan. Biroq bu kurash Angliyani bo'laklarga bo'lib yubora olmagan.

Qirol loann (1199 - 1216) davrida hukmron tabaqalar o'rtasidagi nizolar avjiga chiqqan. Bunga qator omillar sabab bo'lgan. Chunonchi, Angliyaning Fransiyaga qarshi urushda mag'lubiyatga uchrashi uning asosiy sababi bo'ldi. Bundan tashqari, yepiskop saylash masalasida

Rim Papasi bilan munosabatiar keskinlashdi. Bu kurashda ham qirol yutqazdi. Papa qirolni vassal sifatida tavba qilishga majbur etdi. Bu mag'lubiyat qirolning obro'sini tushirib yubordi.

Soliqlarning oshirilishi qirolni mayda va o'rta mulkdorlar mada-didan mahrum etdi. Bu hoi yirik yer-mulk egalarida hokimiyatga bo'ysunmaslik kayfiyatini vujudga keltirdi. Oqibatda 1215- yilda qiroiga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi.

Qo'zg'olonchilar qirolni ,,Buyuk erkinlik xartiyasi" deb ataluvchi hujjatga imzo chekishga majbur etdilar.

Unga ko'ra, feodallar o'z yer-mulklarini meros qilib qoldirish huquqiga ega bo'ldilar.

Mamlakatda ,,Tenglar sudi" deb ataluvchi sud joriy etildi. Bu sudning qarorisiz mamlakatning birorta erkin fuqarosi qamoqqa olinmas, mol-mulki musodara etilmas yoki mamlakatdan haydab chiqarilmas edi. Shaharlarga savdo-sotiq erkinligi huquqi berildi. Shuningdek, shaharlar o'z-o'zini boshqarish huquqiga ega bo'ldilar. Uzunlik va og'irlik o'lchovlarining bir xilligi ta'minlandi.

Erkin dehqonlar va ritsarlarga qarashli yerlar ularga kafolatlab berildi.

Mamlakatda Buyuk qirollik kengashi ta'sis etildi. Uning roziligisiz qo'shimcha soliqlar joriy etilmas yoki mavjud soliqlar miqdori oshirilmas edi.

,,Buyuk erkinlik xartiyasi" faqat qaram dehqonlar hayotida hech qanday o'zgarish yasamadi. Shunday bo'lsa-da, bu xartiya Angliya hayotida juda muhim rol o'ynadi. Xartiya mamlakatni bo'lib yuborishga emas, balki uning markazlashgan maqomini to'la saqlab qolishga xizmat qilgan. Mamlakat bunga barcha erkin tabaqalarning ishtirokini ta'minlash orqali erishgan.

Xartiya keyinchalik Angliyada parlamentning vujudga keli-shida, qonunchilikning mustahkamlanishida poydevor vazifasini o'tadi.

Angliya parlamenti. Angliya qirollari ,3uyuk erkinlik xartiyasi" qoidalarini bajarishni aslo istamaganlar. Chunki tarixda hech qachon o'z hokimiyatining cheklanib qolishini istagan qirol o'tgan emas. Binobarin, Angliya qirollari ham bundan mustasno bo'lmaganlar. Natijada yana hokimiyat uchun kurash boshlangan. Bu kurash 1265-yilda mamlakatda parlament joriy etilishiga olib kelgan. Parlament 1295- yildan boshlab (qirol Eduard I davrida) muntazam chaqirilib turiladigan bo'ldi.

1297- yilda parlament soliqlarni tasdiqlash huquqini qo'lga kiritdi.

XIV asrdan boshlab parlamentga qonun chiqarish huquqi ham berilgan. Bundan tashqari, parlament vazirlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar bo'yicha Oliy sud vazifasini ham bajara boshlagan.

1343- yildan ikki palataga bo'lingan.

Umum palatasiga har bir graflik ikki nafar ritsarni vakil qilib yuborardi. Har bir shahar ham ikkitadan vakil yuborish huquqiga ega bo'ldi.

Lordlar (oliy tabaqalar) palatasi oliy martabali ruhoniylar, yirik

yer egalarining vakillaridan iborat bo'lgan.

Quyi palata o'zining roziligisiz soliq joriy etilmasligi to'g'risida qonun qabul qilinishiga erishgan.

A tamalar mazmunini bilib oling

Parlament (fransuzcha so'z bo'lib, gapirmoq degan ma'noi anglatadi) - davlatning qonun chiqaruvchi hokimiyati. Xartiya (yorliq) - qo'lyozma hujjat. Yepiskop - cherkovni boshqaruvchi ruhoniy.


27-§. Angliyaning XIV - XV asrlardagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti

Tayanch tushunchalar

Barshchinaning siqib chiqarilishi. Jon sotig'i. Uot Tayler qo'zg'oloni. Qo'zg'olonchilarning talablari. Qo'zg'olonning

oqibatlari,

Iqtisodiy taraqqiyot. XIV asrda Angliya iqtisodiy taraqqiyotida katta siljish yuz berdi. Chunonchi, chet davlatlar bilan savdo aloqalari o'sdi. Bu esa ingliz qishlog'ini keng bozor aloqalariga tortdi. Ayni paytda Angliyaning o'zida shaharlarning o'sishi qishloq xo'jalik mahsulotlariga bo'lgan talabni oshirib yubordi. Natijada tovar-pul munosabatlari yanada rivojlandi. Bunday sharoitda lordlar (katta yer-mulk egalari) uchun barshchinani pul solig'i bilan almashtirish afzal bo'lib qoldi. Endi lordlar o'z yerJarini ijaraga bera boshladilar. Ijara haqi pul bilan to'lanadigan bo'idi. Oxir-oqibatda XIV asrning birinchi yarmida barshchina butunlay siqib chiqarildi. Bu katta ijobiy ijtimoiy hodisa edi. Ayni paytda lordlarning pul solig'i miqdorini orttirib borishi ijarachi dehqonni og'ir ahvolga solib qo'ya boshlagan.

Bundan tashqari, lordlar bekor yotgan yerlarni, shuningdek, dehqonlar foydalanib kelayotgan jamoa yaylovlarini ham egallab olishni davom ettirganlar. Bu omillar dehqonlar noroziligining o'sib borishiga sabab bo'lgan.

Ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi. 1348- yilda Angliyada qora o'lat - vabo kasalligi tarqaldi. Buning natijasida aholining 1/3 qismi qirildi. Oqibatda ishchi kuchiga bo'lgan talab nihoyatda oshib ketdi. Lordlar o'zlari istagan miqdorda ishchi kuchi topa olmay qolganlar. Ayniqsa, ritsarlar (mayda feodallar) qiyin ahvolga tushib qolishgan. Chunki ishchi kuchining tanqisligi yollanib ishlovchilar uchun to'lanadigan haq miqdorining oshishiga olib kelgan. Ritsarlar va shahar mulkdorlari qimmatbaho ishchi kuchi yollay olmas edilar. Shunday sharoitda qirol farmon chiqargan. Unga ko'ra, yeri, yashash joyi bo'lmagan, yoshi oltmishdan oshmagan barcha erkak va ayollar taklif etilgan ish joyiga borishga majbur edilar. Buning ustiga, farmonda ish haqi kasallik tarqalganiga qadar qancha bo'lsa, shuncha miqdorda saqlanib qolishi ko'rsatilgan edi. Tabiiyki, parlament qirol farmonini tasdiqlagan. Farmonga itoat etmaganlar qattiq jazolangan.

Bu ham yetmaganidek, 1377- yilda ,,jon solig'i" deb ataluvchi soliq joriy etilgan. Bu Fransiya bilan olib borilayotgan urush (yuz yillik urush) xarajatlarining tobora ortib borishi oqibati edi. Bunday soliq Angliya tarixida hech qachon bo'lmagan edi. Qonunga ko'ra, 14 va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar jon solig'i to'lashga majbur edilar. Bu soliqni belgilash chog'ida mulkiy holat hisobga olinmagan. Bu dehqon oilalarini holdan toydirgan. Oqibatda dehqonlar qo'zg'oloni yuz bergan.

Qo'zg'olonning yetilishida kambag'al ruhoniylar targ'iboti ham ma'lum rol o'ynagan. Ular krepostnoylikka qarshi edilar. Ruhoniylar dehqonlar orasidagi o'z va'zlarida: ,,Xudo hamma kishilarni teng qilib yaratgan, binobarin, yer-suv hammanikidir", - der edilar. Ular; ,,Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirgan paytlarda kim dvoryan (katta yer egasi) bo'lgan, axir?" - degan qochiriqli so'zlarni ko'p qaytarganlar.

Qo'zg'olonning boshlanishi. Qo'zg'olon 138!- yilning may oyida Esseks grafligida boshlandi. Qo'zg'olonchilar katta yer egalarining ver-mulklarini yakson qildilar. Barshchina va obrok majburiyatlari qayd etilgan hujjatlar yoqib yuborildi. Tez orada qo'zg'olonchilarga Kent grafligi dehqonlari ham qo'shilganlar. Ayrim shaharlar qo'zg'olonchilarni qo'llab-quvvatlaganlar. Kentlik Uot Tayler qo'/g'olonga rahbarlik qildi. U vaqtincha bo'lsa-da, qo'zg'olonchilarni birlashtira oldi. Uot Tayler asli hunarmand edi. U yuz yillik urushda qatnashgan va harbiy sohani o'rgangan edi.

Uot Tayler qo'zg'olonchilarni Londonga boshlab borgan. Ularning maqsadi qirol bilan uchrashish va uning oldiga o'z talablarini qo'yish edi.

13- iyun kuni London shahri egallandi. Qirolning ba'zi vazirlari qatl etildi. Qirol qo'zg'olonchilar bilan uchrashishga majbur bo'ldi.

Essekslik qo'zg'olonchilar qirol oldiga 4 banddan iborat talabnoma qo'yganlar. Bu talablar quyidagilar edi: 1. Krepostnoy huquqni bekor qilish. 2. Qo'zg'olonchilarga umumiy afv berish. 3. Mamlakatning barcha hududlarida savdo-sotiq qilish erkinligini berish. 4. Bir akr (40 sotix) yer uchun 4 pens miqdorida ijara haqi belgilash.

Qirolning bu talablarga rozi bo'lmaslikdan boshqa iloji qolmadi. Qo'zg'olonchilarga talablari qondirilgan yorliqlar berildi. Bu essekslik dehqonlarni qanoatlantirgan va ular Londondan chiqib ketganlar.

Kentlik qo'zg'olonchilar ham qirol oldiga o'z talablarini qo'yganlar. Bu talablar esseksliklarning talablaridan keskinroq edi. Chunonchi, bu talablar cherkov yerlari hisobidan yer ajratib berish, jamoa yer-suvidan erkin foydalanish va barcha toifaviy tafovutlarm bekor qilish kabilardan iborat edi.

15- iyun kuni qirol qo'zg'olonchilar rahbari Uot Tayler bilan uchrashgan. Bu uchrashuvda Uot Tayler o'ldirilgan. Boshqa grafliklardan to'plangan qirolga sodiq ritsarlar qo'shini qo'zg'olonni shafqatsizlik bilan bostirgan.

Qo'zg'olonning ahamiyati. Qo'zg'olon yengilgan bo'lsa-da, Angliya feodallarini dahshatga soldi. Xalq qo'zg'olonining qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ularni yon berishga majbur etdi. Chunonchi, barshchina bekor qilindi.

Dehqonlarga qarshi qaratilgan qonunlar yumshatildi. XV asr davomida ingliz dehqonlarining deyarli barchasi to'lov evaziga erkin bo'lib oldilar. Mamlakat aholisining juda katta qismi yanada ko'proq mustaqil xo'jalik yurituvchi erkin dehqonlardan iborat bo'lib qoldi. Erkin dehqonlarning chek yerlardan foydalanganligi uchun to'laydigan haqi aniq belgilab qo'yildi.

Tyudorlarning hokimiyat tepasiga kelishi. Yuz yillik urush tamom bo'lgandan keyin ko'p vaqt o'tmay, Angliya davlati ichida 30 yilga (1455 - 1485) cho'zilgan o'zaro urushlar boshlanib ketdi. Feodallar bir-biriga dushman ikki guruhga bo'lindi. Ularning har qaysisi taxt uchun kurashayotgan zodagon oiladan birining tarafini olardi. Bu oilalardan birining gerbiga qizil gul shakli, ikkin-chisining gerbiga oq gul shakli solingan edi. Shuning uchun bu urush Qizil va Oq gullar urushi nomini oldi. Feodallar ulardan qaysi birining qo'li baland kelsa, o'sha guruhga o'tib ketaverardi. Urush judaog'irkechdi. Halokbo'lganlarning qarindosh-urug'Iari o'z dushmanlarining oilalaridan qasos olganlar. Qasos yo'lida hatto bolalari ham o'ldirilgan. Feodallar bir-birlarini deyarli batamom qirib tashlaganlar. Bu urushda bir-biri bilan kura¬shayotgan oilalardan birining namoyandasi Genrix VII Tyudor g'olib chiqdi. Shu tariqa Angliyada tyudorlar sulolasi hukmronligi

boshlandi.

Genrix VII shaharning yirik mulkdorlari bilan aloqa o'rnatgan. Genrix VII (1485 - 1509) itoatsiz feodallarning qasrlarini to'pga tutib, vayron qildi. Feodallardan ba'zilarini qatl etdi, ularning yerlarini o'z

yeriga qo'shib oldi.

Genrix VII davrida parlament yig'ilishlari davom etdi. Yirik feodallarning ko'pchiligi halok bo'lgach, qirol o'z ishonchiga sazovor bo'lgan kishilarni lordlar palatasiga kiritdi. Umum palatasida majlis qurgan ritsarlar va shaharliklar qirol yuborgan qonun loyihalarini so'zsiz tasdiqlar va unga yangi soliqlar yig'ishga ruxsat berardi.

XV asr oxiri - XVI asr boshida Angliyada qirol hokimiyati yanada kuchaydi.

Atama mazmunini bilib oling

Sulola - taxtda biri ikkinchisini almashtirib turuvchi bir urug' yoki bir oiladan bo'lgan hukmdorlar.

28-§. G'arbiy Yevropa xalqlari madaniyati

Tayanch tushunchalar

Ilm-ma'rifatning rivojlanishi sabablari. Vniversitetlar. Hmiy bilimlar. Kitob bosishning ixtiro etiiishi,

Dunyo haqidagi tasavvurlarning kengayishi. Salib yurishlari vaqtida yevropaliklar dunyoning kengligini, undagi rang-baranglikni ko'rdilar. Ularda notanish mamlakatlarga qiziqish paydo boMdi. Ba'zi sayyohlar Yevropa mamlakatlaridan ancha uzoq joylarga ham borardilar. Bu yerlardan boshqa xalqlarning hayotiga oid qiziqarli ma'Iumotlar olib kelishardi. Shunday sayyohlardan biri venetsiyalik savdogar Marko Polo edi. Marko Polo (1254 - 1324) umrining qariyb yigirma besh yilini o'z vatanidan olisda o'tkazdi. Ko'p yil Xitoyda yashadi. Bu mamlakatning hayotini diqqat bilan kuzatdi. Sayyoh Italiyaga qaytib borgach, Osiyo mamlakatlaridagi xalqlarning hayoti va urf-odatlari haqida kitob yozdi. ,,Marko Polo kitobi"

uzoq vaqtgacha geografiya xaritalarini tuzishda qo'llanma bo'lib xizmat qildi.

Ilm-ma'rifatning rivojlanishi. Shaharlarning kengayishi va qirol hokimiyatining ehtiyoji bilimli kishilar ko'proq bo'lishini talab qildi. Savdo-sotiq ishlaridan kelgan daromadlarni hisoblash va shahar kengashlarida ish yuritish uchun savodli, ma 'rifat\\ odamlar kerak edi. Qirollarga ma'lumotli amaldorlar va sudyalar zarur edi. Shaharlarda xususiy kishilar yoki shahar kengashlari tomonidan ochiladigan va cherkovga qarashli bo'lmagan maktablar vujudga kela boshladi. Bu maktablarda bolalarga o'qish-yozish va arifmetika cherkov maktab-laridagiga qaraganda yaxshiroq o'rgatilardi. Tabiatga doir ma'lumotlar ham berilardi.

XII asrda Yevropada dastlabki oliy maktablar - universitetlar paydo bo'ldi. Ular rnashhur o'qituvchilar bo'lgan shaharlarda vujudga keldi. Ularning birinchisi Parij universiteti edi. Universitetlarda darslar lotin tilida olib borilardi. Shuning uchun universitetlarning har birida turli mamlakatlardan borgan yoshlar o'qiy olardi.

Shaharda yashovchi o'qituvchi va student^ mahalliy aholi bilan bo'ladigan nizo-janjallarda shahar sudining yordamiga umid qila olmasdilar. Shuning uchun studentlar va o'qituvchilar universitet^ birlashganlar.

Universitetlar shahar ma'murlariga qarshi uzoq vaqt kurash olib borib, o'zini-o'zi boshqarish huquqini qo'lga kiritganlar. Endi ular universitet rahbarlarini va sudlarini o'zlari saylaydigan bo'lganlar.

Turli fan o'qituvchilari o'zlarining ayrim-ayrim birlashmalari — fakultetlarini tashkil etdilar. Har qaysi fakultetga dekan boshchilik qilgan. O'qituvchilar bilan studentlar birgalikda universitet boshlig'i (rektor)ni saylardilar.

Universitetlarda ilohiyot, qonunlar, tibbiyot o'rgatilardi. Studentlar o'qituvchilarning ma'ruzalarini tinglar va yozib olardilar.

Ma'ruzalar disput (munozara)lar bilan to'ldirilardi.

XV asrda Yevropada 65 ta universitet bor edi. Ularning eng mashhurlarini Parij, Bolonya (Italiyada), Oksford (Angliyada), Praga, Krakov (Polshada) universitetlari tashkil etardi.

Shaharlarning o'sishi bilan cherkovning maktab ustidan tanho hukmronligiga putur yeta bordi. Ilm-ma'rifat asta-sekin feodallar va shaharliklar orasiga kirib bordi.

Ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Xo'jalik taraqqiyoti ilmiy bilimlarning vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Dehqonlar yerga ishlov berish usullarini takomillashtirdilar. Tuproqning xususiyatlarini bilib oldilar. Ob-havoni, chorva mollari va ekinlarning holatini kuzatib bordi lar. Hunarmandlar metall va toshlarning xossalarini o'rgandilar. Turli tajribalar o'tkazdilar, bo'yoq va oyna tayyorladilar.

O'rta asrlarda astrologiya va alximiya kabi o'ziga xos fanlar taraqqiy topdi. Astrologlarkelajakdanimalarbo'lishiniyulduzlarga qarab bilish mumkin, der edilar. Qirollar, sarkardalar va sayyohlar biror ishga kirishishdan oldin astrologlardan maslahat olardilar. Alximiklar esa har qanday metallni oltinga aylantirishga yordam beradigan ,,sehrli tosh" qidirganlar. Amalga oshmaydigan, xayoliy rnaq-sadni ko'zlaganliklariga qaramay, astrolog va alximiklarning olib borgan kuzatishlari, tajribalari astronomiya va ximiya (kimyo)ga oid bilimlarning to'planishiga yordam berdi. Chu-nonchi, alximiklar bo'yoqlar, metall qotishmalari, derivor moddalar tay-yorlash usullarini kashf qildilar va takomillashtirdilar. Ko'pgina kimyo-viy uskunalar yaratdilar.

Shaharlarda mashhur olimlar pay-do bo'ldi. XIII asrda yashagan ang-liyalik olim Rodjer Bekon shulardan biri edi. U bilimni kuzatishlar va tajribalar yo'li bilangina hosil qilish mumkin, deb hisoblardi. Fanning maqsadi tabiatni o'rganib, uni odam-larga xizmat qildirishdan iborat, degan edi Bekon. U mikroskop va teles-kopning kashf qilinishini, shuningdek, kashfiyotlarni ham oldindan ko'ra bildi.

Kitob bosishning ixtiro qilinishi.

Hunarmandchiiik va savdo-sotiq rivoj lanishi bilan shaharlarda savodli odamlar ko'paydi. Maktab o'quvchilari va talabalar uchun ko'proq darsliklar zarur bo'lib qoldi. Shaharliklar adabiyotga qiziqa boshladilar. Kitoblarni ko'paytirishning qo'lyozma usuli shaharliklarning kitobga bo'lgan talabini qondirolmay qoldi.

XV asr o'rtalarida nemis olimi logann Gutenberg kitob bosishni ixtiro qildi. Uzoq va qunt bilan mehnat qilib, metalldan ayrim literlar (harflar) quyish usulini kashf etdi. Ixtirochi ana shu harflardan satrlar va sahifalar qolipini tuzdi. Shu qolipdan qog'ozga nusxa tushirdi. Yig'ib, tarqatiluvchi shriftlar yordamida istalgan matn terilib, istalgan sahifani tuzish mumkin edi. Gutenberg kitob bosadigan matbaa dastgohini ham kashf etdi.

1445- yilda Gutenberg birinchi bosma kitobni nashr etdi. Yevropada kitob bosish rivojlana boshladi. Gutenberg ixtirosidan keyin o'tgan yarim asr ichida Yevropa shaharlarida 1100 bosmaxona ishga tushdi. Kutubxonalarning tokchalari turli fanlardan Yevropadagi barcha tillarda yozilgan kitoblar bilan to'ldi. Ular endi qo'lyozma kitoblar kabi qimmat emas edi.

Yodda tuting

Kitob bosishning ixtiro qilinishi insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyotdir. U maorif, fan va adabiyotni ilgari siljitdi. Insoniyat tomonidan yig'ilgan bilimlar bosma kitob orqali tezroq tarqala boshladi. Ana shu bilimlar endi uzoqroq saqlanadigan va kelajak avlodlarga yetkaziladigan bo'ldi

Atamalar mazmunini bilib oling

Ilniiy bilimlar - insoniyat tomonidan yaratilgan va to'g'riligi

amalda tasdiqlangan bilimlar. Ma'rifat - kishilarning bilimini, madaniyatini oshirishga

qaratrlgan ta'Iim-tarbiya. Student - (lotincha so'z bo'lib, maktab degan ma'noni

anglatadi) qunt bilan o'quvchi universitet talabasi. Universitet-jamoa - student va o'qituvchilar jamoasi. Hozirgi

kundagi oliy o'quv yurtlarrdan biri.

29-§. G'arbiy Yevropada san'at va adabiyot Gumanizm

Tayanch tushunchaiar

Me'morchilik. Me'morchilikdagi uslubiyat. Hayfaltaroshlik. Kitob miniaturasi. Adabiyot. Gumanizm.

Me'morchilik.

XI asrda G'arbiy Yevropada katta qu-rilishlar boshlandi. Cherkov ibodatxonalarni kengaytirdi. Mustahkam bo'l-magan yog'och imoratlaro'r-niga gumbazli g'ishtin binolar qurildi. Bu binolarning poy-devorlari gumbazlarning og'irligiga bardosh berishi uchun juda qalin qilib qu-rilardi. Binokorlar qurilish ishlarida qadimgi Rim me'-morchiligi namunalaridan foydalandilar. Shuning uchun XII - XV asrlardagi inshoot-lar roman uslubidagi inshoot-lar deb ataladi.

Roman uslubidagi il datxonalarning devorlj silliq edi. Ularning balj minoralari va yarim doij simon arklari bo'lgan. YE doiraviy ark shakli ibodat: naning hammajoyida-gui bazlarda, derazalarda, rishdagi eshiklarda ha] ko'zga tashlangandi. Rom; uslubidagi ibodatxonalj katolik cherkovining kucl qudratiga odamlarda ishoiu uyg'otish uchun qal', o'xshatib, salobatli va hay-batli qilib qurilgan edi. Ko*-pincha ular atrofdagi aholj| uchun boshpana vazifasini! ham o'tagan.

Shaharliklar savdo rasta-lari, ratushalar, kasalxona va mehmonxonalar qura bosh-ladilar. Shaharning eng chiroyli binosi sobor edi.

XII - XV asrlardagi binolar keyinchalik gotik uslubida qurilgan binolar deb ataldi.

Binokorlar mahoratining o'sib borishi yarim doira shaklidagi qo'pol gumbazlarni ancha yengil va o'tkir uchli baland qubbalar bilan almashtirishga imkon berdi. Qalin devorlar keraksiz bo'lib qoldi. Gotik uslubidagi soborlarda juda ko'p katta derazalar bo'lgan. Shu tufayli ular yengil va tiniq ko'rinishi bilan roman uslubidagi yarim qorong'i soborlardan farq qilgan. Gotik uslubda qurilgan eng katta soborlar minorasi Misr ehromlaridan ham baland bo'lib, 150 metrga yetgan.

Ibodat qilish uchun hashamatli ulkan soborga kelgan dindorlar xudoning kuch-qudrati oldida o'zlarini zaif va notavon banda deb his qilganlar. Yalinib-yolvorib yaratgandan yordam so'raganlar. Shu bilan birga, soborga kelgan kishi uning nafisligiga qoyil qolardi.

Sober ko'p vaqtlargacha sha-harning birdan-bir katta binosi bo'lib keldi. Unda cherkov ibo-datlari o'tkazilishi bilan birga, shahar aholisining yig'ilishlari, diniy mazmundagi teatr tomo-shalari ham bo'lib o'tgan. Univer-sitetlarning professorlari ma'ru-zalar o'qiganlar. Davlatlar o'rta-sida tuzilgan shartnomalar im-zolangan.

Haykaltaroshlik. O'rta asr¬lardagi haykaltaroshlik san'ati arxitektura bilan chambarchas bog'langan edi. Soborlar xudo, avliyolar, yepiskoplar va qirol-larning yuzlarcha va hatto ming-larcha haykallari bilan beza-tilardi.

Ruhoniylar fikricha, san'at ,,savodsiz kishilar uchun diniy kitob" bo'lib xizmat qilishi, xris-tian kitoblarida bayon qilingan

voqealarni tasvirlashi kerak edi.

Shuning uchun ham san at asarlarining asosiy buyurtmachisi cherkov bo'lgan. Ammo ustalar diniy mavzuda yasagan haykallarida hayotni o'zlari tushunganlaricha ifodalaganlar. Insonning olijanobligi va samimiyligini ulug'-iaganlar. Ustalarni, ayniqsa, onaning bolaga bo'lgan mehr-muhabbatini tarannumetish qiziqtirardi. Bu hoi Bibi Maryamning ko'pgina haykallarida aks etgan.

Yodda tuting

G'arbiy Yevropada Bibi Maryam ,,bekam" ma'nosida „madonna" deb atalar edi.

O'rta asr san'atkorlari odamlarning fikr boyligini, tuyg'u va kayfiyatlarini ko'rsatib berishga harakat qildilar.

Antik davr haykaltaroshlari esa inson gavdasining go'zalligini ulug'lagan edilar.

Kitob miniaturasi. Kitob miniaturasi rassomlik san'atining katta yutug'i bo'ldi.

Miniaturalarda ko'pincha dehqonlar va hunarmandlarning ishlab turgan payti aks ettirilardi. Bu esa xalqning o*z mehnati ahamiyati va qadr-qimmatini tushunishiga xizmat qilgan.

Adahiyot. Shoirlar xalq ashulalari va dostonlarini to'plaganlar. Urush qahramonliklari va sarguzashtlari haqida she'riy roman va poemalar yozganlar. Bular aslida jangnomalar edi. Jangnomalar ichida eng mashhur epik poema Fransiyada XII asr boshlarida yaratilgan ,,Roland haqida qo'shiq"dir. Bu poemada Buyuk Karlning Ispaniyadan chekinayotgan vaqtda graf Roland harbiy qismining qahramonona halok bo'Iishi hikoya qilinadi. Roland mislsiz qahramonliklar ko'rsatadi va o'z xo'jayiniga sodiqlik haqida ichgan qasamini buzmay halok bo'ladi. Poemada vatanga xiyonat qilgan kishilar qoralanadi.

XII asrga kelib shaharlarda badiiy asarlar paydo bo'la boshladi. Shaharliklar she'r bilan birga qisqa, kulgili hikoyalarni ham maza qilib o'qishardi. Bu hikoyalarning qahramonlari ko'pincha epchil va ayyor shaharlik yoki quvnoq va tadbirkor dehqon bo'lardi. Ular o'z muxoliflarini laqillatardilar.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa