O`rta asrlar davri tarixshunosligi
O`rta asrlar davri tarixshunosligi.
Insoniyat tarixining muhim bosqichi bo`lgan (V-XVII asrlar) – o`rta asrlarni jahon xalqlarining barchasi o`z boshidan kechirgan. Tarixshunoslikda o`rta asrlar davrida insonparvarlik (gumanistik) dunyoqarash shakllanib, tarixni yangicha davrlash boshlanadi. Insoniyat o`z taraqqiyoti davomida doimo o`zaro iqtisodiy va madaniy muloqotlarda bo`lgan G`arb va Sharq dunyosi o`rtasidagi munosabatlarning tiklanishi, rivojlanishi ham xuddi shu davr, ya`ni o`rta asrlardan yo`lga qo`yiladi.
O`rta asrlar davrida moddiy madaniyat qurollarining paydo bo`lishi isonlar hayotiga qanchalik katta ta`sir ko`rsatgan bo`lsa, qo`lyozma va b osma kitoblarning paydo bo`lishi ham insoniyat madaniyati taraqqiyotiga shunchalar katta ta`sir ko`rsatdi. Sharq qo`lyozma kitoblari bir nechta olamshumul dinlarning avloddan-avlodga o`tishiga xizmat qildi, ko`plab diniy va etnik silsilalar (sistemalar)ning qonun-qoidalarini jahonga tarqatdi, jahon madaniyati xazinalarining davomiyligini ta`minladi.
Qur`oni Karim – insoniyat ma`naviy kamolotini ta`minlashda o`ziga xos manbadir. Hozirgi paytda ham odamzotning butun ma`naviy – ruhiy ehtiyojlarini qondiradigan yagona ilohiy kitob Qur`oni Karimdir.
Oldingi payg`ambarlar o`zlari etkazgan xabarni eng oxirgi, qat`iy, uzil-kesil xabar deb e`lon qilmaganlar, ular to`xtovsiz ruhiy-ma`naviy kamolotga-taraqqiyotga ishongan edilar. Va doimiy ravishda o`z qavmlariga barcha insonlarni birlashtiradigan va ularni so`nggi uyksak manzil sari eltadigan payg`ambar – Muhammad (s.a.v.) keladilar, deb xushxabar bergan edilar. Alloh taolo Muhammad (s.a.v.)ni insoniyatga eng oxirgi payg`ambar «xtam ul-anbiyo» qilib uybordi. Bu ulug` payg`ambar orqali insoniyatga nozil etilgan Qur`oni Karim esa mazkur muqaddas kitoblar va sahifalarning eng oxirgisi, eng ulug`i va mukammali hamda ularni tasdiqlovchi, to`ldiruvchi va islom etuvchi kitobdir. Oradan o`n to`rt asrdan uzoqroq vaqt o`tgan bo`lsa ham, uning bironta kalimasa o`zramasdan bizga etib kelgan1.
Islom dunyosida yaratilgan o`rta asrlar davri tarixiy asarlarining shakllanishiga ham beqiyos katta ta`sir o`tkazgan buuyk asar ham Qur`oni Karimdir.
Imom Buxoriyning «Jome`-as-Sahih» nomli hadislar to`plami mo``tabarligi jihatidan «Qur`on»dan keyingi, ya`ni ikkinchi o`rinda turadi. Gap shundaki, al-Buxoriy jahonga tanilgan buuyk muhandis bo`libgina qolmay, o`z zamonasining atoqli tarixchisi ham edi. Uning «Jome`-at-tavorix» asari Kichik tarix, O`rtacha tarix va Katta tarix deb nomlanuvchi 3 qismdan iborat. Ahmad ibn Ismoil al-Buxoriyning 1974 yilda topilgan «Kichik tarix» va «O`rtacha tarix» kitoblari. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti Sharq qo`lyozmalari fondida saqlanmoqda2.
XVI-XVII asrlarda tabiatshunoslik fanlarining keskin uyksalishi boshlandi. Ishlab chiqarish, jumladan, texnikani o`sishi ilmiy taraqqiyotga keng yo`l ochdi. Feodal jamiyatning so`ngida xalqlarning ma`naviy taraqqiyoti yangi davrga kirdi.
Flavio Biondo (1392-1463), Lorentso Valla (1407-1457) tarixiy tanqid asoschilari bo`ldilar.Nikollo Makkaveli (1463-1527) siyosiy tarix maktabi asoschisiga aylanadi. Jan Voden (1530-1569), Tomas Mor (1478-1535) asarlarida eski jamiyat inqirozi ichida, uning etilib kelayotgan burjua munosabatlari ma`naviyat sohasida, kishilar dunyoqarashida keskin o`zgarishlar orqali uyg`onish davri madaniyatining buuyk muvoffaqiyatlari ta`minlandi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |