G’arbiy yevropa qahramonlik eposi: beovulf - Ikki qismdan iborat dostonda geatlar qabilasi jasur bahodiri Beovulfning Daniyani dahshatli dengiz maxluqi Grendeldan qutqarishdagi qahramonliklari hikoya qilinadi. Beovulf o‘zining o‘n to‘rt ritsarlari bilan qirol Xrotga yordam berish uchun Daniyadan kelganda, Grendel ularni dengiz qa’riga tortib ketib nobud qiladi. Beovulf uning ustidan g‘olib keladi va o‘z vataniga qaytib ketadi. U o‘z yurtida ellik yil saltanatni boshqaradi va yerlariga olovpurkar ajdaho bostirib kirganda, uni jangda yengadi, biroq o‘zi ham maxluqning zaharli tishlaridan yaralanib vafot etadi.
- Dostonda ertak motivlari mavjud bo‘lib, unda turli maxluqlar va ajdaholar ishtirok etadi, shu bilan birga doston matnida boiayotgan hodisalarga Xudoning aralashishi va Injildagi ismlar(Avel, Noy) uchraydi, Grendel esa Kainning avlodidan deyiladi. Bulaming barchasi muallifga nasroniy dinining ta’siri katta bo‘lganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |