3.2. Zamonaviy Numizmatika va uning vazifalari
Mustakillikka erishgan mamlakatlarning tangalari va pullari namunada
va ko’rgazmali qurollarda ko’rsatiladi hamda ular haqida to’la ma'lumot
beriladi. Shuningdek, xorijiy davlatlar pul birliklari talabalardan savol -javob
tarzida so’raladi.
Zamonaviy pul birliklari
Mustakillikka erishgan mamlakatlarning pullari haqida ma'lumot.
Avstraliya – dollar
Albaniya – lek
Angliya – funt sterling
Argnetina – peso
Armaniston – dram
Afg’oniston – afg’oni
Belarusiya – rubl
Belgiya – frank
Bolgariya – lev
Braziliya – real
Bangladesh – taka
Vengriya – forint
Vetnam – dong
Germaniya – marka
Gretsiya – draxma
Eron – rial
Irlandiya – funt
Islandiya – krona
Ispaniya – peseta
Italiya – lira
Qozog’iston – tanga
Qirg’iziston – som
Tojikiston – somoniy
Turkmaniston – manat
O’zbekiston – so’m
Kanada – dollar
Xitoy – yuan
Koreya – vona
Quvayt – dinor
Latviya – lat
60
Gruziya – lari
Daniya – krona
Misr – funt
Zambiya – kvacha
Isroil –shekel
Hindiston – rupiya
Iordaniya – iordan dallari
Iroq – iroq dinori
Indoneziya – rupiya
Rossiya - rubl
Litva – lit
Livan – funt
Liviya – dinor
Malayziya – ringgit
Marokko – dirxam
Meksika – peso
Moldaviya – ley
Mo’g’iliston – tugrik
Nepal – rupiya
Nigeriya - nayra
Hech o’ylab ko’rganmisiz, nega odatda pul birliklarida mashhur
kishilarning tasviri aks ettirilgan bo’ladi. Gap shundaki, kishi yuzining
tasvirida oz bo’lsa-da o’zgarish yuz bersa, bu darro ko’zga tashlanadi.
SHuning uchun portret tasvirlangan pullarni qalbakilashtirish boshqa
tasvirga ega pullarga nisbatan ancha qiyin.
Er yuzida dastlabki qog’oz pullar Xitoyning Sun sulolasi davrida (960-
1279) CHendu shaxri (g’arbiy Xitoy)da chiqarila boshlagan. Dastlab,
ularning hajmi juda katta bo’lgan. Xitoy muzeylaridan birida 22,8x33
santimetrli pul birliklari saqlanmoqda.
Hozirgi AQSH hududida dastlabki qog’oz pullar XVII asr oxirlariga
kelib tarkala boshlagan. Ma’lumki “dollar” atamasi nemischa “taler”
so’zidan kelib chiqqan. Janubiy Germaniyaliklar esa uni “daler” deya
talaffuz qilishgan.
1
Tarixchilarning yozishicha, kumush dollar 1786 yilda muomalaga
kiritilgan. Dastlabki “ko’k” dollar esa 1861-1865 yillarda bo’lib o’tgan
fuqarolar urushi natijasida davlat xazinasida tilla zahirasi kamayib ketishi
oqibatida chiqarila boshlangan.
1
// “Darakchi” gazetasi, 2007 yil, 25-son, 18-bet.
61
Bugungik kunda yevropaning aksariyat davlatlari oldi-sotdi ishlarida
yangi muomalaga kiritilgan yeVRO pul birligidan foydalanadi.
Ammo, Buyuk Britaniya hukumati o’zining milliy funt sterlingiga sodiq
qoldi. Funt sterling lotincha “pondus” og’irlik, vazn hamda inglizcha
“sterling” – kumush tanga so’zlaridan kelib chiqib, XII asrdan buyon
muomalada.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |