TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING
PEDAGOGIKA INSTITUTI MAKTABGACHA
TA'LIM YO'NALISHI 1-BOSQICH 21 02-GURUH TALABASI
JO`RAXONOVA MASUMAXONNING
BOLALAR ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI FANIDAN
"ORQA MIYANING TUZILISHI VA FUNKSIYASI"
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
TERMIZ 2022 – YIL
ORQA MIYANING TUZILISHI
Reja:
1. Nerv tizimining tuzilishi, funksiyasi va ahamiyati.
2. Neyron, nerv tolasi va neyrogliyaning tuzilishi, vazifalari.
3. Orqa miyaning tuzilishi, funksiyasi.
4. Refleks. Refleks yoyi
Nerv tizimining tuzilishi, funksiyasi va ahamiyati. Nerv
tizimining funksiyasi ikki qismga bo‘lib o‘rganiladi. Nerv
tizimining birinchi funksiyasi odam organizmining barcha hujayra,
to‘qima, a'zo va tizimlarining ishini boshqarish, tartibga solish
hamda ularning bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishini ta'minlashdan
iborat. I. P. Pavlov nerv tizimining bu funksiyasini uning quyi
funksiyasi deb atagan. Bu vazifani orqa miya va bosh miyaning
quyi qismlari (uzunchoq, o‘rta, oraliq miya va miyacha) da
joylashgan nerv markazlari bajaradi. Nerv tizimining ikkinchi
funksiyasi shundan iboratki, u odamning tashqi muhit va atrofdagi
boshqa odamlar bilan bog‘lanishini, muomalasini, tashqi muhit
sharoitiga moslashuvini ta'minlaydi. Tashqi muhit ta'sirida,
atrofdagi boshqa odamlar bilan munosabati natijasida odamda
paydo bo‘lgan fikrlash, fikrni bayon etish, bilim olish, hunar
o‘rganish va ularni esda saqlash kabi yuksak insoniy xususiyatlar
ham nerv tizimining ana shu ikkinchi funksiyasiga kiradi. Pavlov
nerv tizimining bu funksiyasini oliy nerv faoliyati deb atagan. Nerv
tizimining bu funksiyasini uning yuqori qismi (bosh miya yarim
sharlari va uning po‘stloq qismi) da joylashgan nerv markazlari
bajaradi.
Nerv tizimi ikki qismdan iborat: periferik va markaziy
nerv tizimi. Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft
sezuvchi,
harakatlantiruvchi
nerv
tolalari,
bosh
miyadan
chiqadig‘an 12 juft nervlar hamda umurtqa pog‘onasi atrofida va
ichki a'zolarda joylashgan nerv tugunlari kiradi.
Markaziy nerv tizimiga orqa va bosh miya kiradi. Markaziy
nerv tizimining segmentar, ya'ni quyi qismiga uzunchoq miya,
Varoliy ko‘prigi, o‘rta va oraliq miya hamda miyacha kiradi.
Markaziy nerv tizimining yuqori, ya'ni segment usti qismiga bosh
miya yarimsharlari va ularning po‘stloq qismi kiradi. Bajaradigan
funksiyasiga ko‘ra, nerv tizimi ikki qismga bo‘linadi: somatik va
vegetativ nerv tizimi. Somatik nerv tizimi odam tanasining sezgi
a'zolari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv tizimi
ichki a'zolar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish va
hokazo) hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi.
Neyron, nerv tolasi va neyrogliyaning tuzilishi, vazifalari. Nerv
to‘qimasi orqa va bosh miyani tashkil etadi. U odam organizmining
hamma to‘qima va a'zolari ishini boshqaradi. Nerv to‘qimasi ikki xil
hujayralardan tashkil topgan. 1.Nerv hujayrasi, ya'ni neyron.
2.Neyrogliya. Nerv hujayrasi bajaradigan funksiyasiga ko‘ra ikki
xil: sezuvchi va harakatlantiruvchi bo‘ladi. U har xil shakllarga ega:
doirasimon, yulduzsimon, ovalsimon, noksimon va h.k. Neyronning
hajmi ham turlicha bo‘ladi. Boshqa hujayralardan farqi shundaki,
unda membrana, sitoplazma va yadrodan tashqari bitta uzun va bir
nechta kalta o‘simtalar ham bor. Uzun o‘simtasi akson, kalta
o‘simtalar dendritlar deyiladi. Nerv hujayrasining uzun o‘simtasi
bosh va orqa miyadan chiqib to‘qima va a'zolarga boradi. Uning
uzunligi bir necha sm dan 1,5 metrgacha bo‘lishi mumkin, ayniqsa
qo‘l va oyoq muskullarini ta'minlaydigan nerv tolalari uzun bo‘ladi.
Uzun o‘simtalar ustidan yupqa, yumshoq, oq rangli, mielin parda
bilan o‘ralgan bo‘ladi bu parda nerv tolasini himoya qilish
funksiyasini bajaradi. Nerv hujayralarining kalta o‘simtalari bosh va
orqa miyadan tashqariga chiqmaydi. Ular bir hujayrani uning
atrofidagi boshqa nerv hujayralari bilan bog‘lab turadi.
Neyrogliya. Nerv to‘qimasi tarkibiga kiruvchi hujayra bo‘lib,
orqa va bosh miyadagi nerv hujayralari orasida joylashadi.
Neyrogliya hujayralarining o‘simtalari juda ko‘p bo‘lib, ular bosh
va orqa miyadan tashqariga chiqmaydi. Bu hujayralar neyronlarni
oziqlantirish vazifasini bajaradi.
Orqa miyaning tuzilishi, funksiyasi. Orqa miya umurtqa
pog‘onasi kanalida joylashgan bo‘lib, uzunligi katta odamda 40-45
sm, massasi 30-40g bo‘ladi. Orqa miyada 13 mln dan ko‘proq nerv
hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi.
Lekin ba'zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi.
Orqa miya uch qavat parda bilan o‘ralgan. Tashqi qavati qattiq,
o‘rta qavati o‘rgimchak to‘risimon va ichki qavati yumshoq parda
bo‘ladi.
O‘rta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi bo‘ladi. Orqa
miyaning yuqori qismi birinchi bo‘yin umurtqasiga to‘g‘ri keladi va
bosh miyaning pastki qismi bo‘lgan uzunchoq miyaga tutashadi,
pastki qismi 1-2 bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi.
Undan pastga ip shaklida davom etadi, ipning yuqori qismida nerv
hujayralari bo‘lib, ipning uchi umurtqa pog‘oiasining dum qismida
tugaydi. Orqa miya 31-33 segmentdan iborat. Shularning 8 tasi
bo‘yin qismida, 12 tasi ko‘krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‘aza va 1-3
tasi dum qismida bo‘ladi. Orqa miya ko‘ndalangiga kesilsa, u ikki
xil moddadan: tashqi qismi oq modda, ichki qismi kulrang
moddadan tuzilganligi ko‘rinadi. Kulrang modda kapalak yoki H
harfiga o‘xshash bo‘lib, u nerv hujayralaridan tashkil topgan. Orqa
miyaning oq moddasi nerv tolalarining yig‘indisidan tashkil
topgan bo‘lib, ular orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv
hujayralarini bir-biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari
bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv
markazlaridan impulslarni bir-biriga o‘tkazish funksiyasini bajaradi.
Orqa miya kulrang moddasining bir juft oldingi, bir juft orqa va bir
juft yon shoxlari bo‘ladi. Oldingi shoxlarida harakatlantiruvchi nerv
hujayralari, orqa shoxlarida sezuvchi, yon shoxlarida vegetativ nerv
hujayralari joylashgan. Ulardan harakatlantiruvchi, sezuvchi va
vegetativ nervlarning uzun tolalari chiqib, to‘qima va a'zolarga
boradi. Nerv hujayralarining kalta o‘simtalari hujayralarni bir-biri
bilan tutashtiradi. Ular umurtqa pog‘onasining kanalidan tashqariga
chiqmaydi.
Orqa miya reflektor va o‘tkazuvchilik funksiyasini bajaradi.
Orqa miyaning refleks funksiyasi. Orqa miyaning reflektor
funksiyasi reflekslar hosil bo‘lishidan iborat. Orqa miya reflekslari
mashhur fiziolog olim I. M. Sechenov tomonidan baqada
o‘rganilgan. Bosh miyasi olib tashlangan baqaning keyingi oyoq
panjasiga kislota yoki biron mexanik qitiqlagich ta'sir ettirilganda,
baqa ta'sirga javoban o‘sha oyog‘ini tortib oladi. Agar baqaning
panjasi qattiqroq qisib olinsa, u nafaqat ta'sir etilgan oyog‘ini, balki
ikkinchisini ham tortib oladi. Chunki qattiq ta'sir ko‘rsatilganda
qo‘zg‘alish ta'sir berilgan to‘qimaning nerv markazidan tashqari,
uning atrofidagi boshqa markazlarga ham tarqaladi. Odamda orqa
miyaning harakatlantiruvchi refleksini quyidagi tajribada kuzatish
mumkin. Buning uchun tekshiriluvchi odam stulda oyoqlarini
chalishtirib o‘tiradi. Uning yuqorida turgan oyog‘ining tizza payiga
maxsus rezina bolg‘acha bilan sekin urganda, yuqoridagi oyoq
silkinib ko‘tariladi, bu tizzaning harakat refleksini ko‘rsatadi. Tizza
refleksi hosil bo‘lishida quyidagi refleks yoyi ishtirok etadi:
Tizza payiga bolg‘acha bilan urilganda, uning muskulida
joylashgan retseptor qo‘zg‘aladi. Retseptorning qo‘zg‘alishidan
hosil bo‘lgan impuls sezuvchi nerv tolasi orqali orqa miyaning
sezuvchi nerv hujayralariga borib, uni qo‘zg‘atadi. Uning
qo‘zg‘alishi oraliq
Do'stlaringiz bilan baham: |