Orqa miya nerv sistemasining tuzilishi reja



Download 63.12 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi63.12 Kb.

Aim.uz

Orqa miya nerv sistemasining tuzilishi
REJA;

1. Orqa miyaning umumiy tuzilishi.

2. Orqa miya reflektor va O’tkazuvchi vazifasi.

ORQA MIYA. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi Bo’yin umurtqasi bilan II bed umurtqasi oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda vazni 30 — 40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug’ilgan bolada 6—10 g, o’zunligi —15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning kundalang kesigida kulrang modda kattalak; shaklida joylashadi, atrofida oq. modda bo’ladi. Kulrang moddaning oldingi, Yen va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan, bu Yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo’ladi, ularga sezuvchi, ya`ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada Bo’yin, ko’krak, bel, dumgaza segmentlari joylashgan. Orqa miyaning xar bir segmenti bir juftdan 31 juft nerv tolasi chiqadi. Ular gavda, qo’l, oyoq. muskullari va terini nerv bilan taminlaydi. Orqa miya uch kavat parda bilan qoplangan.



Orqa miya reflektor va O’tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo’ladi. Orqa miyaning O’tkazuvchanlik vazifasi undagi ko’tariluvchi va tushuvchi O’tkazuvchi yo’llar orqali amalga oshadi.



2-rasm.

Orqa miyaning ko’ndalang kesimi. 1-oqmodda; 2-kulrangmodda; 3-orqashoxdanchiqqansezuchinerv; 4-oldingishoxdanchiqqanharakatlantiruvchinerv; 5—sezuvchivaharakiitlanliruvchinervlarningqopshilishidanhosilbo’lganaralashnervtolalari.
orqa miyaning asosiy funksiyalaridan biri - qo’zg’alish nio’tkazishdir. Orqa miya qirqib qopyilsa, bu muhim funksiya buzilib, bir qancha jiddiy o’z garishlar kelib chiqadi.

Orqa ustun mustaqil oson harakatlanadigan segmentlardan tashkil topgan bo’lib ularning har biri oson harakatlanadigan va qimirlamaydigan bo’g’imlar orqali birlashgan. Mustaqil harakatlanadigan segmentlar funksional qizm hisoblanadi. U ikki qo’shni umurtqa suyagi biriktirilgan diskdan iborat. O’rta umurtqa diski mustaqil harakatlanadigan segmentda muhim ahamiyat kasb etadi. U tashqi zich tolalik to’qima doirasidan iborat. Qo’shimcha sifatida shuni aytishismiz mumkin-ki, usmurtqa, ko’ndalang jarayon va umurtqa ustuni bir biri bilan kuchli paylar sistemasi orqali bog’langan. Ularning jahatlarining yo’nalishlardagi o’zgarishlari har bir umurtqa segmentini harakatlanlanishini belgilaydi.

Joints and Ligaments of the Vertebral Column

The spinal column is composed of independently mobile segments that

are connected with each other by mobile and immobile joints. An independently

mobile segment is a functional unit. It consists of the bones of

two neighboring vertebrae with their connecting disk, the synovial

vertebral joints of the vertebral arch (zygapophyseal joints, juncturae zygapophysiales),

the ligaments, and the corresponding muscles

(Fig. 4.13a). The intervertebral disk is of pivotal importance in the independently

mobile segment. It is composed of an outer dense fibrous

tissue ring (annulus fibrosus) and a central gelatinous core (nucleus pulposus)

(Fig. 4.13b). The disks are attached to the neighboring vertebral

bodies by synchondroses, and their position is further secured by the

anterior and posterior longitudinal ligaments. Additionally, the spines,

the transverse processes, and the vertebral arches are connected to each

other by a strong ligamentous system. The articular facets of the articular

processes (see Figs. 4.10 and 4.13a, b) are flat and are classified as synovial

joints. The variations in the directions of their facets determine the

mobility of each vertebral segment.
Orqa miyaning reflektor faoliyati va markazlari. Orqa miyaning ikkinchi asosiy funksiyasi lining reflektor faoliyatidir. Spinal baqaning reflekslari bilan tanishganimizda buni ko’rgan edik. Muhim funksiyalarning reflektor markazlari orqa miyada joylashgan.

Masalan, orqa miyaning Bo’yin boplimida diafragma nervining markazi; Bo’yin va Ko’krak boplimida qopl, Ko’krak , orqa va qorin muskullarining markazlari; bel boplimida oyoq muskullarining markazlari; dumgpaza boplimida - siydik chiqarish, defekasiya va jinsiy faoliyat markazlari bor.

Ter chiqarish markazlari, shuningdek tomirlarni toraytiruvchi va kengaytiruvchi markazlar ham orqa miyadadir.

Biror markazning qayerda joylashganligini aniq bilish tibbiyot amaliyoti uchunjuda katta ahamivatga egadir, chpunki muayyan muskullar gunihi faoliyatining buzilganligini yoki ayrim funksiyalarning buzilganligini tekshirib, orqa miyaning qaysi boplimi zararlanganlgini yoki qaysi boplimining funksiyasi buzilganligini bilsa bo’ladi.

Ayrim reflekslarning yoylari orqa miyaning qatpiyan muayyan qismlaridan o’tadi. Shunday qilib retseptordan kelib chiqqan qo’zg’alish markazga intiluvchi nerv orqali orqa miyaning muayyan qismiga boradi. Orqa miyadan oldingi ildizlar bilan birga chiquvchi, markazga intiluvchi tolalar gavdamizning qatpiyan muayyan qismlarini innervatsiya qiladi. Orqa miyadan o’tadigan pastga tushuvchi va yuqoriga ko’tariluvchi yo’llar reflektor markazlarni bir-biri bilan va bosh miya bilan bog’laydi.

Muskullar tonusning borligi baqalar ustida qilingan tajribalarda isbot etilgan. Bu tajribalarda spinal baqa (bosh miyasi olib tashlangan baqa) shtativga osib qopyiladi. Shu baqaning keyingi oyoqlariga eptibor berilsa, ular garchi osilib tursa ham bir qadar bukilganligini ko’rish mumkin.Shunday baqaning bir tomonidagi orqa miya ildizlari qirqib qopyilsa. o’sha tomondagi muskullar tonusi yo’qoladi va baqa oyogpi shalpillab osilib tushadi.

Orqadagi ildizlardan o’tadigan sezuvchi yoki markazga intiluvchi yo’llar qirqib qo’yilgan da tonusning yo’qolishi, muskullar tonusi refleksdan iborat ekanligini va reflektor yoy zararlanganda tonus yo’qolishini ko’rsatadi. Ana shu refleksning yoyi bilan tanishaylik.

Muskullarning vaziyati o’zgartirilganda yoki cho’zilganda ularning retseptorlarida qo’zg’alish kelib chiqadi. bu qo’zg’alish markazga intiluvchi tolalar orqali orqa miyaga o’tadi. Qo’zg’alish to’lqinlari orqa miyadan muskullarga kiradi va ularni qo’z gpab, hamisha malum darajada tarang holda ushlab tutadi, ya’ni muskullar tonusini vujudga keltiradi. Muskullarning tarangligi va vaziyati uygpoqlik va uyqu davrida to’xtovsiz o’zgarib turganligidan orqa miyaga uzluksiz impulslar kirib turadi, shuning natijasida muskullarda o’zgarib turadigan, lekin umr Bo’yi saqlanadigan tonus vujudga keladi.

Shunday qilib, refleks yoyi muskullarda boshlanadi, muskullardagi retseptorlar (proprioretseptorlar) refleks yoyining bosh qismi hisoblanadi. So’ngra, markazga intiluvchi tolalar va orqa miyaga keladi. Orqa miyada qo’zg’alish markazdagi refleks yoyining keyingi qismi markazdan qochuvchi nerv va uning muskuldagi oxirlaridir.

Reflektor tonus yurishda, qopl-oyoqni harakatlantirishda va gavda vaziyatini saqlashda gpoyat muhim ahamiyatga ega. Gavdani yoki ayrim organlarni uzoq vaqt muayyan vaziyatda tutish, masalan kitob opqiganda yoki xat yozganda boshni engashtirish nerv markazlari bilan muskullar tonusi tufayligina mumkin bo’ladi. Harakatlarimizning tekis. uygpun bo’lishi uchun muskullar tonusining ahamiyati muhim. Bu, mehnat jarayonlarida va boshqa harakatlarda ayniqsa muhimdir, Shu refleks yoyining qanday boplmasin biron qismi buzilgan boplmasin biron qismi buzilgan bo’lsa, harakatlarimiz uygpun boplmasdan, uzuq-yuliq bo’lgan bog’luredi.

Odamda orqa miya markazlarining tonusini va muskullar tonusini bosh miya nazorat qiladi.

Orqa miyadagi ba`zi reflektor funktsiyalar xomilaning ona kornida rivojlanayotganida yuzaga keladi. Xomila 2 — 3 oylik bo’lganida harakatlana boshlaydi. Yangi tugilgan bola oyoq panjasining tagi ta`sirlansa 2 — 3 minutdan so’ng oyoq, panjasida bukish refleksi hosil bo’ladi. Bu refleks bola tugilgandan so’ng 6 oy utgach yo’qolib ketadi.

Bola 9—10 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, nervlar miyenlashishi z yoshgacha davom etadi .

Nerv sistemasi asosan tashqi mupitdan ichki organlardan keladigan turli axborotlarning kabul kiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga Yetkazib beradi.

Nerv sistemasi organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog’lab organizmning bir butunligini taminlaydi. Organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi xamda uni tashqi muhitga moslashtiradi. Nerv sistemasi yordamida atrof muhitdan turli signallar qabul qilinadi ular analiz va sintez kilinib, turli reaktsiyalar bilan javob qaytariladi.

Nerv sistemasi ichki sikretsiya bezlarida ishlab chikariladigan turli gormonlarning qon orkali organizmga ko’rsatadigan tasirini va moddalar almashinuvini boshkarib turadi, o’sish, rivojlanishga tasir etadi. Bundan tashqari nerv sistemasining oliy bo’limlarida ruxiy funktsiyalar amalga oshiriladi. Idrok etish, fikrlash nutk va Yokazolar oliy nerv faoliyati bilan boshkarib turiladi.

Nerv sistemasi markaziy (bosh va orqa miya), periferik (chetda joylashgan) nervlar, ularning oxirgi apparatlaridan tashkil topgan qisimlarga bo’linadi. Markaziy nerv sistemasida nerv hujayralari (neyron tanalarining periferik qismi asosan nervlardan, ya`ni tolalar boglamidai iborat bo’lib, bu tolalarning tanasi (nerv hujayrasi) nerv sistemasining markaziy qismida joylashgan.

Nerv sistemasi shartli ravishda ikkita simpatik va vagetativ nerv sistemasiga bo’linadi. Skelet muskullarini va ba`zi ichki organlarini (til, hiqildoq, xalkum va hokazolarni) ta`minlab turadigan nervlar somatik nervlar sistemasi, bo’lib asosan organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi va skelet muskullari harakatini boshqaradi.

Vegetativ nerv sisgemasi ichki organlarni (me`da, ichaklar, nafas olish, siydik-tanosil organlarini, ichki sekretsiya bezlari, teri, yurak va kon gomirlarini) nerv bilan ta`minlaydi.

Qo’zg’alish. quzg’aluvchayalik. Ta`sirlanish tushunchalari.

Qo’zg’aluvchanlik barcha to’kimalarga xos xususiyatdir.

To’qimani ko’zg’atish uchun ma`lum ta`sirlovchi bo’lishi shart, shundagina to’kimada moddalar almashinuvi sodir bo’lib, tirik organizm ta`sirga qo’zg’alish bilan javob beradi.

Muskul to’qimasi qo’zgalganda qisqaradi, bez to’kimasi qo’zgalsa sekret yoki shira ajraladi. To’qimani qo’zg’atuvchi ta`sirlovchilar fizik, ximyaviy, mexanik, elektirik, biologik va boshqa turlarga bo’linadi.

Ta`sirlovchi kelib chiqishiga, organ yoki to’qimaga ta`sir ko’rsatilishiga qarab adekvat va noadekvat ta`sirlovchilarga bo’linadi. Muayyan to’qima! hujayra, organ, uchun xos bo’lgan ta`sirlovchi adekvat ta`sirlovchi deb ataladi. Masalan, ko’zning adekvat ta`sirlovchisi yoruglik, muskulniki nerv tolasidan keladigan impuls hisoblanadi. Muayyan organ, to’kima uchun xos bo’lmagan. tasirlovchilar noadekvat ta`sirlovchi deb ataladi. Masalan, muskul to’qimasi nervdan kelayotgan impulsdan tashqari. Elektir toki, tuz, kislota ta`sirida ham qisqarishi mumkin. Bular noadekvat ta`sirlovchilardir.

Nerv tolalariningtuzilishi va xususiyatlari

Parda bilan qoplangan nerv hujayralarining o’simtasi nerv tolasi deyladi. Nerv hujayrasi o’simtasining markaziy qismi o’q tsilindir deyiladi. Nerv tolalari mielinli va mielinsiz bo’ladi. Miyelinsiz nerv tolalari faqat Shvann kavat bilan koplangan.

Nerv tolasining asosiy xususiyati o’tkazuvchanlik, labillilik, moddalari almashinuvning sekin borishi, nisbatan charchamaslik hisoblanadi. Nerv tolalarining labilliligi turlicha bo’ladi. Ba`zi nerv tolalari har lahzada bir necha o’nta impuls o’tkazsa boshqalari 500 tagacha impuls o’tkazadi. Qalin mielin kavat bilan koplangan nerv toalari o’ta labillik xususiyatiga ega.

Nerv toalari qo’zg’alganda, muskular qo’zg’alishiga nisbatan ancha kam energiya ajraladi. Ingichka nerv tolalar yo’g’on tolalarga nisbatan tezroq charchaydi. Keyingi tekshirishlarda nerv tolasining charchashi isbotlangan. Nerv tolasi charchaganda biotoklarning kuchi o’zgaradi. Qo’zg’alish impulsining tarqalishi 2-3 marta susayadi. Nerv tolasi ma`lum vaqt oralig’ida kelgan: impulsiga nisbatan kamroq impuls o’tkazib, o’zining charchamasligini1 ta`minlaydi.

Nerv tolasidan chiqqan ko’zg’alish to’lqinlarining o’tkazilishi nervning keyingi keladigan har bir qismining yukori voltli potentsiallar bilan ta`sirlanishiga bog’liq. Qo’zg’alish potentsiallari yumshoq qavatli nerv tolalaridan uzluksiz emas, balki o’xtin-o’xtin tarqaladi. Qo’zg’alish to’lqining nerv tolasidan o’tkazilishi o’zidan oldingi to’lqinga harakatlanyotgan yuqori voltli pstentsiallarning xosil bo’lishiga boglikdir. Nerv tolosidan ta`sir o’tishi uchun u fiziologik normal xolatda bo’lishi shart.

Nerv tolasi kattiq sovitilsa yoki o’tkir zaharlansa, nerv impulsnni o’tkazmaydi. Aralash nervlar tarkibdagi harakatlanuvchi sezuvchi nervlar esa impulsni bo’lib-bo’lib o’tkazadi. Impulslarni bu xilda ajralgan holda o’tkazilishi nervning mielin qavat bilan koplanishi sabab bo’ladi.

Nerv tolasidan ta`sir ikki tomonlama o’tadi. Buni 1877 yilda A.I.Babuxin Nil daryosi laqqa baligi elektr organining nervida isbotlagan. Agar nerv tolasi baliq, tanasidan 'ajratib ko’yilsa, u 2-3 kundan keyin nobud bo’la boshlaydi. Nerv tolasi qirqilganda esa nerv hujayrasi tanasi tomonidan o’sa boshlaydi. Nerv tolasining qayta tiklanishi bilan impuls o’tishi ham qayta tiklanadi. Markaziy nerv sistemasining neyronlari nerv tolasidan impulslarni bir tomonlama sezuvchi retseptordan ishchi organga o’tkazadi. Bu nerv impulsining sinapslar orqali o’tkazilishiga bogliq •.

Qo’rg’alish impulsi qo’zg’algan to’qimaning hamma qismiga bir tekis to’la tarqaladi. Bunga dekermentsiz o’tkazilishi deyiladi. Nerv tolasi qancha yo’g’on bo’lsa, qo’zgalish shuncha tez o’tadi. Nerv tolalari qo’zgalishiga ko’ra A,V,S gruppalarga bo’linadi. A gruppaga miyelin qavati qalinroq, diametri 12-22 mkm bo’lgan nerv tolalari kiradi, ular orqali ta`sirot bir sekundda 70-120 m/sek tezlikda o’tadi. Bu gruppa nerv tolalari o’ta elektrik aktkivlikka ega. V gruppaga vegetativ nerv sistemasining ba`zi tolalari kiradi. Bularning diametri 1-3 mmk bo’lib, issiqqonlik hayvonlarda ta`sirni 3-14/sek tezlikda) o’tkazadi. S gruppa nerv tolaari yumshoq qavatsiz bo’lib, diametri juda kichik, bularga; asosan simpatik nerv tolalari kiradi.



Nerv tolalarining mielinlashuvi

Avval periferik nervlar, sungra orka miya nervlari, keyinroq bosh miya sopining nerv tolalari, undan so’ng bosh miya katta yarimsharining tolalari miyelinnlashadi. Mielin qavat rivojlangan sari nerv tolasining qo’zg’aluvchanligi orta boradi. Ona qornida embrion 4 oylik bo’lgandan boshab, orqa va bo-sh miyadagi nervlar mielinlasha boshlaydi.

Birinchi galda harakat nervlari, so’ngra aralash nervlar, undan keyinroq miyaning markazga intiluvchi nervlari mielinlashadi. Bola tutilganida harakat nervlari mielin qavat bilan qisman o’ralgan bo’ladi.

Bola 1,5-2 yashar bo’lganda bosh miyasidagi ko’pgina nervlar, 2 yoshida eshitish organi nervlari mielinlashib bo’ladi. Ko’rish va til-tomoq nervlari yangi tugilgan bolalarda miyelinlashmagan bo’ladi, 3-4 yoshda tuliq miyelinlashadi. Yuz nervining tarmoqlari homilada ona qornidayoq mielinlasha boshlab, bola tutilishi vaqtiga kelganda to’lik tugaydi. Uch yoshda bosh miyaning nerv tolalari mielinlashib funktsiyalari murakkablashib boradi.



Tirik to’qimalardagi bioelektrik xodisalari

To’qima hujayralarida qo’zg’alish vaqtida qo’zg’algan soha bilan nisbatan tinch soha o’rtasida potentsialar ayirmasi sodir bo’ladi. Qo’zg’alish vaqtida tirik to’qimaparda sodir bo’ladigan alektrik o’zgarishlar bioelektirik hodisalari, yani bioelektrik toklar deb ataladi. Biotoklar kuvvati vaqtning mingdan, hatto milliondan bir bo’lagi bilan o’lchanadi. aqaning birorta muskulini jaroxatlab, shu joyga hamda sog’ joyga galvanometr elektrodlari qo’yilsa uning mili bir tomonga harakatlanadi. : Muskulning jarohatlangan qismida (+) jarohatlanmagan qismida (-) zaryadlar hosil bo’ladi. Sog’ qism bilan jarohatlangan qism orasida hosil bo’lgan potentsiallar ayirmasi tinchlik toki deyiladi.

Bu potentsiallar ayirmasi ko’p o’tmay yo’kolib ketadi. Muskulda hosil bo’lgan tinchlik toki 1-2 mv, nervdagisi asa 30 mv bo’lishi, muskuldagi, tinchlik toki nervdagiga nisbatan bir oz uzok, saklanishi mumkin. Biotoklarni o’rganish turli kasalliklarni aniqlashda yordam beradi.

Yurak muskullarining harakat toklari elektrokardiograf yordamida yozib , olinadi. Bu yozuv elektrokadiogramma deb ataladi. Me`dada hosil bo’ladigan harakat toklarini elektrogasgrografda yozib olinadi, u elektrogastrogramma > deyiladi. Bosh miyadagi harakat toklari esa elektroentsefalografda yozib olinadi.

Orqa miyaning tuzilishi orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo’yin umurtqasi bilan 2-bel umurtqasi oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda og’irligi 30-40 g. uzunligi 45 sm. Yangi tug’ilgan bolada og’irligi 6-10 g uzunligi 13-15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi.

Orqa miyaning ko’ndalang kesigida kapalak shaklida, kulrang modda uning atrofida esa oq modda joylashgan bo’ladi. Kulrang moddaning oldingi, orqa va yon shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan bo’lib, bu Yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo’lib, bu qismga sezuvchi yoki markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada bo’yin," ko’krak, bel, dumgaza segmentlari joylashgan. Orka miyaning har bir segmentidan bir juftdan hammasi bo’lib, 31 juft nerv tolalari chiqadi. Orqa miya 3 qavat parda bilan qoplangan. Orqa miyadan chiqqan 31 juft nervlar gavda, qo’l, oyoq muskullari va terini nervlar bilan ta`minlaydi.

Orqa miya funktsiyalari. Orqa miya qo’zg’alishlarni o’zidan yuqoridagi bosh miyaninr bo’laklariga o’tkazuvchi markaziy organ hisoblanadi. Orqa miya reflektor va o’tkazuvchanlik funktsiyasini bajaradi. Orqa miya asosan harakat sezish funktsiyasini boshqaradi. Odamda bosh' miya juda yaxshi rivojlanganligi tufayli muskul harakatlarini ko’pchiligi bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Orqa miyaning har bir segmenti muayyan skelet muskullari va terining tegishli qismlari bilan boglangan. Orqa miya reflekslari bosh miya reflekslariga qaraganda ancha sodda hisoblanadi. Orqa miyaning orqa ustunchalarida joylashgan o’tkazuvchi yullari qo’zgalishni bosh miyaning turli qismlariga o’tkazadi. Orqa miyaning oldingi va yon ustunchalaridagi utkazuvchi yo’llardan bosh miyaning turli bo’limlaridan qo’zgalish yoki tormozlanish impulslari orqa miyaga kelib turadi.

Orqa miyada ba`zi reflektor funktsiyalar embrionning ona qornida rivojlanish davrida yuzaga keladi. Ona qornida xomila 2-3 oylikda harakatlana boshlaydi. 9 oylik homila oyeq panjasining tagi ta-sirlansa 2-3 minutdan so’ng oyoq panjasida bukish reaktsiyasi hosil bo’ladi. Bu refleks bola tug’ilganidan so’ng 6 oygacha yaxshi funktsiyalanib, so’ng yo’qoladi.

Bola 9-10 oyligidan yura boshlaydi. Bunda orqa miyadagi harakat markazlarini funktsiyasi ortadi, orqa miya nervlari miyelinlashadi. Orqa miya nervlarini mielinlashuvi bolaning 3 yoshgacha davom etadi. Yangi tugilgan va ko’krak yoshidagi bolalarda ogri • ni hosil qiluvchi ta`sirotlarga teri-himoya reflekslari hosil bo’lganini kuzatish mumkin.

Organizmning ana shu va boshqa ko’pgina reaktsiyalari markaziy nerv sistemasining (MNS) oliy bo’limlarida shakllanadi va vegetetiv nerv sistemasi orqali ro’yobga chiqariladi.



ASOSIY ADABIYOTLAR

1. R.E. Xudoyberdiyev , N.K. Ahmedov, H.Z.Zohidov, R.A.Alavi, C.A.Asomov- Odam anatomiyasi . Toshkent 1993. 498-619 betlar.

2. F.N. Bahodirov-Odam anatomiyasi. Toshkent “O’zbekiston” 2006 betlar

3. N.Ahmedova , Z.Sodiqova-Normal Anatomiya va fiziologiyasi. Toshkent 2008. 281-328 betlar



QO’SIMCHA ADABIYOTLAR:

1. S.N.Galperin. Anatomiya, fiziologiya cheloveka. «Vneshnyaya


shkola» Nashriyoti. Moskva.- 1996 y.

2. N.N.Leonteva, N. Marinova. Anatomiya, fiziologiya detskogo vozrasta. Moskva.- 1992 g.



  1. Q.S.Sodiqov. O’quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi. «O’qituvchi», Toshkent- 1992 y.

  2. Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004

  3. The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium

TARQATMA MATERIALLAR

VIZUAL MATERIALLAR



B.B.B. texnologiyasijadvali

Asosiy tushunchalar

Bilaman

Bilishni xoxlayman

Bilib oldim

Morfologiya










Anatomiya










Gigiena










Fiziologiya










Hujayra










To‘qima










Organlar










Organlar sistemasi










Aqliy xujum savollari

  1. Miya po`stlog`idagi adjm zonalar va nerv markazilari,

  2. Bosh miya katta yarim sharlarining yoshga oid xususiyatlari

  3. Bosh miya katta yarim sharlarning tekshirish usullari.

  4. Elektroentsefalogramma nima.





Asosiy tushunchalar

Asosiy tushunchalar izohi

1

Markaziy nerv sistemasi




2

Oq moda




3

Neyron




4

Neyrogliya




5

Uzunchoq miya




6

Kulrang modda




7

Reflektor yo‘l




8

Miya yarim sharlari




9

Orqa miya singmentlari




10

Akson va dendrit











Aim.uz


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa