Orol dengizi Reja



Download 1,58 Mb.
Sana14.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#549734
Bog'liq
orol pdf by me

Orol dengizi

Reja

  • Orol dengizi haqida .
  • Orol dengizi qurishi sababi va oqibatlari .
  • Muammoga qaratilayotgan e’tibor va chora tadbirlar .

O’rta Osiyodagi eng sho’r ko’l. Ma’muriy jihatdan Orol dengizining yarmidan ko’prog’i janubi-g’arbiy qismi O’zbekiston (Qoraqalpog’iston) , shim-sharqiy qismi Qozog’iston hududida joylashgan . O’tgan asrning 60-yillarida O.D.ning orollari bilan o’rtacha 68,0 km2 ni tashkil etgan . Kattaligi bo’yicha dunyoda to’rtinchi , Yevrosiyo materigida ikkinchi o’rinda edi . Dengiz shim-sharqdan jan-g’arbga cho’zilgan , uzunligi 428 km , eng keng joyi 235 km bo’lgan . Havzasining maydoni 690 ming km2 , suvning hajmi 1000km3 o’rtacha chuqurligi 16,5 m atrofida o’zgarib turgan . Chuqur joylari g’arbiy qismida Qoraqalpog’iston Ustyurt yonida chuqurligi 69 m gacha yetgan .

Orol dengizida 300 dan ortiq orol bo’lgan . Ularning 80% dengizning jan-sharqiy , qismida . Eng kattalari Ko’korol (273km2) , Vozrojdeniye (216kkm2) , Borsakelmas (133km2) edi. Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi . 60- yillargacha yiliga Amudaryo O.D.ga 38.6km3 , Sirdaryo esa 14,5 km3 suv olib borgan . Atrofdan dengizga yiliga 5,5 km3 yer osti suvlari qo’shilib turgan . Mutlaq dengiz sathi 2000- yilda Buyuk Orol dengizi (janubiy) G’arbiy va Sharqqa bo’lingan 2001-yilda 2003-yilda dastlabki maydonning to’rtdan bir qismi Orol dengizi va 10% ga yaqinini dengiz suvi qoplagan . Bugungi kunda eski chuqur dengiz o’rniga umumiy maydoni 38000km2 bo’lgan yangi qum va tuzli cho’llar mavjud .

1785-yildan dengizda suv sathi ko’tarila boshlagan , 1825-yildan pasaygan . 1835-50-yillarda yana ko’tarilgan . 1862-yili kamaygan . Ko’korol yarim oroli 1880- yilda yarim orolga aylanib qolgan . 1881-yil suv sathi pasaygan . 1885-yildan yana suv sathi ko’tarilgan . 1899-yilga kelib Ko’korol yarim orol bo’lib qolgan. 1919-yil dengiz maydoni 67300km2 suv miqdori 1087km3 bo’lgan bo’lsa , 1935-yilga kelib maydoni 69670 km2 suvning miqdori 1153 km3 ga ko’paydi . Keyingi yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha o’zgargan.

Orol dengizini yillar bo’yicha o’zgarishi

1961-1970 -20 sm:

1970-1980 -50-60 sm:

1980+ -80-90 sm suv sathi kamaya borgan.

Ohirgi 50 yil ichida Orol dengizi qulab tushdi. Taxminan 1960 yildan boshlab uning suv sathi tez va tizimli ravishda pasaya boshladi. Bunga mahalliy dalalarni sug’orish maqsadida oqimlar va Amudaryo sun’iy ravishda o’zgarishi sabab bo’lgan. Sovet hukumati Qozog’iston , O’zbekiston va Turkmanistonni maydonlarini ekin maydonlariga aylantira boshladi .

1960-yildan 1990- yilgacha O’rta Osiyoda sug’oriladigan yerlar maydoni 4,5 milliondan 7 million gektargacha oshdi . Viloyat iqtisodiyotining suvga bo’lgan ehtiyoji 60 dan 120 km gacha oshdi . Yiliga 90% sug’orishdi. 1961- yildan boshlab dengiz sathi yiliga 20 dan 80-90 sm gacha pasayib bordi. 1970-yillarga qadar orol hududida 34 turdagi baliq yashagan, ulardan 20 dan ortiq turi tijorat ahamiyatiga ega edi . 1946-yilda Orol dengizida 23 ming tonna baliq ovlangan bo’lsa 1980- yillarda bu ko’rsatkich 60 ming tonnaga yetdi . O’zbekiston va Qozog’istonda bir qancha baliq zavodlari bor edi. 1989- yilda dengiz 2ta ajratilgan suv havzasiga bo’lindi – Shimoliy( kichik ) va Janubiy( katta ) Orol dengizi . 2003-yilda Orol dengizining yuzasi taxminan to’rtdan bir qismini, suv hajmi esa 10%ni tashkil qilgan.

Turkmanboshi shahrida “Avaza” sayyohlik zonasida Orolni xalqaro jamg’armasi ta’sischi davlatlar raxbarlari majlisi bo’lgan

Prezidentlar tor doirada uchrashuv o’tkazgan. Unda O’zbekiston , Turkmaniston, Tojikiston va Qizrg’iziston prezidentlari ishtirok etgan.

Majlisda jamg’arma faoliyatini takomillashtirish , mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash , suv resurslarini muvofiqlashtirgan holda boshqarish , bu borada Markaziy Osiyo mamlakatlarining hamkorligini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratilgan (2014 yili).

Orol halokati oqibatlarini yumshatish va Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish bo’yicha 2013-2017-yillarga mo’ljallangan kompleks chora tadbirlar dasturi doirasida 500 dan ortiq loyiha amalga oshirildi . Ularning yarmidan ko’pi milliy loyihalardir .

Prezident Shavkat Mirziyayev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish Davlat daasturi doirasida Orolbo’yida Ijtimoiy –iqtisodiy holatni , aholi turmush sharoitini yaxshilash, ekologik falokat asoratlarini yumshatish bo’yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda O’z.Res. Moliya vazirligi huzurida Orolboyi mintaqasini rivojlantirishjamg’armasi tuzildi va unga 200 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirildi.

Orol dengizining qurigan tubida 5,5 million gektar maydonga ega boʻlgan Aralkum choʻllari hosil boʻlgan. Ushbu hududdan taxminan 100 million tonna tuz, chang va qum havoga koʻtarilib, atrof-muhitga katta zarar yetkazmoqda. Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish uchun Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturi asosida 1,5 million gektardan ziyod oʻrmon ekinlari ekildi. Maʼlumot uchun: bitta saksovul toʻrt tonna koʻchki qumini toʻxtata oladi.


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish