Orol dengizi muammolari - Dengiz choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va yer osti suvlaridan ortiqdir. Shuning uchun ilimiy oʻzgarishlar natijasida Orol dengizi suvining sathi yillar davomida oʻzgarib turgan. Masalan, 1785 yildan dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825 yildan pasaygan, 1835—50 yillarda yana koʻtarilgan, 1862 yili kamaygan. Koʻkorol 1880 yilda yarim orolga aylanib qolgan. 1881 yil suv sathi pasaygan. 1885 yildan Orol dengizida suv sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899 yilga kelib Koʻkorol yarim orol boʻlib qolgan. 1919 yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan boʻlsa, 1935 yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.
Orol dengizi ilgari vaqtda dunyodagi eng katta ichki dengizlardan biri hisoblanib, unda baliqchilik, ovchilik, transport va erkratsion maqsadlarda foydalanilar edi. Dengiz suv rejimini unga quyiladigan Amudaryo, Sirdaryo, yer osti suvlari hamda atmosfera yonilgʻilari tushishi va yuzadan suvning bugʻlanishi tashkil etadi. Qadimgi tarixiy davrlarda dengiz sathining 1,5 — 2,10 oʻzgarishi tabiiy iqlim xususiyati bilan boʻliq boʻlib, suvning hajmi 100—150 kub km, suv sathi maydoni — 4000 kv, km ni tashkil etgan. Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi. Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi. - Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi. Aholi oʻrtasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (oʻpka sili, astma, bronxit) koʻpaydi. Hududda kam-qonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20 marta oshganligi kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |