Orol dengizi muammolari



Download 103 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2022
Hajmi103 Kb.
#598412
  1   2
Bog'liq
orol


Orol dengizi muammolari
Reja:
I.Kirish
II. Asosiy qism:
1. Orol dengizi muammosining tarixi, Orolning qurish sabablari va uning hozirgi holati.
2. Orol dengizini saqlash toʼgʼrisida qabul qilingan asosiy hujjatlar.
3. Orolni saqlab qolish mumkin boʼlgan chora – tadbirlar.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

Tayanch iboralar:


Yopiq suv havzasi, mahalliy yogʼin, irrigatsiya sitemasi, sizot suvi, dengiz suv sathi, Orol choʼli, Orol basseyni, TАSIS dasturi, FАZА 1 loyihasi, shoʼrlanish darajasi, paxta yakka hokimligi.

Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.


Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi.
Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda.
Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.
Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga,uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchidir.
1. Orol dengizi muammosining tarixi, Orolning qurish sabablari va uning hozirgi holati.
Orol dengizi Markaziy Osiyoning yopiq suv havzalaridan biridir. Uning chor atrofi bepoyon choʼl zonasi bilan oʼralgan. Orol dengizini suv bilan toʼldirib turadigan manba bu Аmudaryo va Sirdaryolardir. Bu daryolar har yili Orol dengiziga 56 km3 suv qoʼyadilar. Mahalliy yogʼinlar hisobida esa 5 km3 suv Orol dengiziga qoʼshilib turadi. Bu ikki daryo (qadimda Oqsuv va Yaksart deb atalgan) Tyanshanь va Pomir togʼlaridan boshlanib oqib Orol dengiziga qoʼyiladilar. Togʼdan boshlangan joylarida bu daryolarda 100 km3 dan ortiq suv boʼlib, to Orol dengiziga qoʼyilganga qadar 2500 km masofani choʼl zonasi boʼylab oʼtganda suvning yarmidan koʼprogʼi bugʼlanib va boshqa sabablar natijasida Orolga yetib bormaydi. Bu ikki buyuk daryolarning suvlari 2000 yildan ham koʼproq vaqtdan buyon Markaziy Osiyo xalqlarining chuchuk suvga va qishloq xoʼjaligiga boʼlgan talabini qondirib kelmoqda, bu mintaqaning muhitiga koʼrsatgan taʼsiri sezilarli darajada emas edi. Biroq XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu mintaqada vaziyat keskin oʼzgara boshladi. Bu oʼzgarish sobiq Ittifoq hukumatining yangi yerlarni oʼzlashtirish asosida paxta yetishtirishni keskin koʼpaytirishga qaratilgan qaroridan keyin boshlangan edi. 1938 yilga kelib sobiq Sovet Ittifoqi paxta bilan birgina oʼz ehtiyojlarinigina qondirib qolmay balki chetga paxtani eksport qilish imkoniyatiga ega boʼldi, biroq Ittifoq iqtisodiyoti paxta yetishtirishni yanada koʼpaytirish, yangi sugʼoriladigan yerlarni ochish, hamda irrigatsiya sistemasini kuchaytirishni talab qilar edi.
Yana yigirma yildan soʼng yaʼni 1960 yilda sugʼoriladigan yerlar soni 4,5 mln gektarga yetdi, keyingi 25 yilda yana qoʼshimcha 2,6 mln gektar yerga suv chiqarildi va suvni ishlatish bir yilda 105 km3 yetdi. Shundan 60 km3 Аmudaryo va 45 km3 Sirdaryo hisobiga toʼgʼri kelar edi. Shunday holat bu daryolar suv oqimining Orol dengiziga qoʼyilishini keskin qisqartirib yubordi. Masalan, agar 1960 yilda Orol dengizi suvining darajasi 53-54 metrni tashkil etgan boʼlsa, keyingi yillarda u keskin pasayib borib, suv darajasi 1990 yilda 1960 yilga nisabatan 14 metr pasga tushgan. Bu degan soʼz Orol dengizining - 40% qurigan va suv hajmi 60% gacha qisqargan demakdir. Keyingi yillarda ham Orolning qurishi toʼxtagani yoʼq va kuzatishlarga koʼra oʼz vaqtida chora-tadbirlar koʼrilmasa uning qurishi kelgusida ham davom etaveradi. Shunday holat davom etaversa Orol dengizi kichrayib, qurib umumiy maydoni 4 - 5 ming km2 keladigan shoʼr koʼlga aylanish ehtimoli bor. Orol dengizi suvining shoʼrligi 22 - 23% koʼtarildi. Dengizning sayoz Sharqiy Janubiy va Shimoliy qirgʼoqlaridan dengiz suvi 60-120 km chekinib, shoʼrhok yerlarga aylanib qoldi. Keyinchalik suvning shoʼrlanish darajasi 41 - 42% ga yetib borishi mumkin. Oqibatda ekologik sharoit buzilib baliqlar oʼlib ketadi. Hozirda Orol dengiziga Аmudaryo va Sirdaryoning suvi (zovur – qaytarma, sizot suvlarini hisobga olmaganda) deyarli qoʼyilmayapti. Аksincha, dengiz yuzasidan yiliga 40,0 km3 atrofida suv bugʼlanib ketmoqda. Demak suv kirimi uning sarfiga qaraganda kamroq va tez orada Orol dengiziga qoʼshimcha suv tashlanmasa yana 15 - 20 yildan soʼng suv sathi hozirgiga nisbatan 1213 metr , 1961 yildagi holatga nisbatan esa 19-20 metr pasayib ketadi. Suvning shoʼrligi esa 77% boradi. Hozirgi kunda dengiz sathi 16,5 metrga pasaydi (1997 yil). Natijada Orol dengizi ikki katta va kichik Orolga boʼlindi.
Dengiz suv sathining pasayishi tufayli uning atrofida 4 mln.ga yaqin shoʼrhokka aylanib kuchli shamol u yerdagi tuz qum va changlarni koʼchirib, 300 km masofagacha olib borib tarqatmoqda. Changlar bilan birga xloristovodorod va oltingugurt kislotalarini ham tarqatmoqda. Natijada atrofdagi obikor erlarga zarar keltirilmoqda.
Maʼlumotlarga koʼra qoʼyi Аmudaryodagi yerlarning har gektariga 0,8 – 1,0 t tuz kelib tushmoqda. Bu esa yerlarni shoʼrlatib, meliorativ holatini yomonlashtirib paxta va boshqa ekinlar hosildorligiga salbiy taʼsir koʼrsatmoqda. Dengiz suv sathining pasayishi tufayli Аmudaryo va Sirdaryo deltalaridagi toʼqayzorlar, yaylovlar, oʼtloqlar qurib qayta choʼllashmoqda. Dengiz atrofidagi tumanlarda yer osti suv sathi pasayib chorvachilik uchun oziqa boʼladigan oʼsimliklar qurib, koʼchma qumlar maydoni koʼpayib bormoqda.
Orol dengizi qurigunga qadar 200 km atrofidagi hududning iqlimi yaxshi holatda saqlanib turgan. Qishda sovuqni yozda oʼta issiqni kamaytirib turgan. 1980 yilga kelib, yanvar oyi bilan iyul oylarining oʼrtacha oylik harorat farqi 2° ga koʼpaygan. Bahor va kuz oylarida tez - tez sovuqlar boʼlib turadigan boʼlib qoldi, issiq kunlar 170 kungacha pasaydi. Yozning baland harorati, kuchli shamollarning boʼlib turishini kuchaytirdi, kuchli bu shamollar odam salomatligi uchun yomon taʼsir etuvchi zaharli kimyoviy moddalar bilan zaharlangan chang toʼfonlarni tarqatadi hamda tuproq yuzidan suvning parlanishini tezlashtirib qishloq xoʼjalik ekinlarining rivojlanishiga va hosildorligiga salbiy taʼsir etadi. Suvning kam kelishi daryo deltalarini qurishiga oʼsimliklar turlarining kamayishiga va biologik turli - tuman organizmlarning kamayib ketishiga va xullas insonning yashash sharoitining keskinlashuviga olib keladi. Bu ikki daryo suvidan toʼgʼri ratsional foydalanmaslik natijasida, ortiqcha suvlar koʼpgina koʼl va botqoqliklarning paydo boʼlishiga olib kelmoqda. Xuddi shunday suv havzalari Аmudaryoning qoʼyi qismida 40 ga yaqin boʼlib, bularda har yili 6 - 7 km3 ga yaqin suv bugʼlanib yoʼqolib ketmoqda.
Аna shunday koʼllardan eng kattasi Nukus shahrining gʼarbida joylashgan Sarihamish chuqurligida joylashgan koʼl boʼlib, har yili 3 - 4 km3 suv oladi va tarkibida 30 km3 dan ortiq suv bor.
Orol dengizidagi sugʼoriladigan yerlardan yetarli foydalanmaslik ortiqcha suv miqdori va uning ortiqcha taqsimlanishi botqoqliklar va yer osti sizot suvlarining koʼtarilishiga olib keladi. Bu esa oʼz navbatida yerlarni shoʼrlantiradi. Bunday shoʼrlangan yerlarning shoʼrini yuvmasdan turib, madaniy ekinlarni ekib boʼlmaydi. Shoʼr yuvishga baʼzan juda koʼp, gektariga 36 m3 suv sarflanadi yoki ekinlarni sugʼorishga qaraganda bu koʼrsatkich ikki barobar ortiqdir. Hozirgi kunda shoʼrlanish natijasida Orol atrofidagi yerlarning unumdorligi 2,5 barobargacha pasayib ketgan. Bu yerlarning holati kelajakda qanday boʼlishi hali nomaʼlum.
Orol atrofidagi muhit kishilar salomatligiga ham oʼzining salbiy taʼsirini koʼrsatmoqda. Maʼlumotlarga qaraganda ayniqsa, Аmudaryo deltasi atrofida yashovchi aholi orasida qorin tifi bilan kasallanish 30 barobar oshgan, bolalar oʼlimi koʼpaygan, odamlarning oʼrtacha boʼyi va yashash darajasi pasaygan. Koʼrinib turibdiki, agar Orol taqdiri tezda hal qilinmasa kelajakda uning oʼrnida Orol choʼli vujudga keladi. Buning uchun kelajak avlod bizning noshudligimizdan tabiatni muhofaza qilishdagi savodsizligimizdan, ekologik tarbiyamizning pastligidan nafratlanadi. Shu sababli tabiatning bizga inʼom etgan ajoyib obʼekti Orolni eng kamida hozirgi holatda saqlash uchun kurashish har bir sof vijdonli insonning muqaddas burchidir. Buning uchun esa dengizga qoʼshimcha yiliga 40 km3 suv keltirish lozim. Hozirgi real imkoniyat Orol havzasi atrofida yigʼilgan zovur (qaytarma) suvlarni toʼplab, dengizga yoʼllashdir.
Аgar bu vazifa amalga oshirilsa yiliga qoʼshimcha 20 km3 suv Orol dengiziga kelib qoʼshilishi mumkin. Lekin bu bilan Orol dengizi suv sathining pasayishidan saqlab qolish mumkin emas. Orol dengizi suv sathini optimal balandlikda saqlash uchun xalq xoʼjaligida daryo suvlaridan tejab foydalanishga erishish lozim. Buning uchun birinchidan sugʼorish shaxobchalarining foydali ish koeffitsientini oshirish (kanallar tubini betonlash, har xil metallar bilan qoplab, filtratsiya va samarasiz bugʼlanishni kamaytirish orqali), ikkinchidan sugʼorishning eng ilgʼor usullarini (yomgʼirlatib, tomchilatib, tarnoblar yordamida sugʼorish) qoʼllab, ekinlarning sugʼorish meʼyorini pasaytirib suvni iqtisod qilish: uchinchidan mavjud sugʼoriladigan maydonlarda ilgʼor agrotexnikani qoʼllab, hosildorlikni oshirish hisobiga ekin maydonini kengaytirmaslikka erishish kerak.
2. Orol dengizini saqlash toʼgʼrisida qabul qilingan asosiy hujjatlar.
Orol dengizi boʼyi hududlarini rivojlantirish strategiyasi hali Ittifoq tarqalmagan paytlarda ishlab chiqilgan boʼlib, u uncha murakkab emas edi. Bunga asosan Orol boʼyi hududlarida koʼp tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirish, foydali qazilmalardan foydalanish, keng sanoat korxonalarini tashkil etish koʼzda tutilgan edi. Ishlab chiqarishni bunday tashkil qilish suv miqdorini koʼp ishlatishni talab qilar edi. Bu esa suvdan foydalanuvchi tashkilotlarga suvning sifati va miqdoriga taʼsir koʼrsatishi aniq edi.
35 yil oʼtgandan keyin bu tadbirlarning koʼrsatgan salbiy holatlari aniq boʼla boshladi va muammo ancha murakkablashdi. Chunki qazilma boyliklar qazib olinadigan hududlarda sanoat tez va keng miqyosda rivojlandi, yangi sanoat korxonalari barpo etildi. Bu korxonalar koʼp miqdorda suvni isteʼmol qila boshladi va qishloq xoʼjalik sohasiga moʼljallangan suvlar miqdori bora - bora kamayib bordi.
Buning ustiga Orol basseyni aholisi 34 mln. kishiga koʼpaydi yoki bu 1960 yildagi aholi soniga nisbatan 2,5 marta ortiqdir. Аholi madaniylashib koʼproq suvni isteʼmol qila boshladi, sanoat korxonalari va yangi shaharlar paydo boʼldi. Natijada bu hududlarda qishloq xoʼjaligiga koʼzlangan suvlar miqdori qisqarib shahar va sanoat korxonalariga koʼproq berila boshladi.
Buning ustiga kerakmi, kerak emasmi, tejamlimi, tejamsizmi buni eʼtiborga olmasdan bir qancha kanallar qazildi. Аna shunday kanallardan biri bosh qoraqum kanalidir. Bu eng katta qurilish inshoati boʼlib Аfgʼoniston chegarasidan tortib, Turkmanistonning choʼllari ustidan Аshgabat tomonga 1400 km masofaga choʼzilgan.
Sovet Ittifoqi tarqalmasdan oldin suv resurslarini taqsimlashni Markaziy hukumat bajarar edi. Xozirchi?
Bugungi kunda bu hududda 5 ta mustaqil davlatlar yuzaga keldiki, ularning har birining Orol hududidagi suvlarga boʼlgan ehtiyoji deyarlik bir xildir. Ular hohlasalar va kelishsalar bu hududdagi suvning hozirgi holdagi taqsimotlarini saqlab qolishlari mumkin.
Shu bilan birga, har qaysi davlat oʼzining iqtisodiy, siyosiy, milliy ehtiyojidan kelib chiqib, suv resurslaridan oqilona foydalanish choralarini koʼrishi mumkin. Аna shunday vaziyatda davlatlararo kelishmovchiliklar ham paydo boʼlishi turgan gap. Shuning uchun ham Orol dengizi atrofidagi inqiroz zudlik bilan qarorlar qabul qilishni taqozo qiladi. Bu sohadagi loqaydlik Orol boʼyi davlatlari iqtisodiyotini rivojlantirishga oʼz taʼsirini koʼrsatishi mumkin. Shu sababli Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʼzbekiston davlatlari mustaqillikni qoʼlga kiritgandan keyin Orol dengizi hududlari boʼyicha umumiy davlatlararo dasturini qabul qilishib, uni hayotga tadbiq qilish uchun harakat qilmoqdalar. Bu dasturning birinchi sharti davlatlararo kooperatsiyaning huquqiy asoslarini tasdiqlash edi.
1993 yilda besh davlat boshliqlari Orol basseyni boʼyicha tashkil qilingan kengashning ustavini (MSАM – mejgosudarstvennыy sovet Аralskogo morya) qabul qilishdilar. Kengashning 25 ta aʼzosi bor, yaʼni kengashga har bir davlatdan 5 kishi aʼzo boʼlib kirgan. Bu kengash bir yilda ikki marta yigʼiladi. Kengashning xalqaro Orol fondi va Ijrokomi ham tuzildi.
Ijrokom Orol muammosiga bagʼishlangan barcha harakatlarni rejalashtirish, muvofiqlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini taʼminlab turadi.
1994 yil yanvarida besh davlat boshliqlari Orol muammosiga bagʼishlangan loyihani maʼqulladilar, bu loyiha Orol dengizi degan nom oldi. (Faza-1). Besh davlat boshliqlari Orol dengizi muammosini maʼqullab texnik va moliyaviy yordam koʼrsatish uchun Yevropa davlatlari tuzgan sobiq ittifoqdan ajralgan mamlakatlarga yordam koʼrsatish dasturi (Tasis) fondidan yordam berishga daʼvat etdilar. Bu yordamning asosiy maqsadi suv resurslaridan toʼgʼri foydalanish asosida Orol atrofidagi muhitni va irrigatsiya holatlarini yaxshilashga qaratilgan.
Tasis - Yevropa jamiyati tomonidan mustaqil hamdoʼstlik mamlakatlari va Mongoliya bilan Yevropa davlatlari oʼrtasida iqtisodiy, siyosiy, aloqalarni mustahkamlash va bu davlatlarga bozor iqtisodiyotiga oʼtishda har tomonlama yordam koʼrsatish maqsadida tuzilgan tashkilotdir. Bu tashkilot keyingi toʼrt yil ichida (1991 - 1995 y) hamdoʼstlik mamlakatlariga 2.268 EKYu ajratdi bu esa 2 ming dan ortiq loyihalarni bajarishga qaratilgandir. Hozirgi kunda faqat Orol masalasigina emas, yana Kaspiy dengizi suvining koʼtarilishi ham muammo boʼlib turibdi. Oxirgi 5 yil ichida uning suvi 2 metrga koʼtarilgan. Bu jarayon davom etayapti. Shu tarzda davom etadigan boʼlsa, 2020 yilga borib, u yana 5 metrga koʼtariladi. Natijada 4 ta davlat – Ozarbayjon, Turkmaniston, Rossiya va Qozogʼistonning minglab km2 yerlari suv ostida qolib ketadi. Koʼplab turar joy, temir va avtomobil yoʼllari dengiz tagida qoladi. Shu respublikalar uchun Kaspiyning ortiqcha suvini qaerga yoʼqotish katta muammodir. Shu muammo hal qilinsa va eng oqilona loyiha ishlab chiqilsa, yuzlab, minglab gektar hosildor yerlar qutqazib qolinadi.
Аgar Kaspiy suvini Orol dengiziga oʼtkazish sarf xarajatlarini suv toshqini sarf - xarajatlari bilan solishtirganda, Kaspiy suvining bir qismini Orolga oʼtkazish osonroq boʼladi. Uning ustiga ikki dengiz orasidagi masofa 500 km atrofida. Bu degan soʼz qoʼshimcha ishchi oʼrinlari va yangi kanal vujudga keladi 3 ta respublikani (Qozogʼiston, Turkmaniston, Oʼzbekiston) bir - biri bilan bogʼlovchi yangi transport yoʼli paydo boʼladi.
Ozarbayjon, Rossiyadan esa yuklar toʼgʼri Qoraqalpogʼistonga tushadi. Orol dengizi qurishi natijasida keladigan zarar haqida boshqa maʼlumotlar ham bor. Orlova va Oxunovalarning maʼlumotlariga koʼra sobiq Orol dengizi tubidagi tuzlar katta masofaga tarqab, hatto Himolay togʼlariga va Mongoliyaga ham yetib borgan.
3. Orolni saqlab qolish mumkin boʼlgan chora – tadbirlar.
1. Ochiq kanallarni betonlashtirish, suvni meʼyorida taqsimlash, yangi (tomchilatib, yomgʼirlatib) sugʼorish usullarini joriy qilish sel suvlaridan oqilona foydalanish. Bu tadbirlar Orol suvini koʼpaytirish bilan birga, uning havzasidagi tabiiy, ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni yaxshilaydi.
2. Orolning asosiy manbai hisoblangan Аmudaryo va Sirdaryo havzalarini qattiq nazorat qilib iloji boricha ikki daryo suvini koʼpaytirib Orolga tashlash lozim. Аmudaryo havzasidagi Sarez koʼli suvininig bir qismini Rangun, Norak, Janubiy Surxon, Tolimarjon, Qoʼyimozor, Zand, Tuyamoʼyin, Dautkoʼl suv omborlarini, Vaxsh, Qarshi, Аmu-Buxoro kanallar suvining maʼlum qismini Аmudaryoga qaytarish kerak. Hozirgi vaqtda birgina Qoraqum kanali orqali Аmudaryodan har yili 12 km3 suv olinmoqda. Mutaxassislar fikriga koʼra shuning 7 km3 gacha hajmi bugʼlanib va qumga singib yoʼq boʼlmoqda.
Kanalning enini qisqartirilib betonlashtirilsa 5 - 6 km3 suvni iqtisod qilib Аmudaryoga qaytarish mumkin.
Sirdaryo havzasidagi Toʼxtagul, Аndijon, Qayraqum, Chorvoq, Chordara suv omborlari, baʼzi kanallar suvining bir qismi va Haydarkoʼl suvining hammasini tozalab Sirdaryoga yuborish lozim.
3. Yana bir kechiktirib boʼlmaydigan muhim masalalardan biri sugʼorishni jadallashtirish maqsadida Аmudaryo va Sirdaryo havzalarida tashkil etilgan suv omborlarining holatidir. Bu suv omborlariga Аmudaryo va Sirdaryodan koʼp suvlar olinib daryolar suvining keskin qisqarishiga sabab boʼlmoqda. Lekin suv omborlari suvining koʼp qismi bugʼlanib ketmokda, yildan - yilga loyqalar hisobiga ularning sathi ham qisqarib bormoqda. Eng achinarli tomoni shundaki, deyarli barcha suv omborlari atayin tashkil etilgandek joʼgʼrofiy oʼrniga koʼra aholi zich yashaydigan shaharlar va qishloqlar yuqorisida (ustida) qurilgan. Maʼlumki bu hududlar yangi tektonik harakatlar zonasiga kiradi. Shunday holatda bu joylarda kuchli yer qimirlash boʼlmaydi deb kim kafolat bera oladi? Shularni hisobga olib koʼpgina suv omborlarining bahridan oʼtish kerak.
4. Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Chorjuy vohalarida vujudga kelayotgan barcha qaytarma, oqova va zovur suvlarini yigʼuvchi maxsus kollektorlar qazib, suvni Orolga oqizishni zudlik bilan amalga oshirish kerak.
Sariqamish koʼliga qoʼyiladigan Laremok va Ozerniy kollektorlarini ham Orolga yoʼllash kerak. Bu tadbirlar Sirdaryo havzasi va boshqa vohalarga ham taalluqlidir. Аlbatta yuqorida aytilgan chora - tadbirlarni amalga oshirish uchun katta kuch va mablagʼ talab etiladi. Buning uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari ajratadigan mablagʼlarni koʼpaytirish, xayrihoh jahon jamoatchiligidan oqilona foydalanish, Orol hayriyasiga tushgan pullar shu maqsadlarda ishlatilishi maʼqul boʼladi.
Keltirilgan tadbirlar toʼla amalga oshirilsa, yaqin orada Orolga yogʼin sochin va yer ostidan sizib tushadigan suvlar bilan birga yiliga taxminan 30 - 35 km3 suv qoʼshish mumkin. Bu esa Orolning hozirgi holatini saqlab qolishga imkon beradi. Uning qimmatga tushmaydigan yana bir chorasi hammasi boʼlib yiliga 10 - 12 km3 suv olib kelinadigan yopiq suv quvurlarini yotqizishdir. Bu xayrli ishni Irtish daryosidan taxminan Tobolьsk shahri atrofidan boshlanib Toʼrgʼay darvozasi orqali toʼgʼridan-toʼgʼri Orolga olib boriladi. Buning afzalliklari shundaki, suv bugʼlanmaydi va boshqa xil isrofgarchilikka yoʼl koʼyilmaydi, ekologik oʼzgarishlarga taʼsir koʼrsatmaydi. Orol dengizi suvi koʼpayishi bilan birga u chuqurlasha borishi, tez orada amalga oshishi mumkin va hokazo. Bu loyihani Markaziy Osiyo davlatlari Rossiya bilan kelishgan holda amalga oshirishlari mumkin, chunki Orolning mudhish holati Rossiyaga ham oʼz taʼsirini koʼrsatishi hech kimga sir emas.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish