Orol dengizi ekologik muammolari va uni bartaraf etish chora tadbirlari


Orol dengizi qachon paydo bо‘lgan?



Download 416,35 Kb.
bet10/10
Sana19.08.2021
Hajmi416,35 Kb.
#151409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Orol dengizi ekologik muammolari va uni bartaraf etish chora tadbirlari

Orol dengizi qachon paydo bо‘lgan?




Orol fojiasi, uning oqibatlari hamon dolzarb muammo sifatida kun tartibidan tushgan emas. Zotan, bir avlod kо‘z о‘ngida, bir vaqtlar tо‘lib, mavjlanib turgan moviy dengiz butunlay qurib, bepoyon sahroga aylandi.

Ikki-uch yil oldin Orol va orolliklar hayotida yangi umidbaxsh davr boshlandi. Ana shunday, hammani mamnun qilayotgan damlarda Orol dengizi tarixi, kechmishini eslash, uning keyingi ayanchli manzarasi sabablari haqida fikr-mulohazalar aytish о‘rinli bо‘lsa kerak.

Xо‘sh, Orol nomi qanday kelib chiqqan?

Orolbо‘yidagi bir ovulda tug‘ilgan taniqli adibga bolaligida onasi shunday ertak aytib bergan ekan: "Bir bor ekan, bir yо‘q ekan, Mashriq degan tomonda Pomir degan ulkan, baland tog‘ bor ekan. U qalin qor, muzliklar bilan qoplangan ekan. Tog‘ yonbag‘ridagi bir qishloqda Orol ismli bola onasi bilan yashar ekan. U yoshligidan toqqa, qoyalarga chiqib katta bо‘ladi. Niyati tog‘ning muzliklar bilan yastanib yotgan eng yuqori chо‘qqisiga chiqish ekan. Ulg‘ayib, katta bо‘lgach, bu niyatiga yetibdi, chо‘qqiga chiqishga muyassar bо‘libdi. CHо‘qqi shunday baland ekanki, yigit о‘sha joydan kun botish tomonga qarabdi. Kо‘z oldida jilvalangan, tо‘lqinlar kо‘kka sapchiyotgan, turli-tuman qushlar charx urib uchayotgan moviy dengiz namoyon bо‘libdi. Yigit dengiz shu tog‘lardan, oyog‘i ostidagi qor muzliklaridan borayotgan suv bilan mavjlanayotganini his qilibdi. Shu-shu tez-tez tog‘ chо‘qqisiga kо‘tarilib, dengizni tomosha qiladigan bо‘libdi. Keyinchalik dengiz Orol degan nom olibdi".

Orolning yoshi haqida tarixiy manbalarda aniq  ma’lumot bо‘lmasa-da, juda qadim zamonlarda dengizning sharqiy bо‘ylarida massaget va saklar, janubiy tomonida esa ugar qabilalari yashab, chorvachilik, baliqchilik, dehqonchilik bilan kun kechirganliklari uning tarixi ming yillarga borib taqalishidan dalolat beradi.

Miloddan oldin yashab о‘tgan antik davr tarixchilari Strabon va Varron, xitoylik sayyoh va olim Jon Syan Orol haqida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirishgan. Abu Rayhon Beruniy "Geodeziya" asarida Orol dengizining uzoq tarixiga oid batafsil ilmiy ma’lumotlar keltirgan. Al-Xorazmiy Orol chekka nuqtalari koordinatalarini quyidagicha bergan: uzunligi 860300-900, kengligi 300100-420. Bu kо‘rsatkichlar IX asrda Orol uchun birinchi kartografik ma’lumot edi. Orolning kattaligi haqida qadimda yashab о‘tgan olimlarda turlicha fikrlar mavjud. Agar Al-Istaxriy dengizning aylanasi 103 farsax (bir farsax 6-7 km) deb yozgan bо‘lsa, Muhammad ibn Najib Bakron 100 farsax, Ibn Rusta esa 80 farsax deb hisoblagan.

Dengiz uning atroflarida yashovchi odamlarga bosqinchilar hujumidan saqlanish uchun mustahkam qal’a bо‘lgan. Rivoyat qilishlaricha, Iskandar Zulqarnayn (Aleksandr Makedonskiy) Xorazmga bostirib kirishi oldidan u yerga о‘z  ayg‘oqchilarini yuborgan. Ayg‘oqchilar qaytib kelishgach, buyuk fotihga shunday deyishgan: "Xorazmni fath qilib bо‘lmaydi, sababi uni himoya qiladigan, balo-qazolardan saqlaydigan ulkan dengizi bor ekan". Bu gapni eshitgan Iskandar Xorazmga hujum qilish niyatidan qaytgan.

Yana bir rivoyatga kо‘ra, Chingizxonning о‘g‘illari Chig‘atoy va Jо‘ji Urganchni egallagach, Orol bо‘yida yozgi qarorgoh qurishni rejalashtirishadi. Ammo dengiz atrofida yashovchi qabilalar mо‘g‘ullarga tez-tez hujum qilib, ularni bezovta qilishgan. Shu vajdan ular yozgi qarorgoh qurishdan voz kechgan ekanlar.

Orol shuncha yillardan buyon barhayot bо‘lib, atrofida yashovchi xalqlarga rizqu nasiba berib kelganligi ikki azim daryo - Amudaryo va Sirdaryo bilan chambarchas bog‘liq. Chunki bu daryolar dengiz uchun asosiy suv manbai bо‘lgan. Orol eng kо‘p suvni Amudaryodan  olgan. "Avesto"da daryo "Arang" deb tilga olingan.

"Osiyoda chor atrofi tog‘lar bilan о‘ralgan vodiy bor, - deb yozadi tarixchilar otasi Gerodot... Atrofidan katta daryo oqib о‘tadi. Uni Araks deb ataydilar. Uning 40 ta tarmog‘i bо‘lgan, ulardan biri Xasar (Kaspiy dengizi)ga qо‘yilgan. Bunday fikrni Strabon va Polibey kabi qadim dunyo olimlari ham bildirishgan.

Aleksandr Makedonskiyning О‘rta Osiyoga harbiy yurishlari ishtirokchisi Aristobul shunday yozadi: "Men kо‘rgan daryolarning eng kattasi Oks (Amudaryo) edi. Bu daryoda kemalar qatnab turardi, hind savdogarlari Kaspiy dengiziga shu daryo orqali kemalarda suzib borishgan".

Abu Rayhon Beruniy qadimgi geologik davrda Amudaryo Zaim (Kerki, Turkmaniston) yonidan Qoraqum orqali Kaspiy dengiziga oqqan deb hisoblaydi. Keyinchalik u shimolga burilgan va bu yerdan bir qismi Qiz dengizi  (Sariqamish) tomonga, yana bir qismi Xorazm (Orol) dengiziga oqqan.

XV asrda yashagan tarixchi olim Hofizi Abru "Jug‘rofiya" va "Zubat ut-tavorix" asarlarida Amudaryo va Sirdaryo о‘z suvini Kaspiy dengiziga eltganligi sababli Orolning suvi qurib qolganligini yozadi. Bu Amudaryoning о‘z uzanini о‘zgartirib, О‘zboy orqali oqqanligi bilan bog‘liq bо‘lgan. Ispaniya qiroli nomidan Sohibqiron Amir Temur huzuriga elchi bо‘lib kelgan Klavixo, shuningdek, arab muarrixi Ibn Arabshoh ham Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyilganligini qayd etganlar. 1558 yilda Antoniy Jenkinson Angliyadan sayyoh va elchi sifatida Xorazmga keladi. U bu vaqtda Amudaryoning Kaspiyga emas, Orol dengiziga oqqanligiga guvohlik beradi.

Abulg‘ozi Bahodirxon о‘zi tug‘ilishidan (1603 yil) о‘ttiz yil oldin Amudaryo Qoraayg‘ir tо‘qayidan suv olib, Orol dengiziga oqa boshlaganini yozadi. Shu sababli Urganch atroflari deyarli chо‘lga aylangan. Bu Jenkinson Xorazmga kelib ketganidan о‘n besh yil о‘tib yuz bergan. 1625 yilda Urganch о‘zbeklari suv yо‘qligidan Buxoro, shuningdek, qozoqlar, mang‘itlar yashaydigan о‘lkalarga kо‘chib ketishga majbur bо‘lishgan.

Demak, Orol daryo uzani о‘zgarganligi bois qurib qolgan, ammo yillar, zamonlar о‘tishi bilan Amu va Sirdaryodan suv olib, yana dengizga aylangan, о‘z holiga qaytgan.

Shermuhammad Munis (1778-1829) va Muhammadrizo Ogahiy (1809-1874) qalamiga mansub "Firdavs ul-iqbol" ("Baxtlar bog‘i") asarida ham Orol haqida qiziqarli ma’lumotlar bor. Asarda Orolning bundan qariyb ikki asr avvalgi holati - tо‘lib, mavjlanib turgan kо‘m-kо‘k dengiz, musaffo suv ostida g‘ujg‘on о‘ynagan turfa baliqlar, ular ustida charx urib uchayotgan qushlar manzarasi juda chiroyli tasvirlangan. Dengizda odamlar katta-katta tijorat kemalarida sayru sayohat qilib yurgan. Ba’zan shu ulkan kemalar suv qattiq muzlashi oqibatida tо‘xtab  qolgan. Kema toki bahor kelib, muz eriguniga qadar о‘sha joyda turavergan.

Mazkur ikki tarixchi, shoir, tarjimondan sо‘ng XX asr 60-yillari boshida filologiya fanlari doktori, yirik adabiyotshunos olim va adib Pirmat Shermuhammedov tasvirlagan Orol manzarasi ham kishini quvontiradi: "Kо‘z oldingizda ufq bilan tutashib ketgan bahri azim. Uning shifobaxsh, о‘rkach-о‘rkach tо‘lqinlari, moviy kengliklarda о‘ynab yurgan baliqlari ruhni kо‘taradi. Turna qator tizilgan paraxodlar, uzun-qisqa barjalar, yengil tebranadigan qayiqlar e’tiborni tortadi".

Endi yigirma yil о‘tgach yozilgan uning qalamiga mansub quyidagi   satrlarni о‘qing: "Mо‘ynoqning qoq о‘rtasida turib о‘z qirg‘oqlarini tashlab ketayotgan ma’sum Orol tomon tikilaman. Rо‘paramda qovjirab yotgan tepaliklar, ularning ortida quruq temirga aylangan kemalar, paraxodlar, barjalar, yarim tuproq ostida qolib ketgan qayiqlar..."

Ha, bir vaqtlar hamma havas qilib, kо‘rishni orzu qiladigan shunday kо‘rkam, moviy dengiz qurib borayotgan, maydoni tobora kichrayayotgan, ortida shu diyorda yashayotgan odamlar uchun zararli oqibatlar qoldirayotgan edi.

Agar statistikaga murojaat qilsak, Orol suvi keyingi 50 yil ichida 8 marta kamayib, uning qurigan hududida 5 million gektardan ziyod qumli-tuzli sahro paydo bо‘lganligini bilib olamiz. Olimlarning hisob-kitobiga kо‘ra, dengizning qurigan hududidan har yili 75 million tonnadan ortiq chang va tuz havoga kо‘tarilmoqda. Buning oqibatida Orol bо‘yidagi ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashdi. Aholi о‘rtasida kamqonlik, onkologik kasalliklar kо‘paymoqda.

"Bir afsonada aytilishicha, Orol Nuh payg‘ambarning qayig‘i, Amudaryo va Sirdaryo esa shu qayiqning eshkaklari о‘rnida paydo bо‘lgan ekan, - degan edi mashhur qoraqalpoq yozuvchisi, О‘zbekiston Qahramoni, О‘zbekiston xalq yozuvchisi Tо‘lepbergen Qaipbergenov. - Xayolimda doim bir о‘y yuradi: Orol fojiasi aslida yetmish yil mobaynida boshimizga tushgan kо‘rguliklarning bir timsoli, xolos. Zotan, dengizimiz qurigani kabi, ma’naviyatimiz ham g‘ariblashdi, axloqimizga putur yetdi, iqtisodiyotimiz xarob bо‘ldi.

Orolga qilingan tajovuz, bashariyatga qilingan tajovuz edi. Yetmish yillik tuzum, inson tabiat ustidan hukmron, degan qarash asosida bu tajovuzni qonunlashtirdi. Bu shafqatsiz qonun oxir-oqibatda о‘zining ham boshiga yetdi".

Taniqli qirg‘iz abidi Chingiz Aytmatov dengizning achchiq qismati haqida shunday degan edi: "Orol dengizi muammosi fojiaviy muammoga aylanib ulgurdi. Orol dengizi fojiasiga asosan inson aybdordir. Katta ekologik halokat rо‘y berdi".

Shо‘rolar zamonida, Orolning kelajak taqdiriga befarq qaraldi. Amudaryo va Sirdaryodan suv ichadigan Markaziy Osiyoda joylashgan respublikalarda paxta yetishtirish rejasi yildan-yilga oshirib borildi. О‘zbekiston sobiq ittifoqda eng kо‘p paxta yetkazib beradigan respublika edi. G‘о‘za suvga nihoyatda talabchanligi uchun yoz oylari ikki   daryoning suvi asosan ekin sug‘orishga sarflandi. Bu esa Orolga ushbu daryolardan boradigan suvning kamayishiga olib kelib, dengizda suv sathi tobora pasayib bordi. Orolning qurib borayotganidan hech kim tashvishga tushmadi. Orol fojiasi yaqqol kо‘zga tashlanayotganda esa bu haqda shov-shuvli gaplar kо‘p bо‘ldiyu, dengiz bilan bog‘liq bо‘hronni tо‘xtatish uchun amaliy ishlar qilinmadi.

Mamlakatimiz davlat mustaqilligiga erishgach, Orol muammolariga ham jiddiy e’tibor berildi. Istiqlol yillarida dengiz qurishi bilan bog‘liq zararli oqibatlarni kamaytirish, Orolbо‘yi mintaqasida yashovchi odamlarning sihat-salomatligini saqlash, turmush sharoitlarini yaxshilash borasida katta  ishlar amalga oshirildi. Uning qurigan joylariga saksovulzorlar, yashil о‘rmonlar yaratishga qaratilgan tadbirlar kо‘rildi. Ayniqsa  keyingi ikki yilda bu boradagi ishlar yangi bosqichga kо‘tarildi, shiddatli, keng qamrovli tus oldi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentabrda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Orol fojiasi haqida kuyunchaklik bilan gapirib, dunyo hamjamiyati e’tiborini ushbu halokatli vaziyatga qaratdi. Dengizning qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi  say-harakatlarni faol birlashtirishni taqozo etmoqda, deya ta’kidladi.

2018 yil 27 noyabrda BMTning Orolbо‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bо‘yicha kо‘p tomonlama sheriklik asosidagi Trast fondi tashkil etildi. Bu tashabbusni Prezidentimiz taklif qilgan edi, uni xalqaro tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish qо‘llab-quvvatladi. 2018 yil 5 iyunda Orol muammolariga bag‘ishlangan Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etgan butunjahon suv kengashi prezidenti Benedito Braga (Fransiya) "Orol muammosi faqat О‘zbekistonga  yoki Markaziy Osiyo mintaqasiga tegishli emasligini barchamiz yaxshi   anglaymiz", dedi. Bu esa Orol fojiasi yaqin va uzoq mintaqalarga tegishli global muammo ekanligining e’tirof etilishidir.



Hozir Orolbо‘yi qayta uyg‘onib, poyonsiz, kо‘z ilg‘amas sahroga yangidan hayot baxsh etish uchun misli kо‘rilmagan ishlar olib borilmoqda. Qish oylarida 500 ming gektar maydonda saksovulzorlar tashkil etildi.  Nihoyatda shо‘rxok yerlarning 100 ming gektariga tamarind о‘simligi ekildi. Uning gulidan nektar olishni asalarilar juda xush kо‘radi, binobarin bu yerda asalarichilikni rivojlantirish imkoniyatlari tug‘iladi.

Orol fojiasi bizni kо‘p narsalarga о‘rgatdi. Suvni hisob-kitobsiz sarf qilish, tabiat muvozanatini buzish nimalarga olib kelishini kо‘rsatdi. Endi bu masalada ehtiyot bо‘lishimiz shart. Zero, ekologik tarbiyani kuchaytirish, yosh avlodning ona tabiatga bо‘lgan mehr-muhabbatini oshirish, atrof-muhitni toza, pokiza saqlash, suvni tejash jannatmonand diyorimizning yanada kо‘rkam, obod, qudratli bо‘lishining garovidir.
Download 416,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish