O’rni va roli. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi



Download 34,23 Kb.
bet1/5
Sana05.07.2022
Hajmi34,23 Kb.
#741894
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O’rni va roli. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi


BIZESNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH YO’LLARI
REJA:

  1. Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va mazmuni.

  2. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda regional tashkilotlarning
    o’rni va roli.

  3. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va mazmuni.


XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyotida katta o’zgarishlar amalga osha boshladi. Bu integratsiya jarayonlarida va xalqaro mehnat taqsimotida, globallashuv jarayonlarining tezlashuvida namoyon bo’ldi. Jahon mamlakatlarining taraqqiyot darajasidagi tafovutlarning kuchayib borishi va rivojlangan davlatlar tomonidan teng bo’lmagan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirilishi, ya’ni bilvosita nazorat qilish (investitsiyalar kiritish, kredit va subsidiyalar berish yo’li bilan) siyosatini amalga oshirish, ba’zi hollarda siyosiy tazyiq o’tkazish kabi hodisalar ham hozirgi davrning xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Iqtisodiy jihatdan qaram mamlakatlarga savdo embargosi orqali siyosiy shartlar qo’yish amaliyotini, buning oqibatlarini boshdan kechirgan Iroq, Eron, Liviya, Kuba kabi mamlakatlar misolida ko’rish mumkin. Ma’lum davrlarda jahon iqtisodiyotida, alohida olingan mintaqalarda, mamlakatlarda sodir bo’ladigan turli inqirozlar milliy, shu jumladan iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muammolarining dolzarbligini oshiradi. Ma’lumki, AQSH ipotekali kreditlash tizimidan boshlanib, keyinchalik jahon iqtisodiyotini qamrab olgan “moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi” Bunday sharoitda milliy manfaatlarni himoya qilish, mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholini turmush darajasini pasayib ketishini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada zaruriy chora-tadbirlarni belgilash uchun esa tahdidlarning xarakteri, miqyosi, ularning oqibatlarini bilish kerak bo’ladi.
Hozirga kelib O’zbekiston integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning,
global moliyaviy- iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”
asarida ta’kidlanganidek, buning tasdig’ini respublikaning tashqi dunyo bilan
aloqalarining tobora kuchayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar
ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirilayotganligida,
O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida va boshqalarda ko’rish mumkin. Bunday sharoitda mamlakat korxonalarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo’lishini ta’minlash, dunyo bozorlari talabiga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish, eksportni rag’batlantirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash esa mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ham, milliy xavfsizlikni ham birdek ta’minlash davlatning eng asosiy funksiyalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy xavfsizlik ta’minlanishi uchun kamida ikkita shart bajarilishi kerak:
birinchisi, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini, xo’jalikning taraqqiy
etishiga tegishli bo’lgan qarorlarni o’z manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilish
qobiliyatini saqlab qolish;
– ikkinchisi, aholining erishilgan turmush darajasini saqlab qolish va uni
yanada yuksaltirish imkoniyatlarining mavjud bo’lishi.
SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiy xavfsizlik – bu eng avvalo mamlakatning milliy manfaatlarini himoyalanganligidir. Har qanday fanning predmeti va ob’yekti mavjud bo’lganidek “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining ham o’z ob’yekti va predmeti mavjud. Bir tomondan iqtisodiy tizimning ob’yektiv himoyalanish hususiyatlari, unga xavf soladigan kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini, ikkinchi tomondan, davlatning himoyachi sifatidagi funksiyalari, shu maqsadda tashkil etiladigan institutlarni o’rganish ushbu fanning predmeti bo’lib hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot va unda amalga oshadigan jarayonlar “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining ob’yektini tashkil etadi. Davlat, jamiyat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida nazariy va amaliy bilimlar berish fanning maqsadi bo’lib hisoblanadi.

Download 34,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish