1-mavzu: SHARQ ALLOMALARINING TABIAT, UNING INSON HAYOTIDAGI
O`RNI HAQIDAGI QARASHLARI
REJA:
1. Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al Xorazmiyning tabiat haqida qarashlari
2. Farobiyning tabiatshunoslikka oid asarlari
3. Abu Rayhon Beruniy
4. Abu Ali ibn Sino
5. Zahiriddin Muhammad Bobur
6. Sharq uyg’onish davri va unda ta’lim-tarbiya masalalari
Yirik arab xalifaligi davlati tashkil topganidan so’ng IX asrlarga kelib xalifalikning
Bog’dod, Damashq shaharlariga madaniy-ma’rifiy hayotida yuksalish boshlandi. Bu yuksalish
boshqa sharq mamlakatlariga ham tarqaldi va Sharq uyg’onish davri deb atala boshlandi.
Uyg’onish davri IX asrdan boshlanib, ayrim uzilishlar bilan XV-XVI asrlargacha davom etdi.
Xalifa Xorun ar-Rashid (IX asr) va uning o’g’li Ma’mun davrida Bog’dodda «Baytul
hikma» (Donishmandlik uyi) tashkil topdi. Mashhur ilm sohiblari bu yerga to’plandi. Bu ilm
maskani Sharq va /arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
X asrdan boshlab Movarounnahr va Xurosonda mustaqil feodal davlatlar – Toxiriylar,
Somoniylar, Qoraxoniylar, G`aznaviylar, Xorazmshohlar davlatlari paydo bo’lgach, ularda ham
madaniyat rivojlandi.
Bu davrda pul muomalasi rivojlandi, jamiyat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi
o’zgarishlar albatta madaniy hayotga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi.
Somoniylar davlatida Mavr, Buxoro, Samarqand va Urganch o’sha davrning madaniy
markazlaridan sanalardi.
Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. Maktablarda darslar arab tilida olib borilardi.
Rasmiy hujjatlar, shariat qoidalari arab tilida yuritilar edi. Ilmiy asarlar ham arab tilida yozilar
edi. X asr o’rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi, ammo yoziladigan
hujjatlar, ishlar fors-tojik tilida bo’lsa ham, arab imlosida yozilar edi.
O’sha davrda Buxoroda katta kitob bozori bo’lgan, kitob do’konlarida olim va fozil
kishilar uchrashib, ilmiy baxs, munozaralar o’tkazganlar.
Somoniylar davrida Rudakiy, Firdavsiy, al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Forobiy, Beruniy,
Ibn Sinolar yashab ijod etganlar.
X asrning 2-yarmida tashkil topgan Qoraxoniylar davlatida ilm-fan rivojlanib, turkiy til
shakllanib bordi. Yusuf Xos Xojib, Maxmud Qoshg’ariylar mashhur asarlar yaratdilar.
XI asrda Xorazmshoxlar davlati tashkil topib, ilm-fan rivojlandi. Xorazm shohi Ma’mun
o’z saroyida yirik olimlarni yig’di. U tashkil etgan «Baytul hikma»da qomusiy olimlar Beruniy,
ibn Sino, tarixchi Miskavayx, riyoziyotchi Iroq kabi ilm-fan bilan shug’ullanganlar.
Saljuqiylardan Ali Arslon Muhammad hokimiyatni boshqargan davrda uning vaziri
Nizom ul Mulk mashhur ma’rifatparvar sifatida dovrug’ qozondi. U davlat boshqaruviga oid
«Siyosatnoma» asarini (1091-1092 yillar) yozadi. 1067 yili Bog’dodda «Nizomiya» madrasasini
qurdiradi. 1074 yili O’rta Sharq mamlakatlari uchun kalendar-taqvim yaratadi.
Sharq uyg’onish davrida ilm-fan asosiy uch yo’nalishda rivojlanadi:
Математика-тиббиёт
йўналиши
Таълимий-ахлоқий йуналиш
Ижтимоий-фалсафий
йыналиш
Хорозмий, Ибн Сино, Фарғоний, Умар Ҳайём, Беруний,
ар-Розий, Улуғбек, Али Қушчи, Жомий, Қозизода Румий,
Юсуф Табиб
Форобий, Ибн Сино, Наршахийлар, Беруний, Навоий,
Кошифий, Давоний, Али Яздий, Абдураззоқ
Самарқандий, Машхадий…
Форобий, Ибн Сино, Беруний, юсуф Хос Хожиб, ал-
Бухорий, Кайковус, Умар Замахшарий, Ғиёсиддин
Жамшид, Бобур…
Sharq uyg’onish davrining mashhur allomalaridan biri Ahmad al-Farg’oniy (IX asr)
bo’lib, u Bog’doddagi Baytul hikmada mudarrislik qiladi, riyoziyot, falakkiyot, geografiyaga oid
asarlar yaratadi. Uning mashhur «Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida
kitob»i arab tilida yozilgan dastlabki kitob, «Oy yer ustida yoki uning ostida bo’lgan paytlardagi
faktlarni o’rganish haqida», «Yetti iqlim hisoboti» kitoblari ham mashhurdir.
Buyuk olim aljabr fanining otasi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy (783-850) «Al-
jabr va al muqobala» (Tenglamalar va qarshilantirish), «Hisob al hind» (Hind hisob), «Kitob
surat al-arz» (Yer surati haqida kitob), «Kitob at-tarix» (Tarix kitobi), «Usturolob yulduzlarining
haraktini kuzatish» nomli mashhur asarlarni yaratdi. «Al-jabr va al muqobala» asari bilan
matematika faniga asos soldi. Olim «Falakkiyot jadvallari», «Quyosh soatlari to’g’risida»
risolalar yozdi. Xorazmiy hind hisoblari, ularning ishlatilishi, sonlarni ko’paytirish, bo’lish,
qo’shish va ayirishning son yo’llarini ko’rsatdi. Uning arifmetikasi matematika va sanoq tartibi
tarixida yangi bir davrni ochdi.
Sharq uyg’onish davrining vakillaridan yana biri, yirik faylasuf va olim Abu Nosir
Forobiy (879-950)dir. U Sirdaryo bo’yidagi Forob qishlog’ida tug’ilgan. Forobiy ko’plab fan
sohalari bilan shug’ullandi. Falsafa, psixologiya, musiqa, matematikaga oid ko’plab asarlar
yaratgan. Uning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari: «Yoshlarning aqli haqida kitob», «Ta’limning
kelib chiqishi va tasnifi», «Baxt-saodatga erishuv haqida risola», «Fazilatli xulqlar» va
boshqalar.
Forobiy o’z qarashlarida insonlarga doimiy ta’lim va tarbiya berish lozimligini
ta’kidlagan. U o’z falsafiy qarashlarida insonparvarlik g’oyalarini ilgari suradi. O’zi
madrasalarda dars beradi. O’z asarlarida fanlarning tasnifini beradi.
Forobiy asarlarida axloq tarbiyasiga alohida ahamiyat beradi. «Fozil odamlar shahri»
asarida insonni barkamol bo’lishi uchun avvalo yuksak axloqli bo’lishi lozimligini o’qtiradi.
Insonga, ayniqsa, o’quv rahbarlariga xos bo’lgan asosiy sifatlarni ta’riflab beradi.
Axloqni ezgu va yomon sifatlarga ajratadi. Inson doimo baxtga intilishi kerak. Allomaning inson
kamolotiga oid g’oyalari hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
O'rta Osiyo xalqlari, jumladan o'zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega.
Eng mo’tabar, qadimgi qo'lyozmamiz «Avesto»xaIqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu
nodir kitob bundan o'ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga
qoldirgan ma'naviy tarixiy merosidir. «Avesto», ayni zamonda, bu qadim o'Ikada buyuk davlat,
yuksak ma'naviyat va madaniyat bo'lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hmjatdir.
«Avesto» tabiat, jamiyat va inson o'rtasidagi munosabatlarni ma'naviy, rnhiy va axloqiy
mezonlar orqali uyg'unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o'rganishga chorlaguvehi
falsafadir.
«Avesto»da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma'lumotlar mavjud. Bundan
tashqari, uyjoy, atrofmuhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to'g'risida tavsiyalar berilgan.
«Avesto»da yer, suv, xona, inson tana a'zolari, kiyim KechakJarni toza tutish haqida
yozilgan. Atrofmuhit, ko'chalarni, butazorlaru o'tloqlarni, yerni iflos qilgan kishilar jazolanganlar.
Shuningdek, muhit tozaligini saqlash va kasalliklarni oldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan
joylarni tosh, tuproq, qum bilan ko'mib tashlash buyurilgan.
Asarda kasallik tarqatuvchi hasharotlarni yo'qotish, shuningdek, uy hayvonlarini to'g'ri
parvarish qilish yomonlari ham ko'rsatilgan.
O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso alXorazmiy,
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik fanining
rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat
va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar
aytganlar.
Buyuk alloma
Do'stlaringiz bilan baham: |