2. Moliyaviy Due Diligence:
Kompaniya chiqimlari va xarajatlari, tushumlar tiziminini
analiz qilish;
Ichki nazorat tizimini baholaydi;
Kompaniya asosiy vositalari, moliyaviy qo‗yilmalari,
debitorlik va kreditorlik qarzlari, kompaniya rezervlarini
analiz qilish;
211
Kredit shartnomalari va majburiyatlari, aktivlar va
majburiyatlarning to‗liqligi va ishonchliligini tekshirish
.
IPO (angl. ―Initial Public Offering‖) – Aksiyalarni bozorda birlamchi obuna
usulda joylashtirish bo‗lib, bu jarayon davomida ular investorlarning keng
doirasiga kirib boradi va fond birjasida erkin savdosi amalga oshiriladi.
Boshqacha qilib aytganda: IPO deganda –emitent kompaniyaning ochiq bozorda
o‗z Aksiyalarini birinchi marta sotuvga chiqarishi tushuniladi. SHu yul bilan
kompaniya «yopiq» dan «ochiq» ga o‗zgaradi, ya‘ni shu kompaniya
Aksiyalariga qiziqib qolgan investorlar ularni fond birjasida erkin sotib olishi
mumkin.
13.4.
Taniqli kompaniyalar Aksiyalarining xedj-fondlarda tutgan
ulushi
Xedj-fondlar – faoliyati risklarni boshqarish, minimal-lashtirishga
qaratilgan moliyaviy tashkilotlardir. Xedj-fondlarning boshqa tashkilotlardan farqi,
ular investitsiya yo‗nalishlarini tanlashda erkinliklarga egadirlar. Xedj-fondlardan
qator investorlar «qaror qabul qilish» kabi ortiqcha tashvishlar bilan o‗zlarini
qiynamasliklari uchun foydalanib, o‗z moliyaviy resurslarini joylashtirishlari
uchun qulay vosita bo‗lib hisoblanadi. Investorlar xedj-fondlar bilan sherikchilikka
kiri-shadilar va o‗zlarining moliyaviy vositalari holatini kuzatib boradilar xolos.
Xedj-fond menedjeri portfel tarkibiga, nafaqat Aksiya va obligatsiya, balki hom-
ashyo tovarlari, fyucherslar, opsionlar, valyuta, ko‗chmas mulk va boshqa
aktivlarni kiritishi mumkin.Investor portfelida xedj-fondning ulushi 10-15%dan
ortmagani ma‘qul. U kapitalni joylashtirib, risklarni pasaytirishda qulay vosita
bo‗lsada, diversifikatsiya tamoyilini esdan chiqarmagan holda ish tutish
lozim.Xedj-fondlar tashkil qilishda, ularga investitsiya qilishning eng kam
miqdori – 1000000 AQSH $ dan boshlanadi. Undan tashqari, aholi tomonidan
mablag‗larni joylashtirishda ham cheklovlar mavjud. AQSHda jismoniy
shaxslarning moliyaviy holati 1,5 mln AQSH $dan kam bo‗lmasligi yoki uning
daromadi oxirgi 2 yil ichida 200ming AQSH $ yoxud oilaning daromadi oxirgi 2
212
yil ichida 300ming AQSH $dan oshsa, ular xedj-fond investorlari bo‗la oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |