O‟rmonov N. T., Ismailov A. R


 Risklarning tasniflanishi va turkumlanishi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/128
Sana23.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#842538
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128
Bog'liq
2 5296593140176656007

 
8.2. Risklarning tasniflanishi va turkumlanishi.
Investitsion rivojlanishga quyidagilar ta‘sir ko‗rsatadi: siyosiy, ijtimoiy, 
savdo va ishga aloqador muhitdagi ko‗pgina o‗zgarishlar; texnika-texnologiyadagi, 
mehnat unumdorligi va baholardagi o‗zgarishlar; atrof-muhit holati; amaldagi 
soliqqa tortish, huquq bo‗yicha va boshqalar bo‗yicha muammolar ta‘sir 
ko‗rsatadi. Bularning barchasi loyihalarda aniq riskning mavjudligini - loyihani 
muvaffaqiyatsizlikka uchrash xatarini yoki foydani o‗rniga zarar olishi 
mumkinligini oldindan aniqlab beradi. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida risk - bu bo‗lishi mumkin bo‗lgan yoki 
bo‗lmaydigan hodisa. Agar bu ijobiy hodisa bo‗lsa (foyda, daromad yoki boshqa 
tushum) va salbiy (harajatlar, zarar, yo‗qotish) natija bo‗lishi yoki hech qanday 
natija bo‗lmasligi mumkin. 
Moliyaviy operatsiyalar risk darajasini baholashni, uning miqdorini aniqlashni 
va uni kamaytirish chora-tadbirlarini qo‗llashni talab qiladi. 
Mamlakat iqtisodiyotiga o‗z sarmoyasini kiritayotgan investor nuqtai-


157 
nazarida, shu mamlakatdagi holat, vaziyat investitsion muhit deb ataladi. 
Investitsion muhit bir qator risk omillarini o‗z ichiga oladi. Bu omillar rivojlanish 
istiqbollari, ichki va tashqi shart-sharoitlar va vaziyat ta‘siri ostida vujudga keladi. 
Ko‗p hollarda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holat va uning rivojlanish 
istiqbollariga qarab ijtimoiy-siyosiy, ichki va tashqi risklar taxmin qilinadi. 
Investitsiya loyihasini risklarini tasnifini turli tizimlari mavjud. 
Birinchidan, loyiha faoliyatining bosqichlari va fazalari bo‗yicha tasniflash: 
investitsiyalash oldi fazasidagi, investitsiyalash fazasidagi, ishlab chiqarish 
fazasidagi risklar. 
Ikkinchidan, loyiha faoliyati ishtirokchilari uchun risk tahdidlariga ta‘sir 
etishning imkoniyatlarini mezonlari bo‗yicha tasniflash. SHu nuktai-nazar 
bo‗yicha riskni: ichki va tashqi risklarga ajratish mumkin. Tashqi risklarga siyosiy 
risklar va fors-major risklari kiradi. Fors-major riskiga tabiiy ofatlar: yong‗in, suv 
toshqini, qurg‗oqchilik kabilar kiradi. Tashqi risklar loyiha faoliyatining barcha 
faza va bosqichlarida mavjud. 
Uchinchidan, riskdan himoyalash imkoniyatlari nuqtai-nazaridan tasniflash: 
Sug‗urtalanadigan risklar; 
Sug‗urtalanmaydigan risklar. 
Sug‗urtalanadigan risklar o‗z navbatida: 

kafolat;

sug‗urta;

zahira fondi hisobiga qoplanadigan risklarga bo‗linadi.
Bundan tashqari, loyiha faoliyatining haqiqiy amaliyotiga asoslangan, eng 
ko‗p uchraydigan risklar ham bo‗lib, ularga loyiha ishtirokchilari e‘tibor
bersalar ham, hech bir guruhlash mezoni doirasiga kirmaydigan risklar ham 
mavjud. Ular: 

Iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o‗zgarib turishi, 
investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‗liq risklar; 

tashqi iqtisodiy risklar-savdo va mahsulot etkazib berishga 
cheklashlar kiritish, chegaralarning berqilishi va shu kabi ehtimolliklar riski; 


158 

siyosiy holatning noaniqligi, hududdagi yoki mamlakatdagi 
noma‘qul ijtimoiy-siyosiy o‗zgarishlar riski; 

texnik-iqtisodiy ko‗rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-
texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma‘lumotlarning 
to‗liq emasligi yoki noaniqligi; 

bozor kon‘yunkturasining, ya‘ni aniq davrdagi iqtisodiyotning joriy
holatini harakterlovchi belgilar, masalan, baho, valyuta kurslari, yalpi
ichki mahsulot va boshqalarning o‗zgarib turishi; 

tabiiy iqlim sharoitlarining, tabiiy ofatlar ehtimolining o‗zgarib 
turishi; 

ishlab chiqarish texnik risklari-asbob-uskunalarning buzilishi va
to‗xtab qolishi, ishlab chiqarishdagi brak va boshqalar; 

loyiha ishtirokchilarining o‗zlarini tutishlari, 
qiziqishlari, maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi
obro‗si haqidagi ma‘lumotlarning to‗liq emasligi, noaniqligi. 
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va loyihaning ayrim turlari bo‗yicha risklar 
bo‗lishi mumkin. Masalan, konchilik va neft-gaz qazib chiqarish sanoatida 
geologik riskka, ya‘ni zahiralarni to‗g‗ri baholash riskiga alohida e‘tibor beriladi. 
Kimyo sanoati, kon qazib olish, qora va rangli metollurgiya loyihalarida ekologik 
riskka katta e‘tibor beriladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish