O‟rmonov N. T., Ismailov A. R


Korporativ boshqaruvning anglo- amerika modeli



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/128
Sana23.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#842538
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128
Bog'liq
2 5296593140176656007

6.1.
Korporativ boshqaruvning anglo- amerika modeli
 
6.2.
 Korporativ boshqaruvning nemis modeli
.
6.3.
Korporativ boshqaruvning yapon modeli
.
6.4. 
Korporativ 
boshqaruv 
 
modellarining 
mamlakatlardagi 
xususiyatlari. 
6.5. O„zbekistonda korporativ boshqaruvning milliy modeli . 
Tayanch iboralar: 
anglo- amerika modeli

nemis modeli

yapon modeli

O„zbekistonda korporativ boshqaruvning milliy modeli, Unitar (investor) 
modeli, Minoritar Aksiyadorlar. 
 
6.1. 
Korporativ boshqaruvning anglo- amerika modeli
 
Turli mamlakatlarda Korporatsiyalarni boshqarish tarkibi korporativ 
munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik asoslari, muayyan mamlakatda 
yuzaga kelgan xarakterli boshqaruv tarkibi kabi omillar bilan belgilanadi. Har bir 


120 
mamlakatda Korporatsiyalarni boshqarish tarkibi uni boshqa mamlakatlar 
tarkibidan farqlab turadigan ma‘lum bir elementlarga ega.
Ma‘lumki, Korporatsiyalarni boshqarishning uchta asosiy modeli: ingliz- 
amerika modeli, nemis modeli va yapon modeli doim umume‘tirof etib kelinadi 
Korporativ boshqaruvning modellarining qo‗yidagi shakllari mavjud 
hisoblanadi: 
- Unitar (investor) modeli – AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya; 
- Ikki pog‗onali (manfaatdor shaxslar) modeli – Germaniya; 
- Kontinental model; 
- Tarmoq modeli – YAponiya (keyretsu), Koreya (chaebol). 
Unitar model:
-
Boshqaruvning yagona organi – uning tarkibida ijro etuvchi direktorlardan 
ko‗ra mustaqil direktorlar ko‗proq bo‗lgan unitar Direktorlar Kengashi 
(Aksiyadorlik mulkchilikning «Inglizsakson» modeli: 24 - 30% Aksiya harakatsiz, 
uzoq vaqt kichik korxonalar qo‗lida bo‗ladi va nazorat paketini shakllantiradi, 70-
80% Aksiya, aksincha, harakatchan, vaqti - vaqti bilan bozorga olib chiqiladi va bir 
kishining qo‗lidan boshqasiga oson o‗tadi); 

Aksiyadorlik 
kapitalning 
katta 
qismi 
inglizsakson 
udumlarida 
tarbiyalangan mayda investorlar sarmoyasidan iborat;
- Jismoniy shaxslarga qarashli bo‗lmagan Aksiyalar asosan institutsional 
investorlar qo‗lida jamlangan; 
- Qimmatli qog‗ozlar bozori yuqori samaradorligi va likvidligi bilan ajralib 
turadi; 
- Minoritar Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish yuqori darajada; 
- Jalb qilingan direktorlar ishtirokidagi kuchli korporativ boshqaruv. 
Ingliz- amerika modeli Buyuk britaniya,AQSH, Avstraliya, YAngi 
Zelandiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda qo‗llaniladi hamda ishtirokchilarning 
ko‗p soni bilan ajralib turadi Ushbu modelda yakka tartibdagi va Korporatsiyadan 
mustaqil bo‗lgan Aksiyadorlarning bo‗lishi shuningdek uchta asosiy ishtirkochilar: 
Boshqaruvchilar, direktorlar, Aksiyadorlarning huquq va majburiyatlarini 


121 
belgilovchi aniq ishlab chiqilgan qonunchilik bazasi mavjud.
Mazkur modelda boshqaruvning yagona kollegial organi – direktorlar 
kengashi ko‗zda tutilgan bo‗lib, unga Aksiyadorlar va ijroiya organi rahbarlari 
kiradi. SHuningdek AQSH qonunchiligiga ko‗ra bosh direktor va kompaniya 
direktorlari kengashi lavozimlarini qo‗shib olib borishga yo‗l qo‗yiladi, bunday 
holat kompaniyalarning 80 foizida kuzatiladi. 
Mazkur model bo‗yicha mulkdorlarning asosiy maqsadi –Korporatsiya 
Aksiyalari kursi qiymatining o‗sishi hisobiga daromad olish. SHuning uchun ingliz 
amerika modelida asosiy rolni fond birjalari o‗ynaydi,ular talablarnini, axborotni 
ochib berish darajasini va boshqa talablarni belgilaydi. 
Korporativ 
boshqaruvning 
amerika 
tizimi 
xususiyatlari 
AQSHda 
Aksiyadorlik mulkchilikning xususiyatlariga bevosita bog‗liqdir. Xususan, amerika 
Korporatsiyalariga boshqa investorlardan ko‗ra o‗z ta‘sirini kuchliroq o‗tkaza 
oladigan yirik investorlarning yo‗qligi xosdir.
Amerika Korporatsiyalarining Aksiyadorlik kapitali yuqori darajada kichik 
paketlarga tarqab ketgan bo‗lib, AQSH Korporatsiyalari aksariyatining reestrlarida 
umumiy kapitalning bir foizidan oshig‗iga egalik qiluvchi birorta xususiy shaxs 
yoki institutsional investor qayd qilinmagan. Natijada Aksiyadorlarning birorta 
guruhi direktorlar kengashiga a‘zolik qilishga alohida da‘vogar bo‗la olmaydi. 
Ikkinchi muhim xususiyat shundaki, xususiy shaxslarga qarashli bo‗lmagan 
Aksiyalarning ko‗pchiligi institutsional investorlar – nafaqa va o‗zaro yordam 
(paychilik) fondlari qo‗lida jamlangandir. Bu investorlar qo‗llarida 50%dan oshiq 
kapitalni jamlaydi, ko‗proq moliyaviy menejer sifatida qatnashishga moyilroq 
bo‗lib, direktorlar kengashi ishida qatnashishga intilmaydilar va odatda o‗zlari 
yirik paketga egalik qilgan kompaniyalar uchun mulkchilik huquqidan kelib 
chiqadigan mas‘uliyatni o‗z zimmalariga olishdan o‗zlarini olib qochadilar. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish