2.5. Aksiyadorlarni xukuk va manfaatdor tomonlari
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan ishlab
chiqilgan korporativ boshqaruv qoidalari mazkur boshqaruv tartibining eng muhim
tomonlarini o‗zida aks ettirgan bo‗lib, unda aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish jihatlariga alohida e‘tibor qaratilgan.
Korporativ boshqaruvning asosiy qoidalarida qayd etilganidek, ushbu
boshqaruv tuzilmasi aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishga yo‗naltirilgan
bo‗lishi kerak. YA‘ni, aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‗z mablag‗ini qo‗shgan
investorda muayyan darajadagi mulkiy huquq mavjud bo‗ladi. Masalan, u oddiy
aksiyani sotishi, sotib olishi yoki biror shaxs nomiga o‗tkazishi mumkin. Bundan
tashqari, oddiy aksiya investorga korporatsiya foydasining bir qismiga egalik qilish
imkoniyatini beradi va bu borada yuklatiladigan mas‘uliyat uning investitsiyasi
hajmidan kelib chiqadi. SHuningdek, oddiy aksiya investor uchun aksiyadorlar
Umumiy yig‗ilishida ishtirok etish va unda ovoz berish yo‗li bilan korporatsiya
haqida ma‘lumot olish, korporatsiya faoliyatiga ta‘sir o‗tkazish huquqini beradi.
Aksiyadorlarning korporatsiya faoliyatiga nisbatan ko‗rsatadigan ta‘siriga
oid huquqlari aksiyadorlik jamiyatlari to‗g‗risidagi qonunda va kompaniyaning
ichki hujjatlarida belgilangan boshqaruv a‘zolarini saylash, kompaniya ustaviga
o‗zgartishlarni kiritish, favqulodda xususiyatga ega bitimlarni ma‘qullash kabi
qator asosiy masalalarni o‗zida jamlaydi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv asosiy
qoidalarida aks ettirilgan aksiyadorlarning huquqlari bilan bog‗liq jihatlar
tashkilotga a‘zo mamlakatlar qonunchiligida qayd ettirilgan bo‗lib, ba‘zi hollarda
auditorlarni saylash va tasdiqlash, boshqaruv a‘zoligiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri nomzod
57
ko‗rsatish, aksiyani garovga qo‗yish, foydani taqsimlashni tasdiqlash kabi
qo‗shimcha huquqlar ham uchraydi.
Asosiy qoidalarga ko‗ra, aksiyadorlarning huquqlari va manfaatlari qatoriga
Umumiy yig‗ilishlarning kuni, vaqti, kun tartibi, shuningdek, ko‗riladigan
masalalar haqida etarlicha va o‗z vaqtida ma‘lumot olish kabilar ham kiradi. SHu
bilan birga aksiyadorlarga Umumiy yig‗ilish kun tartibiga masalani taklif etish,
yig‗ilish chog‗ida savol bilan murojaat qilish uchun imkoniyat yaratib berish kerak
hisoblanib, bu jarayon ularning huquqlari doirasida amalga oshiriladi.
Ba‘zi kompaniyalar tomonidan aksiyadorga Umumiy yig‗ilishda ishtirok
etishda qulaylik yaratish maqsadida taklif va savollarni taqdim etish jarayoni
soddalashtiriladi yoki savollarni oldindan berish va tegishli javoblarni olish
bo‗yicha imkoniyatlarni kengaytirishga e‘tibor qaratiladi. Aksiyadorlar
ishtirokining
samaradorligini
oshirishda
elektron
kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish ham muhim vosita sifatida ayrim tajribalarda
kuzatilmoqda.
Korporativ boshqaruvning asosiy qoidalarida qayd etilganidek, uning
tuzilmasida aksiyadorlarga teng munosabat huquqi alohida ahamiyatga ega. Uning
mazmuni mayda va xorijiy aksiyadorlarni ham qo‗shib, barcha aksiyadorlarga teng
munosabatda bo‗lish hamda ularning barchasi o‗z huquqlari poymol qilingan
holatda samarali himoya mexanizmidan foydalanish huquqiga egaligidan iborat.
Zero, investor o‗z kapitalining korporatsiya boshqaruvchisi yoki uning a‘zolari
yoxud nazorat aksiya paketiga ega bo‗lgan aksiyadorlar tomonidan qonunga xilof
ravishda ishlatilishi yoki suiiste‘mol qilinishidan himoya qilinishi shart va bu
muhim omil sanaladi. Bunday munosabat korporativ boshqaruv jarayoni
ishtirokchisi sanalgan ham mahalliy, ham chet el investorlariga taalluqli bo‗lib, bu
to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni boshqarish bo‗yicha hukumat siyosatiga daxldor
hisoblanmaydi. E‘tirof etilishicha, haqiqatan ham huquqlari buzilgan taqdirda
mayda aksiyadorlarning sudga da‘vo bilan murojaat qilish huquqiy mexanizmi
tizimining qo‗llanilishi ushbu investorlarning ishonchini oshiradi. Ammo bunday
tizim mazkur masalani sudda ko‗rish ishlari ko‗payib ketishiga sabab bo‗lishining
58
oldini olish va ayni paytda investorlar huquqlarining poymol qilinmasligi
maqsadida ko‗pgina davlatlarda mojarolarni hal etishning muqobil turi, ya‘ni
qimmatli qog‗ozlar bozori faoliyatini tartibga soluvchi organlar yoki boshqa
tashkilotlar tomonidan uyushtiriladigan ma‘muriy eshituv yoki hakamlik sudidan
foydalaniladi.
Aksiyadorlarning Umumiy yig‗ilishlarini o‗tkazish tartibida ham barcha
aksiyadorlarga bir xil sharoitni yaratish va teng munosabatda bo‗lish talabi asosiy
qoidalarda o‗z aksini topgan. SHu boisdan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkilotiga a‘zo davlatlarda ko‗pgina kompaniyalar aksiyadorlar bilan muloqot
kanallarini imkon qadar kengaytirishga harakat qiladilar. Kompaniyalarning
aksiyadorlar Umumiy yig‗ilishlariga qo‗yiladigan sun‘iy to‗siqlarni bartaraf
etishga qaratilgan harakatlarini taqdirlash tajribasi ham mavjud.
Korporativ boshqaruvning aksiyadorlar huquqlari himoyasi bilan bog‗liq
asosiy qoidalarining yana bir jihatiga ko‗ra, ichki ma‘lumotlardan foydalanishda
o‗z shaxsiy manfaatini ko‗zlash yoki suiiste‘molchilikka yo‗l qo‗yish umuman
taqiqlanadi. Bu taqiq IHTTga a‘zo mamlakatlarning qimmatli qog‗ozlar bozori,
aksiyadorlik jamiyatlari to‗g‗risidagi qonunlarida hamda jinoyat qonunchiligida
belgilangan.
Korporativ boshqaruv tizimi qonunchilikda ko‗zda tutilganidek, manfaatdor
shaxslarning huquqlarini tan olishi va korxonaning moliyaviy barqarorligini
ta‘minlash, boylik va ish o‗rinlarini yaratishda korporatsiya bilan manfaatdor
shaxslar o‗rtasidagi faol hamkorlikni taqdirlashi lozimligi asosiy qoidalarning
muhim qismi sifatida ifodalangan. Binobarin, korporativ boshqaruvning muhim
jihatlaridan biri firma yoki kompaniyaga tashqi kapital oqimini ta‘minlashdan
iboratdir. SHuningdek, bunday boshqaruv firma yoki kompaniyaga samarali
investitsiyani kirituvchi turli manfaatdor shaxslarni jalb etishni ko‗zda tutishi
kerak. SHu boisdan korporatsiyalarning raqobatbardosh va foyda bilan faoliyat
yuritishida manfaatdor shaxslarning ulushi o‗ziga xos ekanligini to‗g‗ri anglash
zarurligi e‘tirof etiladi korporativ boshqaruvning asosiy qoidalarida.
IHTTga a‘zo davlatlarning barchasida korporativ boshqaruvda manfaatdor
59
shaxslarning huquqlari mehnat, savdo va shartnomaviy munosabatlar bo‗yicha
qonunchilikda belgilangan. Huquqlari buzilgan holatlarda esa ular samarali himoya
mexanizmidan foydalanish imkoniyatlariga ham ega ekanliklari qonunlarda
ifodalangan. Ba‘zi sohalarda qonun doirasida o‗rnatilmagan bo‗lsada, ko‗pgina
firma-kompaniyalar
tomonidan
manfaatdor
shaxslar
huquqlari
bo‗yicha
qo‗shimcha majburiyatlarni olish jarayoni kuzatiladi. CHunki, kompaniya yoki
firmaning obro‗si va faoliyat natijalari manfaatdor shaxslarni himoya qilish
darajasi ko‗lamdorligini talab etadi. Albatta, manfaatdor shaxslarning korporativ
boshqaruvdagi ishtirokidan kelib chiqib, ularni zarur axborotlar bilan ta‘minlash
ham qonunchilikda va amaliyotda o‗z o‗rnini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |