9.3. Strategik rejalashtirishning yo„nalishlari
Korporativ strategiyani ishlab chiqish jarayonining muhim jihatlari
Maqsadni aniqlash strategik ko‗rish va kompaniyaning rivojlanish
yo‗nalishlarini aniq maqsadga aylantirib beradi.
Maqsad - bu korxona boshqaruv
apparatining belgilangan vaqtda aniq natijaga erishish majburiyatidir.
Korxonaning uzoq muddatli rejalari aniq o‗lchanadigan konkret vazifalarga
aylantirilmaguncha missiya va korxonaning kelajak niyatlari chiroyli so‗zlar bo‗lib
qolaveradi.
Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning hal qiluvchi daqiqasidir.
Korporativ maqsad - bu tashkilot o‗z aksiyadorlarining manfaatlariga qanday
qarashini ko‗rsatuvchi birinchi hal qiluvchi ko‗rsatkichdir. Maqsadga yo‗nalganlik
korxonaning biznesini, asosiy maqsadlarini, xarakteristikalarini va uning etakchi
falsafasini ifodalaydi. Maqsadga yo‗nalganlik kelgusi strategik qarorlar uchun
tashkiliy mazmun kasb etadi.
Korporativ maqsadga yo‗nalganlikning uch asosiy tarkibiy qismi
quyidagilardan iborat:
korxonaning biznesini aniqlash;
uning asosiy maqsadlarini belgilash;
korporativ falsafani aniqlash.
Kompaniyaning maqsadga yo‗nalganligi va strategiyasini ifodalashga turli
tashqi va ichki guruhlar ta‘sir ko‗rsatadi(1.1-rasmga qarang).
176
9.1-rasm. Maqsadni belgilash va korxona strategiyasini shakllantirishda
harakatlanuvchi guruhlar
10
Biznesni aniqlashda quyidagi savollarga javob berish lozim:
- Bizning biznesimiz nimadan iborat?
- U qanday bo‗ladi?
- U qanday bo‗lishi kerak?
Birgina biznes bilan shug‗ullanuvchi kompaniya uchun ―Bizning biznesimiz
nimadan iborat?‖
11
- kimning ehtiyoji qondiriladi (iste‘molchilarning qanday guruhlari)?
- qanday extiyojlar qondiriladi (iste‘molchilarning qaysi extiyojlari)?
- iste‘molchilarning extiyojlari qanday qondiriladi (san‘at yoki farq qiluvchi
ustunliklar)?
Diversifikatsyalangan kompaniya uchun ―Bizning biznesimiz nimadan
iborat?‖ degan savol ikki tabaqada ko‗rib chiqilishi kerak:
- xo‗jalikning o‗rta bo‗g‗inlari uchun iste‘molchiga yo‗naltirilgan (birgina
biznes bilan shug‗ullanuvchi kompaniya uchun ham);
- korporatsiya miqyosidagi xo‗jalikning o‗rta bug‗inlari portfeliga
yo‗naltirilgan.
Bu esa quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
- kompaniya portfelining maqsadlari;
- xo‗jalikning o‗rta bo‘g‗inlari portfeli diversifikatsiyasi;
- portfeldagi xo‗jalikning o‗rta bo‘g‗inlari o‗rtasidagi balans.
10
Фаузер, В.В. «Корпоративные стратегии».
11
Панкратов Н.Н. «Корпоративная стратегия фирмы»,Белгородский государственный
национальный исследовательский университет
Ichki guruhlar:
-menejerlar;
-direktorlar
kengashi;
-aksiyadorlar;
-yollanma ishchilar.
Maqsadni
belgilash;
Biznesni aniqlash;
Bo‘sh tizimlar;
Biznes falsafasi.
Tashqi guruhlar:
-iste‘molchilar;
-yetkazuvchilar;
-hukumat;
-kasaba uyushmalari;
-raqobatchilar;
-jamiyat.
Vazifa va mavqeidan kelib
chiqib strategiyani
ifodalash
177
Do'stlaringiz bilan baham: |