O‟rmonov N. T., Ismailov A. R


VI. IJROIYA ORGANINING AKSIYADORLAR VA INVESTORLAR



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/128
Sana23.07.2022
Hajmi5,01 Kb.
#842538
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128
Bog'liq
2 5296593140176656007

VI. IJROIYA ORGANINING AKSIYADORLAR VA INVESTORLAR 
BILAN O„ZARO SAMARALI HAMKORLIGINING MEXANIZMLARINI 
JORIY eTISH 
25. Ijroiya organining Aksiyadorlar va investorlar bilan o‗zaro 
hamkorligining samarali mexanizmini joriy etish uchun AJ boshqaruv organlari: 
AJ Aksiyadorlari, boshqaruv va nazorat organi a‘zolari o‗rtasida o‗zaro 


112 
ishonch, hurmat, hisobdorlik va nazorat tamoyillari asosidagi hamkorlikni 
ta‘minlaydi; 
AJ mansabdor shaxslari tomonidan o‗z vazifalarini professional asosda 
amalga oshirish, qonun hujjatlari, AJ ustavi va boshqaruv organi qarorlaridan kelib 
chiquvchi barcha majburiyatlarni vijdonan va oqilona bajarishi to‗g‗risidagi 
talablarni joriy etadi; 
kuzatuv kengashi a‘zoligi uchun nomzodlarga malaka talablari, shu 
jumladan, ustav kapitalida davlat ulushi bo‗lgan AJda Korporativ boshqaruv ilmiy-
ta‘lim markazi tomonidan berilgan korporativ boshqaruvchi malaka attestati 
mavjudligi talablarini belgilaydi (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardan 
tashqari); 
AJ kuzatuv kengashi qoshida kuzatuv kengashi, ijroiya organlari a‘zolari, 
AJ xodimlari va jalb etilgan ekspertlar (tegishli soha mutaxassislari, soha oliy 
ta‘lim muassasalari o‗qituvchilari va boshqalar)dan iborat tegishli masalalar, shu 
jumladan, nizoli vaziyatlarni aniqlash va hal etish bo‗yicha qo‗mitalar (ishchi 
guruhlari) tashkil etadi; 
kuzatuv kengashi yig‗ilishlarini so‗rov o‗tkazish yo‗li bilan, shuningdek, 
videokonferens-aloqa rejimida o‗tkazish holatlari va tartibini belgilaydi; 
Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishi raisi vakolatiga Aksiyadorlar umumiy 
yig‗ilishining audio-video yozuvi va internet tarmog‗idagi translyasiyasiga ruxsat 
berish masalasini kiritadi; 
kuzatuv kengashi, Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi, AJ ustavi va 
rivojlanish rejasi tomonidan qo‗yilgan vazifalarning so‗zsiz bajarilishi uchun 
ijroiya organi vakolatiga kiruvchi masalalarni u tomonidan mustaqil hal etish 
talabini joriy etadi; 
AJ mansabdor shaxslarining malakasini o‗quv kurslari, seminarlar va 
boshqa tadbirlarda ishtirok etish orqali oshiradi; 
AJ faoliyatida korporativ qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat 
qilishga mas‘ul bo‗lgan va kuzatuv kengashiga hisobot beruvchi korporativ 
maslahatchi lavozimini joriy etadi; 


113 
AJ biznes xatarlari va ijroiya organlari javobgarligini sug‗urtalaydi; 
kuzatuv kengashi a‘zolarining mukofot puli miqdorini AJ moliyaviy 
natijalari va korporativ boshqaruv tizimining mustaqil baholanishi natijalari bilan 
bog‗laydi; 
Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishida hisobot beruvchi AJ boshqaruv va 
nazorat organlari ma‘ruzalari (hisobotlari) shakli va mazmuniga bo‗lgan talablarni, 
Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishi davomiyligini belgilaydi; 
Aksiyadorlar vakili sifatida ishtirok etuvchi ijroiya organi vakillarining 
ijroiya organiga a‘zolar saylash masalasida ovoz berish huquqini cheklashi 
mumkin; 
ustavda odatda AJ navbatdagi Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishini 
o‗tkazish sanasini nazarda tutadi. 
26. Ijroiya organining Aksiyadorlar va investorlar bilan o‗zaro samarali 
hamkorligi mexanizmlarini joriy etish uchun AJ yuqorida qayd qilingan 
tavsiyalarni aks ettiruvchi zarur ichki hujjatlarni qabul qiladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish