3.1.3. Boyitish fabrikalarida mehnat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi Parchalovchi-saralovchi, boyitish va boshqa fabrikalarda mehnatkashlarning mehnatini muhofaza qilish parchalashda, saralashda, foydali qazilmalarni boyitishda, rudalarni hamda konsentratlarni bo‘laklashda Xavfsizlikning Yagona qoidalarini, korxonalarda ko‘mir va slaneslarni boyitish, briketlash bo‘yicha, sanitar-texnik me’yor talablarini bajarish bilan ta’minlanadi. Amaldagi qonunchilikda, mehnatkashlarda mavjud bo‘lgan, boyitish fabrikalariga ishga qo‘yilmaydigan kasalliklar ro‘yxati belgilangan. Boyitish fabrikalari ishchilari kamida yilida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim. Konchilik ishlarida uyum-uyum tuproq va tog‘-kon chiqindilari hosil bo‘lishi tabiiy hol. Uchquduq tomonlarga borgan kishi shahar ostonasidayoq bunga amin bo‘ladi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati mutaxassislarining Shimoliy kon boshqarmasida sanoat chiqindilarini qayta ishlab, tayyor mahsulot olish maqsadida olib borgan izlanishlari o‘z samarasini bera boshladi.
2016 yilda NKMK bosh direktori Q.Sanaqulov boshchiligidagi bir guruh olimu mutaxassislarning “Radioaktiv kon ag‘darmalarni rekultivatsiya qilish usullari” ixtirochilik ishiga patent olindi. Natijada Uchquduq tumani hududidagi Geotexnologik konda tarkibida uran metallari mavjud chiqindilarni rekultivatsiya qilish uchastkasi tashkil etildi.
- Har kuni 600-800 tonna ag‘darmani qayta ishlash quvvatiga ega bu uchastkada 44 nafar ishchi-xodim mehnat qilayapti. Hozirda uran ishlab chiqarish rejamizning 5-6 foizi yangi uchastka hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Endilikda chiqindilardan mahsulot olish bilan birga ular egallab turgan maydon rekultivatsiya qilinib, foydalanishga maqbulligi taʼminlanmoqda, - deydi Geotexnologik kon boshlig‘i F.Mamajonov.
Hozirda asosan Uchquduq tumanining Moylisoy kengligida joylashgan uran konlarida amalga oshirilgan tadqiqotlar Shimoliy kon boshqarmasi Geotexnologik koni zaxirasining hajmini, uning gidrogeologik xususiyati va minerallar joylashuv sharoitini aniqlashga imkon berdi.
Ishlab chiqarishga tatbiq etilayotgan innovatsion ishlanmalar kon rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Sulfat kislotasi konsentratsiyasi oshirilgan eritmalarni quduqlarga maqsadli yo‘naltirish, konlardan yuqori karbonatli uranni kislorodli texnologiya orqali olish, quduqlar ishlashini maromida ushlash uchun onlayn nazorat tizimini takomillashtirish shular jumlasidandir. Uranni kislorodli texnologiya orqali olish yuqori samara berib, ushbu texnologik uskunalarning soni oltitaga yetdi.
Qizilqum sahrosi bag‘rida yashirinib yotgan mineral-xomashyo zaxiralari Geotexnologik konining bir necha o‘n yil barqaror ishlashini taʼminlaydi. Kon jamoasi kelgusida ham zamonaviy texnologiyalar asosida yana ko‘plab loyihalarni amalga oshirish maqsadi bilan mehnat qilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati zamonaviy kompaniyaga aylantiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasini isloh qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
Mazkur majmua mamlakatimizdagi eng yirik sanoat korxonasidir. Bu yerda oltin, uran, nodir metallar, qurilish va dastgohsozlik sanoati uchun zarur mahsulotlar, keng turdagi xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqariladi. Kombinat yurtimizdagi jami sanoat mahsulotining 10 foizini va byudjet daromadining 18 foizini taʼminlaydi. Unda 58 ming xodim ishlaydi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati xomashyo resurslarining hajmi boʻyicha jahondagi oltin ishlab chiqaruvchilar orasida uchinchi oʻrinda turadi. Lekin aktivlarining qiymati xorijiy kompaniyalarnikiga nisbatan ancha kam.
Masalan, hozirgi kunda kombinatning balans qiymati 1,3 milliard dollar boʻlsa, shu darajadagi xorijiy korxonalarning bozor narxi 11 milliard dollarni tashkil etadi.
Shu bois NKMKni zamonaviy kompaniyaga aylantirish maqsad qilingan. Davlatimiz tomonidan bu borada kompleks chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatini 2026-yilgacha rivojlantirish dasturi izchil amalga oshirilmoqda. Uning doirasida 2017-2019-yillarda 1,2 milliard dollar mablagʻ evaziga 8 ta obyekt ishga tushirilgan. Natijada oxirgi uch yilda oltin ishlab chiqarish hajmi 2,5 foiz, kumush olish 37 foizga oshgan.
Oʻtgan oyda Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomada Prezidentimiz Navoiy kon-metallurgiya va Olmaliq togʻ-kon metallurgiya kombinatlari kabi yirik sanoat korxonalarida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan birga ushbu korxonalarni xalqaro moliya bozorining toʻlaqonli ishtirokchisiga aylantirish lozimligini taʼkidlagan edi.
Yigʻilishda shu boradagi reja va chora-tadbirlar koʻrib chiqildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish, korporativ oshkoralikni tatbiq etish, hisob-kitoblarni xalqaro standartlarga oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.
2026-yilga qadar korxonada ishlab chiqarish hajmini 94 tonnaga yetkazish, buning uchun 4 milliard dollarlik 40 ta loyihani amalga oshirish kerakligi taʼkidlandi. Jumladan, loyiha qiymati 525 million dollar boʻlgan yangi konni oʻzlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Kombinatning bugungi kundagi 3,7 ming tonna oltin zaxirasi xalqaro standartlar asosida baholanib, korxona balansida aks ettirilishi zarurligi belgilandi.
Davlat geologiya qoʻmitasi va Moliya vazirligiga zaxiralarni baholash ishlari hamda moliyaviy hisobotlarni xalqaro meʼyorlarga oʻtkazish vazifasi qoʻyildi. Konlar zaxirasi va kamayishi toʻgʻrisidagi hisobotlar, qazib olish loyihalari boʻyicha maʼlumotlarni Avstraliya kodeksi (JORC Code) asosida tayyorlash muhimligi qayd etildi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining korporativ yevroobligatsiyalarini chiqarish masalasiga toʻxtalib oʻtildi.
Korxona rahbari va vazirlar yuqoridagi vazifalar ijrosini tashkil etish yuzasidan hisobot berdi.
Jahonning taraqqiy etgan davlatlari tajribasi har qanday iqtisodiy tanglikni, avvalo, ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng qo'llash orqali bartaraf qilish hamda rivojlanishga erishishni ko'rsatmoqda. Ilm-fan va innovatsion ishlanmalar – rivojlanayotgan har bir davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim omilga aylanganligi bejizga emas. Zero, AQSH, YAponiya, Germaniya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar iqtisodiyotidagi rivojlanishlar buning yaqqol isbotidir. Muhimi shundaki, iqtisodiy va ijtimoiy yuksalishning asosiy omillari bo'lgan bu jarayonlar tobora takomillashib boryapti.
Keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida O'zbekistonni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishdek yuksak maqsad yo'lida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlaktimizda milliy iqtisodiyotimizni innovatsion usulda taraqqiy ettirish eng dolzarb vazifaga aylandi. SHiddat bilan o'zgarayotgan zamon ilm-fan va innovatsiyani yangi bosqichga ko'tarishni talab qilmoqda. Bugun qaysi sohada bo'lmasin, eng ilg'or innovatsion g'oyalarni boshqalardan ko'ra tezroq joriy qilganlar muvaffaqiyatlarga erishayotganligi ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz kon-metallurgiya sanoati keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Qizilqumning bepoyon kengliklari qa'ridagi qimmatbaho metallarni qazib olishning davlatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashdagi ahamiyatini e'tiborga olgan holda, sohaga daxldor dolzarb masalalarni hal etishda ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirishga e'tibor qaratish juda muhimdir. Zotan, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalar mahsulot sifatining oshishi, tannarxining kamayishi va raqobatbardosh bo'lishiga olib keladi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan, ilmiy salohiyat potentsiali yuqori bo'lgan yirik korxona sifatida bunday muhim masalalarni hal qilish imkoniyatiga ega. Kombinatda yangi texnologiyalarni joriy etish, energiya tejash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va uning samaradorligini oshirish sohasida salmoqli ilmiy-amaliy natijalarga erishilmoqda.
Bugungi kunda o'zgaruvchan bozor talabi har bir korxonaning innovatsiyalarga asoslangan rivojlanish strategiyasiga ega bo'lishini taqozo etmoqda. Kombinatda 2026 yilga qadar oltin va uran kabi qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va eksport mahsulotlari hajmini kengaytirish uchun etarli shart-sharoit yaratish imkonini beruvchi 105 ta innovatsion loyihani o'z ichiga olgan Innovatsion rivojlanish dasturi qabul qilindi. Hisob-kitoblarga ko'ra, yuqorida qayd etilgan loyihalarning amalga oshirilishi 1 trillion 267 milliard so'm iqtisodiy samara beradi. Dasturda mineral zaxiralarni baholashning zamonaviy usullari, ularni integratsiyalashgan va iqtisodiy jihatdan oqilona qazib olish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ish jarayoni xavfsizligini hisobga olgan holda, qazib olishning zamonaviy usullarini va oltin qazib olish hajmini oshirish bo'yicha eng yangi texnologiyalarni joriy etish ko'zda tutilgan. Mashinasozlik va metallurgiya sohasida yangi turdagi materiallarni ishlab chiqish va uni rivojlantirish, shuningdek, texnologik uskunalar va ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish rejalashtirilgan. Bu ishlarni muvofiqlashtirish borasida kombinatning Innovatsiya markazi O'zbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o'quv yurtlari bilan samarali faoliyat olib bormoqda. Jumladan, joriy yilda kombinat bilan O'zFAning YAdro fizikasi, Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutlari, "O'zGEORANGMETLITI" DUK, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Navoiy davlat konchilik instiuti kabi hamkorlarimiz bilan 41 ta yo'nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ularni tatbiq etish uchun 26 milliard 181 million so'mlik shartnomalar imzolangan.
So'nggi yillarda kombinatda qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmini oshirishga maqsadida uzoq muddatga mo'ljallangan strategiya asosida aniq natija beradigan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari yo'lga qo'yilyapi, energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalar yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilyapti. Ilm-fan yutuqlari va innovatsion loyihalarni doimiy ravishda joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish erishilayotgan muvaffaqiyatlarimiz garovi bo'lyati.
Kombinat o'z sohasining etuk bilimdonlari bo'lgan ilmiy-tadqiqotchi va malakali muhandis kadrlarga ega. Korxonada mehnat qilayotgan 10 ming nafardan ortiq oliy ma'lumotli mutaxassislarning 9 nafari fan doktori va 27 nafari fan nomzodidir. Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Markaziy konstruktorlik byurosi, Markaziy loyihalashtirish byurosi, SHimoliy kon boshqarmasining Markaziy fizik-kimyoviy laboratoriyasi, 2 va 3-gidrometalurgiya zavodlarining markaziy laboratoriyalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.