Qorinning yuqorigi devori
– keng mushak-pay plastinkasidan iborat bo‟lib, diafragma
(diaphragma), deyiladi. Diafragma mushaklarining tolalari ko‟krak qafasining butun aylanasi
bo‟ylab ichki qirrasidan boshlanib, yuqoriga ko'tariladi va payga aylanib ko‟krak qafasi bo‟shlig‟iga
kiruvchi gumbaz hosil qiladi.
Diafragma gumbazining balandligi tananing holatiga, nafas olish harakatiga, ko‟krak qafasining
shakliga hamda ko‟krak qafasi va qorin bo‟shliqlaridagi bosimning nisbatiga bog‟liq. Kishi vertikal
holda turganda diafragma oldindan V-qovurg‟a va orqadan IX-qovurg‟a sathiga to‟g‟ri keladi. Chap
tomondan diafragma gumbazi bir qovurg‟aga pastda aniqlanadi.
Diafragma ikki qismldan iborat: markaziy – pay (pars tendineum) va periferik – mushak (pars
mussulorum) qismlaridan iborat. Pay qismi keng uchbargli shaklga ega. Mushagi esa quyidagi
qismllardan iborat: to'sh, qovurg‟a va bel qismlari. Tush qismi birnecha qisqa mushak
bog‟lamlaridan iborat. Qovurg‟a qismi VII-XII qovurg‟alar tog‟ayining ichki yuzasidan boshlanib,
qorinning ko‟ndalang mushagidan ham tolalar oladi. Bel qismi chap va o‟ng tomonlardan uchtadan
oyoqchalarga ega. Diafragma mushaklari orasida yoriqsimon Oraliqlar bor. Tush va qovurg‟a
qismllari orasidagi uchburchak shakldagi yoriq – tush-qovurg‟a oraligi yoki Larrey uchburchagi
(trigonum sternocostalis Larrey) deyiladi. Bu yoriq orqali ko‟krak bo‟shlig‟ining tomirlari (vasa
thoracica interna) o‟tadi. Qovurg‟a va bel qismllari orasidagi uchburchak shaklidagi yoriq Bogdalek
uchburchagi (trigonum lumbocostalis Bochdaleki) deyiladi. Diafragmada uchta katta teshik bo‟lib,
ulardan aorta, qizilo‟ngach, pastki kovak vena hamda bir nechta tomirlar va asab tolalari o‟tadigan
yoriqlar bor. Aortal teshikdan aortadan tashqari limfa yo‟lining Boshlang‟ich qismi ham o‟tadi.
Qizilo‟ngach o‟tadigan teshikdan adashgan nerv tolalari ham o‟tadi.
Pastki kovak vena o‟tadigan teshik diafragma pay qismining o‟rtasida joylashgan.
Diafragma pastki yuzasining ko‟p qismi qorinparda bilan qoplangan. Jigarning gultoj bog‟lami
pastki kovak vena atrofi qisman va bel qismi batamom qorinparda bilan qoplangan.
Diafragmani ko‟krak ichki arteriyasidan chiqqan shaxobcha, ko‟krak va qorin aortalaridan va
pastki qovurg‟alararo arteriyalar qon bilan ta‟minlaydi. Vena qoni nomdosh vena tomirlari orqali
chiqib ketadi. Innervasiyasi n.n.phrenicus orqali amalga oshiriladi. Limfa diafragmadan qorin limfa
yo‟liga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |