Chov retsidiv churralari. (
heznia inguinalis recidiva).
Chov churralarning retsidivi hozirgi gerniologiya fanining muhim muammolaridan hisoblanadi.
Bizning kuzatuvimiz va adabiyotlardagi ma‟lumotlarga asoslanib har 9-10 churra bilan operatsiya
qilingan bemorlarda retsidiv kuzatilmokda. Ayrim holatlarda chov churrasini operatsiya qilishdan
keyin 2marta – hatto 3 marta retsidiv berganligi kuzatiladi. Bu o`ta og'ir chov churralari – bo‟lib,
ularni davolashda xirurgdan juda katta mas‟uliyat va mahorat talab qiladi. Chov churralarining
retsidivi bo‟lishida har xil sabablar ko‟p:
1.
Operatsiyagacha bo‟lgan sabablar .
2.
Operatsiyaning xiliga va uni bajarishdagi texnik usullariga.
3.
Operatsiyadan keyingi davrdagi sabablar.
1.
Birinchi guruh sabablarga A) chov sohasida deyarli katta o'zgarishlar bo‟lganiga qaramay
operatsiyaning kech qilinishi. Xirurgiyaning postuldatlaridan biri.
Churra kancha uzoq davom etsa, shuncha chov kanalida morfologik o'zgarishlar chuqur
bo‟ladi. Albatta bunday churralarda retsidiv ko‟p bo‟ladi.
B) ikkinchi bemorning yoshi. Ayniqsa qari yoshdagi bemorlarda chov sohasidagi
to‟qimalarda degenerativ o'zgarishlar ko‟p retsidiv bo‟lishiga olib keladi.
S) Churra bilan yurgan bemorlarda surunkali kasalliklar (prostata bezi gipertrofiyasi, siydik
yullari strikturasi, surunkali qabziyat, surunkali bronxit, o'pka empiyemasi va xokazolar)ning paydo
bo‟lishi.
D) Operatsiyadan oldingi davrda bemorlarni yaxshi tekshirmaslik, har xil infeksion
kasalliklar, surunkali tonzillit, yiringli kasalliklar bilan sanatsiya qilmasdan operatsiya qilish.
2. Ikkinchi guruh retsidivlar sababiga:
A. Operatsiya usulini churra hosil bo'lishdagi patogenetik sharoitlarni hisobga olmay,
noto‟g‟ri tanlash. Masalan to‟g‟ri va retsidivli chov churralarida chov kanalining oldingi devorini
mahkamlash, kengaygan chov kanali teshigini va chov oraligi yuqoriligini hisobga olmaslik.
B. Operativ texnikadagi qo‟pol defektlar: yaxshi gemostaz qilmaslik, churra xaltasini
cho`ltog`ini uzun qoldirish, boshqa churralarni ko`rmasdan qoldirish, iplarning sitilishi, to‟qimalarni
yaxshi tikmaslik, tomirlar va nervlarning jaroxati.
Alloplastik qilinganda yuqori to‟qimalar reaksiyasini beradigan plastik materiallar ishlatilishi.
3.Uchinchi guruh retsidiv sabablari bo‟lib operatsiya yarasining yiringlashi, bemorlarda
yarada yaxshi chandiq hosil bo'lmasdan yuklama berish, operatsiyadan keyingi davrda og'ir jismoniy
mehnat qilish.
Shunday qilib retsidivni profilaktika qilishning eng muhim omillari operatsiyadan oldingi
davrni to‟g‟ri o'tkazish, individual holda deferensiallangan operatsiya usulini qo'llash, operatsiya
qilish texnikasini takomillash, operatsiyadan keyingi, erta va kechki vaqtlarda jismoniy
Zo‟riqishlarni chegaralashdan iborat.
Eng ko‟p retsidiv beradigan churralar sirasiga to‟g‟ri chov, sirpanuvchi va katta chov
churralari kiradi. Bemorlarda qayta retsidiv bo'lish moyilligi hozirgi kunda 40-42%-ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |