limphatici epigastrici et mediastenalis anterior), pastki qismida – bel tugunlari (nodi limphatici
lumbalis), yonbosh (nodi limphatici iliaca), va chuqur chov tugunlari (nodi limphatici inguinalis
Oq chiziq qisqa payli plastinka bo‟lib, uning kengligi har xil, 1,5-2,5sm-ni tashkil etadi.
Kindikdan pastda oq chiziq torayadi va qalinlashadi. Kindikdan yuqorida oq chiziq «anatomik
kuchsiz» joy deyiladi.
Kindik halqasi (annulus umbilicalis) – hamma tomondan pay qinlari bilan o‟ralgan teshik
bo‟lib, uning kattaligi har xil. Terisi kratersimon tortilgan bo‟lib, kindik paylari va qorinparda bilan
chandiq hosil qilgan.
Yuqoridan kindik teshigiga kindik venasi, pastdan ikkita kindik arteriyasi, va siydik yo‟li
(urachus) tutashadi.
Chov kanali (canalis inguinalis) – oldingi chov uchburchagida joylashgan. Uning chegaralari –
chov burmasining tashqi, o‟rta uchligidan to‟g‟ri mushakning tashqi qirrasiga o‟tkazilgan chiziq,
pastdan – chov burmasi, yuqoridan – to‟g‟ri mushakning tashqi qirrasi. Chov kanalining uzunligi 4-
4,5sm, ayollarda uzunroq bo‟ladi.
Chov kanalining to'rtta devori va ikkita teshigi bor. Oldingi devorini – qorin tashqi
mushagining aponevrozi, orqa devorini – ko‟ndalang fassiya. yuqorigi devorini – qorinning ichki
qiyshiq va ko‟ndalang mushaklarining pastki qirrasi, pastki devorini – chov (Pupart) bog‟lami
tashkil etadi.
Chov kanalidan erkaklarda Urug‟ tizimchasi (funiculus spermaticus), ayollarda bachadonning
yumaloq bog‟lami (lig.teres uteri) o‟tadi. Urug‟ tizimchasi bo‟ylab yuqoridan n.ilioiguinalis,
pastdan n.spermaticus externus o‟tadi.
Chov kanalining oldingi devori pastki medial qismida uning yuzaki yoki tashqi teshigi
joylashgan. Bu teshik qorin tashqi qiyshiq mushagining ikki oyokchalari (crus medialis et lateralis)
orqasida joylashib – medial qismi simfizga, lateral qismi esa qovuq bo‟rtmasiga borib birikadi.
Tashqi teshik sog‟lom erkaklarda ko‟rsatkich barmokning uchi sig‟adigan kattalikda bo‟ladi.
Chov kanalining chuqur halqasi (annulus inguinalis profundus) kanal orqa devorining lateral
qismi bo‟lib hisoblanadi.
Moyak yorg'oqqa tushish jarayonida ko‟ndalang fassiyani ko'tarib ichki teshikni paydo qiladi
va Urug‟ tizimchasining ichki pardasiga (fascia spermatica interna) aylanadi. Chov kanalining ichki
teshigiga fovea inguinalis lateralis sohasida qorinparda yopishadi, tashqi teshigiga fovea inguinalis
medialis sohasida sodir bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: