a) Urug‟ tizimchasining ketidan to‟g‟ri mushakning qirrasi, va uning qini kov bo‟rtmasiga 1-2
b) Ichki qiyshiq va ko‟ndalang mushak va fassiyalarini chov bog‟lamiga tikiladi (5-6 chok).
Shunday qilib chov kanalining orqa devori ko‟ndalang fassiya va mushaklar bilan mahkamlanadi.
Ustidan Urug‟ tizimchasi quyilib, ustidan tashqi qiyshiq mushak aponevroz qirralari tikiladi. Bu
usulning kamchiligi choklarga har xil to‟qimalar olinadi. Buni yuqotish uchun ko‟ndalang fassiyani
chov kanali buyicha kesib, fassiyani choklarga olib chov bog‟lamiga tikish maqsadga muvofiq
Bu usul ko‟ndalang fassiya juda kuchsizlanib qolganda yaxshi natija beradi.(Rasm 42).
kanalining to‟g‟ri bo‟lib ketgan hamda retsidivli churralarda churra xaltasi olinib, chovning chuqur
a) to‟g‟ri mushak qini va ko‟ndalang bog‟lami tikiladi. Buning uchun chov bo‟rtmasi va
Uning ustidan tashqi qiyshiq mushak aponevrozlari varaqlari dublikatura hosil qilinadi. Bu
Orqa devorni tikishdan oldin, qorinning to‟g‟ri mushagida bushashtiruvchi kesmalar qilinadi.
Keyin ko‟ndalang fassiya, ichki va ko‟ndalang mushaklar ko‟ndalang bog‟lamga qalin choklar bilan
tikilkdi. Ustidan Urug‟ tizimchasi quyilib, tashqi qiyshiq mushak aponevrozlari dublikatura hosil
yonbosh-chov asabi ushlagichga olinadi. M.cremaster batamom kesiladi, Urug‟ tizimchasi ajratiladi.
Churra xaltasi olinadi, chov bog‟lamiga parallel ravishda ko‟ndalang fassiya ichki teshikdan to chov
bo‟rtmasigacha kesiladi. Uning medial varag‟i qorinparda oldi yog' to‟qimasidan ajratiladi. Chov
kanalinig orqa devorini mahkamlash uchun tanaffussiz choq kov bo‟rtmasidan medial tomondan
boshlanadi, ko‟ndalang fassiyaning lateral varag‟i uning medial varag‟iga to‟g‟ri mushak qini
orqasiga tikiladi. Chokni lateral yo‟nalishda quyilib, ikkala ko‟ndalang fassiya varag‟i ichki
teshigiga tikiladi va chokni kaytarib, ko‟ndalang fassiyaning medial varag‟i chov bog‟lamiga to kov
bo‟rtmasigacha tikiladi va birinchi chapdan koldirilgan choq bilan boglanadi.
Ikkinchi qavat tanaffussiz choq ichki teshikdan boshlanib, ichki va tashqi qiyshiq mushaklari
aponevrozlarining orqa yuzasi chov bog‟lamiga tikiladi, kov bo‟rtmasidan kaytarilib, ichki qiyshiq
mushakni tashqi mushak aponevroziga tikiladi. Teri tagi va terisi tikiladi.
5. Postemskiy usuli – chov kanali batamom berkitilib, yangi kanal hosil qilinadi. Urug‟
tizimchasi batamom ajratiladi, ayrim holatlarda ko‟ndalang mushaklar kesilib, Urug‟ tizimchasi usha
joyga o‟tkaziladi. Orqa devori mahkamlanishi uchun ichki qiyshiq, ko‟ndalang va to‟g‟ri mushak
aponevrozlari va qovuqning ko‟ndalang bog‟lamiga tikiladi. Undagn keyin ko‟ndalang fassiyani
qiyshiq va ko‟ndalang mushak bilan va aponevroz varag‟i chov bog‟lamiga tikiladi. Bu choklar
Urug‟ tizimini lateral tomonga tortadi. Aponevrozning lateral varag‟i uning medial varag‟i ustiga
tikiladi. Urug‟ tizimchasi aponevroz ustiga quyilib, qavatma qavat yuzaki fassiya va teri tikiladi.
Demak Urug‟ tizimchasi yangi hosil bo‟lgan kanalda yotadi.
Hozirgi vaqtda chov kanalining ham orqa, ham oldingi devorini mustaxkamlash uchun biologik
(teri, son fassiyalaridan, oziklanadigan mushak laxtaklari), sintetik (kapron, neylon, porolon,
propilen) va boshqa materiallar qo'llaniladi.
Tug‟ma chov churralaridagi operatsiyalar churra qopchasiga ishlov berish va churra
darvozalarini plastika qilish bilan fark qiladi. Churra xaltasi Urug‟ tizimchasi elementlaridan
ajratilmaganda xaltacha oldingi devori bo‟ylab ochiladi va bo'yni oldida kirqiladi. Proksimal qismi
ichidan kiset choq bilan tikiladi va qorin bo‟shlig‟iga kiritiladi, xaltasining distal qismi uzunasiga
tilinadi va qisman kesiladi. Qolgan qismi seroz koplami bilan tashqariga agdariladi va vinkelman
usulida tikiladi yoki boshidan oxirigacha uzunasiga tikiladi (Bergman operatsiyasi). Bu tadbir moyak
istiskosidan saqlab qoladi. Chakaloklarda churra darvozasini plastika qilish uchun Cherni, Opel
usullari qo'llaniladi. Katta yoshdagi bolalarda chov kanalining oldingi devorini mustaxkamlash
usullari qo'llaniladi.
Sirpanuvchi chov churralarida churra extiyotlik bilan ochilgach, uning darvozasidan 1-1,5 sm
uzoklikda, churra xaltasi ichidan choq
quyiladi. Kiset choqining distal tomonidan churra xaltachasi kirkib olinadi va sirpangan organ
qorin bo‟shlig‟iga kiritiladi hamda chov kanalining oldingi devori plastikasi bajariladi.
Sirpanuvchi churralarning operatsiya qilish usullari.
Sirpanuvchi churralarda a‟zolarning jarohatlab qo'ymasligi uchun churra xaltasini ajratishda,
uning devorlarining qalinligida, ayniqsa yon devorlarga e‟tibor berish kerak.
Ko'richak sirpanuvchi churrada qatnashsa churra xaltasining tashqi yonbosh devori
qalinlashgan bo‟ladi. Churra xaltasini oldingi ichki qismidan ochish kerak.
Siydik qopining sirpanuvchi churralarida churra xaltasining ichki devorida qalinlashish
topiladi. Churra xaltasi Bo'yinchasini ajratishda uning medial orqa tomonidan boshlab xaltani
ochishda oldingi-tashqi yuzasidan boshlash kerak. (Rasm 56-57).
Do'stlaringiz bilan baham: