Davolash. Operatsiyadan keyingi churralarning profilaktikasi qorinni mahkam tutib turadigan
belbog'- bandaj tayinlashdan iborat.
Operatsiyadan keyingi churralarni operatsiya qilishning optimal muddati 6-12 oy, vaholanki
ayrim holatlarda churra juda tez kattalashib boradi, shuning uchun operatsiyadan keyin 2-3 oy ichida
ham operatsiya qilish mumkin. Juda katta churralar bilan murojaat qilgan bemorlar operatsiyaga 8-
10 kun mobaynida tayyorlanadi.
Operativ davolashda quyidagi asosiy operatsiya rejasini qo'llash lozim:
1. Churra darvozasini ochish uchun kesmani tanlash.
2. Churra xaltasini ochib, ichidagi qorinning ichki a‟zolarini uning devoridan ajratish.
3. Churra xaltasini qisman yoki to'liq kesib olish.
4. Churra darvozasi qirralarini ajratish yoki qisman kesib olish.
5. Qorinning old devorini plastika qilish.
6. Operatsiyadan keyingi yarani tikish.
O‟rtada joylashgan churra operatsiyalaridan keyin churra teshigini ikki marta ko‟paytirish
prinsipi buyicha, aponevrozning bir chekkasini ikkinchisiga qo'yib diblikatura hosil qilib yopiladi.
Yon tomonlama operatsiyalardan keyin churralarda devor nuqsoni odatda mushaklarni qavat-qavat
qilib tikib bartaraf etiladi.
Operatsiyadan keyin yaxshi klinik natijaga erishish uchun qorinning old devorini plastika qilish
usullari katta ahamiyatga ega. Plastika qilishning ratsional usulini to‟g‟ri tanlash jarrohning
tajribasiga va uning maxoratiga bog‟liq. Hozirgi kunda operatsiyadan keyingi churralarni operatsiya
qilishinng 150 ga yaqin usullari tadbik qilingan. Hozirgi kunda maqsadli plastik materiallar ishlatish
(alloplastika) keng qo'llanilmokda.
S.P.Shilovsev usuli – aponevrozdagi nuqsonni yamokli teri laxtagi bilan uning epidermal
qatlamini oldindan koagulyasiya qilib, plastik bekitishdan iborat. Chandiqli to‟qima va katta
nuqsonlardan foydalaniladi, shuningdek qo‟shni mushaklardan olingan oyokchadagi plastinka,
sonning serbar fassiyasidanolingan erkin fassial to‟qima yoki alloplastika ham qo'llaniladi.
Bu usullarning yaxshi natijalar berishi churra defektining kattaligiga, to‟qimalarning
morfologik xususiyatlariga bog‟liq. Churra o‟lchami 50-100sm
2
bo‟lganda autoplastik usulni
qo'llash mumkin. Agar churra katta va retsidivli bo'lsa bemorning o'z to‟qimalari bilan qorinning
oldingi devorini plastika qilish yaxshi natija bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |