Churralarni davolash eng avvalo ularni profilaktika qilishga karatilishi lozim. Shuning uchun
churralarni o'z vaqtida dispanserizasiya qilish muhim ahamiyatga ega. O'z vaqtida dispanserlash
Qorinning old devori kuchsiz va churraga moyil kishilarga ish me‟yorini aniqlash.
kerak. Birinchi navbatda tez-tez qisilib turadigan, o‟rta va qari yoshdagi bemorlarni operatsiya
Aholi orasida sanitariya-oqartuv ishlarini olib borish, churralarni operativ davolashning sifatini
ko'tarish, shu borada xirurglarning malakasini oshirishdek muhim ishlarni amalga oshirish lozim.
Churralarni profilaktika qilishda ularning moyillik faktorlarini va keltirib chiqaradigan
sabablarini aniqlash zarur. Churralarning hosil bo‟lishini hamma vaqt ham oldini olish qiyin masala.
Ko‟pchilik holatlarda churralarning kelib chiqishida to'liq va orttirilgan konstitusion xususiyatlariga
ham bog‟liq bo‟ladi. Churralarning profilaktikasida ommani o'z vaqtida sport va fizkultura bilan
shug‟ullanishlarini tashviqot qilish, profilaktik ommaviy ko'riklarda qorinning old devori kuchsizligi
aniqlanganda uncha tegishli kasbni tanlash, o'ziga xos ishni tanlashni taklif qilish muhim
hisoblanadi. Churralar ko‟pchilik holatlarda yaxshi qiziqsh bilan shug‟ullanmagan kishilarda, katta
yuk ko'targanlarida to'satdan paydo bo‟ladi. Xalq orasida churralar to‟g‟risida to'liq ma‟lumot paydo
bo‟lishi sanitariya-oqartuv ishlarini yaxshi yo'lga qo'yilganda amalga oshadi. Bunday ishlarni
poliklinikalarda, ayollar konsultativ poliklinikalarida, uquv maskanlarida, maktablarda o‟tkazilishlari
kerak. Bu ishlarni nazorat qilish albatta viloyat, tuman xirurgiya bo‟limlari rahbarlari nazorat
qilishlari maqsadga muvofiqdir.
Churralarni profilaktika qilishning yana bir usuli churra bilan yurgan bemorlarga o'z
vaqtida dispanserizasiya qilishdir.
Bemorlarni churra bilan o'z vaqtida operatsiya qilaolmaslik, churra bilan bemorlar
sonining ko‟payishiga, churraning qisilib qolishi asoratining oshishiga olib keladi. Ayniqsa o‟rta va
qari yoshdagi bemorlar sonining ko‟payishi, ularda har xil asoratlarga olib keladi.
Oxirgi yillarda qorin bo‟shlig‟ida qilinayotgan operatsiyalarning sur‟ati oshishi bilan
operatsiyadan keyingi churralar soni oshib ketdi. Bunday churralarni davolash har bir klinik
xirurgiyaning dolzarb hal qilinishi kerak bulgan muammolaridan hisoblanadi.
Operatsiyadan keyingi churralarning hosil bo‟lishi sabablari aniq, endi ularni profilaktika
qilish yo'llarini to‟g‟ri aniqlash zarur. Bu tadbirlar asosan operatsiyadan keyingi yaraning
yallig‟lanishiga yo'l qo'ymaslik, operatsiyadan keyingi erta davrda regenerativ holatlarni
stimulyasiya qilish bilan bir qatorda har xil jismoniy zo‟riqishlar (pnevmoniya, qabziyat,
homiladorlik, peshobning yaxshi kelmasligi)ni bartaraf qilish kerak. Shu bilan birga operativ
texnikadagi bo‟ladigan defektlar (to‟qimalarni jarohatlash, choklarni to‟g‟ri qo'yish, gemostaz,
tikish materiallarini to‟g‟ri tanlash, ko‟rsatmasiz har xil tikindi va drenajlar qo'yish) ham muhim rol
o'ynaydi.
Operatsiyadan keyingi churralarni o'z vaqtida operatsiya qilmasangiz ular katta bo‟lib
ketishi, to‟g‟rilanmay qolish holatiga o‟tishi, qorin bo‟shlig‟ida bitishmalarning kuchayib ketishi,
ko‟p kamerali bo‟lib qolish holatlariga olib keladi. Bu holatlar churralarning qisilib kolishi,
bitishmali ichak tutilishi kabi asoratlarni keltirib chiqaradi.
Operatsiyaga aniq qarama qarshiliklar bo‟lganda, bemorlarga (o‟rta va katta operatsiyadan
keyingi churralarda) erta bandaj takish tavsiya qilinishi shart. Bu muammoning ancha vaqtdan beri
paydo bo‟lishiga qaramay, bunday churralarni davolash natijalari yaxshi emas. Buning asosiy
ko‟rsatkichi bo‟lib, operatsiyadan keyingi retsidivlarning ko‟pligi, har xil asoratlar. qari yoshli
bemorlarda churraning qisilib qolganidan keyingi ulim tafsilotining yuqoriligi hisoblanadi. Shuning,
uchun qorinning old devori operatsiyadan keyingi churralarni operatsiya qilish sifatini ko'tarish va
gerniologiya sohasi buyicha xirurglarning malakasini tinmay takomillashtirish zarur.
Churrani kesish operatsiyasini endigina xirurgiyaga kelgan yosh xirurgga ishonish
noo'rin hisoblanadi. Ayniqsa qisilgan, operatsiyadan keyingi kata churralarni operatsiya qilishni
katta tajribali, yuqori bilimga ega xirurglar amalga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: