Misol 4. “Baraban” so‘zidagi harflarni qatnashtirib, nechta so‘z (ma`nosi bo`lishi shart emas!) yasash mumkin?
Yechilishi: “b” harfi k1=2 ta,
“a” harfi k2 =3 ta,
“r” harfi k3 =1 ta,
“ ” harfi k4=1 ta, jami harflar soni =7 ta, demak,
Misol 5. “Lola” so‘zidagi harflardan nechta so‘z yasash mukin?
Teorema 2(a). Elementlarining k1 tasi 1- tipda, k2 tasi 2-tipda, va hokazo km tasi m-tipda bo‘lgan n elementli to‘plamning barcha o‘rin almashtirishlar soni
ta bo‘ladi.
Tadqiqotlarda ko‘p miqdordagi takrorlanuvchi o‘rin almashtirishlarni hisoblashga to‘g‘ri kelsa, unda Excel dasturlar paketidagi МУЛЬТИНОМ komandasidan foydalanish mumkin, masalan
ekanligini tezlik bilan hisoblash hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.
2.4.5. Guruhlashning xossalari
10.
20.
30.
Ushbu xossalarni isbotlash uchun kombinatsiyalarni faktorial ko’rinishida yozib chiqish va hisoblash yetarli.
Teorema. elementli to‘plamning barcha qism to‘plamari soni ga teng va quyidagi tenglik o‘rinli:
.
Haqiqatdan ham, - elementli to‘plamning barcha elementli to‘plam ostilari soni bo‘lgani uchun, tushunarliki barcha to‘plam ostilar soni
yig‘indiga teng bo‘lib, ularning yig‘indisi ga teng bo‘ladi.
Misol. 30 ta talabadan 20 tasi o‘g‘il bolalar, tavakkaliga jurnaldagi ro’yhat bo‘yicha 5 talaba chaqirildi, ularning ichida ko‘pi bilan 3 tasi o‘g‘il bola bo‘ladigan qilib necha xil usulda tanlash mumkin?
Yechilishi: Masala shartida berilgan to‘plamni sodda to‘plamlar
yig‘indisi shaklida yozib olamiz:
A={0 tasi o‘g‘il bola, 5 tasi qiz bola}
B={1 tasi o‘g‘il bola, 4 tasi qiz bola }
C={2 tasi o‘g‘il bola, 3 tasi qiz bola }
D={3 tasi o‘g‘il bola, 2 tasi qiz bola }
{Ko‘pi bilan 3 tasi o‘g‘il bola}=A B C D kesidhmaydigan to‘plamlar yig‘indisining quvvati, ushbu to‘plamlar quvvatlari yig‘indisiga teng bo‘ladi:
n({ko‘pi bilan 3 tasi o‘g‘il bola})=n(A B C D)=n(A)+n(B)+n(C)+n(D)=
= + + + = +
Demak, 30 ta talabadan ko‘pi bilan 3 tasi o‘g‘il bola bo‘ladigan 26.478.900 tanlash usuli mavjud.
Nazorat uchun savollar:
Takrorlanadigan joylashtirish deb nimaga aytiladi?
Takrorlanmaydigan joylashtirish deb nimaga aytiladi?
Takrorlanadigan guruhlash deb nimaga aytiladi?
Takrorlanmaydigan guruhlash deb nimaga aytiladi?
Faktorial nima?
Excel dasturlar paketidagi МУЛЬТИНОМ komandasidan qachon foydalaniladi?
Excel dasturlar paketidagi ПЕРЕСТ komandasi vazifasi nimadan iborat?
Mustaqil yechish uchun masalalar:
Xonada n ta chiroq bor. k ta chiroqni yoqib xonani necha xil usulda yoritish mumkin? Xonani hammasi bo‘lib necha xil usulda yoritish mukin?
2. n ta nuqta berilgan, ularning ixtiyoriy 3 tasi bitta chiziqda yotmaydi. Ixtiyoriy ikkita nuqtani tutashtirib nechta chiziq o‘tqazish mumkin?
Har bir keyingi raqami oldingisidan katta bo‘lgan nechta 4 xonali sonni tuzish mumkin?
Har bir keyingi raqami oldingisidan kichik bo‘lgan nechta 4 xonali sonni tuzish mumkin?
Xalqaro komissiya 9 kishidan iborat. Komissiya materiallari seyfda saqlanadi. Kamida 6 kishi yig‘ilgandagina seyfni ochish imkoni bo‘lishi uchun, seyf nechta qulfdan iborat bo‘lishi kerak va ular uchun nechta kalit tayyorlash kerak va ularni komissiya a’zolari o‘rtasida qanday taqsimlash kerak?
6. Kitob javonida tasodifiy tartibbda 15 ta darslik terilgan bo‘lib, ularning 9 tasi o‘zbek tilida, 6 tasi rus tilida. Tavakkaliga 7 ta darslik olindi. Olingan darsliklarning roppa-rosa 4 tasi o‘zbekcha, 3 tasi ruscha bo‘ladigan qilib necha xil usulda tanlab olish mumkin?
7. yig‘indi hisoblansin.
yig‘indi hisoblansin.
tenglik isbotlansin.
Necha xil usulda 5 ta kitobdan 3 tadan qilib tanlab olish mumkin?
11. Necha xil usulda 7 odamdan 3 kishidan qilib komissiya tuzish mumkin?
12. tenglikni isbotlang.
13. tenglikni isbotlang.
14. ayniyatni isbotlang.
15. ayniyatni isbotlang.
16. tenglikni isbotlang.
17. tenglikni isbotlang..
18. tenglikni isbotlang.
19. Quyidagi so‘zlarni nechta usulda shifrlash mumkin?
a) BALLI; e) PARABOLA;
b) GIPERBOLA; f) ELLIPS;
c) SIMMETRIK; g) SUMMA;
d) DADA; j) GURUH.
20. Tarkibida Aziz va Go’zal ham bo’lgan 12 nafar kishidan 5 kishilik komissiya tashkil qilinmoqchi. Nechta turlicha komissiya tashkil qilish mumkin? Agar
a) komissiya tarkibiga Aziz ham, Go’zal ham kirgan bo’lsa;
b) komissiya tarkibiga Aziz ham, Go’zal ham kirmagan bo’lsa;
v) komissiya tarkibiga yoki Aziz, yoki Go’zal kirgan bo’lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |