odam qarab bo’lmaydi, yuzingga odam qarab bo’lmaydi gaplarini olib qaraylik. Bu ikkala gap ma’nosida guyo farq yo’qdek. Biroq birinchi gapda shaxsning butun gavdasi, ust - boshi ko’zda tutilsa, ikkinchi gapda yuzi ko’zda tutiladi. Demak, yuz va bashara so’zlari o’zaro sinonim bo’lsa
- da, ular anglatayotgan tushunchalar bir - biridan farq qiladi.
Tilning so’z boyligini, uning sinonimlar, antonimlar, omonimlar sistemasini, har bir so’zning o’ziga xos ma’no va grammatik xususiyatlarini, ularning o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish - nutqning tozaligi, ta’sirchanligi, ifodalilshi, qisqaligi kabi ko’pgina boshqa aloqaviy sifatlarni ham ta’minlaydi.
Demak, tilning lug’at tarkibini yaxshi bilmasdan turib, boy nutqga erishib bo’lmaydi. Nutq madaniyati ilmiy tarmoq sifatida lug’atshunoslik (leksikografiya) bilan uzviy aloqadorligipi ko’rsatadi. SHu o’rinda S.Akobirovning quyidagi fikri juda ahamiyatlidir: «Fikrni qisqa, aniq va to’g’ri ifodalash uchun muvofiq so’z topish kerak bo’lgan xollarda ham lug’atlardan foydalaniladi».
Nutq madaniyati sohasining tekshirish ob’ekti nutqning aloqaviy sifatlari yig’indisi va tizimini, ularni ta’minlovchi shart - sharoitlar, shu sifatlarning takomillashuvi, rivoji yoki qoloqlashishi, pasayishi kabilarni o’z ichiga olsa; uslubiyat sohasining ob’ekti til va nutq uslublarini o’rganshidir. Modomiki, uslubiyat nutq uslublarini ham o’rganar ekan, xuddi shu holatda nutq madaniyati bilan uning munosabati vujudga keladi. CHunki nutq madaniyati haqidagi ta’limot o’z-o’zidan til uslublarini batafsil aks ettirish, har bir uslubning o’ziga xos tomonlarga ega ekanligining imkoniyatlarining yoritilishiga ehtiyoj sezadi. CHunki nutqning aloqaviy sifatlari, odatda har bir uslub doirasida o’zgarishi, biri bir uslubda yaxshiroq namoyon bo’lgani holda, ikkinchisi boshqa bir uslubda sustroq namoyon bo’ladi. Masalan, publitistik uslubda aniqlik, to’g’rilik birinchi o’ringa chiqsa va yaxshiroq namoyon bo’lsa, badiiy uslubda ifodalilik, tasviriylik, obrazlilik, mantiqlilik kabi sifatlar birinchi o’ringa chiqadi. Badiiy uslubda badiiy tasvir vositalaridan keng foydalaniladi. SHuning uchun ham ba’zan, badiiy uslubda eskirgan va lahjaviy so’zlardan ham foydalaniladi, ba’zan so’z shakllarining o’zgartirilishiga ham ruhsat etiladi. Nutq madaniyati haqidagi ta’limot nutq uslublarining nutq aloqaviy sifatlariga ba’zan ijodiy, ba’zan salbiy ta’sir qilishi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ham o’rganadi. CHunki kishilar har qanday sharoitda va o’z faoliyatlarining hamma sohalarida bir- birlari bilan aloqada bular ekanlar, ularning har biri o’z tilidagi lug’aviy grammatik va boshqa vositalarni tanlab ishlatishga harakat qiladi.
Ko’rinadiki, uslubiyat va nutq madaniyati bir - birini tamomila inkor etmaydi aksincha, bir
- birini to’ldiradi, alohida - alohida soha bo’lishlariga qaramay, bir - biri uchun xizmat qiladi.
Nutq madaniyati ilmiy soha sifatida mantiqshunoslik va ruhshunoslik fanlari bilan chambarchas aloqada bo’ladi. Ma’lumki, mantiqiy tushunchalar va hukmlar bilan ish yuritadi. Madomiki, tushunchalar so’z bilan; fikrlar, hukmlar gap bilan ifodalanar ekan, ana shu so’zlar va gaplar bilan ular ifodalagan tushunchalar va hukmlarning bir - biriga mos kelgan -kelmaganligi, ular o’rtasida zidlikning bor - yo’qligi muhimdir.
Ma’lumki, so’zlar ko’p ma’noli bo’ladi va ular bir necha tushunchani ifodalashi mumkin: oyoq - odamning oyog’i, stulning oyog’i, mashinaning oyog’i kabi. SHuningdek, so’z o’zgarmay qolgani holda tushuncha o’zgarib ketishi mumkin: domla tushunchasi o’zgargan, so’z o’sha - o’sha.
Xuddi shuningdek, har bir hukm albatta ma’lum bir gap orqali ifodalansa-da, ba’zan gap bilan hukm bir-biriga mos kelmay qolishi ham mumkin. Masalan, farzandni kim sevmaydi, deysiz? gapi so’roq gap, inkor shaklida, biroq undan tasdiq hukmi anglashiladi. Ritorik so’roq gaplar ana shunday xususiyatlarga egadir. Bir hukm ba’zan bir necha gap orqali ham ifodalanishi mumkin. Buning natijasida sintaktik sinonimiya vujudga keladi. Men bu kitoblarni ukam yaxshi o’qisin deb oldim. Bu kitoblarni ukam yaxshi o’qisin degan maqsadda oldim.
Har ikki gap ham to’g’ri tuzilgan. Ular ifodalagan hukmda ham zidlik yo’q. Demak, nutqdan mantiqsizlik kuzatilmaydi. Ana shu nutqda mantiqsizlik yo’qligi mantiqiy kategoriya hisoblangan hukmning to’g’riligi bilan tasdiqlanadi. Berilgan hukm ikki xil gapda ifodalangan ekan. Birida hissiylik yo’q, ikkinchisida esa qisman bo’lsa-da his -tuygu bor.
Nutq madaniyati bilan ruhshunoslikning munosabati, nutqning o’rinli - o’rinsiz ekanligini belgilashda namoyon bo’ladi. So’zlovchi har - xil vaziyatlarda, har - xil odamlar o’rtasida bo’ladi. Demak, u o’z nutqini ana shu vaziyatlar va odamlar holatini hisobga olgan holda tuzishi kerak. Bundan tashqari tinglovchilar kayfiyati degan narsa ham bor. So’z tinglovchilarning zerikib turganligi sezilib tursa-yu, nutq qanchalik to’g’ri bo’lmasin, notiq o’sha zerikkanlikni his qilmasa va nutqni cho’zib yuborsa, uning ta’sir kuchi yo’qoladi. ,
Nutqni ta’sirchan qilishda tilning tasviriy
vositalaridan hisoblangan metonimiya, metafora kabilardai foydalaniladi. Nutq madaniyati bilan ruhshunoslik munosabatida ko’proq notiqning u yoki bu fikrini bayon qilishda odamlar kayfiyatini hisobga olishi birinchi o’rinda turadi. Har bir kishining, umuman tinglovchining kayfiyatiga qarab nutqso’zlash taqozo etiladi. Tinglovchilar bilan samimiy muomala hamma vaqt notiqning asosiy vazifasi bo’lishi lozim. Tinglovchilarning yuz va ko’z ifodalarini ko’rmay, sezmay turib, eng zo’r zarur gapni aytib yuborishni o’ylab ko’rish kerak. Ana shunday zarur gaplar hammaning diqqati tortilgan paytda aytilishi zarur.
Hamma vaqt ham tinglovchilar oldida uyalib qolmaslik, noo’rin so’zlarni, gaplarni ishlatib yubormaslik uchun notiq odamlar ruhiyatini chuqur ko’zda tutishi lozim, ularni qiziqtiradigan narsalarni topishga harakat qilishi, boshqa mavzu, boshqa hodisalarga o’tib ketmasligi kerak.
Har bir notiq uning nutqi qanday tuzilganda tilning qanday tasviriy vositalarini qaysi holatlarda, nutqning qaysi qismida ishlatganda tinglovchilar kayfiyatiga ta’sir qilinishi, ular kayfiyatini o’zgartirishini yaxshi bilishi lozim. Ana shundagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.
Nutq madaniyati nafosat (estetika), badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik, adabiy tanqidchilik kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir. Chunki yaxshi nutq tinglovchiga estetik zavq berishi kerak, uni hayajonlantirishi lozim. Badiiy nutq esa ta’sirchan nutq bo’ladi, shu orqali kishilar ongiga ta’sir etadi. Unday nutq egasi badiiy tasvir vositalaridan juda keng foydalanadi.
Badiiy nutqning adabiy til me’yorlariga munosabati ham boshqacha. Unda ba’zi adabiy me’yorlardan chekining ham uchrashi mumkin. Biroq bunda ma’lum bir maqsad ko’zda tutilgan bo’ladi.
Xullas, nutq madaniyati sohasi ko’pgina boshqa fanlar bilan ham o’zaro munosabatda bo’ladi. Ayniqsa, uning tilshunoslik, uslubiyat, notiqlik san’ati, matnshunoslik, ruhshunoslik, falsafa hamda adabiyotshunoslik fanlari bilan aloqasi juda mustahkamdir.
Tabiat va jamiyatda inson tilidek murakkab, serqirra, serqatlam, servazifa, shakl va mazmun mosligi hodisasi kamdan-kam topiladi. Til dunyoni bilish, bilimlarni to’plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy kategoriyalarni voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni bajarishga qaramasdan asosiy e’tibor uning kishilar o’rtasidagi aloqani ta’minlash vazifasiga qaratib kelindi.
Tilni faqat insonlar o’rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish insonning tabiiy tilini, bu benihoya murakkab va muhtasham hodisani soddalashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki milliy - ruhiy zamindan mutloqo mosuvo bo’lgan sun’iy tilga (masalan esperanto) tenglashtirishdan, yo’l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli «til» ga baravarlashtirishdan boshqa narsa emas. Agar til faqat aloqa vositasigina bo’lganda edi. U juda oddiy, sodda va qashshoq bir narsaga aylangan bulardi.
Holbuki, til bemisil boy, sehr-u sinoatga, ruh-u ruhoniyatga, ko’rk -u komillikka limmo - lim bir xilqatdir.
CHinakkam nutq madaniyati esa tilni ana shunday rangin xilqat tarzida idroq etish asosida shakllanadi.
Aniqki, nutq madaniyati jamiyat madaniy - ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulodda muhim unsurlaridan biridir. SHuning uchun ham mamlakatimizda ma’naviy - ma’rifiy isloxotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati ko’nikmalari va malakalarini oshirish, ta’lim jarayonlarining barcha
bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarblik kasb etganligi bejiz emas.
Respublikamizning «Davlat tili haqida» gi, «Ta’lim to’g’risida» gi qonunlari, Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy Dastur va boshqa juda ko’plab hujjatlarda ma’naviy - ma’rifiy tarbiya, til masalalariga alohida ahamiyat berilgan. Jamiyatimizning har bir a’zosi, har qanday mutaxassis, zamon bilan hamqadam kadr, eng avvalo, o’z ona tilisining sobit sohibi bo’lmog’i lozim. Prezidentimiz I.Karimov ham o’z nutqlarida shunday ta’kidlaganlar: «O’z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni, avvalombor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushuning ham, oqlash ham qiyin».
Fikrni ona tilida mustaqil, ravon, go’zal va lo’nda ifoda etmoq uchun odamda nutqiy madaniyat yetarli darajada bo’lmog’i lozim.
Zero,nutq madaniyati tildan bemalol va maqsadga o’ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan ko’nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir.
Nutqning madaniyligini ta’min etadigan to’g’rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik kabi bir qancha sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o’zida mujassamlashtirgan nutq madaniy nutq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |