July 2021
www.oriens.uz
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
“Adabiyot nazariyasi”da “psixologizm”, “ichki dunyo tasviri”, “psixologik analiz”; M.Abdurahmonovaning broshyurasida - “ruhiy dunyo tasviri”, “ruhiy tahlil”, “psixologik tasvir”; N.Shodievning “Ruhiyat rassomi” risolasida - “psixologik tahlil”, “ichki hayot tasviri” kabi” [15, 17]. Bizningcha, psixologik tahlil obraz ruhiyatini, ichki olamini ochib berish yo‘li bo‘lsa, psixologizm uning yanada takomillashgan, chuqur hamda mukammalrok ishlangan ko‘rinishidir.
“Psixologik analiz”, “psixologik tahlil”, “ruhiy tahlil” atamalari ham o‘zaro ma'nodosh. Ammo “psixoanaliz” terminini “psixologik analiz”ning qisqartmasi tarzida bu qatorga qo‘shib bo‘lmaydi. Chunki bu so‘z XIX asr oxiri - XX asr boshlarida avstriyalik vrach-psixoterapevt Zigmund Freyd asos solgan nazariy qarashlar tizimini anglatadi. Psixoanaliz - termindir [16, 20].
Psixologik tahlil hamda psixologik tasvir vositalariga keladigan bo‘lsak, ijodkor personaj ruhiy holatini, uning ichki kechinmalari va ichki hayotini ko‘rs atib berish uchun badiiyat qonuniyatlarga tayangan holda odatiy va noodatiy tasvir vositalaridan foydalanishi mumkin. Ichki monolog (monolog muhokama, monolog xotira, monolog-mulohaza), nutqiy xarakteristika, takror so‘zlar, ong oqimi, psixologik portret (dinamik portret, statik portret), ramzlardan unumli foydalangan holda, noodatiy badiiy tasvir vositalari gallyusiyanasiya, shaxsiyatning ikkilanuvi, o‘zi bilan suhbat, maktub va kundaliklari, tush kabilardan ham foydalanishi tez-tez kuzatiladi.
Adabiyotshunoslikda bugungi kunda badiiy psixologizmni tadqiq qilishning metodologiyasi to‘liq ishlab chiqilgan. Bu masalaga bag‘ishlangan deyarli barcha ilmiy tadqiqot ishlari adabiy asar yozilgan davr tarixiy-ijtimoiy jarayonlari, yozuvchining shaxsiy uslub va metodi inobatga olgan xolda bajarilgan. Rus adabiyotshunos olimasi M. JI. Bedrikova o‘z tadqiqoti doirasida “psixologizm darajasi” atamasini kiritadi hamda uni quyidagicha kriteriylar asosida tasniflaydi:
matnda psixologizmni kuchaytiruvchi vositalar (psixologik detal', psixologik tafsilot, personajlarning psixologik hatti-xarakatlari, psixologiklashtirilgan (psixologizirovanniy) tavsif);
qahramonlarni tavsirlash vositalari (psixologik portret, psixologik xarakteristika, psixologik konflikt, psixologiklashtirilgan syujet, "qalb dialektikasi";
xarakter i vaziyat nisbati (qahramon tomonidan xronotopning “qalban” o‘zlashtirilishi, qahramonnig o‘z-o‘zini anglashi, vaziyat taqazosi bilan qahramonni ruhan o‘zgarishi) [17].
Badiiy asar psixologik darajasini belgilashda adabiy tur va janrlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, lirika - inson qalbi va ichki his-tuyg‘ulari kuychisi ekanligi ma'lum, demak u bevosita ruhiyat tasviri bilan bog‘liq holda shoir
391
Do'stlaringiz bilan baham: |