Oriental Art and Culture



Download 174,94 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2022
Hajmi174,94 Kb.
#577931
  1   2
Bog'liq
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarini-pirls-xalqaro-baholash-tadqiqotlariga-tayyorlash



"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X


BOSHLANG`ICH SINF O’QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARIGA TAYYORLASH


Hakimova Nasiba Imomovna 10-umumiy o`rta ta`lim maktab Buxoro viloyat, Kogon shahar




Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’quvchilarini PIRLS xalqaro baholash tizimiga tayyorlash masalalari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek bu borada amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar ham ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so’zlar: PIRLS, hikoya, o’qituvchi, o’quvchi, test, ota-ona, shaxmat.


PREPARING PRIMARY SCHOOL PUPILS FOR PIRLS INTERNARLTIONALASSESSING RESEARCHES


Hakimova Nasiba Imomovna School 10, Bukhara region, Kogon city




Abstract: In this article, it is informed data about preparing primary school pupils for PIRLSPIRLSinternational assessing system. In addition, it is indicated about importance of upcoming actions.
Keywords: PIRLS, story , teacher, student, exam, parents, chess.


PIRLS(Progress in International Reading Literasy Study - xalqaro o’qish savodxonligini o’rganishdagi yuksalish)-bu turli mamlakatlarda boshlang’ich sinfda tahsil oluvchi o’quvchi yoshlarning matnni o’qish va tushunush darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5yilda bir marta o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, 2021-yil uchun mo’ljallangan tadqiqotlarda O’zbekiston o’quvchilari ham ishtirok etishi boshlang’ich ta’lim o’qituvchilariga katta mas’uliyat yuklaydi.
Bu muhim vazifani amalga oshirish o’qituvchidan ta’limga yangicha yondashuvni, faollikni talab etadi. Shu o’rinda o’quvchini xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga qanday tayyorlash mumkun degan savol ko’pchilikni o’ylantiradi.
PIRLSga tizimli tayyorlashda sinfdan tashqari o’qish, mustahkamlash, takrorlash darslari hamda to’garaklarning o’rni juda muhim. Bunda o’quvchining dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashi, obrazli tafakkurini rivojlantirish o’ta muhim hisoblanadi. Albatta bu ishda ota- onaning o’z o’rni bor. Oilada kattalar kitob

o’qisa, bola ham bora-bora ularga ergashadi. Yoshiga munosib kitoblarni olib berishda o’qituvchi tavsiyasiga amal qilish foydali hisoblanadi. Bo’sh vaqtida bola oldi-qochdi seriallar, multfilmlar emas, bolalar uchun ishlangan mantiqqa boy filmlar, hayvonot va nabotot dunyosi haqidagi ko’rsatuvlarni kuzatib borishi ham yaxshi samara beradi.
Sportning deyarli barcha turlari, ayniqsa shaxmat o’quvchining diqqatini oshirishiga, maqsad sari olg’a intilishga, mustaqil qaror qabul qilish layoqati shakllanishiga yordam beradi.
Dars jarayonida yoki bola bilan muloqot qiladigan tanaffuslar chog’ida uning to’g’ri yoki noto’g’ri fikrini tinglab, to’g’ri xulosani hayotiy faktlar orqali chiqarish o’ta muhim. O’qituvchining o’quvchidan adabiy tilda gapirishini talab etishi o’quvchining o’z ustida yanada izlanishini taqozo etadi va bu kitobxonlik sari yo’l ochib beradi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarini tashkil etishda, o’quvchiga o’qiladigan materiallarni 1 hafta oldin tavsiya etsa, o’quvchi dam oladigan shanba, yakshanba kunlarida bekor qolmaydi. Albatta, bunda ota-ona nazorati o’ta muhim. .

  1. Asar mazmuni bilan tanishgan o’quvchi tayyorgarlikning keyingi bosqichlarida qiynalmaydi.

  2. Asar mazmuni asosida savol-javob o’tkaziladi. Asar qismlariga ajratilib, har bir qismga o’quvchilar tomonidan sarlavha toptiriladi.

  3. Tuzilgan reja asosida asar mazmuni so’zlatiladi. So’zlash jarayonini qiziqarli o’tkazish uchun “Ikki xil tanlov” metodidan foydalanish o’rinli. Masalan, Franz Hohlerning “G’aroyib tun” hikoyasini o’rganish jarayonida yo’lakni, timsohni, eshik ortida turgan qizchani, jurnaldan chiqayotgan flamingolarni tasvirlab turib hikoyalash mumkin.

  4. O’rganilayotgan asardagi voqealar ketma-ketligini yanada mustahkamlash maqsadida“ Charxpalak” metodidan ham foydalanish o’rinli. Bunda asar matni jadvalda aralash holda beriladi.

Har bir qism raqamlanadi. Masalan:1, 2, 3, 4, 5. Raqam joylashgan xona, asardagi gap ro’barosiga “+”belgisi qo’yiladi.
Adabiyotni tushunish va baholash uchun har bir o’quvchi tilni tushunishi va badiiy shakllarni bilishi kerak. Axborot va badiiy matnlar ustida ishlash o’quvchilardan tabiiy , ijtimoiy , matematik bilimlarni puxta o’zlashtirishni talab etadi. Quyida berilgan topshiriqlar ustida ish olib boriladi.
Badiiy matn. Permyak Yevginiy Andreevich “Tanish izlar’’
Nikitaning bobosi bog’bon. Bo’sh vaqtlarida ov qilishni sevadi. U yaxshi ovchi ham edi. O’rmon sirlarini yaxshi biladi. Nevarasini ham birga olib yurganda, o’rmondagiizlarni ko’rsatardi ko’rsatib turib, shunday deb takidlardi:-Asr yasha , asr o’rgan va bil. Bilim hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
Nikita bobosini tinglab, o’zicha o’ylardi: “Barcha keksalar bolalarga aql berishga
usta. Hayvon izlarini bilish menga nima keragi bor, qachonki men mashinist bo’lmoqchiman. Elektr poyezdlarini haydayman”. Nikita faqat poyezdlar haqida o’ylardi. Elektrovozlardagi
har bir bolt, har bir qismni ko’zdan kechirardi. Bolalar ham u bilan poyezdlarni tomosha qilgani borishardi. Bir marta bekatdan qishloqqa to’g’ri yo’ldan o’rmon orqali qaytishga to’g’ri keldi. Ham yaqin, ham kayfiyat a’lo.

Download 174,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish