Oriental art and culture



Download 77,5 Kb.
bet4/5
Sana28.03.2022
Hajmi77,5 Kb.
#514779
1   2   3   4   5
Bog'liq
kredit-modul-tizimi-va-uning-amaliyotga-joriy-etish-tamoyillari-oliy-ta-lim-muassasalarida-matematika-o-qitishda

Kredit – modul tizimiga o’tish matematika sohasidagi talabalarga qanday imtiyozlar beradi:
Birinchidan, akademik mobillik – talabalar kreditlarini saqlagan holda, istalgan mos oliygohga o’qishni qiyinchiliksiz ko’chirib o’tishlari mumkin bo’ladi. U xoh, jahon universiteti, xoh, o’zimizdagi istalgan OTM bo’lishining ahamiyati yo’q. Faqat, talaba to’plagan krediti ko’chirib o’tish kerditiga yetsa bo’lgani.


Ikkinchidan, talabalarga o’qituvchini tanlash erkinligi beriladi. Bu orqali, o’qituvchi va talaba o’rtasida akademik muloqot ta’minlanadi.


Uchinchidan, talabalar o’z istaklaridan kelib chiqqan holda, fanlarni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Albatta, bu o’rinda majburiy o’rganilishi lozim bo’lgan (mutaxassis) fanlar ham bor, ammo talaba mustaqil tanlov fanlarini belgilay oladi. Matematika sohasidagi talabalar uchun bu ayni muddao. Sababi, ular mutaxassis fanlarini mukammal o’rganishlari uchun bu ularga yetarlicha vaqt beradi.

267 HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ


"ORIENTAL ART AND CULTURE" SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL - (3) III/2020 ISSN 2181-063X




To’rtinchidan, talabalarga ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratish va qo’yiladigan baholarning oshkoraligini ta’minlash yo’lga qo’yiladi. Bu esa, o’z - o’zidan ta’lim tizimidagi korruptsiyani barham topishini ta’minlaydi.

Amaldagi o’qitish tizimidan farqli o’laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan tashqari tanlov fanlari hamda talabaning shaxsiy dars jadvali bo’ladi. Talabalar o’qishdan haydalmaydi yoki kursdan kursga qolmaydi. Qaysi fandan belgilangan kreditlarni yig’olmasa, o’sha fanning o’zidan qayta o’qish va qayta imtihon bo’ladi, xolos. Qayta o’qish – bu birinchi darsdan to oxirgi darsgacha o’tilgan ma’ruza, labaratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Qayta o’qish pullik. Uning kredit summasi kontrakt summasidan kelib chiqib hisoblanadi. Oliy ma’lumot olinganligi to’g’risidagi diplom esa, belgilangan kreditlar yig’ilgandan so’nggina beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o’qituvchisi, 50 foizini OTM rahbariyati qo’yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, uyga vazifalar va amaliy mashg’ulot (labaratoriya) ishlarini professor – o’qituvchilar baholaydi. Yakuniy nazorat OTM rahbariyati tomonidan olinadi. Unda o’qituvchi – professor ishtirok etmaydi. Mutaxassislar fikricha, kreditlarni yig’ish uchun talabalardan darslarda qatnashish, berilgan vazifalarni vaqtida bajarish, o’z bilim saviyasini namoyon etish talab etiladi [4].


O’zbekistondagi OTM larini kredit – modul tizimiga o’tkazish uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerak? (Tavsiyalarim).

Avvalo, buning uchun har bir OTM lari uchun Oliy ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan OTM larida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora – tadbirlari to’g’risida nizom ishlab chiqish.


Va bu asosda, ta’lim jadalligini ta’minlash maqsadida chet el OTM lari amaliyotidan kelib chiqqan holda, o’qitish sistematik dasturini ishlab chiqish.


Kredit–modul tizimining eng katta afzalliklaridan biri – fanlarni asosli ravishda qisqartirishni barcha OTM larda joriy etish.

Misol uchun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida avval, o’quv reja bo’yicha 43 ta fan bo’lgan bo’lsa, kredit – modul tizim joriy etilgandan so’ng, ularning soni 31 taga kamaydi.


Talabarga berilgan mustaqil ish, uyga vazifa va labaratoriya topshiriqlari uchun, OTM tomonidan maxsus sayt yaratilinishini ta’minlash.


Bu saytga talabalar, vazifalarni berilgan tartibda yuklab boradilar, o’qituvchiga esa uni og’zaki himoya qiladilar. Bunda talabaning reyting ko’rsatkichi ham online, ham o’qituvchi tomonidan deadline belgilanib boriladi. O’z vaqtida mustaqil ish va uyga vazifalarni saytga yuklamagan talabalar baholanmaydi. Bu tizimda qayta topshirish degan gap yo’q. Faqat qayta o’qish mumkin.


268 HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

"ORIENTAL ART AND CULTURE" SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL - (3) III/2020 ISSN 2181-063X


Matematika sohasidagi talabalar uchun har semestr oxirida dunyo standartlari asosida tuzilgan nazorat va test topshiriqlarini tashkil etish va ular asosida talabalarni bilimlarini mustahkamlashni tashkil etish.


Bu, talabalarimiz bilim saviyasini dunyo standartlariga javob bera olishini ta’minlaydi.


Matematika sohasidagi talalabalarga maxsus matematik yordamchi dasturlar (MATlab, MATHcad, geogebra…) dan foydalanish ko’nikmalarini o’rgatish va ulardan amaliyotda keng ko’lamda foydalanish shart – sharoitlarini yaratish.

Bu ularga fan nuqtai nazaridan hisob – kitoblarni tezlikda bajarish va matematik tasavvurlarini kengroq shakllantirishda juda katta yordamchi bo’lib hizmat qiladi.


Keng bazali kutubxona resurslarini ham bosma, ham elektron shakllari bilan barcha OTM larni ta’minlash.

Albatta, talabalarimizning bunday tizimga moslashishlari uchun yetarlicha vaqt kerak. Ularni bunga tayyorlash avvalo, pedagog ustozlarning vazifasi. Shuning uchun bunday sistemani shakllantirish uchun, avvalo, OTM larini professional va yetuk malakali ustozlar bilan ta’minash lozim.


Shu bilan birga ta’lim kredit – modul tizimi o’quv jarayonini tashkil qilish tamoyillarini takomillashtirish, talabalarni bilimini nazorat qilish, oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchi – professorlar tarkibini moddiy rag’batlantirish va mehnat haqqini yaxshilash tamoyillarini ko’rib chiqishni talab etadi. Bundan tashqari, talabalarni o’quv qo’llanma va materiallar bilan ta’minlanganlik, amaldagi me’yorlarni ta’lim krediti tizimini talablariga mos bo’lishi, zamonaviy jihozlar va ko’paytirish texnikasi bilan jihozlangan shaxsiy matbuot markazini mavjud bo’lishi muhimdir. Ishonchim komilki, bunday tizimni O’zbekiston ta’lim tizimiga olib kirish mamlakatimizning hamma sohalarining rivoji yo’lidagi katta burilishni yasaydi. Zotan, oliy ta’limdan yetishib chiqqan bilimli, kreativ kadrlar yurtimiz kelajagi poydevoridir.


Maqola oxirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kredit tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Farhod Alisherovni so’zlarini keltirmoqchiman: ”Bilasizmi, ko’p talabalar kredit – modul tizimi nimaligini haligacha tushunib yetganlari yo’q. xattoki, tizimni xushlamayotganlar ham yo’q emas. sababi negaligini mendan ko’ra yaxshiroq tushunib turibsiz… Hatto, oldingi tizim tarafdorlari ham topiladi. Ularga savol: xo’sh, aytingchi, avvalgi tizim zo’r ekan, nega unda ta’lim tizimimizning tanqiddan boshi chiqmay qoldi?.. Ammo, yangi tizim, yangi ta’lim hammasini o’z izmiga solmoqda. Talabalardan so’ralayotgan yagona narsa bu – chuqur bilim egallash! Endi boshqachasiga ta’lim olish, o’quv jarayonini davom ettirish mumkin emas!”


269 HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

"ORIENTAL ART AND CULTURE" SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL - (3) III/2020 ISSN 2181-063X





Download 77,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish