Umurtqa pog'onasi. Umurtqa asosan alohida – alohida umurtqa suyaklarning
umurtqalararo tog'ayli disk qavati yordamida ustma –ust joylashuvidan hosil
bo'ladi. Umurtqa pog'onasi skelet o'qi va tayansi hisoblanadi. Tana uzunligining 40
% ini tashkil etadi. Yosh kattalashgan sari disklarning balandligi pasayadi, umurtqa
ustunining o'sishi 1-2 yosh davrida jadal sur'atda sodir bo'ladi. Hayotning birinchi
1,5 yilida uning turli qismlarini o'sishi bir tekis bo'lib, keyinchalik 3 yoshgacha
bo'yin va yuqori ko'krak pog'onalarini o'sishi susayadi va bel pog'onalarining
o'sishi kuchayadi. Bu jarayon umurtqa pog'onasining keyinchalik o'sishi davrida
ham davom etadi. Umurtqaning o'sish tempini kuchayishi 7-9 yoshda va jinsiy
balog'atga yetish davrida kuzatiladi. Keyinchalik bo'yiga qo'shilishi juda kam
bo'ladi. Suyaklarning qotish jarayoni xomila davridayoq boshlanadi va bolalik
davrining barcha yoshlarida davom etadi. Bola 14 yoshga to'lgunga qadar
umurtqaning o'rta qismlari suyaklari qotadi. Jinsiy balog'atga yetish davrida
plastinkalar ko'rinishidagi yangi nuqtalar paydo bo'ladi, ular 20 yoshga kelib
umurtqa tanasi bilan qo'shiladi. Suyaklarning qotish jarayoni 21-23 yoshga kelib
yakunlanadi. Umurtqa pog'onasi kanali ichida orqa miya joylashgan, uni tashqi
ta'sirlardan saqlab turadi. Umurtqa pog'onasi yuqorigi va pastki kamar og'irligini
yengillashtiradi, umurtqa yoylari va tanalaridan hosil bo'lgan teshiklar tutashib,
umurtqa kanalini hosil qiladi. Umurtqa pog'onasini yonida umurtqalararo teshiklar
bo'lib, bu teshiklardan orqa miya nervlari va qon tomirlar o'tadi. Umurtqa
pog'onasi 33 – 34 umurtqadan tashkil topgan bo'lib, besh qismdan bo'yin – 7 ta,
31
ko'krak – 12 ta, bel – 5 ta, dumg'aza – 5 ta, dum – 4 -5 ta umurtqalardan iborat
bo'ladi. Katta odamning umurtqa pog'onasida 4 ta egrilik bo'ladi. Birinchi egrilik
bo'yin qismida bo'ladi va oldinga qarab bo'rtib chiqadi. Ikkinchisi ko'krak qismida,
uchinchisi bel qismida, to'rtinchi egrilik dumg'aza va dum umurtqalarida hosil
bo'lib, orqaga qaragan bo'ladi. Bu egriliklar bola yurganda bilinadi, yotganda ular
yoziladi. O'smirlik davrida bel egriligi vujudga keladi. Umurtqa pog'onasining
suyaklari tez o'sish jarayoni o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan kechroq tugaydi.
SHuning uchun bolalarda parta stollarda qiyshiq o'tirganda turli qiyshayish
xollari kuzatiladi. Bu bola qaddi qomatini buzilishi bilan ba'zan umurtqa
pog'onasining bir tomonga qiyshayib qolishiga skalioz va boshqalarga sabab
bo'ladi. Umurtqa pog'onasining bo'yin va bel qismi juda harakatchan. Umurtqa
pog'onasi bukiladi va yoziladi, o'ng va chapga egiladi, shuningdek, ko'ndalang o'q
atrofida buriladi. Uning harakatchanligi kattalarga qaraganda bolalarda ancha ortiq
bo'ladi. Katta yoshdagi erkaklarda umurtqa pog'onasining uzunligi 75 sm,
ayollarda 68 sm bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |