6. Kichik maktab yoshidagi davr. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha
davom etadi. Ushbu davrda o'sish va skelet suyaklarini suyaklanishi davom etadi,
oyoqlarning o'sishi hisobiga tana proportsiyalari o'zgaradi, mushaklar jadal
rivojlanadi, katta yarim sharlar po'stlog'ining integratsiyalovchi roli ortadi,
tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar, o'pka, yurak va boshqa
a'zolar hamda to'qimalarning strukturaviy va funktsional differentsiyalashuvi
yakuniga yetadi. Timus bezini qaytar rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimon bez va
gipofizning funktsiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal ta'siri boshlanadi.
Jinsiy voyaga yetishni 3 bosqichga bo'linadi:
11
Do'stlaringiz bilan baham: |