Organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir



Download 131,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi131,19 Kb.
#219558
  1   2
Bog'liq
Hujayra - Vikipediya



Hujayra

Hujayra - barcha 

hayot


 organizmlarning

tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir

(viruslar bundan mustasno). Hujayra

organizmning yashayotgan eng kichik

boʻlagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar

(masalan, bakteriyalar) 

bir hujayralidir

,

yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa



organizmlar esa 

koʻp hujayralidirlar

(masalan, oʻrtacha odam 100 trillion yoki

10

14



 hujayradan iboratdir; oʻrtacha

hujayra oʻlchami 10 mikrometr, massasi




esa 1 

nanogramdir

). Eng katta hujayra

tuyaqush


 tuxumi boʻlib, uzunligi 15 sm,

massasi 1.4 kg gacha boʻladi. Hujayrani

ilk marta 

Robert Guk

 1665-yilda kashf

qilgan.


Hujayra (lot. sellula, sulis — katakcha) —

barcha tirik organizmlarning tuzilishi va

funksional birligi, elementar tirik sistema.

Alohida organizm sifatida hayot

kechirishi (bakteriyalar, eng sodda

hayvonlar, ayrim suvoʻtlar va

zamburugʻlar) yoki koʻp hujayrali

organizmlar toʻqimalari tarkibiga kirishi

mumkin. Genetik apparat eukariotlarda

sitoplazma membrana bilan ajralgan

yadroda; prokariotlar esa 

nukleoidda




joylashadi. 

Jinsiy hujayra

 meyoz

natijasida hosil boʻladi.



Hujayra oʻlchami 0,1—0,25 mkm dan

(ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha

(tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil

funksiyasini ixtisoslashgan ichki

strukturalar — organoidlar bajaradi.

H.ning universal organoidlari: yadroda —

xromosomalar, sitoplazmada — ribo-

somalar, mitoxondriyalar, endoplaz-matik

toʻr, Golji kompleksi, lizo-somalgr. Ayrim

manbalarda H. membranasi ham

organoidlar qatoriga kiritiladi. Koʻpchilik

H.da boʻladigan membrana strukturalari

— mikronay-chalar, mikrofibrillalar H.



shaklining; H. kiritmalari H. tarkibining

doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.

H. ichida va organizmning ichki suyuq

muhitida boʻladigan oqsillar, jumladan,

fermentlar ham H.da sin-tezlanadi.

H.ning har qaysi organo-idi faqat unga

xos vazifani bajaradi. Mas, eukariotlarda

H.ning nafas olishi faqat mitoxondriyalar

mem-branalarida, oqsil sintezi — ribo-

somalarda kechadi. Fermentlarning

konsentratsiyalanishi va ularning

H.strukturasida muayyan tartibda

joylashuvi kimyoviy reaksiyalarni

tezlashtirib, ketma-ket borishi (kon-veyer

prinsipi)ni taʼminlaydi. H.ga xos

mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi




komponentdan bir vaqtning oʻzida har xil

moddalarni juda oz miqdor

(mikrohajm)da sintezlash imkonini

beradi. Ixchamlik prinsi-pi ayniqsa DN K

strukturasi uchun xos. Mas, odam

tuxumhujayrasining 61012g keladigan

DNK si organizm uchun xos boʻlgan

barcha oqsillarni kodlaydi. H. ichida

ionlarning muay-yan konsentratsiyasi

saqlanadi. H. muhitdan yirik molekulalar,

jumladan, oqsillar, hatto viruslarni

pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular

fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish

xususiyatiga ega.

Oʻsimlik H.si hujayra membra-nasi

sirtidan qattiq qobiqb-n qoplangan




(qobiq jinsiy H.da boʻlmay-di). H.

qobigʻida teshikchalar bor. Bu

teshikchalardan oʻtadigan sitoplazma

oʻsimtalari orqali qoʻshni H. oʻzaro

bogʻlangan. Oʻsishdan toʻxtagan H.

qobigʻiga lignin, kremnezem yoki b.

moddalar shimilishi natijasida ancha

pishiq va qattiq boʻlib qoladi. Oʻsimlik

yogʻochining pishiqligi ana shu

moddalarga bogʻliq. Ayrim oʻsimliklar

toʻqimasi H.lari ayniqsa juda pishiqH.

devoriga ega boʻlib, H. halok boʻlgandan

soʻng ham oʻzining tayanch skeletlik

funksiyasini saqlab qoladi.

Ixtisoslashgan oʻsimlik H.sining bir necha

yoki bitta markaziy vakuolasi bor; ularda

har xil tuzlar eritmasi, ugle-vodlar, organik



kislotalar, alka-loidlar, aminokislotalar,

oqsillar, hatto zaxira suv boʻladi. Oʻsimlik

H.lari sitoplazmasida maxsus

organoidlar — plastidalar bor; Golji

kompleksi esa sitoplazmada tarqalgan

diktiosomalardan iborat.

Barcha eukariotlar H.si bir xildagi

organoidlar va metabolizmni boshqarish

mexanizmlariga ega. Ular pro-kariotlar

singari metabolizmni boshqarish,

energiyani jamgʻarish va saqlash, oqsil

sintezida genetik koddan foydalanish

xususiyatiga ega. Barcha H.

membranasining funksiyasi ham

oʻxshash. H. tuzilishi va funksiyasining

oʻxshashligi ular kelib chiqi-shidagi




umumiylikdan dalolat beradi. Biroq

organizmdagi H. oʻlchami va shakli, u yoki

bu organoidlari soni, fermentlar majmui

bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq

organizmdagi H.ning oʻzaro

kooperatsiyasi va ularning funksional

ixtisoslashuvi bilan bogʻ-liq. Bir

hujayralilar H.sining tuzilishi va funksiyasi

oʻrtasidagi tafovutni koʻp jihatdan

ularning yashash muhitiga moslanishi

bilan tushuntiriladi. Genetik apparat

tuzilishidagi oʻxshashlik prokariot va

eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni

tushuntirish uchun dalil boʻladi. Ammo bir

hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar

boʻlishi ham mumkin. Simbiogenez

nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar



xoʻjayin H. mitoxon-driyalariga,

boshqalari — xloroplastlarga aylangan va

organoid tarzida oʻz-oʻzidan koʻpaya

boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan

esa prokariot H.ning strukturalari asta-

sekin rivojlanib, eukariotga aylangan.

Bir organizmning barcha H.lari ge-nomi

potensial axborot hajmi jihatdan

urugʻlangan tuxumhujayra genomidan

farq qilmaydi. Ixtisoslashgan H. yadrosini

yadrosi olib tashlangan H.ga koʻchirib

oʻtkazilganda normal organizm

rivojlanishi buni isbotlaydi. Koʻp hujayrali

organizmda H. xossalari oʻrtasidagi farq

genlar faolligining bir xil boʻlmasligi

tufayli kelib chiqadi. H.ning har xil




ixtisoslashuvi natijasida bir xil H.lar (nerv)

qoʻzgʻaluvchanlik; boshqalari (muskul)

miofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega

boʻlishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari

(bezli H.) hazm qilish fermentlari va

gormonlarni sintezlash xususiyatiga ega

boʻladi. Koʻpchilik H. koʻp funksiyali, mas,

jigar H.si qon plazmasi va oʻt suyuqligi

oqsillarini sin-tezlaydi; glikogen toʻplaydi

va uni glyukozaga aylantiradi; yot

moddalar (jumladan, dorilar)ni

parchalaydi. Barcha H.da umumiy

funksiyaga ega boʻlgan genlar faol

boʻladi. Shunday qilib, har xil H.lar

oʻrtasidagi oʻxshashlik belgilari ularni bir-

bi-ridan farq qiluvchi belgilarga nis-batan

koʻproq boʻlib, kelib chiqishi va



funksiyasiga koʻra oʻxshash H.

toʻqimalarni hosil qiladi (qarang

Toʻqima).

Metabolitlar va ionlar — H.dagi

jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular

genlarga taʼsir etish orqali fermentlar

sintezini yoki bevosita fermentlarning

oʻziga taʼsir koʻrsa-tib, ular faolligini

oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini

boshqarish mexanizmlari tufayli H.da

hayot uchun muhim boʻlgan koʻp

jarayonlar optimal (eng qulay) holda

saqlanib turadi.

H.larning oʻzaro taʼsiri, nerv va

gormonlarning H. faolligini oʻzgarishiga

olib keladigan xususiyatlari tashqaridan




boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday

omillar H.ning oʻziga xos xususiyatlarini

saqlab turish uchun zarur. H. kulturasiga

xos sunʼiy sharoitda H.ning oʻziga hos

koʻpgina xususiyatlari yoʻqoladi.

Eukariot H. mitoz orqali oʻz-oʻzidan

koʻpayadi. Odam organizmidagi H. soni

1014. Ayrim toʻqimalarda H. soni hayot

davomida doimiy boʻlib qoladi; faqat kam

ixtisoslashgan H. boʻlinadi. Mas, odam

organizmida sutka davomida 70 mlrd. ga

yaqin ichak epi-teliysi H.si, 2 mlrd.

eritrotsit nobud boʻlib turadi. Bir qancha

toʻqi-malarda H. toʻliq ixtisoslashgan

holda H. sikliga kiradi. Bunday hollarda

mitoz H. boʻlinmasdan xro-




mosomalarning 2 hissa ortishi bilan

tugaydi (qarang Poliploidiya) yoki mitoz

boshlanmasdan xromatidlar soni 2 hissa

oshadi. Ayrim ixtisoslashgan H. yadrosi

umuman H. sikliga kirishmaydi (mas,

neyronlar, skelet mus-kullari tolasi).

Bunday hollarda H. hayoti organizm

umrining uzoqligiga teng boʻladi. Odam

H.si oʻrtacha 1 — 2 kun (ichak epiteliysi)

yashaydi. Barcha H.larda moddalar va

struktura elementlari faol yangilanib

turadi. Toʻqimalarni hosil qiluvchi beqiyos

koʻp sonli H.lardagi metabo-litik va

boshqaruv jarayonlarining oʻzaro

bogʻlanganligi, ular tarkibining doimo

yangilanib turishi koʻp hujayrali organizm

organlarining nuqsonsiz ishlab turishini



taʼminlaydi. H.ni sitologiya fani oʻrganadi.

Yana q. Hujayra nazariyasi, Hujayra sikli.

 Sulaymanov Umirzoq 6b 20 

guruh 


Zaxarov V.B..Mamatov S.G.,So-n i i V.I.,

Obshaya biologiya. M., 2002; Ch ye n -

sov Yu.S., Obshaya sitologiya, M., 1984;

Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t.

1—3. M., 1990; M avlonov O., Biologiya

(Maʼlumotnoma|, T., 2003.

Kurash Nishonboyev, Ochil Mavlonov.

Adabiyot




Download 131,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish