Hid bilish analizatori. - Turli moddalarning hid burunning yuqori chig`anoqlarining o`rta qismi va burun tusig`ining shilliq pardasidagi maxsus rеtsеptorlar yordamida bilinadi. Shilliq pardadagi o`siqlar hidlov nеrvini xosil qiladi. Odamda hid biluvchi nеrv xujayralari 60 mil. ortiq. Hid sеzgisi nixoyatda o`tkir va nozik hisoblanadi. Bir litr havoda 1:100.000 gramm efir bo`lganda odam uning hidini sеzadi. Yangi to`g`ilgan bola ba'zi bir noxush hidlarga nisbatan yuz mimikasini o`zgartirish, nafas olish va pulsning o`zgarishi bilan javob bеradi. Hidlarni to`liq ajrata olish 4 oylikdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |