"O'rganilayotgan mintaqa iqtisodi (xitoy iqtisodiyoti)" fanidan o'quv uslubiy majmua



Download 3,16 Mb.
bet39/150
Sana29.04.2022
Hajmi3,16 Mb.
#591259
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
Bog'liq
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Infratuzilmaning rivojlanishi. Mamlakat mintaqalarida ahamiyatli tarzda ko‘proq daromadlarni keltiruvchi tarmoqlarga asosiy investisiyalar hajmining quyilishini ko‘zda tutish bilan birga, ijtimoiy soha korxonalarini rivojlantirish loyihalarini ham esda tutish muhimdir.Xususan, transport, kommunikatsiya, energetika, suv va elektr bilan ta’minlash va boshqalar. Keng ma’noda ular qatoriga yana ta’lim, sog‘liqni saqlash, qonunni va umumiy tartibni ta’minlash ham kiradi. Ushbu yuqorida ta’kidlangan xizmatlar tashqaridan import qilinmaydi va ular davlat yoki jamiyat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladi. Mazkur infratuzilma tarmoqlarining cheklanganligi qoloq mintaqalarga xos bo‘lgan belgilardir. Bunga ko‘pgina nisbatan rivojlangan mintaqalardagi infratuzilmalarning yetarli emasligin ularning umumiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar hisoblanadi. Infratuzilmalarni rivojlantiruvchi loyihalarga investisiyalarni jalb etishni kengaytirish juda ham yaxshi natijalarni bermoqdadir.
Iqtisodiyotni ixtisoslashtirish Mintaqalarning nisbatan ustunliklarini mavjudligi uning iqtisodiyoyohtini yuqori darajada ixtisoslashtirishga olib kelishi mumkin. Unda ikkita holatni ta’kidlash mumkindir:

  • birinchidan, ushbu ustunliklar strategik siyosat yo‘nalishlarini konstektida ko‘rish mumkin;

  • ikkinchidan, mintaqaviy tarmoqlar .ixtisosligi asosida nisbatan ustunliklarni hisobga olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;

  • mintaqaviy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashning samarali vositasi bo‘lib mahsulotlar, ishchi kuchi va investisiyalarning xarakati xizmat qiladi.

Texnologik va tizimiy innovatsiyalar. Mintaqaviy iqtisodiyot innovatsiyaning 2 shakli bilan bog‘liqdir: ular: taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi , ya’ni, texnologik va tizimiy bo‘lgan shakllarga bog‘liqdir.
Texnologik innovatsiyalar ishlab chiqarish tarkibiga doimiy ravishda asosan, yangi va yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirish natijasida o‘zgartirishlar kiritadi. Innovatsiyalar:

  • birinchidan, mintaqaning ustuvor resur salohiyatini real iqtisodiy salohiyatga aylantiradi.

  • ikkinchidan, ushbu progressiv texnologiyalar yetishmayotgan mintaqaviy resurslarni birlashishga va ularni o‘rnini qoplashga xizmat qiladi;

  • uchinchidan, texnologik innnovatsiyalar ishlab chiqarishni xududiy joylashtirishga ta’sir etuvchi muhim omildir;

  • to‘rtinchidan, mintaqada urbanizatsiya jarayoni tezlashadi;

  • beshinchidan, mintaqaning nisbatan ustunligidan foydalanishning modeli shakllanadi.

Iqtisodiy rivojlanishning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi - bu innovasion tizimlar hisoblanadi. Xitoyda ular iqtisodiy tizimni transformatsiyalashni tezroq tugatishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bunda mulk islohotlari asosiy bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatdagi korxonalar bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etib, islohotlar uning faoliyat ko‘rsatishi uchun asosiy sharoitlarni belgilab beradi va shu bilan birga, ularning mustaqil iqtisodiy manfaatlarini hamda mulk huquqini tan oladi. Mana shuning uchun albatta kerakli huquqiy va institusional ta’minotni shakllantirish lozimdir..
Tizimiy optimallashtirish – bu birlashtirilgan jarayon bo‘lib, unda asosiy xarakatlanuvchi kuchlar davlat va bozor hisoblanadi. Iqtisodiyotning davlat va bozor tomonidan tartibga solinishi bir-birini to‘ldirishi va bir-biriga mos bo‘lishi lozimdir. Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi bozor mexanizmini faoliyat ko‘rsatishiga yordam berishi lozim. Lokal darajada u resurslar bilan ta’minlashni boshqarishdan iborat bo‘lishi kerakdir. Xitoyning mintaqaviy hukumat organlari hozirda o‘z e’tiborlarini ko‘proq mahalliy resurslarni taqsimlashga va joylarga xorijiy kapitalni jalb qilishga qaratmoqdalar. Markaziy va mahalliy hukumatlarning iqtisodiy vazifalarini amalga oshirilishi uchun bozor talabidan kelib chiqib, ularning har qaysisining iqtisodiyotga aralashuv darajasi va usullarini aniq asoslab olish lozimdir. Mintaqalar darajasidagi iqtisodiy rivojlanish uning maqsadga yo‘naltirilgan siyosati va boshqarilishiga bog‘liqdir. Xitoyning umumiy maqsadga yo‘naltirilgan siyosati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Sharqiy mintaqadagi makroiqtisodiy vaziyatni yanada yaxshilaydigan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish;

  • aholining qashshoq qismiga yordam berishga urg‘u qo‘ygan holda, mamlakatning Markaziy va G‘arbiy xududlarini rivojlanishini tezlashtirish;

  • qashshoqlikka qarshi kurash mintaqaviy dasturining samarasini oshirish.

Mamlakatdagi soliq, moliya, sanoat ishlab chiqarish siyosatini amalga oshirishda asosiy masalalar qatoriga davlat byudjetining daromadlar qismidagi transfert to‘lovlari tizimini tashkil etishni, ulardagi infratuzilmalarni takomillashtirishni, sarmoyalar dinamikasini va ishchi kuchidan foydalanishni yaxshalashni qo‘yish mumkindir. Mintaqaviy va tarmoq boshqaruv organilari vazifalariga tarmoqlararo aloqalarni bir-birini to‘ldirgan va birlashgan holda, koordinatsiya va kooperatsiya yo‘li bilan muammolarni hal etish kiradi. Ularning barchasi esa, mamlakatdagi iqtisodiy qonuniyatlarni rivojlantirish asosida va bozorni kengaytirish hamda takomillashtirish asosida, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishni ko‘zlaydi.

Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish