Maktabda fizika ta`limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o`rni bilan belgilanadi. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida fizika ta`limining asosiy vazifalaridan biri o`quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, ulchashlar, fizikadan amaldagi tatbiqlari, olamni fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish, shu bilan birga fizikaga oid asbob va uskunalardan, laboratoriya o`tkazish jarayonida sodda xulosalar chiqarish, xavsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini shakillantirishdan iborat.
Fizikadan laboratoriya ishlari frontal o`tkazish bilan o`quvchilarni mehnat qilishga o`rgatamiz, hamda ularni bilimlarni shakillantira boramiz.
Laboratoriya ishlarini metodik talablar asosida tashkil etilsa, o`quvchilarni fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. O`quvchilarga berilgan savolni tajriba asosida javobyu topishga o`rgatiladi.
Laboratoriya ishlarini tashkil etish va o`tkazishni quyidagi o`quv masalalari hal qilinadi.
- o`rganiladigan qonunlarning to`griligini isbotlanadi.
-fizik kattaliklarni o`lchashni o`rganiladi
-fizik kattaliklar va fizik hodisa o`rtasidagi bog`lanishni anglaydilar
-o`lchov asboblari bilan ishlashni o`rganadilar
-sxemalar va chizmalarni o`qishni o`rganadilar
-o`quvchilarda konstruktorlik. ijodkorlik va texnik qobiliyatlari rivojlanadi.
fizik asboblarning tuzilishi va ishlash jarayonlarini o`rganiladi.
Laboratoriya ishlarini tashkil etishda 2 xil usuldan foydalaniladi.
1. Frontal laboratoriya ishlari
2. Fizik praktikumlar
Frontal laboratoriya ishlarini o`tkazishda sinfdagi barcha o`quvchilar bitta mavzuni, bir xil asboblar bilan o`qituvchini ko`rsatmasi asosida o`tkazadilar. Bu laboratoriya ishlari 45 minut, ya`ni 1 soatga muljallangan bo`lish mumkin. Ayrimlar esa, 5-15 minut bo`ladi.
Qisqa muddatli frontal laboratoriya ishlari-frontal tajribalar deb maktab o`quvchilarini har tamonlama tarakkiy qildirishda fizika o`qituvchisi qo`llaydigan turli o`qitish formulasi mavjud. Bu orasida frontal laboratoriya mashg`ulotlari: Laboratoriya ishlari,laboratoriya kuzatishlari, sifatiy tajribalar va kuzatishlar, frontal eksperiment va xokazolar alohida o`rin tutadi. Ular uzoq davom etuvchi va qisqa muddatli, kirish va yakuniy, o`quvchining batafsil ko`rsatmalari bo`yicha yoki ko`pgina mustaqillik elementlari bilan bajariluvchi hisobot va baholashga talab etuvchi bo`lishi mumkin.
Maktabda fizikadan laboratoriya mashg`ulotlarining forma va metodlari turlicha. Masalan: zveno usulda, frontal usulda o`tkazish mumkin.
Ayniqsa bu mashg`ulotlarining frontal metodi ma`lumki, qator muhim juda yaxshi hususiyatlarga ega. Bu usul eng avvalo o`quvchilarning laboratoriya mashg`ulotlarini o`rganilayotgan kurs bilan yaqindan bog`lashga va praktikumlarda o`quvchining demonstratsion tajribalari bilan o`quvchilar mustaqil bajaradigan laboratoriya ishlari o`rtasida aloqa o`rnatishga imkon beradi. Frontal usul tufayli laboratoriya mashg`ulotlari mashg`ulotlari biror kurs rejasiga kirish qismidek yoki o`quvchi tushuntirishga qo`shimcha sifati, yoki o`tilgan materiallarni o`rnida, yoki olingan bilim, o`quv va malakalarni tekshirish holida kuyilishi mumkin. Frontal mashg`ulotlar bir vaktning o`zida sinfdagi barcha o`quvchilarni u yoki bu masalalari yechimini izlashga jalb etish imkonini beradi. Bu hol o`quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini ancha faollashtiradi.
Laboratoriya eksperimenti o`qitish jarayonida materialni chuqur o`zlashtirishga ancha yordam beruvchi zarur bo`gin bo`lib, o`quvchilar bilimidagi formalizmga qarshi- kurash vositasidir. Bundan tashqari, frontal metod o`quvchilarga eng sodda o`lchov asboblari va boshqa apparatura bilan muomila qilishda ba`zi boshlangich amaliy malaka olish imkonini beradi.
Frontal laboratoriya mashg`ulotlarini muvafaqqiyatli o`tkazish uchun har bir maktabda sanoat ishlab chiqargan asboblar va qisman qo`lda yasalgan asboblardan iborat sinchiklab taxlangan asbob-uskunalar komplekti bo`lishi lozim.
Maktab ustaxonalarida o`quvchilarning o`zlari oddiy asboblar va moslamalar masalan: shayinli tarozi, sim ilgaklar, tunukadan qilingan tutqichlar va xokazolarni osongina yasay oladilar.
laboratoriya ishlarining belgilariga ko`ra uning klassifikatsiyasi har kim bo`lishi mumkin. Masalan: qisqa vaqtli va butun bir darsga mo`ljallangan ishlar fizikaviy hodisalarni kuzatish bilan bog`langan sifatli ishlar va kuzatishgina emas, balki o`lchashlar ham bajariladigan miqdoriy ishlar: oldindan taklif qilingan reja asosida bajariladigan ishlar va o`quvchilarga mustaqillik beriladigan ishlar va boshqalar mavjud. Ammo bu belgilarni hammasi frontal laboratoriya ishlarning xilma-xilligini qamrab ola olmaydi. Metodik nuqtai- nazardan o`qituvchining frontal laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil qilishda tutgan maqsad va vazifalari bo`yicha klassifikatsiya q`ilinadagan ishlar eng qiziqarlidir.
Bu belgilarga muvofiq, masalan quyidagi turdagi ishlarni ko`zda tutish mumkin.
1. Fizikaviy hodisalarni kuzatish va urganish.
2. Turli xil fizikaviy asbob, qurilmalarni tuzilishi va ishlashi hamda ularni ishlatish usullari bilan tanishish 3. O`lchov asboblari bilan tanishish va fizikaviy kattaliklarni o`lchash.
4.Fizikaviy kattaliklar orasidagi miqdoriy qonunlarni aniqlash yoki tekshirish
5. Fizikaviy doimiylarning aniqlash va shunday aniqlashlarning turli metodlar bilan tanishish
Frontal laboratoriya ishlari o`qituvchiga biror masalaning yechimini izlashga kerak bo`lganda butun sinf o`quvchilarini jalb qilishga imkon beradi. Bunday ishlar odatda o`qituvchining tushuntirish, dars davomida masalalar yechish, o`quvchilarning savollari kelgusi mashg`ulotlarga tayyorlanish, ulchov asboblari bilan ishlashni mashq kilish kabilar bilan bog`langan. Shunday qilib frontal mashg`ulotlarimiz o`ziga ta`lim berish emas balki bu eng avval o`rgatishdir.
Bu yerda asosiy rolni o`qituvchi bajaradi. U ham ishni tashkil qilishi va yo`naltira bilishi. O`quvchilar bilan mashg`ulotlar rejasini tuzishi, asbob-uskunalarni tez tayyorlashni va tarqatishni tashkil etishni, ogzaki aniq va tushunarli vazifalar hamda tushuntirishlar berishi, o`quvchilarga o`z vaqtida yordam berishi olgan ish natijalarini qayta ishlashi va umumlashtirishni, o`quvchilarni doimo kuzatib turishi, ular olgan o`quv, bilim va malakalarni nazorat qilishi va baholashi kerak. Hamma ishni muaffaqiyati o`quvchini shunday ishlarga qanchalik yaxshi tayyorlanganligiga bog`lik, frontal laboratoriya ishlari turlicha o`tkazilishi mumkin. Fizika kursining biror mavzusiga kirish sifatida,o`tilganlarni takrorlash va umumlashtirish sifatida yoki olingan bilim,uquv va malakalarni nazorat qilishi sifatidir.
Laboratoriya ishlarni frontal bajarish kirish qismida aytib o`tilganidek, mashg`ulot oxirida olingan kuzatish va o`lchashlar natijalarini jamoa ravishda muhokama qilishga to`la imkon beradi. Bu o`quvchilar zvenolari ishni to`gri bajarganini tez nazorat qilishga imkon beradi va ularni asta-sekin shunday natijalarni ishlab chiqish va to`gri baholashni o`rgatadi. 6-7- sinflarda sonli natijalarni ishlashda taqribiy sonlar ustida amallar bajarish qoidalari bilan cheklanish yetarli bo`ladi, 8-sinfda esa o`quvchilarni chegaralar metodi yordamida maksimal xatolarni hisoblash yo`llari bilan tanish tirish mumkin. Bu yerda bunday hisoblashlarning hajmi va xarakterini muhokama qilishga zaruriat yo`k, chunki bularning hammasi o`lchash xarakteridagi ko`pchilik ishlarning bayoni oxirida batafsil keltiriladi.
Shuni esda tutish kerakki, laboratoriya ishlarini bajarishda o`quvchilar xatoliklarni hisoblash usullari va malakalarini juda qiyinchilik bilan o`zlashtiradilar, shuning uchun bu yerda ayrim umumiy dastlabki ko`rsatma va tushunchalar bilan chegaralanish mumkin emas.
Tajriba natijalarini jamoa ravishda muhokama qilganda o`lchash xarakteridagi har bir laboratoriya ishlaridan keyin konkret misollar yordamida shu malakalarni asta-sekin va izchillik bilan singdira borish hamda mashq qildirib borish kerak. Ayrim laboratoriya ishlari uchun olingan natijalarni ishlash, o`rganilayotgan jarayonning biror xosasini, fizikaviy kattaliklar orasidagi biror bog`lanishni ochiq kursatish kerak.
Bu holda natijalarni umumlashtirishning eng yaxshi shakli grafiklardir, ularni ham o`quvchilar bilan muhokama qilish kerak.
Grafiklarni qo`llashni konkret misoli: Naftalinning isish va erish hajmida, suvning isishi va qaynashi jarayonlarida kuzatiladi.Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida qisqacha yozma hisobot tuzish o`quvchilar uchun ancha qiyinchiliklar tugdiradi va yozish uchun an-
cha unumsiz vaqt sarf qilinadi.
Ayrim hollarda o`quvchilar hisobotda hamma asbob uskunalarning sanogi yoki qurilma tuzish jarayonini hamma bayoni: Masalan:"10 ta shtativ oldik, unga qisqichni o`rnatdik, qisqacha esa kolbani qisdik,kolbaga ozroq suv quydik" va shu kabi deyarli keraksiz materiallarni kiritishidi. Shuning uchun yozuvlarni ratsionallash va tajribani bajarish uchun ko`proq vaqt qoldirishga yordam berish maqsadida turli tipdagi laboratoriya ishlari haqida hisobotni qanday tuzishni ko`p martalab misollar yordamida kursatish kerak.
O`quvchilarning hisobotlarida ishning nomeri va nomini keltirib, ishning maqsadini butunlay ko`rsatma ham bo`ladi, chunki u ko`pgina ishning nomiga mos keladi. Asbob-uskunalarni ham sanab chiqishga hech qanday zaruriyat yo`q, chunki u hisobot ma`nosiga hech nima kushmaydi. Hisobotda ishning ma`nosi va nazariy asoslashni bayon qilish kerak emas. O`quvchi ishni tushunishi yoki tushunmasligi hisobotda kurilmalarning qisqa tushuntirishlar bilan keltiriladigan sxematik rasmlar yoki elektr zanjirining tushuntirishlar bilan berilgan sxemasiga qarab bilsa bo`ladi. Shunda rasm va sxemalar, formalar va o`lchash natijalari yoziladigan jadvallar hamda hisoblashlar bilan birgalikda hisobotning asosiy qismini tashkil qilishi kerak.
O`quvchilarni o`lchash ishlari uchun yozma hisobotida ko`pincha quyidagilar bo`lishi yetarli.
1. Laboratoriya ishining nomeri va nomi
2. Qurilmaning sxematik rasmi yoki elektr zanjirini sxemasi
3. O`lchash natijalarini jadvali yoki ish borishining bayoni
4. Hisoblashlar va xulosa
Bunda o`tilgan darsning mavzusi tushuntiriladi, o`quvchilar o`rganilgan mavzuni tajribada sinab ko`radilar. Bunday laboratoriya ishlariga "Dinamometr bilan kuchlarni o`lchash", "Elektr zanjirining turli qismlaridagi kuchlanishni o`lchash" kabilarni kiritish mumkin. Bunday o`tkazilgan laboratoriya ishlari fizika o`qitish samaradorligini sezilarli oshiradi. Shu bilan birga o`quvchilarning oddiy ishlarni bajarib borib, murakkab ishlarni qilishlariga yo`l ochadi va fizik asboblar bilan mashq qilishdagi amaliy qobiliyatlarini shakillantiradi.
Laboratoriya ishlarini iloji bo`lsa, mavzuni o`tib bo`lgandan so`ng, shu mavzuga doir ish bo`lsa, keyingi dars o`tkazish maqsadga muvofiq bo`ladi. Ba`zi bir laboratoriya ishlari masala yechishda ekspremental ishlarni bajarishga o`xshatib ham bajariladi. Fizika xonasida ikki o`quvchi bitta laboratoriya ishini bajarishlari uchun jihozlar yetarli bo`lishi kerak. Agar yetmasa,o`qituvchining rahbarligida o`quvchilar o`zlari tayyorlaydilar.Ayniqsa,qo`lda yasalgan asboblar asosiy metodik talablarga rioya qilishi kerak,ya`ni ko`rinishi chiroyli pishiq,ishlatishga ungay,tuzilishi sodda bo`lishi kerak.Qo`lda yasalgan asboblar standartlarga mos bo`lishi,aniq ishlaydigan bo`lishiga e`tibor berish kerak.
O`quvchilar o`tkaziladigan laboratoriya ishlarining nazariyasi bilan,o`tkazish usuli bilan to`liq tanishganlaridan so`ng,asboblar bilan tez,ravon ishlaydigan bo`ladilar va sifatli bajaradilar.Shuning uchun laboratoriya ishini o`tkazishdan avval unga kerakli nazariy bilimlarni,laboratoriya ishi o`tkazish ko`rsatmasi (opisaniye)ni mustaqil tanishishni o`quvchilarga topshirish kerak.Har bir laboratoriya ishlariga kerakli asbob va materiallarni to`lik bo`lishiga alohida e`tibor beriladi.Har bir asbobni ishlashini ko`zdan kechiriladi.
Tajribalar shuni ko`rsatmoqdaki,laboratoriya ishlarini quyidagi usullar asosida o`tkazish oquvchiga birmuncha qulayliklar tugdirishi mumkin.Kirish suhbati,o`quvchilar tomonidan eksperimentlar o`tkazish va o`lchash natijalarini ishlab chiqish va xulosalash.
Kirish suhbatida o`quvchilarning laboratoriya ishlarni bajarishlari uchun nazariy bilimlari qay darajada ekanligi,kerakli asbob va materiallar komplektini to`liq bilishlari,har bir asbobning ishlatish,muomala qilish malakalari tekshiriladi.Bu bilan laboratoriya ishlarini ongli o`tkazilishiga erishiladi.Shundan so`ng ishning o`tkazish maqsadi va o`tkazish tartibi bilan tanishtiriladi,asbob va materiallar bilan qanday ishlash kerakligi,hisobot yozishda nimalarga e`tibor berish kerakligi ta`kidlanadi.Bunday laboratoriya ishlari bajarish uchun kurgazmalar berish 6-sinf o`quvchilari uchun zarurdir.
Chunki 6-sinf o`quvchilari Ko`rsatma (opisaniye) ga qarab,laboratoriya ishlari bajarish ko`nikma va malakalarga ega emaslar.
Keyingi laboratoriya ishlarini o`tkazishda kirish suhbatidan so`ng o`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlariga o`rgatib borish malakalarini hosil qilish kerak.
Kirish suhbatida o`quvchilarning diqqatini fizik kattaliklar miqdorini aniq va to`gri o`lchash, xato qilmaslik imkoniyatlari,ishni bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinadigan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga qaratish kerak.
O`quvchilarga elektr zanjiri sxemalari tuzish topshiriladi,o`lchov asboblarini zanjirga ulaydilar,o`qituvchi tayyor bo`lgan sxemani kurib,tekshirib tok manbaiga ulashga ruxsat bermaguncha o`quvchilar uzlaricha tok manbaiga ulamasliklariga odatlantirish tavsiya etiladi.
Oqituvchi stollar orasida aylanib yurib,har bir o`quvchi bajargan amaliy ishini kurib,ko`rsatmalar berib boriladi,kerak bulsa,yakkama-yakka konsultasiyalar beradi.Agar ko`pchilik o`quvchilar bir xil tipik xatolar qilsalar,masalan:ampermetr yoki voltmetrni zanjirga ulash bo`yicha xatoga yo`l qoysalar barcha o`quvchilar diqqatini ampermetr yoki voltmetr to`gri ulashga qaratiladi,ulab ko`rsatiladi,o`qituvchi har bir o`quvchining oldiga borib,uning ishiga aralashib,mustaqil ishlashiga xalal bermasligi kerak.
O`quvchilarning bajargan ishlariga baho berish va tekshirish.O`quvchilar laboratoriya ishlarini bajarib bo`lganlaridan so`ng daftarlariga qilgan ishlari yuzasidan qisqa hisobot yozadilar,xulosalaydilar.Bu hisobotlarni,xulosalarnio`qituvchi sifatini,bajarilishi aniqligini,mazmunini tekshirib baholaydi. O`quvchi laboratoriya ishini to`gri bajargan bo`lsa,xulosalarini to`gri va aniq fikrlar bilan bayon etgan bo`lsa,o`qituvchi bu ishga bitta xato qo`yadi.Ball qo`yishda o`qituvchi o`quvchini o`lchash natijasining to`gri va aniq bo`lishiga,hisoblashlar to`griligiga,hisobotni savodli yozilishiga, ishning mustaqil bajarish darajasiga, o`quvchining bilim darajasiga, xavfsizlik texnikasi qoidalariga to`la amal qilishni hisobga olib baholaydi.
Laboratoriya ishini bajarish vaqtida har bir o`quvchining xatti-xarakatini ko`zdan kechirmasdan hisobga olib borishi va har bir o`quvchining daftaridagi ishiga,laboratoriya ishi o`tkazish vaqtidagi xarakteriga,intilishini hisobga olib,o`quvchining daftariga ball qo`yadi va shu kuni o`quvchining roziligi bilan sinf jurnaliga ko`chiradi,agarda o`quvchi olgan baliga norozi bo`lsa,qo`shimcha topshiriq berib,to`ldiruvchi ball sifatida jurnalga qayd qiladi.
Laboratoriya ishini bajarib bo`lingandan so`ng,o`qituvchi laboratoriya ishiga yakun yasaydi,yo`l ko`yilgan xatolarni ko`rsatadi,yaxshi bajarilgan ishlardan namunalar keltiradi.
3. O’quvchilarning mustaqil ishlari deganda o’qituvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt ichida o’quvchilar bajarishi tushiniladi. Bu vaqt ichida o’qituvchi kuzatib, raxbarlik qilib turadi. Fizikani fanini o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlari bajarishlari mumkin.
O’quv va ma’lumotnoma, adabiyotlar bilan ishlash.
Masala yechishda turli ish shakllari.
Labaratoriya amaliy ishlar.
Qidiruv elementiga ega bo’lgan frontal tajribalar.
Tarqatma materiallar bilan ishlash.
Kinetik sxemalar bilan ishlash,
O’rtoqlarining javoblari va chiqishlarini taqriz qilish, axborot va referatlar tayyorlash, tajribalarni kuzatish va undan hulosalar chiqarish.
Asbob va ko’rgazmalar tayyorlash va hk.
Mustaqil ish qanday bo’lishidan qat’iy nazar rahbarlik rolini o’qituvchi bajaradi.
Shuning uchun o’quvchilarni mustaqil ravishda ta’lim olishlarini rejalashtirishtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg’ulotlarida talabalarni o’qitish bilan bir qatorda ularni ko’proq o’qishga o’rgatish, bilim olish yo’llarini ko’rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo’llanma berish, umum ta’lim maktablarining ham asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchi mustaqil ravishda shug’ullansa va o’z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o’zlashtirishi mumkin.
O’quvchilarning asosiy bilim, ko’nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko’rsatish qobiyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo’ladi.
O’quvchilarning mustaqil iahi – muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o’qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Avvalo o’quvchilarni mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyorlash zarur.Shuning uchun har bir o’qituvchi dastlab talabada o’z qobiliyatlari va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg’otishi,ularni sabr toqat bilan,bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishlarini to’g’ri tashkil qilishga o’rgatib borishi lozim bo’ladi.
Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan quyidagicha mustaqil ishlar bajarilishi mumkin:
-O’quv va ma’lumotnoma adabiyotlari bilan ishlash
-Masala yechishda turli ish shakllari
-Labaratoriyadagi ishlar
-Tarqatma materiallari bilan ishlash
-Sxemalar bilan ishlash
-Asbob va ko’rgazmalar tayyorlash
Mustaqil ish qanday bo’lishidan qat’iy nazar rahbarlik rolini o’qituvchi bajaradi.U mustaqil ish hajmini va mazmunini,darsdagi o’rnini,uslubini aniqlaydi,vazifa tuzadi,o’quvchilarga yo’llanma beradi,o’z-o’zini nazorat qilishga o’rgatadi.
Mustaqil ishlar o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos tushishi,uni bajara oladigan va qiziqarli bo’lishi kerak.
O’quvchi mustaqil ishlarining shaklini va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi kerak:
-O’qish bosqichi
-Fizika fanining o’ziga hos xususiyatlari va o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi
-O’quvchilarning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi {tayanch bilim}
-Fanning axborot manbalari bilan ta’minganlik darajasi
-O’quvchining axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi
O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishda talabaning o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
-Fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish,o’quv manbalari bilan ishlash
-Amaliy, seminar va labaratoriya mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib kelish
-Ma’lum mavzu bo’yicha referat tayyorlab kelish
-Xisob-kitob va grafik ishlarini bajarish
-Amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish
-Test,munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash
-Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash
-Uy vazifalarini bajarish
Fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin.
Mamlakatimizni rivojlantirishning yangi shart-sharoitlarida shaxsni xamma tomonlama rivojlantirish ustuvor yo’nalish sifatida qaralmoqda. Zamonaviy axborot texnalogiyalari eng umumiy ko’rinishda yo’naltirilishi lozim bo’lgan o’qitish maqsadi asosida shaxsning xar tomonlama rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish sifatida shakillanadi. Shu munosabat bilan
O’zbekiston Respublikasining “Talim to’g’risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ta’lim jarayonida hayotiy o’z-o’zini belgilaydigan shahsni shakllantirish,uning o’z-o’zini namoyon qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish,jamiyat uchun barkamol avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan
Shunday ekan ta’lim maqsadlarini qo’yishning tehnologik yondashuvi jamiyatda ishlab chiqiladigan axborot texnologiyalarini joriy etishni taqazo qiladi.
Kompyuter tehnologiyalarining rivojlanishi bilan birga talabalarga dars berishning yangi turlari shakillanmoqda.
Dars jarayonini va mustaqil ishlarini tashkil etishda kompyuterning ahamiyati:
O’quvchIlar tomonidan kuzatish qiyin bo’lgan fizikaviy jarayonlarni ko’rgazmali tushuntirish mumkin.
O’quv jarayonidagi mustaqil ishlarni faollashtiradi va samaradorligini oshiradi.
Mustaqil ishlarni va o’quv materiyalini turli shakllarda uzatilishi (ovoz, matn, video, grafika, animatsiya) O’quvchIning diqqatini tortadi.
Mustaqil ishlarni tashkil etishda kompyuterning ahamiyati beqiyos ekanligini ko’rdik.
Ma’ruza va amaliy darslardagi mustaqil ishlarni tashkil etishda yahshi samara beradi. Ayrim labarotoriya ishlarida ham kompyuterdan voz kecholmaymiz.
Lekin amalda bajarsa bo’ladigan tajribalarni kompyuterda bajarsa aslidagidek bo’lmaydi.
Chunki “Aytsang unutaman, ko’rsatsang esda saqlayman, o’zim bajarsam idrok qilaman” degan gap bor.
XULOSA.
Hulosa o’rnida shuni aytish mumkinki avvalo o’quvchilarni mustaqil ishlari deganda o’qituvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt mobaynida o’quvchilar bajarishlari tushiniladi.
O’quvchilarni fizikadan o’quv va ilmiy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlarga o’rgatish orqali o’quvchilarni fizika faniga qiziqishlarini oshirish.
Qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish.
O’quvchilarni mustaqil ishlar bilan ishlashlari orqali izlanishga undash.
Masala yechishda turli ish shakllardan foydalanish.
Sxemalar bilan ishlash.
AT dan foydalanib slaydlar va boshqa dasturlar bilan mustaqil ishlashlarini ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |