Suyuq fazadan yengil uchuvchan komponent bug’ tarkibiga o’tadi,bug’ fazasidagi uchuvchan komponent esa suyuqlikka o’tadi.Rektifikatsion kolonnaning yuqorigi qismidan chiqayotgan bug’ asosan yengil uchuvchan komponentdan iborat bo’lib,u kondensatsiyaga uchragandan so’ng ikki qismga ajraladi.Kondensatsiyaning birinchi qismi distillyat yoki rektifikat deyiladi.Kondensatning ikkinchi qismi esa qurilmaga qaytariladi va u flegma deb ataladi.Qurilmaga qaytarilgan suyuqlik (flegma) pastdan ko’tarilayotgan bug’ bilan uchrashadi.Kolonnaning pastki qismidan asosan qoldiq uzluksiz chiqarilib chiqarilib turiladi
Bir komponent ikkinchi komponentda to’la erisayu biroq bosim maksimum yoki minimumga ega bo’lmasa,bunday holat 3-chiziq orqali ifodalanadi.Bunday eritmalar ideal sistemalar deyiladi.Masalan:ammiak-suv,metal spirti-etil spirti.
Flegma miqdorining distillyat miqdoriga nisbati flegma soni deb ataladi.Bu son rektifikatsion kolonna ishlarini tahlil qilishda muhim ahamiaytga ega.
Flegma miqdorining distillyat miqdoriga nisbati flegma soni deb ataladi.Bu son rektifikatsion kolonna ishlarini tahlil qilishda muhim ahamiaytga ega.
Distillyatning berilgan tarkibi o’zgarmas bo’lsa, V kesmaning kattaligi faqat flegma soniga bog’liq bo’ladi,chunki V= (R+1). Bunda R ning ko’payishi bilan V kesmasi kamayad, v nuqtasi vertical bo’yicha pastga tushadi va siljish (R=∞ bo’lganda) to diagramma dioganali bilan kesishguncha davom etadi (b nuqtasi).Bunda jarayonning harakatlantiruvchi kuchi (u*-u) maksimal qiymatiga ega bo’ladi. R ning kamayishi bilan b nuqtaning o’rni vertical bo’yicha yuqoriga siljiydi. Bunday holatda jarayonning harakatlantiruvchi kuchi kamayadi va R ma’lum bir minimal qiymatga ega bo’lganda (qachonki b nuqtasi b* holatni egalaganda) harakatlantiruvchi kuch nolga teng bo’lib qoladi.
Demak, kolonnaning ishlashi uchun zarur bo‘lgan flegma sonining qiymati va R=∞ chegaralari oralig‘ida bo’lishi zarur. Bunda flegmaning ish sonini aniqlash uchun ning qiymati ma’lum bo’lishi kerak.
Kolonnaning o’lchamlari va issiqlik tashuvchi agentlarning miqdorlari (isitkich uchun suv bug’i, deflegmator uchun sovuq suvning sarfi) flegma soniga qarab o‘zgaradi. Kapital mablag’ va kolonnalarni ishlatish uchun zarur bo‘lgan sarflar ham flegma soniga bog‘liq. Shu sababli haqiqiy flegma sonini hisoblash katta ahamiyatga ega.
13.11-rasm. Flegma sonining maqbul qiymatini aniqlashga doir: 1-quritmani ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar; 2-kapital xarajatlar; 3-umumiy xarajatlar,