Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi


Kislotalarning ekvivalentini topish uchun kislotaning molyar massasi kislota molekulasidagi metalga almashina oladigan vodorod atomlari soniga bo’linadi



Download 1,06 Mb.
bet15/39
Sana24.02.2023
Hajmi1,06 Mb.
#914246
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Organik va fizikaviy kimyo kafedrasi

Kislotalarning ekvivalentini topish uchun kislotaning molyar massasi kislota molekulasidagi metalga almashina oladigan vodorod atomlari soniga bo’linadi.





Asoslar ekvivalentlari – kislotalar ekvivalent midorlari bilan reaksiyaga kirisha oladigan asoslar miqdorlari. Masalan NaOH ekvivalenti 40g, Ca(OH)2 va Al(OH)3 ekvivalentlari esa tegishlicha ½ va ⅓ molyar miqdorlarni tashkil etadi (37 va 26 g). Shunday qilib, asoslarning ekvivalentini aniqlash uchun asosning molyar massasi asos hosil qigan metalning valentligiga yoki gidroksil guruhi soniga bo’linadi.





Tuzlar ekvivalentini topish uchun tuzning molyar massasi metalning valentligi balan metal atomlar soniga ko’paytmasiga bo’linadi.

Demak, NaCl, KNO3 kabi tuzlarning ekvivalentlari son jihatdan ularning molyar massalariga teng, lekin MgSO4, AlCl3, Al2(SO4)3 tuzlari uchun ekvivalent miqdori tegishlicha ular molyar massalarining ½, ⅓, va 1/6 qismlariga teng.


Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida qatnashadigan moddalar ekvivalentlarini topish uchun ularning molekulyar massalari shu reaksiyada qatnashadigan (modda bergan yoki qabul qilgan) elektronlar soniga bo‘linadi. Birikmaning ekvivalenti deganda, uning tegishli reaksiyada vodorodning bir ekvivalenti (1,008 massa qismi) yoki kislorodning bir ekvivalenti (8 massa qismi) yoxud boshqa moddaning bir ekvivalenti bilan reaksiyaga kirishadigan miqdori tushuniladi. Xulosa qilib aytganda, moddalar bir-biri bilan ekvivalentlariga mutanosib miqdorlarda reaksiyaga kirishadilar. Shunga ko‘ra quyidagini yozish mumkin:

Bu formula asosida faqat moddaning massasi, massa ulushi va ekvivalenti hisoblanib qolmasdan, uning tabiati, ya’ni qaysi element yoki moddaligi ham aniqlanadi.
1 – masala. 0,304 g magniy 0,0252 g vodorodni siqib chiqardi. Magniyning ekvivalent massasini aniqlang
Yechish. Masalani proporsiya usulida yechamiz:
0,304 g magniy ——— 0,0252 g vodorodni siqib chiqaradi
x g/mol magniy ——— 1 g/mol vodorodni siqib chiqaradi
bundan x=12,06 g/mol natijani olamiz. Demak Mg ning ekvivalent massasi 12,06 g/mol ga teng ekan.
2 – masala. Xromning kislorodli birikmalari 48, 31,58 va 23,53% kislorod saqlaydi. Har qaysi birikmada xromning ekvivalent massasini aniqlang. Kislorodning ekvivalent massasi 8 g/mol ga teng.
Yechish. Birinchi birikmada:
48 g kislorodga ——— 52 g xrom to’g’ri keladi
8 g/mol kislorodga ——— x g xrom to’g’ri keladi
bundan x=8,67 g/mol natijani olamiz.
Shunga analogik ravishda ikkinchi va uchinchi birikmalar uchun ham proporsiyalar tuziladi va quyidagilar olinadi:
x2=68,42∙8/31,58= 17,38 g/mol ; x2=76,47∙8/23,53=26,0 g/mol.
3 – masala. 1,8 g kislotadan 0,0403 g vodorod siqib chiqarildi. Kislota ekvivalentini aniqlang.
Yechish. Kislota ekvivalentini quyidagi proporsiya yordamida topamiz:
0,0403 g vodorodni ——— 1,8 g kislotadan olish mumkin
1,008 g vodorodni ——— x g kislotadan olish mumkin
bundan x = 45 g. Demak kisota ekvivalenti 45 g/mol ga teng ekan.



Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish