Organik olamning xilma xilligi



Download 68 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi68 Kb.
#724976
Bog'liq
biologiya


Organik olamning xilma xilligi
Mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlarning yuqori mahsuldor navlari va zotlarini yaratishda biologiya bilimlarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonunlarini yaxshi bilgan Vatanimiz olimlari qishloq xo‘jaligi sohasida juda katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Biologiya tirik tabiat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo‘ladi. Tekshirish obyektiga ko‘ra biologiya fani bir qancha sohalarga bo‘linadi.
Botanika-o‘simliklarni, zoologiya-hayvonlarni, anatomiya-organizm va uning organlar sistemasining tuzilishi va shaklini, fiziologiya-organizm va ayrim organlar, ularning hayotiy funksiyalarini tekshiradi. Protistologiya – eng sodda hayvonlarni, Bakteriologiya – bakteriyalarni, mikologiya – zamburug`larning tuzilishi, tarqalishi, sistematikasi, biologiyasi va inson hayotidagi ahamiyatini, sitologiya – hujayra tuzilishi, vazifasi hamda individual rivojlanishini o‘rganuvchi fandir. Har bir fan o‘z navbatida o‘z tekshirish obyektiga ega. Zoologiyada sutemizuvchilarni o‘rganuvchi teriologiya, qushlarni o‘rganuvchi ornitologiya, baliqlarni o‘rganuvchi ixtiologiya, hasharotlarni o‘rganuvchi entomologiya sohalari bor.
Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy – tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi.
Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan bo‘lib, uning yordamida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta’riflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Tirik organizmlarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini ta’riflashda ko‘p qo‘llaniladi.
Taqqoslash usuli - bir xil predmet yoki hodisalarni boshqa predmet va hodisalar bilan o‘xshashligi va farqini aniqlash yo‘li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan. Bu usul turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon beradi.
Tarixiy usulni biologiyada qo‘llanishi Ch. Darvinning nomi bilan bog‘liq. Bu usul biologiyada chuqur sifatiy o‘zgarishlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Tarixiy usul hayotiy hodisalarni o‘rganishning asosiga aylangan.
Eksperimental yoki tajriba usuli – tirik tabiatdagi, organizmlardagi voqea-hosdisalar boshqa metodlarga nisbatan chuqur o‘rganiladi.
Bugungi kunda yuqorida qayd qilingan usullar o‘rtasidagi farqni aniqlash qiyin. Bu usullar biologiyaning tegishli sohalarida foydalanib kelinmoqda va ular bir-birini to‘ldiradi.
Tirik organizmlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Sayyoramizdagi tirik mavjudotlar juda xilma-xildir. Bunga ishonch hosil qilish uchun Vatanimizning cho‘l, adir, tog‘ va yaylovlari yoki o‘tloqzor, to‘qayzorlari, dala va bog‘larini sayr qilish kifoya. Shubhasiz, ushbu hududlarda son-sanoqsiz o‘simliklar, hasharotlar, qushlar va sut emizuvchi hayvonlar tarqalgan. Ular juda xilma-xil o‘lchamga, rangga, hulq-atvorga va boshqa ko‘pgina xususiyatlarga ega. Ularning barchasi birgalikda tirik organizmlar deb ataladi.
Organizm — mustaqil hayot kechiradigan mavjudotdir.
Tirik organizmlarga xos asosiy xususiyatlarquyidagilardan iborat:
Moddalar almashinuvi (animatsiya)
Oziqlanish
Nafas olish
Ajratish
Qo‘zg‘aluvchanlik
O‘zini-o‘zi idora etish
Harakatlanish
Ko‘payish
O‘sish va rivojlanish
Organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida doimo moddalar va energiya almashinuvi sodir bo‘lib turadi. Ba’zi bir moddalar organizm tomonidan o‘zlashtirilsa, boshqa moddalar aksincha, tashqi muhitga chiqarib yuboriladi. Moddalar almashinuvi organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va ishlashini ta’minlaydi.
Barcha tirik mayjudotlar oziqlanadi. Oziqlanish tashqi muhitdan ozuqa moddalarni o‘zlashtirishdir. Ozuqa barcha tirik organizmlar uchun zarur, chunki u organizmdagi hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va boshqa ko‘pgina jarayonlar omili bo‘lib, moddalar va energiya manbai hisoblanadi.
Tirik organizmlar o‘z hayot faoliyatini saqlab turishlari uchun doimiy ravishda energiya kerak bo‘ladi. Energiya nafas olish jarayonida ozuqa moddalardan ajralib chiqadi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmlarda keraksiz moddalar ham to‘planishi mumkin. Bunday moddalar odatda zaharli moddalar hisoblanib, ularni organizmdan chiqarib yuborish ajratish jarayoni deb ataladi.
Organizmlar tashqi muhitdagi va o‘zida kuzatiladigan barcha o‘zgarishlarga ham sezgir bo‘ladi. Buning uchun yashil o‘simliklarning quyosh nuri ta’siriga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib o‘tish kifoya. Demak, tirik organizmlar qo‘zg‘aluvchanlik xususiyati bilan tavsiflanadi.
Tirik organizmlar o‘zini o‘zi idora etish xususiyatiga ham ega bo‘lib, u organizmni o‘zgaruvchan tashqi muhit sharoitlariga javoban kimyoviy tarkibi va fiziologik jarayonlarning borishini ma’lum bir me’yorda ushlab turish, ya’ni gomeostaz bilan bog‘liq. Bunda tashqi muhitdan qandaydir ozuqa moddalarni qabul qilishi, yetishmasa organizm o‘zining ichki imkoniyatlaridan foydalanishi, aksincha, ortiqcha moddalarni zaxira sifatida saqlashga o‘tkazishi mumkin.
Ko‘pincha biz turmushda hayot doimiy harakatda degan iborani ishlatamiz. Haqiqatdan ham shunday. Barcha tirik organizmlar, ayniqsa, barcha hayvonlar doimiy harakatda bo‘ladi. Hayvonlar o‘ziga ozuqa topish va xavf-hatardan saqlanishi uchun faol harakatda bo‘lishi zarur. Harakatlanish — tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan Biologiya fani haqida qadimgi SHarq va Evropadagi yirik mutafakkir olimlar o’ziga xos dunyoqarashga ega bo’lganlar. Qadimgi YUnoniston tabiatshunos faylasuflaridan Fales, Anaksimandr asarlarida sharq diniy afsonalari bilan bir qatorda, tabiiy bilimlar asosidagi o’ziga xos dunyoqarashlari ham shakllana borgan. SHu bilan birga, ularning fikricha birga barcha tiriklik suvdan, hayvonlar va odam namlikdan vujudga kelgan, odam dastlab baliqlarga o’xshagan, ular esa o’z navbatida boshqa hayvon turidan paydo bo’lgan degan nazariyani ilgari suradilar. Eramizgacha bo’lgan 530-470 yillarda yashagan Geraklit barcha borliq va tafakkur asosini qarama-qarshiqlar tashkil etadi, koinot xudo yoki odam tomonidan yaratilmagan, u olov, suv, havo, erning bir-biriga aylanishi natijasidir degan g’oyani ilgari suradilar.

Qadimgi yunon olimi Gippokrat esa medtsina nazariyasini yaratishda irsiyat nazariyasiga ko’ra erkak va ayollarning urug’i butkul organizmdan hosil bo’ladi. Baquvvat organizmdan kuchli, nimjon organizmdan kuchsiz nasl rivojlanadi degan fikrlarni ilgari suradi. SHu bilan birga qadimda tabiat haqidagi ilmiy qarashlar SHarqda ham ildiz otib rivojlana bordi. O’rta Osiyoda yashagan olimlardan Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik faniga juda katta hissa qo’shganlar.


Abu Rayhon Beruniy - fikricha tabiat 5 ta element: bo’shliq, havo, olov, tuproqdan yaratilgan degan fikrni ilgari suradi. Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati, axloqi turlicha bo’lgan irsiyatnigina emas, balki atrof-muhit sharoiti ham ta’sir etadi deydi. Beruniy 1116 ta dorini ta’riflaydi. Ulardan 750 tasi o’simlik, 101 tasi hayvonlardan tayyorlanadi. Beruniy Markaziy Osiyo, Hindiston, Eron, Afg’onistonda keng tarqalgan o’simliklar, hayvonlar, ularning ekologiyasi, etologiyasi, joylashgan o’rni haqida qimmatli ma’lumotlarni berib o’tadi.


Abu Ali ibn Sino ( 980-1037) mashhur asar «Tib qonunlari» asarining muallifidir. Ushbu asarda Abu Ali ibn Sino odam tanasidagi organlarning tuzilishi, funksiyasi, turli kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari, oddiy va murakkab dorilar va bu dorilarning organizmga ko’rsatadigan ta’siri haqida keng ma’lumotlar berib o’tadi. Kishi salomatligini yaxshilashda to’g’ri ovqatlanish, organlarni chiniqtirish, sport bilan shug’ullanish ya’ni organlarni chiniqtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib o’tadi.


Zaxiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) buyuk davlat arbobi, shoir bo’libgina qolmay, balki yirik tabiatshunos olim hamdir. U o’zining dunyoga mashhur «Boburnoma» asarida Markaziy Osiyo, Afg’oniston, Hindiston kabi mamlakatlarning tarixi, xalqlarning turmush tarzi, madaniyati, shuningdek, o’simliklar va hayvonot olami to’g’risida qiziqarli ma’lumotlarni beradi. U bu mamlakatlarning o’simlik va hayvonlarining o’xshash tomonlari va farqlari haqida aniq ma’lumotlarni beradi. Bunda u turli adabiyotlardan emas, balki ko’rgan kechirganlariga ham asoslanadi. Samarqand, Buxoro yaylovlarida archalar, butalar, sarvlar, zaytunlar, chinorlar ko’pligini aytadi. Bu joylardagi hayvonlarning ko’pchiligi Hindiston hayvonlariga o’xshashligini aytib o’tadi. Bobur ko’pgina hayvonlarning tuti, laylak, tovus, o’rdak, fil, maymun, del’fin, timsoh, kiyik va boshqa hayvonlarning tashqi qiyofasini, hayotiy jarayonlarini tasvirlab beradi.


Biologiya atamasi 1802 yilda bir-biridan mustasno tarzda fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan bo’lib, yunoncha «bios-hayot, logos-fan» degan ma’noni anglatadi. Biologiya fani tabiiy fanlar sistemasiga kirib, o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar ularning salomatligi, moddalar almashinuvi, ko’payishi, o’sishi, rivojlanishi, bir popultsiyaning ikkinchi popultsiya bilan o’zaro aloqasini, tarkibi, tuzilish darajalari, hayotiy funksiyalari, ularda kechadigan barcha xayotiy jarayonlarni o’rganadi. Biologiya tabiatshunoslik fanlar sistemasiga kirib, tekshirish ob’ektiga ko’ra biologiya fani bir qancha sohalarga bo’linadi.


Botanika – yunoncha so’zdan olingan bo’lib, «botane-o’t-o’lan, ko’kat, logos-ta’limot» degan ma’nolarni anglatadi. Botanika fani o’simliklar, ularning tarkibi va tuzilishi, turlari, ko’payishi, kelib chiqishi haqidagi umumiy ma’lumotlarni beradi.


Zoologiya – yunoncha so’zdan olingan bo’lib, «zoos-hayvon, logos-ta’limot» degan ma’nolarni anglatadi. Zoologiya fani - hayvonlar, ularning turlari, ko’payishi, boshqa turdagi hayvonlar bilan o’zaro aloqasi va munosabati, ularning hayotiy jarayonlarini o’rganadi.


Sistematika - o’simlik va hayvonlarning o’zaro sistematik guruhlari va aloqasini, bir-biri bilan uzaro umumiy munosabatini o’rganadi.


Ekologiya – atrof muhit, popultsiyalar tarkibi, insonning tabiatga bevosita va bilvosita ta’sirini urganadi.


Fiziologiya - organizmlar turlarining, navlarining hayotiy jarayonlarini o’rganadi.


Paleontologiya – qazilma holdagi organizmlarni, ularning embrionini bir - biriga taqqoslash, ularning rivojlanishini tekshiruvchi sohadir.


Umumiy biologiya - bir necha sohalardan – embriologiya, gistologiya, antropologiya, genetika, evolyusion ta’limot, ekologiya, paleontologiya, biotexnologiya, zoogeografiya, odam va uning salomatligi, etologiya kabi sohalardan tashkil topadi.


Biologiya fanining asosiy qismini - tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari, kelib chiqishi, turlari, bir-biri bilan o’zaro munosabatlari tashkil etadi.


Hayotiy jarayonlarning asosiy xossalari. Moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarini–assimiltsiya, dissimiltsiya tashkil etadi. Assimiltsiya- jarayoni deb muhitdan oziq modda suv, mineral moddalarning organizmga kirishiga aytiladi.


Dissimiltsiya – jarayoni oziq moddalarning ichki organlarga hazm bo’lib, qoldiq moddalarning organizmdan tashqi muhitga chiqishi hisoblanadi. Tashqi muhitdan oziq moddalar – oqsil, yog’, uglevod, suv, mineral moddalar, vitaminlarni qabul qilib, bu oziq moddalar hujayra va to’qimalarning o’sishi, rivojlanishi uchun asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.


Irsiyat va o’zgaruvchanlik - o’simlik va hayvonlar asosan jinsiy va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Irsiyat - jarayoni tufayli organizmdagi barcha irsiy belgilar va xossalar avloddan avlodga o’tadi va nasllar gallanishi kuzatiladi. Irsiyat tufayli ota-onalardagi barcha belgi va xossalar avloddan - avlodga o’zgarishsiz to’liq o’tadi.


O’zgaruvchanlik - yangi o’zgarishga ega bo’lgan turlar, navlar, zotlarni keltirib chiqaradi. Hayotning tuzilish darajalariga - hujayra, molekula, organizm, popultsiya, tur, bitsenoz, biogetsenoz, biosfera kabi bo’limlari kiradi.


Molekula – tiriklikning asosini hujayra va molekula tashkil etadi. Hujayrani 1665 yil inliz olimi Robert Guk tomonidan kashf etilgan. Hujayra so’zi “sellula” so’zdan olingan bo’lib, uya, katak degan ma’nolarni bildiradi. Hujayra uch qismdan iborat: 1. Xujayra po’sti; 2. Sitoplazma; 3. YAdro kabi qismlaridan tashkil topgan. Hujayra po’sti – kuyidagi asosiy kismlardan iborat. 1. Ximoya-to’siq 2. Reflektorlik va chiqarish 3. Moddalarni o’tkazish va chikarish funksiyalarini bajaradi.


Hujayra sitoplazmasida quyidagi organoidlar mavjud. Ular quyidagilar: mitoxondriya, endoplazmatik tur, Gold’ji apparati, lizosoma, ribosoma, plazmidlar, plastidalar, sentrosoma, oqsil yog’, uglevod molekulalaridan, mikrofibrilla va mikronaychalardan tashkil topgan. Hujayra markazidagi yadro esa 4 qismdan iborat: yadro po’sti, yadro shirasi, yadrocha, xromosoma qismlaridan iborat. YAdrodagi DNK va RNK irsiy axborotni saqlash va nasldan - naslga o’tkazish vazifasini o’tkazadi. DNK ko’sh zanjirdan iborat bo’lib, Kembridj universiteti biolog olimlari Uotson va Krik tomonidan kashf etildi.
Organizm, molekula, hujayra, to’qima, nerv, nerv muskul, organ, organizmni tashkil etadi. Organizmni asosini turli xil vazifalarni bajaruvchi organlar tashkil etadi. YUrak-qon aylanish sistemasi. O’pka – nafas olish sistemasi. Jigar, oshqozon – ovqat hazm qilish sistemasi. Buyrak-siydik ayirish organlari hisoblanadi. Organizmlarning jamoa bulib yashash jarayoni popultsiyani tashkil etadi.

Popultsiya - ma’lum bir arealda tarqalgan, uzoq muddatda yashagan, bir- biri bilan erkin chatisha oladigan, boshqa popultsiyalardan ba’zi bir belgi- xossalari jihatidan farq qiladigan individlar yig’indisiga aytiladi.


Popultsiya fransuzcha so’z bo’lib “popultsion”-hamkorlikda degan ma’nolarni bildiradi. Popultsiya - mikroevolyusiyaning asosiy birligi hisoblanadi. Har bir popultsiyada - turlarning o’sish, rivojlanish, ko’payish, aloxidalanish, migrtsiya, o’zgaruvchanlik jarayonlari kuzatiladi. Popultsiyalar soni har xil bo’lishi mumkin. Keng-steno va tor-evri arealda sharoitlar, popultsiyalar soni har xil bo’lishi mumkin. Areal hajmi hayvonlarning harakatlanish tezligi, o’simliklarning esa chetdan changlanish masofasiga bog’liq. Masalan: tok shilliqqurtining harakatlanish tezligi 10 m radiusda bo’lsa, shimol tulkisining harakatlanish radiusi bir necha yuz kilometrga cho’ziladi. Popultsiyadagi organizmlar yashash uchun kurashda doimo bir-birlari bilan yoki boshka popultsiyadagi organizmlar bilan asrlar mobaynida o’zaro kurashib kelganlar. Bu kurash asosan ozuqa talashib, boshpana uchun, ko’payish, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga nisbatan organizmlarning moslashuvi jarayonlari kuzatiladi. YAshash uchun kurash tur ichida va turlar aro bo’ladi.

Tur–makro va mikroevolyusiyaning asosiy bosqichlardan biri hisoblanadi. Tur - morfologik, fiziologik, biokimyoviy xossalari jihatidan o’xshash, erkin chatishib nasl beruvchi, ma’lum yashash joyiga moslashgan hamda tabiatdan ma’lum areallarga ega bo’lgan organizmlar yig’indisi tushuniladi. Turga xos belgi xossalari yig’indisi tur mezonlari deb aytiladi.


Tur mezonlari quyidagilar hisoblanadi: Morfologik mezon; fiziologik mezon; biokimyoviy mezon; geografik mezon; ekologik mezon; genetik mezon.
Morfologik - mezonda turlarning ya’ni bir turga kiruvchi individlarning tashqi tomondan bir biriga o’xshashligini ifodalaydi. Masalan: tashqi tomondan bir biriga o’xshash, lekin bir- biri bilan o’zaro chatishmaydigan turlar misol bo’lishi mumkin.
Fiziologik - mezon bir turga kiruvchi organizmlarning hayotiy jarayonlari o’xshash bo’ladi. Masalan har xil turga kiruvchi organizmlarning yashash, ko’payish, oziqlanish, migrtsiya qilish jarayonlari o’xshash bo’ladi.
Biokimyoviy - jarayon har xil turlarga kiruvchi organizmlar, o’zining kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, peptidlar, nuklein kislotalar va boshqalar bilan farq qiladi.
Geografik mezon - turlarning tarqalgan maydoni katta yo kichik har joyda yoki yoppasiga bo’lishi mumkin. Geografik mezonda kit’a va materiklarda tarqalgan organizmlarning bir-biridan farq qilishi tushuniladi.
Ekologik mezon-bu mezonda organizmlarning, turlarning ma’lum muhit sharoitiga moslashganini, yashashini tushunamiz.
Genetik mezon-bu mezonda har bir turga kiruvchi organizmlarning umumiy yig’indisi, tuzilishi, maxsus bo’yoqlar bilan bo’yalishi tushuniladi. Masalan bir turga kiruvchi individlarning xromosoma sonlari har xil bo’ladi.
Tirik organizmlar yashaydigan asosiy qismni biosfera tashkil etadi. Biosfera yunoncha so’zdan olingan bo’lib «bios-hayot logos –fan» degan ma’nolarni bildiradi. Biosfera tushunchasini birinchi bo’lib, fanga avstriyalik geolog olim E. Zyuss tomonidan fanga kiritilgan. Biosfera haqidagi ta’limotni rus olimi I. V. Vernadskiy ilgari surgan. Biosferada o’simlik, hayvon mikroorganizmlar orasidagi ozuqa orqali bog’lanish, ko’payish, o’sish, rivojlanish, bir - biri bilan aloqa jarayonlari o’rganiladi. Biosfera evolyusiyasining asosiy boskichlari: bitsenoz, biogetsenoz, noogenez, noosfera kabi tushunchalardir. Bitsenoz va biogetsenoz bir biriga juda yaqin tushunchalardir. Mikroorganizmlar o’simliklar, hayvonlar, atmosfera, litosfera, gidrosfera haqida umumiy ma’lumotlar beriladi.
Mikroorganizmlar, o’simlik va hayvonlar birgalikda ekologik jamoani tashkil etadi. Biri-biri bilan va atrof-muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lgan organizmlarning popultsiyalari birgalikda biogetsenozlar jamoasini tashkil etadi.
Ekologiya fani tirik organizmlarning o’zaro va yashash muhiti bilan munosabatlari to’g’risidagi fandir. Biologiya fanining asosiy bo’limlaridan biri bu ekologiya bo’limi hisoblanadi. Ekologiya so’zi yunoncha so’zdan olingan bo’lib «oykos-uy joy, boshpana logos-fan» degan ma’nolarni anglatadi.
Ekologiya fanining asosiy metodlari – dala metodi, matematik modellash, kuzatish metodlaridan iborat. Kuzatish metodida ma’lum bir individ yoki turni hayotiy jarayonlarini, hayotiy xossalarini kuzatish orqali o’rganiladi. Matematik modellash metodida turlarning hayotiy jarayonlarini, nasl berishini, hayotiy xossalari oldindan EHM, ya’ni kompyuter texnologiyalari orqali ko’ra bilish jarayonlari xisoblanadi.
Dala metodida tirik organizmda kechadigan kimyoviy jarayonlarni hayotiy jarayonlarni trofik aloqalarini biotik omillarning o’zar aloqasini o’rganadi. O’zbekiston mustaqillika erishgandan keyin ekologiya va tabiatni muxofaza etish masalalariga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Ekologiya va tabiatni muhofaza etish borasida o’nlab qonunlar va farmoyishlar e’lon qilindi. Ularning ijrosi bo’yicha chora tadbirlar belgilandi, masalan O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi Tabiatni muxofaza etish to’g’risidagi, 1993 yil 6 maydagi Suv va suvdan foydalanish to’g’risidagi, 1994 yil 22 sentyabrdagi Er osti boyliklari to’g’risidagi, 1996 yil 27 dekabrdagi Atmosfera havosini muxofaza etish to’g’risidagi, 1997 yil 26 dekabrdagi Xayvonot dunyosini muxofaza etish va undan oqilona foydalanish to’g’risidagi, 1997 yil 26 dekabrdagi Usimlik dunyosini muxofaza etish va undan oqilona foydalanish tugrisidagi qonunlar hamda bu borada e’lon qilingan qator Prezidentimiz farmonlari shular jumlasidandir.
Biologiya fanining turli sohalarida bir necha xil ilmiy-tadqiqot usullaridan keng foydalaniladi. Bu usullar quyidagilardan iborat. Kuzatish usuli – organizmlar va ularning atrofidagi muhitda sodir bo’ladigan hodisalarni tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. Tirik organizmlar jamoalari, turli sistematik guruhlar, organizmlar, ularning tarkibiy qismlaridagi o’xshashlik va farqlarni taqqoslash usuli orqali aniqlanadi. YUqoridagi keltirilgan usuldan sistematika, paleontologiya, antropologiya, embriologiya, morfologiya, fiziologiya, anatomiya kabi fanlarni o’rganishda keng foydalaniladi. Tarixiy usulda – organizmlarning kelib chiqishi, ular organlaridagi turli xildagi o’zgaruvchanlik sabablari, tarixiy jarayonda paydo bo’lish qonuniyatlarini o’rganadi. Eksperimental usul - bu usulda tirik tabiatdagi, organizmlardagi voqea-hodisalar, jarayonlar boshqa usullari nisbatan chuqur o’rganiladi. Modellashtirish metodida ma’lum bir hodisa yoki uning ma’lum bir jihatlarini EHM (elektron hisoblash texnikasi) orqali o’rganiladi.
Biologiya fani oldida bir necha xil muammolar, ya’ni echimini kutayotgan muammolar yotibdi. Birinchi o’rinda har bir hujayraning asosini tashkil etuvchi molekulalarning tuzilishi va funksiyasini aniqlash; bir va ko’p hujayrali organizmlarning rivojlanishini tartibga solish, organizmlar rivojlanishidagi irsiyat jarayonlarini o’rganish, organizmlar tarixiy rivojlanishini o’rganish, Erda hayotning paydo bo’lishi muammosini echish va tajribada isbotlash, insonlarning tabiatga ko’rsatadigan salbiy va ijobiy ta’sirini to’liq o’rganish, odamning paydo bo’lishi bilan bog’lik jarayonlar va inson hayotida uchraydigan irsiy kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlarini o’rganadi. muhim xususiyatlardan biridir.
Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish