Organik olamning turli tumanligi



Download 0,51 Mb.
bet4/7
Sana10.02.2022
Hajmi0,51 Mb.
#440998
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-sinf biologiya testlar

4-MAVZU 9-Sinf
Nuklein kislotalar
1.Qaysi organizmlar uchun nuklein kislotalarning ahamiyati juda katta?
A.tirik organizmlar B.viruslar
C.yuksak organizmlar D.hamma javoblar to’g’ri
2.Nuklein kislotalar qanday muhim hayotiy jarayonlarni amalga oshirishda ishtirok etadi?
A.irsiy belgilarni saqlash
B.irsiy belgilarni nasldan naslga o’tkazish
C.oqsillar biosintezi D.hamma javoblar to’g’ri
3. Nuklein kislotalar qanday jarayonlarda faol ishtirok etadi?
a) oqsil sintezida b) irsiy belgilarni nasldan naslga o’tkazishda c) irsiy belgilarni saqlashda d) hujayra membranasini tiklashda e) hujayra qobig’ining sintezida
A a,b,c B a,b,d C c,d,e D b,c,e
4.Nuklein kislota deb atalish sababi
A.ular dastlab hujayra yadrosidan ajratib olingan
B.hujayraning markazida yadroga yaqinroq joylashgan
C.oshqozon osti bezidan ajratib olingan
D.amfoter tabiatli
5.Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar qayerda topilgan?
A.yadroda B.xloroplast
C.mitoxondriya D.hamma javoblar to’g’ri
6.Qaysi kashfiyot tirik organizmlar qanday qilib o’ziga o’xshash nasl qoldirish sirlarini ochishga imkon yaratdi.shu bilan birga hayot faoliyatni qanday qilib boshqarish haqidagi axborotning ko’chishini ko’rsatib berdi?
A.elektroforez usuli kashf qilinishi
B.DNKning tuzilishni kashf etilishi
C.yadroning kashf qilinishi
D.elektron mikroskop kashf qilinishi
7.Nuklein kislotalarning mononerlari –
A.nukleozit B.nukleotid
C.nukleoid D.RNK va DNK
8.Nuklein kislota tarkibida necha xil nukleotid uchraydi?
A.4xil:adenin,guanin,timin,sitozin
B.5xil: adenin,guanin,urasil,sitozin, timin
C.RNK va DNK
D.t-RNK,r-RNK,i-RNK
9.Nukleotidlarning tuzilishi
A. fosfor kislotasi, monosaxarid va azot asoslari
B. fosfor kislotasi, disaxarid va azot asoslari
C. fosfor kislotasi, polisaxarid va azot asoslari
D. adenin,guanin,timin,sitozin
10. Nuklein kislotalar qaysi belgisiga qarab to’rtga ajratiladi?
A.fosfat kislota B.monosaxaridlar tuzilishi
C.azot asoslari turi D.timin yoki urasil tutishi
11. Adenin va guanin orasida nechta vodorod bog` bor?
A) 3 B) 2 C) 4 D) t.j.yo`q
12 Nuklein kislota tarkibidagi monosaxaridlar necha xil?
A.glyukoza,fruktoza
B.riboza,dezoksiriboza bazan gyukoza
C. riboza,dezoksiriboza
D.sellyuloza,kletchatka
13.Riboza molekulasidagi uglerod atomlari soni?
A.4 B.5 C.6 D.8
14.Dezoksiriboza qaysi belgisiga ko’ra ribozadan farq qiladi?
A.bir atom uglerod yetishmaydi
B.bir atom kislorod yetishmaydi
C.bir atom vodorod yetishmaydi
D.farq qilmaydi
15. dezoksiribozalar bir-biri bilan har doim … birlashadi.
A ribonukleotidlar hosil qilib birlashadi
B dezoksiribonukleotidlar hosil qilib birlashadi
C bir polinukleotidda va bir nuklein kislota tarkibida bir vaqtda hech qachon uchramaydi
D A va B
16. Nuklein kislotalarning hujayrada tarqalishi, bajaradigan funksiyasi va tuzilishi bo’yicha nechta turi bor?
A.t-RNK i-RNK r-RNK B.DNK va RNK
C.adenin,guanin D.timin,sitozin,urasil
17... Irsiyatning asosiy materiali –
A.RNK B.DNK
C.i-RNK D.ribosoma
18. Har bir tirik organizmda nuklein kislotalarning nechta turi bor?
A.RNK yoki DNK B.DNK
C.DNK va RNK
D. t-RNK i-RNK r-RNK
19.DNK molekulasi qanday tuzilgan?
1)massasi juda katta 2)qo’sh zanjirli polimer birikma 3)bitta molekulada haddan tashqari ko’p nukleotid bor 4)unda oqsil sintezi to’g’risida axborot joylashgan 5)oqsil sintezi to’g’risidagi axborotning nusxasini ko’paytirish xususiyatiga ega 6)tirik organizm haqidagi irsiy axborotni aniq holda nasldan naslga o’tkazadi
A.1,2,3,5,6 B.1,2,3,4,5,6 C.5,6 D.1,5,6
20.DNk hujayraning qaysi qismida bo’ladi?
A.yadroda B.xloroplast
C.mitoxondriya D.hamma javoblar to’g’ri
21.DNK hujayrada qanday holda uchraydi?
A.erkin va endoplazmatik to’rning tashqi yuzasida
B.yadro qobig’ining tashqi yuzasida
C. xromosoma tarkibiga kirib oqsillar bilan birikkan holda
D.endoplazmatik to’rning g’ovak membranasida
22.DNKning tuzilishini kim kashf etgan ?
A.Leflerr va Frosh B. J.Uotson F.Krik
C.F.Misher D.Seversev
23.RNK qaysi belgisi bilan DNK dan farq qiladi
A. bir zanjirli
B.azot asoslaridan timin o’rnida urasil bo’ladi
C.bir zajirli, azot asoslaridan urasil o’rnida timin bo’ladi
D.A va B
24.RNK qanday turlari bor
1)t-RNK(transport) 2)i-RNK(informasion) 3)r-RNK (ribosomal)
A.1.2 B.1 C.1.3 D.1.2.3
25. Ribonuklein kislota tarkibida necha xil nukleotid uchraydi?
A.4xil:adenin,guanin,timin,sitozin
B.4xil: adenin,guanin,urasil,sitozin
C.RNK va DNK
D.t-RNK,r-RNK,i-RNK
26. DNK va RNK o’rtasidagi farqlar nimaga muvofiq keladi?
A.molekulasining katta kichikligiga
B.hujayrada joylashishiga
C.bajaradigan funksiyasiga D.A B va C
27. DNK mlekulasidagi irsiy axborot qanday shaklda yozilgan?
A.nukleotidlar tarkibida B.fosfat bog’larda
C.nukleotidlarning birin ketin kelishi shaklida
D.A va C
28. RNK va DNK o’rtasida eng muhim farq ?
A.azot asoslarida B.RNK bir zanjirli
C.DNK katta molekulyar massaga ega
D.bajaradigan funksiyasi
29. RNK molekulasida pirimidin asoslaridan qaysi biri uchramaydi?
A.timin B.urasil C.adenin D.sitozin
30. Qo’sh spiral modeliga muvofiq DNK qanday tuzilgan
A.o’q atrofida biri ikkinchisiga spiral hosil qilib o’ralgan burama shakldagi ikki zanjir
B.zanjirlar uglevod fosfat zanjiridan tuzilgan,ulardan spiral ichiga malum doimiy oraliqda azot asoslari joylashgan
C.ikki zanjir bir biriga qarama qarshi antiparallel joylashgan
D.hamma javoblar to’g’ri
31. DNKdan RNK ning farqini(a) va o`xshash(b) tomonlarini aniqlang
1. azot asoslarining soni 2.uratsilning uchramasligi 3.tuzilishi 4. zanjirlarining soni 5.molekulyar massasi 6.oqsil sintezida ishtirok etishi 7.ribozaning uchrashi
A a-1,3,6; b-2,4,5,7 B a-2,4,5; b-1,3,6
C a-1,3,6; b-4,5,7 D a-1,3,4,5,7; b-6
32.Tirik organizmlar tarkibidagi turli tuman kimyoviy moddalar xilma xil reaksiya natijasida doimiy ravishda o’zgarib turadi.Bu jarayon....deyiladi
A.moddalar almashinuvi B.metabolizm
C.anabolizm va katabolizm D.A va B
33.Moddalar almashinivining dastlabki bosqichi?
A.oziqni tirik organism tomonidan o’zlashtirilishi
B.ozuqaning hazm bo’lishi
C. keraksiz mahsulotlarning tashqariga chiqishi
D. A va B
34.Moddalar almashinuvining oxirgi bosqichi
A.oziqni tirik organism tomonidan o’zlashtirilishi
B.ozuqaning hazm bo’lishi
C. keraksiz mahsulotlarning tashqariga chiqishi
D. hujayrada sodir bo’ladigan jarayonlar
35.Moddalar almashinuvidagi oraliq bosqich
A.oziqni tirik organism tomonidan o’zlashtirilishi
B.ozuqaning hazm bo’lishi
C. keraksiz mahsulotlarning tashqariga chiqishi
D. hujayrada sodir bo’ladigan jarayonlar
36.Moddalar almashinuvi qanday jarayonlardan iborat
A.tayyorgarlik,aerob va anaerob parchalanish
B.aerob va anaerob oksidlanish
C.anabolizm(assimilyasiya) va katabolizm (dissimilyasiya)
D.dastlabki,oraliq va oxirgi bosqich
37.Qaysi jarayonda moddalarning sintezlanishi kuzatiladi
A. anabolizm B.katabolizm C.assimilyasiya D.A,C
38.qaysi jarayonda organizm tashqi muhitdan moddalarni qabul qilib o’zlashtiradi
A.anabolizm B.katabolizm C.sintez D.A va C
39.Qaysi jarayonda moddalarning parchalanishi va ularda to’plangan energiyaning ajralishi kuzatiladi
A. anabolizm B.katabolizm C.assimilyasiya D.A,C
40.Moddalarning parchalanishi qanday yo’l bilan amalga oshadi
A.kislorod ishtirokida oksidlanish
B.kislorodsiz muhitda C.achish jarayonida
D.hamma javoblar to’g’ri
41.Odam 1 yilda qancha kislorod va ozuqani o’zlashtiradi?
A.1,5t B.1,5-2 C.0,86 D.0,81
42.Odam bir kunda qancha kislorod o’zlashtiradi-
A.0,86kg B. 2,1kg C. 0,81kg D. 0,1kg
43.Odam bir kunda qancha suv o’zlashtiradi
A.0,86kg B. 2,1kg C. 0,81kg D. 0,1kg
44. Odam bir kunda qancha organic modda o’zlashtiradi-
A.0,86kg B. 2,1kg C. 0,81kg D. 0,1kg
45. Odam bir kunda qancha mineral tuz o’zlashtiradi-
A.0,86kg B. 2,1kg C. 0,81kg D. 0,1kg
46.Odam tomonidan o’zlashtirilgan bir kunlik ozuqaning energiyasi necha kkal
A.3000 B.3500 C.2500 D.1800
47.yordamida oddiy kichik molekulali moddalardan murakkab yuqori molekulali birikmalar hosil bo’ladi
A.koferment B.ferment
C.lipid D.steroid
48. Yog` va moylar qanday hosil bo`ladi
A glitserindan atsetat kislota hosil bo`lib, undan yog` kislotalari paydo bo`ladi, ular organic kislotalar bilan reaksiyaga kirishib yog` va moylar hosil bo`ladi
B atsetat kislotadan glitserin hosil bo`ladi va ular murakkab moy kislotasi bilan reaksiyaga kirishib yog`larni hosil qiladi
C atsetat kislotadan murakkab yog` kislotasi hosil bo`ladi va ular glitserin bilan reaksiyaga kirishib yog` va moylarni hosil qiladi
D glitserin oddiy atsetat kislota bilan ta’sirlashib yog`larni hosil qiladi
49….ga xos biror xususiyat o’zgarishi moddalar almashinuvi jarayoni ham o’zgarishi mumkin?
A.lipidga B.oqsilga C.irsiyatga D.barchasi
50. Oqsilning biologik vazifasi nima bilan aniqlanadi?
1.aminokislotalarning oqsildagi ketma ketligi 2.aminokislotalarning oqsildagi o’rni 3.bitta aminokislotaning uchta tripletga mos kelishi
A 1 B 2 C 1,2 D 1,2,3
51.Oqsil to’g’risidagi axborot DNK molekulasidan …yordamida ko’chirib olinadi va ribosomaga beriladi
A.i-RNK B.t-RNK C.r-RNK D.ATF
52.Barcha sintez reaksiyalarida energiya…..yuz beradi-
A.sarflanishi B. Ajralishi C.hosil bo’ladi D.t.j.y
53.parchalanish reaksiyalarida energiya….yuz beradi- A.sarflanishi B. ajralishi C.hosil bo’ladi D.t.j.y
54.Biologik sintez reaksiyalarining to’plami qanday ataladi
A.plastik almashinuv
B.assimilyasiya
C.dissimilyasiya yoki katabolizm
D.A va B
55.Genetik kod nima ?
A.20xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4xil nukleotid yordamida ifodalanishi
B.20xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 3xil nukleotid yordamida ifodalanishi
C.har bir aminokislota uchta nukleotidga mos keladi
D.organizmning individual rivojlanish jarayonida tarixiy rivojlanishining qaytarilishi
56.Har bir aminokislota qanday ifodalaniladi
A.3ta nukleotidning birikishidan hosil bo’lgan triplet kod yordamida
B.20xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4xil nukleotid yordamida ifodalanishi
C.20xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 3xil nukleotid yordamida ifodalanishi
D. organizmning individual rivojlanish jarayonida tarixiy rivojlanishining qaytarilishi
57.20ta aminokislotani ifodalash uchun nechta triplet koddan foydalaniladi
A.61 B.64 C.62 D.60
58.Barcha tirik organizmlar uchun universaldir.U mikroorganizmlardan odamgacha bir xildir
A.biogenetik qonun B.ADF va NADF
C.genetik kod D.t.j.y
59.Har bir aminokislota nechta kod bilan ifodalanadi
A.2 va undan ortiq kod bilan B.3 yoki undan ortiq
C.o’ndan ortiq D.2,3,4 va 6
60. Oqsil sintezi qachon to’xtaydi?
A.polipeptid zanjiri ribosomaga kirganda
B.ribosoma terminator tripletga o’tganga
C.ribosoma subparchalarga ajralganda
D.A va B
61 Oqsil biosintezida nima ishtirok etadi?
A.gormon ferment nukleotid
B.ferment va RNK,DNK
C.ferment va RNK
D.t-RNK i-RNK r-RNK
62.Kodlarning umumiy soni –
A.61 B.64 C.62 D.60
63.Nechta kod oqsil sintezining boshlanishi va tugallanishini bildiradi
A. 3ta B.4ta C.2ta D.6ta
64.Barcha tirik organizm uchun universal
A.hujayra B.sitoplazma
C.genetik kod D.oqsil biosintezi
65.Genetik kodning muhim xususiyatlaridan biri
A. bitta triplet bitta DNKga mos keladi
B.bitta triplet bitta aminokislotaga mos keladi
C. bitta triplet bitta nukleotidga mos keladi
D.to’rt xil nukleotiddan tuzilgan
66.Genetik kodga xos bo`lmagan xususiyatni aniqlang.
A)Aminokslotalarning 1tasi 2ta kod bilan kodlanadi
B) 1 ta aminokislotani bir nechta triplet kodlashi mumkin
C) bir triplet bir nechta aminokislotani kodlaydi
D)aminokislotani kodlamaydigan tripletlar–terminatorlar
67.Oqsil biosintezida nima ishtirok etadi?
A.gormon ferment nukleotid B.ferment va r-RNK
C.ferment va RNK,DNK,ribosoma
D.t-RNK i-RNK r-RNK
68.Aminokislota qanday faollanadi
A.ATF yordamida, B.ADF yordamida
C. t-RNK yordamida D.NADF yordamida
69.Aminokislota ....yordamida ribosomaga keltiriladi
A.t-RNK B.i-RNK C.m-RNK D.DNK
70…nukleotidlarning ketma ketligi DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma ketligiga mos(komplimentar) ?
A.t-RNK B.i-RNK C.m-RNK D.DNK
71. DNK tarkibiga kiruvchi guaninli nukleotid tarkibini aniqlang.
A guanin-dezoksiriboza-fosfat kislota qoldig’i
B guanin-riboza-fosfat kislota qoldig’i
C guanin- fosfat kislota qoldig’i- dezoksiriboza
D guanin-dezoksiriboza- 3 ta fosfat kislota qoldig’i
72.Sitoplazmada oqsil sintez qiluvchi qanday majmua hosil bo’ladi
A. ribosoma va t-RNKdan iborat
B ribosoma va i-RNKdan iborat
C. ribosoma ,RNK va DNKdan iborat
D.t-RNK va i-RNK
73. RNK tarkibiga kiruvchi guaninli nukleotid tarkibini aniqlang.
A guanin-dezoksiriboza-fosfat kislota qoldig’i
B guanin-riboza-fosfat kislota qoldig’i
C guanin- fosfat kislota qoldig’i- dezoksiriboza
D guanin-dezoksiriboza- 3 ta fosfat kislota qoldig’i
74.Aminokislota bilan triplet kodning mos kelishini nima belgilaydi
A.t-RNK B.i-RNK C.m-RNK D.DNK
75. Nimadan oqsil biosintezida qayta qayta foydalanish mumkin
A. ribosoma va t-RNKdan iborat
B ribosoma va i-RNKdan iborat
C. ribosoma ,RNK va DNKdan iborat
D.t-RNK va i-RNK
76.Dissimilasiya jarayoniga xos xususiyatlar?
1)tirik organizmda moddalarning parchalanishi yuz beradi 2)assimilyasiya teskarisi 3)energiya ajralishi bilan boradi 4)energiya almashinuvi deb yuritiladi 5)moddalar almasinuvi deb yuritiladi
A.1,2,3,4 B.1,2,3,4,5 C.2,3,4,5 D.2,3,5
77. Hujayraning tarkibiy qismlari tuzilishi uchun zarur plastik material –oqsil va nuklein kislotalar oldindan tayyor kimyoviy tilda yozilgan malumot asosida o’ziga xos maxsus mexanizm asosida sintez qilinadi.Buning uchun nima xizmat qiladi?
A.oqsil B.ribosoma
C.irsiy axborot D.xromoprotein
78. Oqsil biosinteziga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang
1. yadroda kechadi 2.ribosomada kechadi 3.aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faollashadi 4.aminokislotalar tRNK yordamida ribosomaga keltiriladi 5.oqsil to`g`risidagi ma’lumot DNK shaklida ribosomaga beriladi 6.oqsil to`g`risidagi ma’lumot iRNK shaklida ribosomaga beriladi 7.ribosoma va iRNKdan iborat oqsil sintezlovchi majmua hosil bo`ladi 8.ribosoma tRNK bo`ylab harakat qiladi va peptid zanjirining hosil bo`lashi boshlanadi
A 1,5,8 B 2,3,4,6,7,8 C 2,3,4,5,6,7,8 D 2,3,4,6,7
79. Oqsil biosinteziga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang
1. yadroda kechadi 2.ribosomada kechadi 3.aminokislotalar ATF energiyasi yordamida faollashadi 4.aminokislotalar tRNK yordamida ribosomaga keltiriladi 5.oqsil to`g`risidagi ma’lumot DNK shaklida ribosomaga beriladi 6.oqsil to`g`risidagi ma’lumot iRNK shaklida ribosomaga beriladi 7.ribosoma va iRNKdan iborat oqsil sintezlovchi majmua hosil bo`ladi 8.ribosoma tRNK bo`ylab harakat qiladi va peptid zanjirining hosil bo`lashi boshlanadi
A 1,5,8 B 2,3,4,6,7,8 C 2,3,4,5,6,7,8 D 2,3,4,6,7
80.Murakkab organic birikmalardan qanday jarayonda ko’p miqdorda energiya ajralib chiqadi?
A.anaerob oksidlanish B.achish
C.kislorod yordamida parchalanish D.anabolizm
81.Hujayradagi qaysi jarayonlar energiya sarflanadi A.biosintez,muskul qisqarishi,hujayra bo’linishi
B.moddalarning membrana orqali o’tishi
C.asab impulslarining o’tkazilishi
D. barchasida
82.Ozuqa moddalaridan ajralgan quvvat qayerga sarflanadi?
A.issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi
B.ATFning fosfat bog’larida to’planadi
C.jigar va muskulda saqlanadi D.A va B
83.ATFning qaysi molekulasi eng ko’p energiyaga ega
A.monofosfat B.difosfat
C.trifosfat D.hammasi to’g’ri
84.ATF molekulasi nimadan tashkil topgan –
A.adenin,riboza shakari,ikkita fosfat kislota qoldig’i
B.adenin,riboza, uchta fosfat kislota qoldig’i
C. adenin,diziksoriboza, uchta fosfat kislota qoldig’i
D.adenin,guanin,timin,sitozin va uchta fosfat kislota qoldig’i
85.Fermentli reaksiyaga misol keltiring.
A glyukagonninng glikogenni parchalashi
B adrenalinning yurak urishini tezlashishida ishtirok etishi
C oqsillarni parchalashda pepsinning ishtirok etishi
D glukoza metabolizmida imsulinning ishtirok etishi
86. Riboza qaysi birikmalar tarkibida uchraydi?
1.DNK 2. RNK 3.ATF
A 1,2,3 B 1,2 C 2 D 2,3
87. Nukleotidlar qatorini toping?
A DNK,RNK,ATF,AMF,ADF
B RNK,NAD,NADF
C DNK, RNK
D ATF,AMF,ADF
88.180 gr glyukozaning atomlari orasida to’plangan potensial energiya miqdori
A.2800 B.3000 C.3800 D.2500
89.ATF dagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishida qancha energiya ajraladi
A.40 B.36 C.30 D.65
90.Achish jarayonida energiya almashinuvi necha bosqichga bo’linadi
A.2 B.4 C.5 D.3
91.Energiya almashinuvining birinchi bosqichi qanday nomlanadi
A. to’liqsiz parchalanish B.tayyorgarlik
C.kislorodsiz parchalanish D.kislorodli parchalanish
92.Qaysi bosqichda uglevod,yog’,oqsillar - glyukoza,gliserin, yog’ kislota, aminokislotagacha, nuklein kislotalar nukleotidlargacha parchalanadi?
A. to’liqsiz parchalanish B.tayyorgarlik
C.kislorodsiz parchalanish D.kislorodli parchalanish
93.Qaysi bosqichda kam miqdorda energiya ajraladi va u issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi?
A. to’liqsiz parchalanish B.tayyorgarlik
C.kislorodsiz parchalanish D.kislorodli parchalanish
94.Energiya almashinuvining tayyorgarlik bosqichiga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang
1.oqsillar aminokislotalargacha parchalanadi 2.uglevodlar glyukozagacha parchalanadi 3.yog`lar yog` kislotalarigacha parchalanadi 4.yog`lar glitseringacha parchalanadi 5. nuklein kislotalar nukleotidlargacha parchalanadi 6.energiyaning 40 % issiqlik energiyasi sifatida tarqab ketadi 7.energiyaning 60 % issiqlik energiyasi sifatida tarqab ketadi 8. energiyaning barchasi issiqlik energiyasi sifatida tarqab ketadi
A 1,2,3,6 B 1,2,4,5,7 C 1,2,3,4,5,7 D 1,2,3,4,5,8
95. Energiya almashinuvining tayyorgarlik bosqichiga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang
1.oqsillar aminokislotalargacha parchalanadi 2.uglevodlar glyukozagacha parchalanadi 3.yog`lar yog` kislotalarigacha parchalanadi 4.yog`lar glitseringacha parchalanadi 5. nuklein kislotalar nukleotidlargacha parchalanadi 6.energiyaning 40 % issiqlik energiyasi sifatida tarqab ketadi 7.energiyaning 60 % issiqlik energiyasi sifatida tarqab ketadi 8. energiyaning barchasi issiqlik energiyasi sifatida tarqab ketadi
A 1,2,3,6 B 6,7 C 1,2,3,4,5,7 D 1,2,3,4,5,8
96. Energiya almashinuvi jarayonining tayyorgarlik davrida ajralgan energiya…
A ATF sifatida to’planadi
B issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi
C NADF sifatida to’planadi
D ADF sifatida to’planadi
97.Energiya almasinuvining 2-bosqichi
A. to’liqsiz parchalanish
B.anaerob nafas olish,achish
C. kislorodsiz parchalanish,glikoliz
D. hammasi to’g’ri
98.Achish atamasi qaysi organizmda qo’llaniladigan jarayonlarga nisbatan aytiladi?
A.o’simlik,hayvon B.zamburug’lar
C.o’simlik,mikroorganizm D.hayvon,zamburug’
99.Kislorodsiz parchalanish qayerda amalga oshadi A.ribosoma B.sitoplazmada
C.yadro D.endoplazmatik to’r
100. Bu bosqichda moddalarning fermentlar tasirida parchalanishi yana davom etadi
A. aerob parchalanish B.tayyorgarlik
C. kislorodsiz parchalanish D. anabolizm
101.Mushaklarda anaerob nafas olish tufayli glyukoza necha molekula sut kislotaga parchalanadi
A.36 B.30 C.40 D. 2
102.Achitqi zamburug’larida glyukoza molekulasi qanday sharoitda etil spirt va CO2 gacha parchalanadi
A. to’liqsiz parchalanish B.tayyorgarlik
C. kislorodsiz parchalanish D. A va C
103.Bir molekula glyukozadan necha molekula ATF hosil bo’ladi(Kislorodsiz sharoitda)
A.35 B.36 C.2 D.6
104.Glyukozaning kislorodsiz sharoitda parchalanishida ajralayotgan energiyaning necha %i ATF tarkibida to’planadi, necha % i issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi
A.40;60 B.60;40
C.50;50 D.30;70
105. Glikoliz jarayoniga xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang
1. anaerob nafas olish deb yuritiladi 2. achish deb yuritiladi 3.odatda o`simliklarga nisbatan qo`llanadi 4.odatda mikroorganizmlarga nisbatan qo`llanadi 5.ribosomada boradi 6.sitoplazmada boradi 7.fermentlar ishtirokida parchalanish davom etadi 8.glyukozaning parchalanish reaksiyasida ATF ishtirok etadi 9. glyukozaning parchalanish reaksiyasida ADF ishtirok etadi 10. glyukozaning parchalanish reaksiyasida fosfat kislota ishtirok etadi 11. ajralgan energiyadan ADF hosil bo`lgan 12. ajralgan energiyadan ATF hosil bo`lgan
A 1,2,3,4,5,7,8,10 B 1,2,3,4,6,7,8,10
C 1,2,3,4,6,7,9,10,12 D 1,2,3,4,6,7,8,10,11
106. Glikoliz jarayoniga xos bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang
1. anaerob nafas olish deb yuritiladi 2. achish deb yuritiladi 3.odatda o`simliklarga nisbatan qo`llanadi 4.odatda mikroorganizmlarga nisbatan qo`llanadi 5.ribosomada boradi 6.sitoplazmada boradi 7.fermentlar ishtirokida parchalanish davom etadi 8.glyukozaning parchalanish reaksiyasida ATF ishtirok etadi 9. glyukozaning parchalanish reaksiyasida ADF ishtirok etadi 10. glyukozaning parchalanish reaksiyasida fosfat kislota ishtirok etadi 11. ajralgan energiyadan ADF hosil bo`lgan 12. ajralgan energiyadan ATF hosil bo`lgan
A 5,8,11 B 1,2,3,4,6,7,8,10
C 1,2,3,4,6,7,9,10,12 D 5,9,12
107. glyukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyaning necha foizi issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi?
A 60% B 40% C 10% D 55%
108. O’simliklarda achitqi zamburug’larda mikroorganizmlarda o’tadigan glikoliz jarayoniga xos umumiylikni aniqlang.
A umumiylik yo’q
B barcha hollarida bir molekula glukozani parchalanishi 2molekula ATF ning hosil bo’lishi bilan boradi
C. barcha hollarda bir molekula glukozani parchalanishi sut kislota va 36 molekula ATF ning hopsil bo’lishi bilan boradi
D. barcha hollarda glikoliz mitoxondriyalarda sodir bo’ladi.
109. Mikroorganizmlarda glikoliz jarayonida qanday moddalar hosil bo`ladi?
1.aseton 2. glutamat 3.atsetat kislota 4.C2H5OH 5.CO2
A 1 B 1,2,3,4,5 C 1,3 D 4,5
110.Energiya almashinuvining 3-bosqichi
A.to’liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish
B.aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanish
C.tayyorgarlik
D.ortiqcha mahsulotning tashqariga chiqarilishi
111.Qaysi bosqich fermentlar tasirida tezlashadi
A.to’liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish
B.aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanish
C.tayyorgarlik
D.ortiqcha mahsulotning tashqariga chiqarilishi
112.Qaysi jarayonda juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ATF tarkibida to’planadi?
A.to’liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish
B.aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanish
C.tayyorgarlik
D.ortiqcha mahsulotning tashqariga chiqarilishi
113.Energiya almashinuvi jarayonida hosil bo’ladigan oxirgi mahsulotlar?
A.kraxmal,organic birikma
B.CO2,H2O C.C2H5OH,CO2 D.O2 va kraxmal
114.Hujayrani energiya bilan taminlashda …asosiy vazifani bajaradi?
A.anaerob nafas olish B.aerob nafas olish
C.glikoliz D.assimilyasiya
115.Ikki molekula sut kislotaning kislorodli sharoitda to’liq parchalanishidan necha molekula ATF hosil bo’ladi
A.36 B.30 C.40 D. 2
116. Glukozaning to`liq parchalanishida necha molekula ATF hosil bo`ladi?
A) 32 B) 36 C) 38 D) 40
117.Barcha tirik organizmlar qaysi xususiyatiga qarab ikki katta guruh:avtotrof va geterotroflarga bo’linadi?
A.energiya sarflash B.energiya olish
C.metabolik jarayonlar D.moddalar almashinuvi
118. Qanday organizmlar energiya manbaidan foydalanish turiga qarab fototrof va xemotroflarga bo`linadi?
A geterotrof B avtotrof C parazit D saprofit
119.Avtotrof organizmlar qanday guruhlarga bo’linadi-
A.avtotrof geterotrof B.xemotrof;fototrof
C.avtotrof golozoy D.saprofit va parazit
120.Avtotroflarni aniqlang?
1)o’simlik 2)suvo’ti 3)bazi bakteriya
A.1,2 B.1,2,3 C.1 D.3
121.Avtotroflar qaysi xususiyatiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi?
A.energiya sarflash B.energiya olish
C.metabolik jarayonlar D.moddalar almashinuvi
122.Xloroplastlarda qanday pigment to’planadi?
A.xromoplast B.gemoglabin
C.xlorofill D.fikosian
123.Fotosintez jarayoni qanday kechadi?
1) yorug’lik kvantlari-foton-xlorofill molekulasiga tasir qiladi 2)molekulalar qisqa vaqtda energiyaga boy qo’zg’algan holga keladi 3)qo’zg’algan molekulalarning ortiqchasi issiqlik yoki yorug’lik sifatida tarqaladi 4)qolgan energiya vodorod ionlariga uzatiladi 5)yorug’lik tasirida suv dissotsiyalanadi 6)hosil bo’lgan vodorod organic birikmalar bilan birikadi 7)gidroksil ionlari o’zining elektronini boshqa molekulalarga beradi va erkin radikalga aylanadi 8)radikal qo’shilib suv va molekulyar kislorod hosil qiladi
A.1,2,3,4,6,7,8 B.1,2,3,4,5,6,7,8
C.2,4,6,7,8 D.1,2,3,6,7,8
124. yorug’lik ta’sirida suv dissotsialanish jarayoni qanday ataladi?
A gidroliz B foton C taksis D fotoliz
125.Fotoliz nima?
A.yorug’lik tasirida suvning dissotsilanishi
B.suv molekulasidagi zaryadlarning notekis taqsimlanishi
C.yoruglik tasirida sodda hayvonlar harakati
D.yorug’lik tasiriga o’simliklar javob reaksiyasi
126.Fotosintez jarayoni qanday kechadi
A. yorug’lik kvantlari-foton-xlorofill molekulasi
B.yorug’lik kvantlari-xlorofill molekulasi
C.foton-xlorofill molekulasi-suv
D.suv-yorug’lik kvantlari-foton-xlorofill molekulasi
127. Quyosh energiyasi nimaga sarflanadi?
A.suvni parchalashga B.ATF hosil qilishga
C.faqat organic birikmalar hosil qilishga
D.A va B
128.Fotosintez jarayonida molekulyar kislorod manbai?
A.kraxmal B.suv
C.organik birikmalar D.mineral tuz
129.Quyosh energiyasi nimaga sarflanadi?
A.suvni parchalashga B.ATF hosil qilishga
C.faqat organic birikmalar hosil qilishga D.A va B
130.Fotosintezda 3 molekula glukoza sintezlanganda qanday molekulyar nisbatlarda CO2 va ATF sarflanadi?
A 18 va 54 B 36 va 54 C 18 va 36 D 36 va 36
131.Xloroplastlarda kislorod ishtirokisiz mitoxondriyalarga nisbatan necha marta ko’p ATF sintezlanadi
A.36 B.30 C.40 D. 2
132.Fotosintezning nechta bosqichi bor?
A.xemosintez,fotosintez
B.yorug’lik,qorong’ulik
C.qisqa va uzun kun bosqichi
D.to’yingan va to’yinmagan
133.Xemosintez nima?
A.kimyoviy reaksiya energiyasini hosil bo’layotgan organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantirish
B.kimyoviy reaksiya energiyasini hosil bo’layotgan anorganik birikmalarning kimyoviy energiasiga aylantirish
C.quyosh nuri energiyasini hosil bo’layotgan organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantirish
D. yorug’lik tasirida suvning dissotsilanishi
135.Nitrifikator bakteriya?
A. ammiakni azot kislotaga aylantiradi
B. 2valentli Fe ni 3 valentliga aylantiradi
C. H2S ni H2SO4ga aylantiradi
D.azot kislotani azotgacha parchalaydi
136.Temir bakteriya ?
A. ammiakni azot kislotaga aylantiradi
B. 2valentli Fe ni 3 valentliga aylantiradi
C. H2S ni H2SO4ga aylantiradi
D.azot kislotani azotgacha parchalaydi
137.Oltingugurt bakteriya ?
A. ammiakni azot kislotaga aylantiradi
B. 2valentli Fe ni 3 valentliga aylantiradi
C. H2S ni H2SO4ga aylantiradi
D.azot kislotani azotgacha parchalaydi
138. Quyidagi xemosintez qila oladigan organizmlarni vazifasi bilan juftlab yozing
a-nitrifikator bakteriyalar b-o`simliklar c-temir bakteriyalari d-oltingugurt bakteriyalari
1. ammiakni azot kislotaga aylantiradi 2.azot kislotani azotgacha parchalaydi 3. xlorofill yordamida organic modda sintezlaydi 4. vodorod sulfidni sulfit kislotagacha aylantiradi 5. vodorod sulfidni sulfat kislotagacha aylantiradi 6. Fe+3 ni Fe+2 ga aylantiradi 7.Fe+2 ni Fe+3 ga aylantiradi
A a-2; b-3; c-6; d-4; B a-2; b-3; c-7; d-4;
C a-1; b-3; c-7; d-5; D a-1; c-7; d-5;
139.Armosferadagi azotni o’zlashtiradigan ayrim erimaydigan minerallarni o’simlik tomonidan o’zlashtiradigan shaklga aylantiradigan bakteriya?
A. Oltingugurt bakteriya B. Temir bakteriya
C. Nitrifikator bakteriya D.xemosintetik bakteriya
141.Geterotroflarga xos xususiyat?
A.organik birikmalarni tayyor holda oladi
B.anorganik birikmalardan organic birikma sintez qilolmaydi
C.anorganik birikmalardan organic birikma sintezlaydi D.A va B
142.Geterotroflarni aniqlang?
A.bakteriya,zamburug’,hayvon B.zamburug’,bakteriya,mox
C. zamburug’,hayvon,nitella
D. zamburug’,hayvon,o’simlik
143Qaysi ferment kraxmalni shakargacha parchlaydi-
A.amilaza B.lipaza C.karbogidraza D.steroid
144.Amilaza fermenti qaysi mahsulotlarda ko’p bo’ladi-
A.unayotgan don B. odam so’lagi
C.hayvonlarning biriktiruvchi to’qima hujayralari
D A,B
145.O’simlik bargida hosil bo’lgan asosiy organic modda ?
A.sellyuloza B.kraxmal C.kislorod D.suv
146. Agar probirkaga 1-2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1-2 ml kraxmal eritmasidan quyib 5 daqiqadan so’ng 1 tomchi 1%li yod tomizilsa qanday ranghosil bo’ladi?
A ko’k B binafsha C jigarrang
D qizg’ish-sariq
147. xlorid kislotali muhitda so’lak fermenti - amilaza kraxmalga ta’sirlantirilsa va 5 daqiqadan keyin probirkaga 1 tomchi yod tomizilsa probirkada qanday rang hosil bo’ladi?
A ko’k B rangsiz C jigarrang
D qizg’ish-sariq
148. Agar normal (yorug’liki, namlik, mineral moddalar me’yorda bo’lgan) muhitda chinor bargining faqat ma’lum bir qismi ikki tomonlama to’sib qo’yilsa va shu bargi 2 soatdan so’ng uzib olinib pigmentlardan tozalanib yod eritmasiga solinsa bargning to’sib qo’yilgan qismi qanday rangda bo’ladi?
A ko’k B rangsiz C jigarrang D qizg’ish-sariq
149. Probirkada 1-2 ml suv va 1-2 ml kraxmal eritmasi yaxshilab aralashtirilsa va ustiga 1tomchi yod eritmasi tomizilsa probirkada qanday rang hosil bo’ladi?
A ko’k B rangsiz C jigarrang
D qizg’ish-sariq
150. O’simlik bargining pigmentatsiyasini buzuvchi birikma (modda) ni aniqlang.
A formalin B yod C etil spirti D atseton
151. Agar normal (yorug’liki, namlik, mineral moddalar me’yorda bo’lgan) muhitda chinor bargining faqat ma’lum bir qismi ikki tomonlama to’sib qo’yilsa va shu bargi 2 soatdan so’ng uzib olinib pigmentlardan tozalanib yod eritmasiga solinsa bargning to’sib qo’yilmagan qismi qanday rangda bo’ladi?
A ko’k B rangsiz C jigarrang D qo`ng`ir



Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish