Akademik A. A. Abduvahobov O'zbekistonda element organik birikmalar kimyosini yaratgan yirik olim bo'lib, o'z shogirdlari bilan birga element organik birikmalar kimyosi, nozik organik sintez muammolari, molekulyar darajada quyi molekulyar bioregulyator ta'siri mexanizmining kimyoviy mohiyatini aniqlash, fazoviy kimyo bo'yicha organik kimyo fanining rivojiga katta hissa qo'shib kelmoqda.
A. A. Abduvahobov boshchiligida O'rta Osiyoda birinchi bo'lib ferromonlar komponentlarining sintez usullari ishlab chiqildi. Buning natijasida olingan moddalar qishloq xo'jaligida g'o'za o'simligini zararli hashoratlardan himoya qilishda, hashoratlarni o'ziga jalb qiluvchi moslamalar yordamida yo'qotishda, paxta yetishtirishda va uning hosildorligini oshirishda keng qo'llanilib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |