Chiziqli polimerlar makromolekulalarida har qaysi struktura birligi (A) faqat ikkita qo'shni struktura birligi bilan bog'lanib tarmoqlanmagan to'g'ri zanjir hosil qiladi, masalan:
... -A-A-A-A-A- ...
Tarmoqlangan polimerlarning asosiy zanjirida ba'zi bir struktura birliklar uchta qo'shni struktura birligi bilan bog'lanib yon zanjir hosil qiladi, masalan:
...—A~A~A~A~A~A~A~A~A~A —...
I I
AA
Bunday polimerlar termoplastikligi yuqori, mexanik mustahkamligi kichik bo'lgan polimerlardir. Ularda yon tarmoqlar qancha uzun bo'lsa, polimer shuncha past haroratda yumshaydi, yaxshi eriydi, yumshoq va plastik bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |