Organik kimyodan maruzalar matni


Sintetik yuqori molekulyar birikmalar



Download 0,55 Mb.
bet48/79
Sana17.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#382903
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi O

Sintetik yuqori molekulyar birikmalar-ularga tabiatda uchramaydigan kichik molekulali birikmalardan polimerlanish yoki polikondensatlanish reaksiyalari yo'li bilan olinadigan yuqori molekulyar birikmalar kiradi. Masalan, plastik massalar, sintetik kauchuklar, sintetik tolalar.

Yuqori molekulyar birikmalar polimerlar (grekcha «poli»-ko'p, «meros»- qism, bo'lak) deb ham ataladi. Bir nechta ming molekulalari o'zaro birikib, polimer hosil qiladigan quyi molekulyar moddalar monomerlar deb ataladi. Masalan, quyidagi reaksiyada:

nCH2=CH2 ^ (-CH2-CH2-)n etilen-monomer polietilen-polimer

Polimer molekulalari ko'pincha makromolekula deb ham ataladi. Makromolekulada ko'p marta takrorlanadigan atomlar guruhi -CH2-CH2- struktura birliklari deb nomlanadi. Polimer molekulasidagi n-soni monomerning nechta molekulasi birikib, makromolekula hosil qilishini ko'rsatadigan son bo'lib, polimerlanish darajasi deb ataladi.

Yuqori molekulyar birikmalar tuzilishi va xossalari jihatidan juda turli- tuman, lekin shu bilan birga polimer moddalarining o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Yuqori molekulyar birikmalarning molekulyar og'irliklari juda katta bo'lib, odatda bir necha mingdan bir necha milliongacha bo'ladi. Odatda yuqori molekulyar birikmalar molekulyar og'irliklari turlicha bo'lgan makromolekulalarning aralashmasidan tashkil topgan bo'ladi. Shuning uchun ham polimerlarning molekulyar og'irligi ularning tarkibiga kirgan makromolekulalar molekulyar og'irligining o'rtacha qiymatiga teng bo'ladi. Polimerlarning fizik va mexanikaviy xossalari ularning molekulyar og'irligiga bog'liq bo'ladi. Molekulyar og'irlikning ortishi bilan kichik molekulali moddalar uchun xos bo'lgan (diffuziya, uchuvchanlik, eritmalardagi harakatchanlik) xossalar asta-sekin yoqoladi, buning o'rniga makromolekulalar uchun xos bo'lgan (bo'kish, yuqori qovushqoqlik, qizdirilganda haydalmasdan parchalanish) xususiyatlar paydo bo'ladi.

Hozirgi kunda yuqori molekulyar birikmalar kimyosi organik kimyoning tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. Paxta sellyulozasining fizik-kimyosini o'rganish bo'yicha taniqli o'zbek kimyogari, akademik H. U. Usmonovning yaratgan maktabi dunyoga ma'lum. Mamlakatimizda tabiiy va sintetik yuqori molekulyar birikmalar kimyosining rivojlanishi uchun akademiklar M. A. Asqarov, S. Sh. Rashidova, professorlar A. Yo'lchiboyev, O'. N. Musayev, R. S. Tillayevlar katta xizmat qilganlar.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish