ALDEGID VA KETONLARNING SIFAT REAKSIYALARI.
1. Yodoformli proba.
1 tomchi asetonli 1 ml suvga avval 2 tomchi kons. yodning kaliy yodiddagi eritmasidan va shundan so’ng 10 % li NaOH eritmasidan tomchilatib solinadi.Yodning rangi o’zgaradi va ko’p miqdorda yodoform ajraladi. Sovuqda cho’kma hosil bo’lishi aseton uchun hosdir. Boshqa birikmalar uchun aralashmani qizdirish kerak bo’ladi.
2. Chumoli aldegidning rezorsin bilan reaksiyasi.
Probirkaga 3 ml 0,5 % li rezorsin eritmasi va 1 ml 10 % li formaldegid eritmasi qo’shiladi. Pipetka yordamida idish devorlaridan 1-2 ml kons. sulfat kislota solinadi. Ikki suyuklikning sirt yuzasida pushti rang hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |