Kovalent bog‘lanish parametrlari. Kovalent bog‘ energiyasi, bog‘ uzunligi, bog‘ qutbliligi, bog‘ qutblanuvchanligi, bog‘ yo‘nalishi kabi qator tushunchalar kovalent bog‘lanish parametrlaridir.
Bog‘ energiyasiuning mustahkamligini bildiradi. Bog‘lanish energiyasi deganda shu bog‘ni uzish uchun zarur energiya tushuniladi. Bu energiya kJ/mol yoki kkal/mol bilan o‘lchanadi. Molekulada bir xil bog‘lardan bir nechta bo‘lsa, bog‘ energiyasini topish uchun molekulaning hosil bo‘lish (yoki dissotsilanish) energiyasi bog‘lar soniga bo‘linadi. Masalan, CH4 uchun dissotsiatsiya energiyasi 1660 kJ/mol ga, C–H bog‘ soni esa 4 ga teng.U holda
EC–H = = 415 kJ/mol
Demak, C–H oddiy bog‘ning energiyasi 415 kJ/mol ga teng ekan.
Bog‘ uzunligi molekulani hosil qiluvchi atomlar yadrolari orasidagi masofa bo‘lib, angstrem (1Ao=10-10 m) yoki nanometr (1 nm109m) larda ifodalanadi va elektronografik yoki rentgenografik metodlar yordamida aniqlanadi.
Bog‘ yo‘nalishi. Molekuladagi yadrolarni birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqlar orasidagi burchak valent burchak deyiladi. Valent burchaklar spektroskopik metodlar bilan aniqlanadi.
Bog‘ qutbliligi. Agar molekula hosil qilayotgan atomlarning elektromanfiyligi bir-biridan ko‘proq farq qilsa, umumiy elektron bulut yadrolar o‘rtasida bir tekis taqsimlanmaydi. U elektromanfiyligi katta bo‘lgan atomga tomon siljiydi. Natijada molekulaning bir qismi manfiy, ikkinchi qismi esa musbat zaryadlanadi. Bunday bog‘lanish qutbli kovalent bog‘lanish deyiladi.
Organik birikmalarda elektron zichligining elektromanfiy atom tomoniga siljishi natijasida samarador yoki qisman (to‘liqmas) zaryadlar paydo bo‘ladi. Siljish to‘g‘ri ko‘rsatgich bilan ko‘rsatilib, qisman zaryadlar esa + va –bilan belgilanadi:
Bog‘ qutblanuvchanligi. Kovalent bog‘lar uchun qutblanuvchanlik – tashqi elektromagnit maydon ta’sirida o‘z qutbligini o‘zgartirish (oshirish) qobiliyati xosdir. Bunday maydonni kimyoviy reaksiyalar jarayonida yaqinlashayotgan molekula ham hosil qilishi mumkin. Shuning uchun qutblanuvchanlik muayyan darajada kimyoviy xossalarni belgilaydi.1-jadvalda organik birikmalarda uchraydigan kovalent bog‘larning ayrim parametrlari keltirilgan.
1-jadval
Kovalent bog‘larning ayrim parametrlari
Kovalent bog‘
|
Uzunligi, nm
|
Energiyasi, kJ/mol
|
Qutbligi, debay
|
Qutblanuvchanligi, sm3
|
C–C
C=C
CC
C–N
C=N
CN
C–O
C=O
C–F
C–Cl
C–Br
C–I
H–C
H–O
H–N
N–N
N=N
NN
N–O
N=O
H–S
|
0,154
0,133
0,120
0,147
0,127
0,115
0,143
0,121
0,140
0,176
0,191
0,212
0,109
0,096
0,101
0,148
0,124
0,109
0,137
0,122
0,134
|
348
620
810
290
615
880
340
710
485
330
280
240
415
465
390
160
420
950
200
400
340
|
0
0
0
0,5
1,4
3,1
0,7
2,4
1,4
1,5
1,4
1,3
0,4
1,5
1,3
0
0
0
1,0
3,0
|
1,3
4,2
6,2
1,6
3,8
4,8
1,5
3,3
1,4
6,5
9,4
14,6
1,7
1,7
1,8
2,0
4,1
2,4
4,0
4,8
|
Do'stlaringiz bilan baham: |