ORFOGRAFIYA (IMLO QOIDALARI)DAN SAVOLLAR
1. Qo’sh unlilarsiz yozilishi kerak bolgan so’zni toping.
A) manfaatdor B) mutaassib
C) mutakaabbir D) mutolaa
2. Metall so’z\ga qanday qo’shimcha qo’shilganda, qo‘sh undoshning biri yozilmaydi?
A) faqat i harfi bilan boshlanadigan qo‘shimchalar qo’shilganda
B) undosh harf bilan boshlanadigan qo’shimchalar qo’shilganda
C) unli harf bilan boshlanadigan qo‘shimchalar qo‘shilganda
D) har qanday qo’shimcha qo‘shilganda
3. Qaysi qatordagi barcha so’zlarda nuqtalar o’rnida f harfi qo’yiladi?
A) a...tol, a...gor, ta...silot
B) a...zal, a...g‘on, ta...fiq
C) a...zun, sa...sargul, ta...tish
D) a...sona, sha...qat, ta...siflamoq
4. Qaysi qatordagi so’zlarda tutuq belgisi unlining undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi?
A) shula, ba’zan
B) qat’iy, jur’at
C) ls’hoq, as’hob
D) mo‘jiza, mo‘tadil
5. Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidasiga ko‘ra ls’hoq so’zida ishlatiladigan tutuq belgisi qanday vazifa bajaradi?
A) unli tovushning cho’ziqroq aytilishini ifodalaydi
B) unlining undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi
C) oldin va keyin kelgan tovushlar alohida tovushlar ekanligini ifodalaydi
D) so’z urg‘usini ifodalaydi
6. Berilgan qaysi so’zda tutuq belgisi noto’g‘ri qo’yilgan?
A) ma’sul B) ma’sum
C) ma’mur D) ma’qul
7. 1) kav...sh; 2) kib...r; 3) kir...m;
4) lut...f; 5) moy... I. Imlo qoidasiga ko‘ra nuqtalar o‘rnida i unlisi qo‘yilishi kerak bolgan so!zlarni belgilang.
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 4, 5
C) 3, 5 D) 1,4
8. Berilgan so’zlarning qaysilarida nuqtalar o’rnida u unlisi yoziladi?
1) junj...kish; 2) juld...r; 3) zug‘...m;
4) ibratom...z
A) 1,2, 3,4 B) 2, 3
C) 2, 4 D) 1, 4
9. Yozma nutqning harflar tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo’limi ...
A) fonetika B) grafika
C) orfografiya D) orfoepiya
10. Berilgan so’zlardan qaysi birining ikkinchi bo’g‘inida u yoziladi?
A) mushf...q, muh...m
B) muq...m, muh...t
C) mushk...l, mug...z
D) mutr...b, musl...m
11. Noto’g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping.
A) Xalqaro olimpiya qo’mitasi, Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Nuroniy jamg‘armasi
B) Buxoro viloyati hokimligi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Quvasoy sement zavodi
C) Oliy xo’jalik sudi, Toshkent agrar universiteti, «Lazzat» oshxonasi
D) Vazirlar Mahkamasi, «Sharq gullari» firmasi
12. Qaysi qatordagi so‘zlar imlo qoidasiga ko’ra to’g‘ri yozilgan?
A) ulgirmoq, unitmoq, urchuq
B) umirguzaronlik, unsir, urchiq
C) umirtqa, ungur, ulgurmoq
D) uchuriq, uchirim, uchunmoq
13. Imlo qoidasiga ko’ra xato yozilgan so’zni toping.
A) ma’yus B) ma’zur
C) ma’sum D) ma’sud
14. Qaysi qatordagi so‘zlarda qo‘sh undosh qollanishi ksrak?
A) has...os, qo'sh...a
B) ud...aburon, tasad...uq
C) hij...alamoq, uv...at
D) mut...asil, jiz...illamoq
15. Imlo qoidasiga ko’ra qaysi so’z to’g‘ri yozilgan?
A) uzur B) mumiyo
C) mayil D) mab’r
16. Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘lakka boiinmaydigan qismini toping.
A) so’z B) asos
C) tovush D) qo‘shimcha
17. Talaffuzda tovush orttirilishi yuz bergan so‘zlar qatorini toping.
A) tabiat, doim, ilm
B) unga, achchiq, issiq
C) qadr, do’st, g‘isht
D) go’sht, yozdir, iliq
18. Imlo qoidasiga ko‘ra xato yozilgan so‘zni toping.
A) hasharot B) zalvorli
C) qaynana D) qat’i nazar
19. Yangi imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi biri qo‘shib yoziladi?
A) lang ochiq B) liq to’la
C) och sariq
D) yarim avtomat
20.1995- yili qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so’zlarning qaysi biri ajratib yoziladi?
A) kelintushdi, tokqaychi
B) so‘zboshi, achchiqtosh
C) qirg‘iyko’z, oybolta
D) dardibedavo, timqora
21. Qaysi gapda jmloviy xatoga yoi qo’yilgan?
A) 1-oktabr Ustozlar va murabbiylar kuni
B) «Bu sirni faqat senga aytayapman», dedi u
C) U vaqtda Toshkent ikkita shahardan iborat boiib, birini Eski shahar, ikkinchisini Yangi shahar deyishardi
D) Berilgan gaplarda imloviy xatoga yoi qo‘yilmagan
22. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga urilib, shovillab oqayapti. Berilgan gapda qaysi turkumga oid so‘zni yozishda imloviy xatoga yoi qo‘yilgan?
A) ravish B) fe’l
C) ravishdosh D) ot
23. Berilgan so’zlarning qaysi biri to‘g‘ri yozilgan? 1) taqiqlamoq; 2) tahqiqlamoq; 3) ta’qiqlamoq
A) 1, 2 * B) 3 C)1 D) 2, 3
24.1995- yili qabul qilingan imloqoidasiga ko‘ra quyidagi so^larning qaysi biri xato yozilgan?
A) parvoyim B) obro‘yim
C) avzoyim D) orzuyim
25. Nuqtalar o’rnida bo‘g‘iz tovushi yoziladigan so‘zlarni toping.
1) xayr...ohlik; 2) xayr-e...son; 3) hoy-u ...avas; 4) mav...um; 5) ma...fiy
A) 1,2, 3,4, 5 B)2, 3,4
C) 1, 3, 5 D) 1, 4
26. Juft so‘z imlo qoidasiga ko’ra to‘g‘ri yozilgan qatorni toping.
A) sa’yi-harakat
B) sayi-harakat
C) saiy-harakat
D) sa’y-harakat
27. Quyidagi yozuvlardan qaysi biri hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi?
A) o‘rxun-enasoy yozuvi
B) o’rxunenasoy, uyg‘ur yozuvlari
C) o’rxun-enasoy, uyg‘ur, sug‘d yozuvlari
D) o’rxun-enasoy, sug‘d yozuvlari
28. Qaysi juftliklarning har biri to’g‘ri yozilgan?
A) tuyg‘u tuyg‘i
B) urush urish
C) kulgu kulgi
D) chopqu chopqi
29. Qaysi qatordagi so‘z noto‘g‘ri yozilgan?
A) abonement B) kiosk
C) dissimilatsiya
D) hammasi to‘g‘ri yozilgan
30. Quyida keltirilgan qaysi so‘zlarda nuqtalar o’rniga «d» yoziladi?
1. ta...biq 2. ta...bir 3. ta...qiq
A) 1, 2, 3 B) 2, 3
C) 1, 2 D) 1, 3
31. Nuqtalar o‘rniga «h» yoziladigan so‘zlami toping.
1. e...son 2. islo... 3. xo...lamoq 4. ru..sat
A) 1,2, 3,4 B) 1, 2
C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3
32. To‘g‘ri yozilgan so’zni toping.
A) xatti-harakat
B) hatti-xarakat
C) xatti-xarakat
D) hatti-harakat
33. Qaysi qatorda so’zga qo’shib yoziladigan yuklamalar berilgan?
A) -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina)
B) -mi, -chi, -ku, -oq (-yoq), -ov (yov), -gina (-kina, -qina)
C) -mi, -a (-ya), -oq (-yoq), -ov (yov), -gina (-kina, -qina)
D) -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (kina, -qina), -ey (-yey)
34. «O’zbektilining asosiy imlo qoidalari»da chiziqcha biian yozish qaysi bandlarda aks etgan?
A) 8 32-bandlarda
B) 35 50-bandlarda
C) 51 56-bandlarda
D) 57 65-bandlarda
35. Qaysi qatorda narsaning biror ish, maqsad uchun mo’ljallanganligini bildiruvchi qo‘shma otlar berilgan?
A) tokqaychi, nosqovoq, achchiqtosh
B) kirsovun, qiymataxta, bodomqo-
voq
C) tokqaychi, ko’zoynak, kirsovun
D) qiymataxta, oshrayhon, oybolta
36. Qaysi qatorda narsani boshqa biror narsaga nisbatlash, qiyoslash, o‘xshatishni bildiruvchi qo’shma otlar berilan?
A) qo’ziqorin, mingoyoq, otquloq
B) devqomat, sheryurak, qirgiyko’z
C) achchiqtosh, karnaygul, suvilon
D) oshrayhon, olaqarg‘a, qizilishton
37. Qaysi qatorda narsani joyga nisbat berishni bildiruvchi qo’shma otlar berilgan?
A) olaqarg‘a, qizilishton, achchiqtosh
B) karnaygul, achchiqtosh, suvilon
C) olaqarg‘a, qo‘ziqorin, qirg‘iyko’z
D) suvilon, qashqargul, tog‘olcha
38. Yangi imlo qoidasiga ko’ra so‘zlarning qaysi biri qo‘shib yoziladi?
A) temir yoi B) osma ko’prik
C) kam quvvat D) bir zum
39. 1) dev sifat; 2) liq to‘la; 3) dardi bedavo; 4) kecha kunduz; 5) ko‘p vaqt. Yuqoridagilardan qaysilari qo‘shib yoziladi?
A) faqat 1 B) 1, 2, 5
C) faqat 2
D) hammasi qo’shib yoziladi
40. Qo’shimcha qo’shilishi natijasida, «a» harfi «o» harfi bilan almashgan so’zlarni toping.
A) o’quv, yozuv
B) qaynoq, buloq
C) o‘roq, qoloq
D) so‘roq, ishlov
41. 1) ko’pdan ko‘p; 2) kirsovun; 3) do‘st dushman; 4) rang barang. Bulardan qay biri ajratib yoziladi?
A) faqat 1 B) 1, 3,4 C)faqat2
D) hammasi chiziqcha bilan yozila-
di
42. 1) shahar; 2) tosh; 3) ishoq; 4) shodlik; 5) ashob. Ushbu so’zlardan qaysi birida s va h harfi orasiga tutuq belgisi qo’yiladi?
A) faqat 3 B) 2, 3, 5
C) faqat 5 D) 3, 5
43. Tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladigan so’zlarni toping. 1) xalqaro tashkilot nomlari; 2) oliy davlat tashkilotlari; 3) vazirliklar nomi; 4) oliy mansablarning nomi; 5) tarixiy sana nomlari
A)1,2, 3,4, 5 B) 1, 2, 4
C) 2, 3 D) 2, 3, 4
44. Qaysi gapda so’z qoilash bilan bogiiq xato mavjud?
A) Suvga soda qo‘shib, chayib yuborishni unutmang
B) Jayron, nega ko’zing toia yosh
C) " Hammasida so’zlar to’g‘ri qoilangan
D) Jiyron tog‘dan tog‘ga o’tib, qayerga borishini bilmasdi
45. Har ikkala qismi ham to’g‘ri yozilgan birliklarni toping.
A) soliq solih B) uzuk uzik
C) undash undosh
D) hammasi to’g‘ri yozilgan
46. Bosh harflar imlosi buzilgan qatorni toping.
A) «Oltin Yulduz» medali
B) Yevropa Ittifoqi Kengashi
C) «Sogiom avlod uchun» ordeni
D) Davlat Test markazi
47. Oxirgi bo’ginida «i» qatnashadigan so‘zni toping.
A) direktor B) termos
C) radiator
D) hammasida «0» harfi yoziladi
48. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasi buzilmagan qatorni toping.
A) de-ngiz B) den-giz
C) ing-liz D) kong-ress
49. Berilgan so‘zlardan qaysi biri qo’shib yoziladi?
A) dardi bedavo
B) tim qora
C) bug‘doy rang
D) hammasi ajratib yoziladi
50. Onangni ...da tutsang, singiingni ...da tut. Ushbu gapda nuqtalar o’rniga qo’yilishi kerak bo’lgan so’zlarni toping.
A) kaft, kift B) kift, kaft
C) kaft, kaft D) kift, kift
51. Qaysi qatordagi so’zlar alfavit tartibida yozilgan?
A) dono, mato, hunar
B) hozir, eshik, zamon
C) yoz, o’rdak, choynak
D) shamol, g‘ubor, chang
52. So’zlarning birinchi bo‘g‘inida qaysi unctoshlardan oldin kelgan «i» unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinadi?
A) r, n B) q, b
C) r, l D)k,x,
53. Qaysi qatordagi so‘z talaffuz qilinganda, undagi til oldi undoshi lab* undoshi sifatida aytiladi?
A) bugun B) yakshanba
C) topgan D) birinchi
54. Gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo’yib sanalsa, bunday qismlar qanday yoziladi?
A) qavsli raqamdan keyin kichik, qavsli harfdan keyin bosh harf bilan
B) qavsli harfdan keyin kichik, qavsli raqamdan keyin bosh harf bilan
C) har ikkalasidan keyin ham kichik harf bilan
D) har ikkalasidan keyin ham bosh harf bilan
55. 0‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki undosh yoki undan ortiq undoshning bo‘g‘in ko‘chirilishi haqidagi qaysi hukm noto’g‘ri?
A) ikki undosh yonma-yon kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi
B) uch undosh yonma-yon kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko’chiriladi
C) ikki undosh yonma-yon kelsa, biri birinchi satrda qoldirilib, ikkinchisi keyingi satrga o’tkaziladi
D) hamma hukmlar to‘g‘ri
56. Bo‘g‘in ko‘chirish haqidagi noto’g‘ri hukmni toping.
A) bir tovushni ko’rsatuvchi harf birikmasi birgalikda ko’chiriladi
B) bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko’chirilmaydi
C) atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda ajratib ko’chirilmaydi
D) harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko’chiriladi
57. Juft so’zdan qo‘shimcha yordamida yasalgan so‘zlar qanday yoziladi?
A) chiziqcha bilan
B) chiziqchasiz, so’zga qo‘shib
C) ajratib
D) A va B
58. Qaysi qatordagi so‘z ajratib yoziladi?
A) birpas B) biroz
C) qaykuni D) biratoia
59. Takror taqlid so’zlardan qo‘shimchalar qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar qanday yoziladi?
A) otlar qo‘shib, fe’llar chiziqcha bilan yoziladi
B) fe’llar qo’shib, otlar chiziqcha bilan yoziladi
C) har ikkalasi chiziqcha bilan yoziladi
D) har ikkalasi qo‘shib yoziladi
60. Berilgan so’zlardan qaysi biri ajratib yoziladi?
A) bodomqovoq
B) temireshik
C) so‘zboshi
D) hammasi ajratib yoziladi
61. Berilgan so’zlardan qaysi biri qo‘shib yoziladi?
A) tim qora
B) nim qorongi'
C) lang ochtq D) to’q qizil A
62. Berilgan so’zlardan qaysi biri chiziqcha bilan yoziladi?
A) tomdan tomga
B) ko’pdan ko’p
C) qizigandan qizidi
D) hammasi chiziqchasiz ajratib yoziladi
63. Xatboshiga gapning sanaluvchi qismlari chiqarilganda, bunday qismlar oldidan chiziqcha qo’yiladi va ular qanday harflar bifan yoziladi?
A) bosh harf bilan
B) kichik harf bilan
C) ba’zan bosh, ba’zan kichik harf bilan
D) to’g‘ri javob yo’q
64. Imlo qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan gapni toping.
A) Besh asirkim nazmiy saroyni titratadi zanjirband bir she’r
B) Sanat saroyida konsert tomosha qildik
C) Chop yoni bilan turdi
D) Hammasi noto’g‘ri yozilgan
65. Tutuq belgisi qaysi qatorda unlining undoshdan ajratib talaffuz etilishini talab qiladi?
A) ma’no B) ra’no
C) a’zo D) san’at
66. Qaysi qatordagi so’z noto’g‘ri yozilgan?
A) assimilatsiya B) , rejissyor
C) budjet :' Imiirn (0
D) hammasi to’g‘ri yozilgan
67. Qaysi qatordagi qo’shma so’z ajratib yoziladi?
A) chala-savod B) havo-rang
C) qayta-qurish
D) chanqov-bosdi
68. Bosh harflar imlosi noto‘g‘ri berilgan gaplarni toping.
A) Ey aziz Toshkentim, buncha sen bugun Boladek to’polon qilding ertalab?
B) Quvaliklar Qahramoni Muhiddin Umriddinov bilan faxrlanadilar
C) Kim? Chaqir!
D) Kecha Farhodlar kelishdi
69. Bosh harflar imlosi noto’g‘ri berilgan qatorni toping.
A) O’zbekiston Qahramoni
B) Fanlar Akademiyasi
C) Sogiiqni saqlash vazirligi
D) Toshkent davlat tibbiyot instituti
70. Qo’shib yozilishi kerak bo’lgan so‘zlar qatorini toping.
A) Oltin koi, temir yoi
B) Bek obod, Katta Farg‘ona kanali
C) mirza terak, o’zbek film
D) so‘z boshi, liq toia
71. Noto‘g‘ri yozilgan paronimlarni toping.
A) sof sop B) tif tip
C) xiyla hiyla
D) hammasi to’g‘ri
72. «x» va «h» ma’no farqlaydigan so’zlarni toping. 1) xush; 2) xol; 3) xiyla;
4) shox; 5) xam; 6) uxlamoq
A) hammasi B) 1, 2, 4, 6
C) 1, 2, 4 D) 1,2, 3,4
73. Ikkinchi bo’g‘inida «u» qatnashadigan so‘zlarni toping.
A) muhim B) muqim
C) hammasi «i» bilan yoziladi
D) mumkin K
74. Temir eshik, osma ko’prik, til oldi kabi so’zlar nima uchun ajratib yoziladi?
A) qo‘shma so‘zlarning qismlari birbirini izohlagani uchun
B) belgining ortiqligini ko‘rsatgani uchun
C) qo’shma ot1x)4lgani uchun
D) hammasi to‘g'ri
75. To’gYi yozilgan so’zlami toping.
A) temireshik, jiqqa hoi
B) liqtoia, tabriknoma
C) umumittifoq, yangidan yangi
D) harkun, ochiqdan-ochiq
76. To’g‘ri yozilgan so’zlarni toping.
A) hamma vaqt, devsifat
B) tim qora, to‘q sariq
C) hammasi to‘g‘ri
D) ko’pdan ko’p, uzun bo‘yli
77. To’g‘ri yozilgan so‘zlarni toping.
A) hammasi to‘g‘ri yozilgan
B) tomorqa, dardi bedavo
C) yozib ola bildi, bodomqovoq
D) askarboshi, och sariq
78. To’g‘ri yozilgan so’zlarni toping.
A) badiiy, tabiiy
B) taassurot, taajjub
C) hammasi to‘g‘ri
D) muomala, muassasa
79. Noto’g‘ri yozilgan so’zlarni toping.
A) mulozamat, sharoit
B) muloqat, muvaffaqiyat
C) hammasi to‘g‘ri yozilgan
D) tabiiyot, tassurot
80. Har bir so’zi bosh harf bilan yoziladigan so’zlarni toping.
A) oliy tashkilotlar va oliy faxriy unvonlar
B) bayramlar va tarixiy kunni ifodalagan birikmalar
C) orden va medallar nomi
D) hammasi to‘g‘ri
81. «O’zbektilining asosiy imlo qoidalari» necha banddan iborat?
A) 80 banddan
B) 82 banddan
C) 84 banddan
D) 72 banddan
82. To’g‘ri yozilgan so^zni toping.
A) muomila" B) avf
C) tatbiq D) tomasha
83. To’g‘ri yozilgan so’zni toping.
A) afv
B) muvafaqiyat
C) taqazo D) hashorat
84. To‘g‘ri yozilgan so’zni toping.
A) uyqu B) taqozo
C) muvaffaqiyat
D) hammasi to’g‘ri yozilgan
85. To’g‘ri< yozilgan so‘zni toping.
A) tomosha B) qovin
C) shamba D) halq
86. Kongress so’ziga qanday qism qo‘shilsa, oxirgi undosh tushiriladi?
A) unli tovush bilan boshlanadigan qo’shimcha qo’shilsa
B) undosh tovush bilan boshlanadigan qo’shimcha qo‘shilsa
C) xuddi shu tovush boshlanadigan qo’shimcha qo‘shilsa
D) har qanday qo‘shimcha qo’shilsa
87. Ko‘m-ko‘k, yam-yashil, sapsariq so’zlari qaysi yozuv asosida yozilgan?
A) shakliy yozuv
B) fonetik yozuv
C) morfologik yozuv
D) tarixiy-an’anaviy yozuv
88. Qaysi qatordagi yasama fe’l fonetik yozuv asosida yozilgan?
A) Goho miriqib gaplashib, o‘y surib ham olish kerak-ku?!
B) Qulupnay pushtalari orasida suv yaltiraydi
C) Bola xuddi shuni kutib turganday battar yiglay boshladi
D) Dalada mashinalar ko’paymoqda
89. Bo‘g‘in ko‘chirish haqida aytilgan qaysi qoida noto‘g‘ri?
A) harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chiriladi
B) o‘zlashma so’zlarning bo‘g‘inlari chegarasida ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko’chiriladi
C) v. b. (va boshqalar), sh. k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi
D) o‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida uch undosh keisa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko’chiriladi
90. Quyida berilgan juft so‘zlarning qaysi biri imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan?
A) yaroq-aslaha
B) yaroq-asiaxa
C) yarog‘-aslaha
D) yarog‘-aslaxa
91. Qaysi qatorda juft sifatlar yangi imlo qoidasiga ko‘ra noto‘g‘ri yozilgan?
A) yakkam-dukkam
B) kattayu kichik
C) yakka-yu yagona
D) sarg‘ish-qo‘ng‘ir
92. Qaysi qatorda juft sifatlar yangi imlo qoidasiga ko‘ra to’g‘ri yozilgan?
A) balandu past
B) kattayu-kichik
C) oqu-qora
D) yaxshi-yu yomon
93. Quyidagi qo’shma so‘zlarning qaysi biri ajratib yoziladi?
A) oshqozon B) kamhosil
C) shirinso’z
D) osmako‘prik
94. Quyidagi juftliklarning qaysi biridagi ikkinchi so‘z imlo qoidasiga ko’ra xato yozilgan?
A) shohsupa shosupa
B) chiqavermoq chiqa bermoq
C) chiqazmoq chiqarmoq
D) tazyiq tayziq
95. Imlo qoidasiga ko‘ra qaysi qatordagi so’zlarning ikkinchisi xato yozilgan?
A) ahl ahil B) adl adil
C) qism qisim D) alp alip
96. Imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozil-
gan so‘zni toping.
A) tayziq
B) hazil-mutoiba
C) mavqe D) tasaduq
97. «O’zbektilining asosiy imlo qoidalari» (1995)ga asosan qo‘shib yoziladigan so‘zlar qatorini toping.
A) yarim orol, bir yoqlama
B) so’z boshi, muz yorar
C) bir zum, liq to’la
D) bir oz, yer yong‘oq
98. Imlo qoidasiga ko’ra qaysi qatordagi so‘z xato yozilgan?
A) bazur B) bazo‘r
C) bahuzur
D) berilgan barcha so’zlar to‘g‘ri yozilgan
99. To‘g‘ri yozilgan so’z qatori qaysi?
A) ma’yus B) ma’sul
C) ma’sud D) ta’lat
100. Badiiy uslubda bilan va uchun ko‘makchilari o’rnida ishlatiladigan -la, chun shakllari qanday yoziladi?
A) -la shakli qo’shib, -chun shakli ajratib yoziladi
B) o‘zi birikib kelgan so‘zdan keyin chiziqcha bilan yoziladi
C) o’zi birikib kelgan so‘zdan ajratib yoziladi
D) o’zi birikib kelgan so’zga qo‘shib yoziladi
101. Imlo qoidasiga ko’ra noto‘g‘ri yozilgan so’zlar qatorini toping.
A) tayziq, qovirg‘a
B) shaxdam, hamjihat
C) qavariq, evfemizm
D) qabariq, xatti-harakat
102. Qaysi qatordagi so’zlar to‘g‘ri yozilgan?
A) iztehzomuz, diqinafas, doktarant
B) islohat, behuzir, teleminatura
C) taraddud, masalliq, federativ
D) muqarrar, hamsuhan, elektravoz
103. Noto’gYi yozilgan so’zlar qatorini toping.
A) litsenziya, shosse, kompensatsiya
B) abstrakt, aksioner, arbitr
C) byurokrat, broker, biznes
D) valyuta, inflyatsiya, byudjet
104. «O’zbektilining asosiy imlo qoidalari» (1995)ga asosan qaysi so‘zlar ajratib yozilishi kerak?
A) Qum qo’rg‘on, Buloq boshi
B) hamma vaqt, har kim
C) dev sifat, ish yoqmas
D) bir pas, bir yo’la
105. Noto’g‘ri yozilgan so‘z qaysi qatorda berilgan?
A) mutadil B) obro’ytalab
C) xushhazm D) obro’li
106. Tutuq belgisining qo’llanishiga ko‘ra xatoga yo‘l qo’yilgan qatorni toping.
A) ma’mur, ma’sum, ma’shuq
B) ma’zur, ma’bud, ma’yus
C) mal’un, minba’d
D) ma’shum, ma’suliyat, ma’sud
107. Juftliklarning qaysi biridagi so’z xato yozilgan?
A) hosiyat xosiyat
B) hiyla xiyla
C) had xad
D) holi xoli
108. Qaysi qatorda chiziqcha bilan yozish qoidasi buzilgan?
A) 1991-yil
B) kecha-yu kunduz
C) qiy-chuvlashmoq
D) barchasida chiziqcha torg‘ri qo‘yilgan
109. Qaysi qatordagi so‘zlarning bo’sh o’rinlarini h harfi bilan to’ldirish kerak?
A) i...roj, si..., i...tiyor
B) ri...ta, so’...ta, i...tilof
C) de...qon, ze...n, e...tirom
D) i...los, mi..., i...cham
110. «O’zbektilining asosiy imlo qoidalari» (1995)ga ko‘ra chiziqcha bilan yoziladigan so’zlar qatorini toping.
A) ochiqdan ochiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri
B) ko’pdan ko’p, yangidan yangi
C) unda bunda, uyma uy
D) yangidan yangi, to‘g‘ridan to‘g‘ri
111. Qaysi qatorda barcha so‘zlarda nuqtalar o’rniga bo‘g‘iz undoshi qo‘yiladi?
A) ...arom-...arish, ...uzur-...alo-
vat
B) ...ufiyona, ...utliqo, ...urkovuch
C) ...ad-...isobsiz, ...aridorbop, ...i-yonotkor
D) ...avoza, ...ilpiramoq, ...alloslamoq
112. Qaysi so‘zlar tarkibidagi harflarning joylashuvi alifbo sirasidagi harflarning ketma-ketligiga mos keladi?
A) atir, asir, arzon
B) anor, adil, amr
C) birov, bet, bela
D) makr, mehr, muhr
113. Yangi imlo qoidasiga ko’ra qo‘shib yoziladigan so’zlar qatorini toping.
A) ko‘pdan ko’p, ochiqdan ochiq, ko’chama ko’cha
B) hamma vaqt, har kim, hech qachon
C) to’q sariq, tim qora, liq toia
D) askar boshi, kino rejissor, jigar rang
114. Qaysi qatorda juft sifatlar yangi imlo qoidasiga ko’ra to’g‘ri yozilgan?
A) kattayu kichik
B) yaxshi-yu yomon
C) oqu-qora
D) balandu past
115. Qaysi so’zlar tarkibida kelgan i bilinar-bilinmas talaffuz etiladi?
A) urish, yurish, yuvindi
B) biroq, sira, bilan
C) qiliq, qiyin, qir
D) gilof, gijjak, sira
116. Qaysi so’zlarda tutuq belgisi unlidan keyin qo‘yilishi mumkin?
1) daf/a/tan; 2) ma/s/um; 3) ma/ sh/um; 4) minb/a/d; 5) ta/b; 6) ta/s/is
A) 1, 3, 6 B)2, 4, 5, 6
C) 4, 6 D) 4, 5, 6
117. 1995-yil qabul qilingan yangi imlo qoidalariga ko‘ra xato yozilgan qo‘shma so’zlarni toping.
A) jiqqahoi, ochyashil
B) achchiqtosh, kelintushdi
C) oybolta, qirgiyko’z
D) so‘zboshi, tokqaychi
118. Yangi imlo qoidasiga ko’ra jo’nalish kelishigi qo’shimchasi qo‘shilganda, fonetik o‘zgarish kuzatiladigan so‘zlar qatorini toping.
A) bug‘, sog‘ B) tok, qishloq
C) tog‘, bog‘
D) barg, pedagog
119. Tilshunoslikning imlo sohasiga oid atama (termin)lari berilgan qatorni toping.
A) morfologik yozuv, kirish so’z, nuqta
B) shakliy yozuv, qo‘shimcha, antonim
C) orfografiya, adabiy talaffuz, til qonunlari
D) fonetik yozuv, qo’shib yozish, ajratib yozish
120. «O’zbektilining asosiy imlo-qoidalari» (1995)ga asosan har bir so’zi bosh harf bilan yoziluvchi birliklar qatorini belgilang.
A) Xotira va qadrlash kuni
B) Mustaqillik kuni
C) Barchasidagi so‘zlar bosh harf bilan yoziladi
D) O’zbekiston qahramoni
Do'stlaringiz bilan baham: |